Referat mavzu: ishlab chiqarish samaradorligi va uni ta’minlashning hozirgi zamon muammolari



Yüklə 258,43 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü258,43 Kb.
#133443
növüReferat
1   2   3   4   5
IQTISODIYOT NAZARIYASI

МU  М / V .
Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Misol uchun, «A» korxonada 40 kishi mehnat qilib, ular kun davomida 8 ming dona mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsinlar. U holda, bir kishi kunida yaratilgan mahsulot 200 donani tashkil etadi. Agar mahsulot soni 10 ming donaga etsa, u holda bir kishi kunida yaratilgan mahsulot 250 donani tashkil etib, mehnat unumdorligi 125% (250×100/200) ga oshadi. Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi va uni ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi 90 evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda miqdori bilan aniqlanadi. Agar kapital unumdorligini – KU, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini – K, mahsulotni – M, yalpi daromadni – YaD, foydani – F deb belgilasak, quyidagi formulalar hosil bo‘ladi:
КU  М / К ; КU YaD / К ; КU  F / К .
Samaradorlikni aniqlashda bu ko‘rsatkichlardan tashqari mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, energiya sig‘imi degan ko‘rsatkichlar ham qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.

Yüklə 258,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə