Referat mavzu: ishlab chiqarish samaradorligi va uni ta’minlashning hozirgi zamon muammolari



Yüklə 258,43 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü258,43 Kb.
#133443
növüReferat
1   2   3   4   5
IQTISODIYOT NAZARIYASI

1. ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI.
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo‘lib keladi. Ayniqsa, hozirgi paytda bu masala yanada keskin qo‘yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, mablag‘lar yoki qilingan xarajatlar o‘rtasidagi nisbat tushuniladi. Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy subyekt ko‘proq foyda olishga intiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mezoni haqida ham turlicha fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to‘rtinchilari esa qo‘shimcha mahsulot deb ko‘rsatadilar. Biz bu o‘rinda sanab o‘tilgan fikrlarning qaysi biri to‘g‘ri ekanligi haqida batafsil to‘xtolmaymiz, lekin shuni aytish kerakki, ko‘pchilik olimlar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida samaradorlikning bosh ko‘rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga nisbati, ya’ni rentabellik yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb tan olinadi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish samaradorligi olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurslar qiymatiga (I) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni:
b
u yerda: R’ – foyda normasi; I – iqtisodiy resurs sarflari. Misol uchun, A korxonada yil davomida 800 mln. so‘mlik resurs xarajat qilib, 200 mln. so‘m hajmida foyda olingan bo‘lsin. U holda foyda normasi 25% (200×100/800) ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p qirrali masala bo‘lib, bu aytilgan birgina asosiy ko‘rsatkichda, uni to‘la ravishda har tomonlama ifodalab bo‘lmaydi.
Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini to‘la ifodalashda unda qatnashgan omillarning unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning manba va usullarini tavsiflovchi umumiy iqtisodiy qonunlardan biri vaqtni tejash qonuni hisoblanadi. Vaqtni tejash qonuni – ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanib borishi 89 bilan jamiyat tomonidan hayotiy ne’matlar birligini yaratishga sarflanayotgan vaqtning qisqarib borishini ifodalovchi umumiy iqtisodiy qonun.
Vaqtni tejash ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy resurslarini umumlashtiruvchi darajasi hisoblanadi. Har qanday tejam oxir-oqibatda vaqtni tejashga borib taqaladi. Vaqtni tejash qonunining mazmuni jonli va buyumlashgan mehnatni, ya’ni muayyan davrda sarflangan ish vaqti jamg‘armasi hamda o‘tgan davrlardagi ish vaqti sarflarining natijasini tejashni o‘z ichiga oladi. Vaqtni tejash qonuni namoyon bo‘lishining aniq shakli bo‘lib quyidagilar maydonga tushadi:
1) mehnat unumdorligining o‘sishi;
2) mashina va jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi;
3) ishlab chiqarish material sig‘imining pasayishi;
4) xo‘jalik nisbatlarining optimallashuvi. Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:

Yüklə 258,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə