1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]



Yüklə 141,25 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü141,25 Kb.
#137659
  1   2
3382 31.08.2022




[OKOZ:

1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.05 Tranzit]

[TSZ:

1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
Tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, rasmiylashtirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 31-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3382]
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, rasmiylashtirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-iyul,
12/02-22-22-son
Kelishildi:
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2022-yil 29-iyun
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 22-iyuldagi 12/02-22-22-son qaroriga
ILOVA
Tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, rasmiylashtirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, bojxona organiga taqdim etish, qog‘ozda chop etiladigan nusxasini shakllantirish, rasmiylashtirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibini belgilaydi.
I bo‘lim. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
tranzit deklaratsiyasi — tovarlar va (yoki) transport vositalari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan va O‘zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit olib o‘tiladigan tovarlarini jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjat;
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga tranzit deklaratsiyasini o‘z nomidan taqdim etayotgan shaxs yoki tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
jo‘natuvchi — tovarlarni o‘z nomidan tashish uchun tashuvchiga taqdim etuvchi va u haqidagi ma’lumotlar transport hujjatlarida ko‘rsatilgan shaxs;
qabul qiluvchi — yuk tashishni amalga oshirayotgan tashuvchi taqdim etishi lozim bo‘lgan, tovarlarni o‘z nomidan qabul qilib oluvchi va u haqidagi ma’lumotlar transport hujjatlarida ko‘rsatilgan shaxs, tovarlarning bojxona rejimi o‘zgargan hollarda esa — tranzit deklaratsiyasi taqdim qilinayotgan vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan so‘ng deklaratsiyalanayotgan tovarlarni bojxona organlaridan o‘z tasarrufiga olish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs;
kuzatuv hujjatlari — tijorat va transport hujjatlari;
tashuvchi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaxs;
transport hujjatlari — konosament, yuk xati yoki tovarlarni tashish shartnomasi borligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjatlar;
tranzit deklaratsiyasidagi xato — bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlardagi axborot va (yoki) bojxona organlarida mavjud axborot bilan tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlar orasidagi tafovut, shuningdek tranzit deklaratsiyasidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar;
tranzit deklaratsiyasidagi kamchilik — bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning yetishmasligi yoki tranzit deklaratsiyasi bilan birga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmasligi bilan bog‘liq holatlar;
tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish kiritish — tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish;
tranzit deklaratsiyasiga qo‘shimcha kiritish — tranzit deklaratsiyasiga yangi ma’lumotlarni kiritish yoxud tegishli hujjatlarni qo‘shish;
tranzit deklaratsiyasini qaytarib olish — tranzit deklaratsiyasini bojxona organida ro‘yxatga olinganidan so‘ng uni qaytarish orqali yuridik kuchga ega hujjat sifatida amal qilishini to‘xtatish;
tranzit deklaratsiyasini bekor qilish — tranzit deklaratsiyasini bojxona organida ro‘yxatga olinganidan so‘ng bekor qilish orqali yuridik kuchga ega hujjat sifatida amal qilishini to‘xtatish;
rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasi — bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olingan va jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan “D” grafasida rasmiylashtirilganligini ifodalovchi bojxona organining tegishli belgilari qo‘yilgan tranzit deklaratsiyasi;
ro‘yxatga olinib, qabul qilinmagan tranzit deklaratsiyasi — bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olingan, ammo “E-Tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda “ETranzit” AAT deb yuritiladi) orqali deklaratsiyalovchi shaxsga qabul qilinganligi ma’lum qilinmagan tranzit deklaratsiyasi;
qabul qilingan tranzit deklaratsiyasi — bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olinib, “ETranzit” AAT orqali deklaratsiyalovchi shaxsga qabul qilinganligi ma’lum qilingan, rasmiylashtirilmagan tranzit deklaratsiyasi;
axborot almashish tizimi — axborot tizimlari orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda bojxona organlari va deklaratsiyalovchi shaxslar o‘rtasida elektron xabarlarni almashish, tegishli hujjatlarni taqdim etish va qabul qilib olish vositasi.
2. Tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, qog‘ozda chop etiladigan nusxasini shakllantirish, rasmiylashtirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish “ETranzit” AAT orqali amalga oshiriladi.
3. Deklaratsiyalovchi shaxs tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish va uni bojxona organiga taqdim etish uchun “E-Tranzit” AATga o‘ziga jismoniy shaxs sifatida biriktirilgan elektron raqamli imzo asosida kirishi va quyidagilardan birini tanlashi lozim:
tashuvchi yoki uning nomidan ish ko‘ruvchi vakolatli shaxs (haydovchi bundan mustasno) — “Tashuvchi” tugmasi;
tovar tashilayotgan yoki tovar sifatida olib o‘tilayotgan transport vositasini boshqarayotgan jismoniy shaxs (haydovchi) — “Haydovchi” tugmasi;
deklarantga xizmat ko‘rsatuvchi bojxona brokeri nomidan ish ko‘ruvchi vakolatli shaxs — “Bojxona brokeri xodimi” tugmasi;
yukni qabul qiluvchi yoki uning nomidan ish ko‘ruvchi vakolatli shaxs — “Yukni qabul qiluvchi” tugmasi.
Deklaratsiyalovchi shaxs “Bojxona brokeri xodimi” tugmasini tanlaganda, “Broker” nomli alohida ajratilgan maydonda bojxona brokerining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda STIR deb yuritiladi), uning qisqacha nomi va joylashgan eri (yuridik manzili) qayd etiladi.
4. Deklaratsiyalovchi shaxs “Hujjatlarni taqdim etgan shaxs” nomli maydonda tranzit deklaratsiyasini to‘ldirishga asos bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etgan hamda ulardagi ma’lumotlarga javobgar hisoblangan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, fuqaroligi va unga tegishli jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (bundan buyon matnda JShShIR deb yuritiladi) qayd etadi.
Hujjatlarni taqdim etgan hamda ulardagi ma’lumotlarga javobgar hisoblangan shaxs JShShIRi mavjud bo‘lmagan norezident bo‘lsa, u holda shaxsning JShShIRi qayd etiladigan joyda “99999999999999” kodi ko‘rsatiladi.
5. “E-Tranzit” AATda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan tranzit deklaratsiyasi “Yangi deklaratsiya yaratish” tugmasi orqali tovar olib o‘tilayotgan yoki harakatlanayotgan transport turini tanlagan holda shakllantiriladi. Bunda, ma’lumotlar mavjud bo‘limlardagi alohida ajratilgan maydonlarda qayd etiladi va har bir bo‘limga qadamlar raqami bo‘yicha ketma-ketlikda o‘tiladi.
Masalan, 1-qadamdagi “Umumiy ma’lumotlar” bo‘limida qayd etilishi zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar ko‘rsatilmaguniga qadar keyingi 2-qadamdagi “Transport to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limiga o‘tish imkoniyati bo‘lmaydi.
“E-Tranzit” AATga bitta transport hujjati bo‘yicha bitta transport vositasida olib o‘tilayotgan tovarlar haqida ma’lumot kiritilishi mumkin. Agar mazkur shartlardan birida farq bo‘lsa, u holda ma’lumotlar “E-Tranzit” AATda alohida kiritiladi.
Masalan, tovarlar ikki xil (turli) transport vositasi yoki transport hujjati orqali olib o‘tilayotgan bo‘lsa, barchasi bir vaqtning o‘zida “E-Tranzit” AATga kiritilmaydi.
6. “E-Tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasi:
avtotransport vositasida olib o‘tilayotgan tovarlar bo‘yicha “Umumiy ma’lumotlar”, “Transport to‘g‘risida ma’lumot”, “Yuk to‘g‘risida ma’lumot”, “Kafolat va yig‘imlar” va “Hujjatlarni generatsiyalash” bo‘limlari orqali;
temir yo‘l transport vositasida olib o‘tilayotgan tovarlar bo‘yicha “Umumiy ma’lumotlar”, “Yuk to‘g‘risida ma’lumot”, “Yig‘imlar” va “Hujjatlarni generatsiyalash” bo‘limlari orqali shakllantiriladi.
7. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi hujjatlar “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali taqdim etiladi. Bunda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan mazkur Nizomning 8-bandiga asosan “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali shakllantirilgan hujjatlarga tegishli maxsus raqamni “E-Tranzit” AATda belgilangan maydonda ko‘rsatish va saqlash bilan chegaralanadi.
8. Deklarant yoki uning nomidan ish ko‘ruvchi vakolatli shaxs o‘zining elektron raqamli imzosi orqali “E-arxiv” interaktiv xizmatiga elektron arxivni shakllantirish maqsadida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni joylashtiradi.
“E-arxiv” interaktiv xizmatiga joylashtirilgan hujjatlarga avtomatik tarzda maxsus raqam beriladi va bu haqda deklarant yoki uning nomidan ish ko‘ruvchi vakolatli shaxsga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
“E-arxiv” interaktiv xizmatiga joylashtirilgan hujjatlar deklarant yoki uning nomidan ish ko‘ruvchi vakolatli shaxs tomonidan o‘zgartirilishi va o‘chirilishi mumkin, bundan bojxona rasmiylashtiruvida foydalanilgan hujjatlar mustasno.
Bojxona rasmiylashtiruvida foydalanilgan hujjatlarni o‘zgartirish zaruriyati yuzaga kelganda, hujjatlar mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda takroran “E-arxiv” interaktiv xizmatiga joylashtiriladi.
Deklarant bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun asos bo‘lgan hujjatlarga “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali berilgan maxsus raqamni deklaratsiyalovchi shaxsga taqdim etishi mumkin.
9. Tranzit deklaratsiyasi bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv hujjatlari bo‘yicha tashiladigan tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi uchun rasmiylashtiriladi. Bunda, tovarning bir nechta turkumi bo‘yicha bitta tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun ular bir transport vositasida bitta transport hujjati bilan bitta jo‘natuvchidan bitta qabul qiluvchining manziliga tashilayotgan bo‘lishi lozim.
10. Bojxona tranziti bojxona rejimi ostida tovarlarni yetkazib berish ichki va xalqaro tranzit yo‘nalishlariga bo‘linadi.
Tovarlarni chegara o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organidan respublikaning ichki hududida joylashgan bojxona organiga, respublikaning ichki hududida joylashgan bir bojxona organidan boshqasiga bojxona nazorati ostida yetkazib berish ichki tranzit hisoblanadi.
Tovarlarni chegara o‘tkazish punktida joylashgan jo‘natuvchi bojxona organidan respublikaning ichki hududida joylashgan bojxona organi orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar kelib tushadigan chegaradagi bojxona organiga bojxona hududi bo‘ylab yetkazib berish xalqaro tranzit hisoblanadi.
11. Tranzit deklaratsiyasi o‘zbek yoki rus tilida tushunarli to‘ldirilgan bo‘lishi lozim.
Tovarning kuzatuv hujjatlarida shaxslar, tovarlar, transport vositalari nomlanishlari va boshqa ma’lumotlarning lotin yoki boshqa (arab, xitoy va h.k.) alifbolar harflarida yozilganligi holatlari uchrasa, u holda bunday ma’lumotlar tranzit deklaratsiyada lotin alifbosi harflari bilan, kirill alifbosidagi nomlanishlar kirill alifbosi harflari bilan yoziladi.
Masalan:
shaxsning nomi — “Central global cargo Gmbh”, “Xinjiang zhongtai chemical Co., LTD”, “Magnitogorskiy metallurgicheskiy kombinat”, Kupriyanov Igor Mixaylovich;
avtotransport vositasining nomi — avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida guvohnoma yoki rasmiy ma’lumotlarga muvofiq “Toyota land cruiser”, “BMW 523i”, “MAN”, “KAMAZ”, “MAZ”;
tovarning nomi — “Mars”, “Adidas”, “Alyonka”, “Russkoye pole”.
12. Tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish va uning qog‘ozda chop etiladigan shaklida ma’lumotlarni shakllantirishda Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) 3 — 16-ilovalaridagi tasniflagichlardan foydalaniladi.
13. Tranzit deklaratsiyasi deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tguniga qadar yoki kesib o‘tish vaqtida beriladi, bundan bojxona hududi turgan bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berishni nazorat qilish uchun taqdim etiladigan hollar mustasno.
Bojxona hududida turgan bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berishni nazorat qilish uchun tranzit deklaratsiyasi tovarlar transport vositasiga yuklanishidan avval taqdim etiladi.
14. Tranzit deklaratsiyasi hamda bojxona nazoratini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati yakunlangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 184-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan muddat davomida saqlanadi.
15. Bojxona organlari tranzit deklaratsiyasini qog‘ozga chop etmaydilar va qog‘ozdagi tranzit deklaratsiyalar nusxalarini imzo va muhr bilan tasdiqlab bermaydilar, bundan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ko‘zda tutilgan yoki tashuvchi yoxud haydovchi tomonidan talab etiladigan holatlar mustasno.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tranzit deklaratsiya qog‘ozga chop etilganda, bojxona organining vakolatli xodimi tranzit deklaratsiyasining har bir varag‘iga tegishli shtamp qo‘yadi, uni o‘z imzosi va shaxsiy raqamli muhri (agar bojxona organi xodimiga shaxsiy raqamli muhr biriktirilmagan bo‘lsa, bojxona organining muhri) bilan tasdiqlaydi, qog‘ozning yuqori o‘ng burchagini esa “Nusxa” yozuvi bilan belgilaydi.
Tashuvchi yoki haydovchining talabiga ko‘ra tranzit deklaratsiyasi qog‘ozga chop etilganda, qog‘ozning yuqori o‘ng burchagiga “Nusxa” yozuvi qayd etilmaydi, uning nusxasi imzo va muhr bilan tasdiqlab berilmaydi.
II bo‘lim. “E-Tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi
1-bob. Avtotransport vositasida yetkazib berilayotgan tovarlar bo‘yicha tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish
1-§. “Umumiy ma’lumotlar” bo‘limidan foydalanish tartibi
16. “Umumiy ma’lumotlar” bo‘limida ma’lumotlar quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
1) 1-maydon. “Transport turi”.
Maydonda Transport turlari tasniflagichidan tovarlar olib o‘tilayotgan yoki harakatlanayotgan avtotransport vositalarining texnik xususiyatlaridan kelib chiqib transport turi quyidagi tartib bo‘yicha tanlanadi:
“10” — yengil avtomobil (haydovchi o‘rnini hisobga olmaganda 8 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqqa ega bo‘lgan);
“21” — yuk avtomobil (yuk ko‘tarish qobiliyati 10 tonnagacha bo‘lgan);
“22” — yuk avtomobil (yuk ko‘tarish qobiliyati 10 tonnadan 20 tonnagacha bo‘lgan);
“23” — yuk avtomobil (yuk ko‘tarish qobiliyati 20 tonnadan ortiq bo‘lgan);
“31” — avtobus (haydovchi o‘rnini hisoblamaganda 12 tagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan);
“32” — avtobus (haydovchi o‘rnini hisoblamaganda 13 tadan 30 tagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan);
“33” — avtobus (haydovchi o‘rnini hisoblamaganda 30 tadan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan);
“40” — mikroavtobus (transport vositasining to‘la vazni 3,5 tonnadan kam va haydovchi o‘rnini hisoblamaganda 8 tadan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan );
“50” — traktor;
“60” — mototransport;
“70” — maxsus transport;
2) 2-maydon. “Jo‘natuvchi bojxona posti”.
Maydonda Bojxona postlari tasniflagichiga asosan tranzit deklaratsiyasi taqdim etiladigan bojxona postining kodi va nomi tanlanadi;
3) 3-maydon. “Yuk tashish boshlangan mamlakat”.
Maydonda yuk tashish boshlangan (tovarlar mazkur transport vositasiga yuklangan) mamlakatning nomi transport hujjatiga asosan Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tanlash orqali ko‘rsatiladi;
4) 4-maydon. “Yuk tashish tugallanadigan mamlakat”.
Maydonda transport vositasidan tovarlar tushiriladigan (yetkazib beriladigan) mamlakat Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tanlash orqali ko‘rsatiladi.
Tovarlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasida tushirib qoldiriladigan hamda qolgan qismi tranzit olib o‘tiladigan bo‘lsa, maydonda “O‘zbekiston” yozuvi ko‘rsatiladi;
5) 5-maydon. “Qo‘shimcha ma’lumotlar”.
Maydonda qayd etilgan quyidagi savollar bo‘yicha “Ha” yoki “Yo‘q” qisqa javoblaridan biri tanlanadi:
a) “Transport yuk bilanmi?” — harakatlanayotgan transport vositasida tovar olib o‘tilayotgan bo‘lsa “Ha” javobi, aksi bo‘lgan holatda “Yo‘q” javobi tanlanadi;
b) “Transport tovar sifatidami?” — harakatlanayotgan transport vositasi tovar sifatida olib o‘tilayotgan bo‘lsa “Ha” javobi, aksi bo‘lgan holatda “Yo‘q” javobi tanlanadi;
v) “Transport vazn va gabaritlari me’yorlarga mosmi?” — harakatlanayotgan transport vositasining vazn va gabaritlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan me’yorlarga mos bo‘lsa “Ha” javobi, aksi bo‘lgan holatda “Yo‘q” javobi tanlanadi;
g) “Tovar boshqa transportga qayta yuklanadimi?” — O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanayotgan transport vositasiga ortilgan tovarlarning to‘liq yoki ma’lum bir qismi boshqa transport vositasiga yuklanadigan bo‘lsa “Ha” javobi, aksi bo‘lgan holatda “Yo‘q” javobi tanlanadi;
d) “Oyna tusi o‘zgartirilganmi?” — harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasining old, orqa va yon oynalari tusining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) bo‘lsa “Ha” javobi, aksi bo‘lgan holatda “Yo‘q” javobi tanlanadi;
e) “Tovarga avval tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilganmi?” — tovarga avval bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan bo‘lsa “Ha” javobi, aksi bo‘lgan holatda “Yo‘q” javobi tanlanadi. Bunda, “Ha” javobi tanlansa, “Avvalgi hujjat” nomi ostidagi maydonda tovarga rasmiylashtirilgan avvalgi tranzit deklaratsiyasining ro‘yxat raqami ko‘rsatiladi.
Tovarga avval bir nechta tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan bo‘lsa, har birining ro‘yxat raqami alohida yangi qatordan ko‘rsatiladi.
2-§. “Transport to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limidan foydalanish tartibi
17. “Transport to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limi “Tashuvchi ma’lumotlari”, “Transport to‘g‘risida ma’lumotlar”, “Haydovchi ma’lumotlari” nomli qismlardan iborat. Bo‘limda O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tovarlar olib o‘tilayotgan yoki tovar sifatida o‘zi harakatlanuvchi transport vositasi va uning haydovchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
18. “Tashuvchi to‘g‘risida ma’lumotlar” qismida tovarlarni yetkazib berishni amalga oshirayotgan tashuvchining yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligi qayd etilgan holda unga tegishli ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
19. Tashuvchi yuridik shaxs bo‘lgan taqdirda, ma’lumotlar quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
1) 1-maydon. “Ro‘yxatga olingan davlat”.
Maydonda tashuvchi yuridik shaxs sifatida ro‘yxatga olingan mamlakat kodi Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tanlash orqali ko‘rsatiladi;
2) 2-maydon. “STIR”.
Maydonda tashuvchiga tegishli STIR ko‘rsatiladi.
Tashuvchi STIRga ega bo‘lmagan norezident bo‘lsa, “999999999” kodi ko‘rsatiladi;
3) 3-maydon. “Tashuvchi nomi”.
Maydonda tashuvchining (tashuvchi tashkilotning) nomi ko‘rsatiladi.
Masalan, “Vodiy trans” MChJ;
4) 4-maydon. “Telefon raqami”.
Maydonda tashuvchining telefon raqami ko‘rsatiladi.
Masalan, +998999999999;
5) 5-maydon. “Elektron pochta”.
Maydonda tashuvchining elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
20. Tashuvchi jismoniy shaxs bo‘lganda, ma’lumotlar quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
1) 1-maydon. “Fuqaroligi”.
Maydonda tashuvchining fuqaroligi bo‘yicha mamlakat kodi Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tanlash orqali ko‘rsatiladi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan “000-noma’lum” yozuvi qayd etiladi;
2) 2-maydon. “JShShIR”.
Maydonda tashuvchiga tegishli JShShIR ko‘rsatiladi.
Tashuvchi JShShIRga ega bo‘lmagan norezident bo‘lsa, “99999999999999” kodi ko‘rsatiladi;
3) 3-maydon. “FIO”.
Maydonda tashuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi.
Masalan, Raimov Bektemir Aminjonovich;
4) 4-maydon. “Telefon raqami”.
Maydonda tashuvchining telefon raqami ko‘rsatiladi.
Masalan, +998999999999;
5) 5-maydon. “Elektron pochta”.
Maydonda tashuvchining elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi;
6) 6-maydon. “Pasport seriyasi va raqami”.
Maydonda tashuvchining xorijga chiqishda foydalanadigan pasport seriyasi va raqami ko‘rsatiladi.
Tranzit deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasining ichki hududidagi jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berish uchun taqdim etilayotgan hollarda tashuvchining xorijga chiqish biometrik pasporti mavjud bo‘lmasa, uning biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami ko‘rsatiladi.
Agar tashuvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasining seriya va raqami ko‘rsatiladi.
Ma’lumot bo‘sh joysiz (probelsiz), lotin alifbosi harflari va raqamlardan iborat bo‘lishi lozim.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda seriya va raqami qayd etilgan pasport nusxasiga “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqamini qayd etiladi hamda saqlanadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasport nusxasi mustasno;
21. “Transport to‘g‘risidagi ma’lumotlar” qismida tovarlar olib o‘tilayotgan yoki tovar sifatida o‘zi harakatlanuvchi transport vositasi haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
1) 1-maydon. “Davlat raqami”.
Maydonda avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi ko‘rsatiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisidagi harflar qaysi alifboda bo‘lsa, ushbu alifbo harflarida qayd etilishi lozim.
Masalan, lotin alifbosidagi harflar lotin alifbosida, kirill alifbosidagi harflar kirill alifbosida yoziladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi mavjud bo‘lmagan hollarda “000000” yozuvi qayd etiladi.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi qayd etilgan transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnoma (texnik pasport) yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasiga “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqam qayd etiladi va saqlanadi;
2) 2-maydon. “Ro‘yxatdan o‘tgan mamlakat”.
Maydonda avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatning nomi Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tanlash orqali ko‘rsatiladi.
Avtotransport vositasi tovar sifatida harakatlanayotgan bo‘lsa, Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tanlash orqali “000-noma’lum” yozuvi qayd etiladi;
3) 3-maydon. “Markasi va modeli”.
Maydonda avtotransport vositasining markasi va modeli ko‘rsatiladi. Marka va model haqidagi ma’lumotlar transport hujjatlari asosida ko‘rsatiladi;
4) 4-maydon. “VIN raqami”.
Maydonda transport vositasining identifikatsiya raqami (VIN raqami) ko‘rsatiladi.
Agar tovarni tashishda avtotransport vositalari sostavidan foydalanilgan bo‘lsa, ushbu transport vositalarini (tirkamalarni, yarim tirkamalarni va h.k.) harakatga keltiruvchi avtotransport vositasiga tegishli identifikatsiya raqami (VIN raqami) ko‘rsatiladi.
Transport vositasining identifikatsiya raqami (VIN raqami) transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnomada (texnik pasportda) qayd etiladi. Ma’lumot bo‘sh joysiz (probelsiz), lotin alifbosi harflari va raqamlardan iborat bo‘lishi lozim.
Transport vositasining identifikatsiya raqami (VIN raqami) 17 ta belgidan iborat yagona raqam bo‘lib, ayrim hollarda “Shassi”, ayrimlarida “Kuzov” raqami qismida beriladi.
Agar transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnomada (texnik pasportda) transport vositasining identifikatsiya raqami (VIN raqami) 17 ta belgidan kam bo‘lgan taqdirda, identifikatsiya raqami (VIN raqami) 17 ta belgiga yetguniga qadar uning oldiga nol raqamlari qo‘yiladi.
Masalan, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnomada (texnik pasportda) transport vositasining identifikatsiya raqami (VIN raqami) “XX1234” shaklida ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda identifikatsiya raqami (VIN raqami) “00000000000XX1234” shaklida qayd etiladi;
5) 5-maydon. “Yuksiz vazni (kg)”.
Maydonda avtotransport vositasining yuksiz vazni kilogrammda ko‘rsatiladi;
6) 6-maydon. “Dvigatel quvvati (ot kuchi)”.
Maydonda avtotransport vositasining dvigatel quvvati (ot kuchi) ko‘rsatiladi;
7) 7-maydon. “Katta hajmli va og‘ir yuklarni tashish uchun ruxsatnoma raqami”.
Maydonda O‘zbekiston Respublikasi hududida kelishilgan aniq yo‘nalish bo‘yicha katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashishga huquq beruvchi hujjat (maxsus ruxsatnoma) raqami ko‘rsatiladi.
Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma (maxsus ruxsatnoma)ni rasmiylashtirish talab etilmaydigan hollarda maydonda ma’lumotlar ko‘rsatilmaydi;
8) 8-maydon. “O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va tranzit o‘tishi uchun ruxsatnoma raqami”.
Maydonda xorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va tranzit o‘tishi uchun ruxsatnoma talab etiladigan hollarda ruxsatnoma raqami ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida avtotransport vositasi uchun ruxsatnoma talab etilmasligi belgilangan hollarda “istisno qilish” deb nomlangan maydoncha orqali uning sabablaridan biri ma’lumotnomadan tanlanadi;
9) 9-maydon. “Ishlab chiqarilgan yili”.
Maydonda avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili ma’lumotnomadan tanlash orqali ko‘rsatiladi;
10) 10-maydon. “Tirkama va konteyner raqami”.
Maydonda tirkama va konteyner raqamlari quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
a) “Tirkama ma’lumotlari” bo‘lmasi orqali alohida ajratilgan maydonchalarda tirkamaning ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami, identifikatsiya raqami (VIN raqami), yuksiz vazni, ro‘yxatga olingan davlati haqidagi ma’lumotlar mazkur bandning 1, 2, 4, 5-kichik bandlarida belgilangan tartibda ko‘rsatiladi;
b) “Konteyner ma’lumotlari” bo‘lmasi orqali alohida ajratilgan maydonchalarda konteyner raqami, uning yuksiz vazni, konteyner ortilgan tirkama raqami va konteyner tovar sifatida olib o‘tilayotganligi yoki tovar sifatida olib o‘tilmayotganligi haqida ma’lumotlar qayd etiladi.
Tirkama va (yoki) konteyner mavjud bo‘lmagan hollarda ularga tegishli maydonlarda ma’lumot ko‘rsatilmaydi;
22. “Haydovchi ma’lumotlari” qismida maydonlar quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
1) 1-maydon. “Fuqaroligi”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) fuqaroligi ko‘rsatiladi. Haydovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa, ma’lumotnomadan “000-noma’lum” yozuvi tanlanadi;
2) 2-maydon. “Pasport seriyasi va raqami”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) xorijga chiqishda foydalanadigan pasporti seriyasi va raqami ko‘rsatiladi.
Tranzit deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasining ichki hududidagi jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berish uchun taqdim etilayotgan hollarda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) xorijga chiqish biometrik pasporti mavjud bo‘lmasa, uning biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami ko‘rsatiladi.
Agar avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxs (haydovchi) fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasining seriyasi va raqami ko‘rsatiladi.
Ma’lumot bo‘sh joysiz (probelsiz), lotin alifbosi harflari va raqamlardan iborat bo‘lishi lozim.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda seriya va raqami qayd etilgan pasport nusxasiga “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqam qayd etiladi hamda saqlanadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasport nusxasi mustasno;
3) 3-maydon. “JShShIR”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) JShShIRi ko‘rsatiladi.
Avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxs (haydovchi) JShShIRga ega bo‘lmagan norezident bo‘lsa, “99999999999999” kodi ko‘rsatiladi;
4) 4-maydon. “Familiyasi”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) familiyasi ko‘rsatiladi;
5) 5-maydon. “Ismi”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) ismi ko‘rsatiladi;
6) 6-maydon. “Telefon raqami”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) telefon raqami ko‘rsatiladi;
7) 7-maydon. “Elektron pochta”.
Maydonda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxsning (haydovchining) elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
3-§. “Yuk to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limidan foydalanish tartibi
23. “Yuk to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi “Yuk kuzatuv hujjatlari”, “Tovar to‘g‘risida ma’lumotlar” va “Notarif choralar” nomli qismlardan iborat.
24. “Yuk kuzatuv hujjatlari” qismida ma’lumotlar kuzatuv hujjatlari asosida “Qo‘shish” tugmasi orqali ko‘rsatiladi. Agar tovarlarni qabul qiluvchisi yoki jo‘natuvchisi ikki yoki undan ortiq bo‘lsa, har biriga oid ma’lumotlar alohida ko‘rsatiladi.
25. “Yuk kuzatuv hujjatlari” qismida ma’lumotlar quyidagicha ko‘rsatiladi:
1) 1-maydon. “CMR raqami”.
Maydonda avtotransport vositasiga tegishli xalqaro transport yuk xati (CMR) raqami ko‘rsatiladi.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda raqami ko‘rsatilgan xalqaro transport yuk xatining (CMR) nusxasi “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqam qayd etiladi hamda saqlanadi;
2) 2-maydon. “CMR sanasi”.
Maydonda avtotransport vositasiga tegishli xalqaro transport yuk xatining (CMR) sanasi ko‘rsatiladi;
3) 3-maydon. “Invoys raqami”.
Maydonda tovarlarni jo‘natuvchi shaxs tomonidan berilgan invoys (hisob, hisob-faktura) raqami ko‘rsatiladi. Invoys (hisob, hisob-faktura) raqamida harflar mavjud bo‘lgan taqdirda, ular qaysi alifboda bo‘lsa, ushbu alifbo harflarida qayd etilishi lozim.
Masalan, lotin alifbosidagi harflar lotin alifbosida, kirill alifbosidagi harflar kirill alifbosida yoziladi.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda raqami ko‘rsatilgan invoys (hisob, hisob-faktura) nusxasiga “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqami qayd etiladi hamda saqlanadi;
4) 4-maydon. “Invoys sanasi”.
Maydonda tovarlarni jo‘natuvchi shaxs tomonidan berilgan invoys (hisob, hisob-faktura) sanasi ko‘rsatiladi;
5) 5-maydon. “Yuk jo‘natuvchi”.
Maydonda Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tovarlar jo‘natilgan mamlakatning kodi va nomi tanlanadi hamda jo‘natuvchi shaxs haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
jo‘natuvchi jismoniy shaxs bo‘lsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
jo‘natuvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning qisqacha nomi va joylashgan eri, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
6) 6-maydon. “Yuk qabul qiluvchi”.
Maydonda Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tovarlar kelib tushadigan mamlakatning kodi va nomi tanlanadi hamda qabul qiluvchi shaxs haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
qabul qiluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, JShShIRi, uning yashash manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
qabul qiluvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning qisqacha nomi va joylashgan eri, STIRi, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
7) 7-maydon. “Joylar soni”.
Maydonda tovarlar joylashtirilgan o‘rinlar (joylar) soni ko‘rsatiladi.
Tovarlar sochilgan, uyumlangan, quyilgan (o‘ramsiz) holatda olib kirilayotganda, “0” raqami qayd etiladi;
8) 8-maydon. “Manzil bojxona posti”.
Maydonda tovarlar yetkazib beriladigan bojxona postining kodi va nomi Bojxona postlari tasniflagichidan tanlash orqali ko‘rsatiladi;
9) 9-maydon. “Yuk tushiriladigan bojxona ombori”.
Maydonda tovarlar yetkaziladigan (joylashtiriladigan, tushiriladigan) bojxona ombori ko‘rsatiladi.
Tovarlar bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan boshqa omborlarga joylashtiriladigan yoki chegara bojxona posti orqali respublika hududidan olib chiqib ketiladigan yoxud deklarantda tovarlar joylashtiriladigan bojxona ombori haqida ma’lumot mavjud bo‘lmagan hollarda maydonni to‘ldirish talab etilmaydi;
10) 10-maydon. “Qo‘shimcha hujjatlar”.
Maydonda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi qo‘shimcha hujjatlar (mavjud bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Bunda, qo‘shimcha hujjatlar haqidagi ma’lumotlar “Qo‘shish” tugmasi orqali quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
“Hujjat turi” nomli maydonchada hujjatning turi Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar turlari tasniflagichidan tanlash orqali ko‘rsatiladi;
“Hujjat raqami” nomli maydonchada hujjatning raqami ko‘rsatiladi.
Hujjat raqamida harflar ishtirok etsa, ular qaysi alifboda bo‘lsa, ushbu alifbo harflarida qayd etilishi lozim.
Masalan, lotin alifbosidagi harflar lotin alifbosida, kirill alifbosidagi harflar kirill alifbosida yoziladi.
“Hujjat sanasi” nomli maydonchada hujjatning sanasi ko‘rsatiladi;
Agar ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan hujjatlar soni bir nechta bo‘lganda, har bir hujjatga tegishli ma’lumotlar yangi qatorda ko‘rsatiladi.
26. “Tovar to‘g‘risida ma’lumotlar” qismida tovarlar to‘g‘risida ma’lumotlar kuzatuv hujjatlari asosida “Qo‘shish” tugmasi orqali ko‘rsatiladi. Agar tovarlar bir nechta bo‘lsa, har biriga oid ma’lumotlar alohida raqam ostida ko‘rsatiladi.
Agar tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur qismda ko‘rsatilgan namuna asosida “excel” formatida tayyorlangan bo‘lsa, ushbu ma’lumotni yuklab olish orqali ham maydonlar to‘ldirilishi mumkin.
27. “Tovar to‘g‘risida ma’lumotlar” qismida ma’lumotlar quyidagicha ko‘rsatiladi:
1) 1-maydon. “TIF TN kodi”.
Maydonda tovarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasiga (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) muvofiq o‘nta raqamli kodi ko‘rsatiladi. Tovarning TIF TN kodi invoysdan (hisob, hisob-fakturadan) olinadi.
Agar tovarning TIF TNga muvofiq o‘nta raqamli kodini ko‘rsatishni imkoni bo‘lmasa, maydonda TIF TNga muvofiq tovarning kodi oltita raqamgacha ko‘rsatilishi mumkin;
2) 2-maydon. “Tovar nomi va tavsifi”.
Maydonda tovarga tegishli invoysda (hisob, hisob-fakturada) mavjud bo‘lgan tovarning nomi, belgilari, artikullari, navlari, standartlari va boshqa texnik va tijorat tavsiflari (davlat standartlari, texnik reglamentlar hamda standartlar va h.k.) ko‘rsatiladi;
3) 3-maydon. “Qadoq turi”.
Maydonda tovarga tegishli o‘rov varag‘ida qayd etilgan tovarning qadoq turi Qadoq turlari ma’lumotnomasidan tanlash orqali ko‘rsatiladi (masalan, paket, qop va h.k.);
4) 4-maydon. “O‘lchov birligi”.
Maydonda tovarning o‘lchov birligi tovarning TIF TNga muvofiq kodi asosida quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
tovarning TIF TNga muvofiq o‘nta raqamli kodi ko‘rsatilgan bo‘lsa, maydon TIF TNda keltirilgan “O‘lchov birliklari jadvali”ga muvofiq bojxona organi tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda to‘ldiriladi;
tovarning TIF TNga muvofiq kodi oltita raqamgacha ko‘rsatilgan bo‘lsa, maydonda tovarning kuzatuv hujjatlaridagi o‘lchov birligi ma’lumotnomadan tanlash orqali ko‘rsatiladi.
Masalan:
transport vositasida og‘irligi 4200 kilogrammga teng 50 ta dona muzlatkich olib o‘tilayotgan bo‘lsa — maydonda “796-sht” yozuvi ko‘rsatiladi;
transport vositasida og‘irligi 23000 kilogrammga teng 460 ta qopda bug‘doy uni olib o‘tilayotgan bo‘lsa — maydonda “166-kg” yozuvi ko‘rsatiladi;
5) 5-maydon. “Miqdori”.
Maydonda tovarning ushbu qismning 4-maydonida ko‘rsatilgan o‘lchov birligidagi miqdori tovarning kuzatuv hujjatlari asosida ko‘rsatiladi;
6) 6-maydon. “Brutto vazni”.
Maydonda tovarning kilogrammdagi “brutto” og‘irligi ko‘rsatiladi;
7) 7-maydon. “Netto vazni”.
Maydonda tovarning kilogrammdagi “netto” og‘irligi tovarning kuzatuv hujjatlari asosida ko‘rsatiladi;
8) 8-maydon. “Faktura qiymati”
Maydonda tovarning invoysda (hisob, hisob-fakturada) qayd etilgan faktura qiymati ko‘rsatiladi;
9) 9-maydon. “Valyuta turi”.
Maydonda tovarning faktura qiymatini invoysdagi (hisob, hisob-fakturadagi) hisob-kitob amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan valyuta nomi bo‘yicha valyuta turi Valyutalar tasniflagichidan tanlash orqali ko‘rsatiladi;
10) tovar sifatida avtotransport vositasi olib o‘tilayotgan hollarda alohida ajratilgan maydonlarda uning ishlab chiqarilgan yili, dvigatelning ish hajmi (quvvati, ot kuchi) ko‘rsatiladi.
28. “Notarif choralar” qismida ma’lumotlar (tovar va transport vositalariga nisbatan mavjud taqiqlar, cheklovlar, chegara bojxona postida talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va h.k.) normativ-huquqiy hujjatlar asosida avtomatik tarzda shakllanadi.
Agar tovarga nisbatan talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni taqdim etmaslik uchun asos bo‘luvchi hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda, “istisno” deb nomlangan maydonga belgi qo‘yish orqali ushbu hujjat haqida ma’lumot mazkur Nizomning 25-bandi 10-kichik bandi talablari asosida qayd etiladi.
4-§. “Kafolat va yig‘imlar” bo‘limidan foydalanish tartibi
29. “Kafolat va yig‘imlar” bo‘limi “Kafolat” va “Yig‘imlar” nomli qismlardan iborat bo‘lib, taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan hisoblangan bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash summasi hamda bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash usullariga oid ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
30. Taqdim etilgan ma’lumotlarga asosida “Kafolat” qismida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashning dastlabki summasi bojxona organlari tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda hisoblanadi.
31. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) 1-maydon. “Kafolat turini tanlang”.
Maydonda bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash usullari ma’lumotnomadan tanlash orqali ko‘rsatiladi.
Bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanmagan bo‘lsa, ma’lumotnomadan “Bojxona hamrohligida kuzatib borish” yozuvi tanlanadi.
Agar tovarlar yetkazib berish milliy tashuvchi tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, “milliy avtotashuvchi” yozuvi tanlanadi;
2) 2-maydon. “Raqami”.
Maydonda bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatning raqami qayd etiladi.
Agar tovarlar O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 223-moddasiga asosan milliy tashuvchi tomonidan yetkazib beriladigan hollarda tashuvchining litsenziya raqami qayd etiladi;
32. “Yig‘imlar” qismida qonunchilik hujjatlariga asosan undiriladigan yig‘imlarning so‘mdagi dastlabki miqdori “E-Tranzit” AAT tomonidan avtomatlashgan tartibda hisoblanadi.
5-§. “Hujjatlarni generatsiyalash” bo‘limidan foydalanish tartibi
33. “Hujjatlarni generatsiyalash” bo‘limida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida tranzit deklaratsiyasi shakllantiriladi.
34. “E-Tranzit” AATga ma’lumot kiritgan deklaratsiyalovchi shaxs mazkur bo‘limda shakllantirilgan hujjatlarni qog‘ozga chop etishi va yuklab olishi mumkin.
35. Deklaratsiyalovchi shaxsning xohishiga ko‘ra yig‘imlar bir vaqtning o‘zida “E-Tranzit” AAT orqali yaratilgan ilovalardan foydalangan holda “To‘lovlarni amalga oshirish” bo‘lmasiga belgi qo‘yish orqali to‘lanadi.
Agar vakolatli shaxs yig‘imlarni chegara bojxona postida to‘lasa, “E-Tranzit” AATdagi “Chegara bojxona postida to‘lash” bo‘lmasiga belgi qo‘yadi.
36. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etish “Deklaratsiyani tasdiqlayman va yuboraman” tugmasi orqali amalga oshiriladi.
2-bob. Temir yo‘l transport vositasida yetkazib berilayotgan tovarlar bo‘yicha tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish
1-§. “Umumiy ma’lumotlar” bo‘limidan foydalanish tartibi
37. “Umumiy ma’lumotlar” bo‘limida ma’lumotlar transport hujjatlariga asosan quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
1) 1-maydon. “Vagon raqami”.
Maydonda SMGS shaklidagi temir yo‘l yuk xatida qayd etilgan temir yo‘l vagoni raqami ko‘rsatiladi;
2) 2-maydon. “Indeks raqami”.
Maydonda transportning (poyezdning) indeks raqami ko‘rsatiladi (mavjud bo‘lsa);
3) 3-maydon. “Jo‘natuvchi bojxona posti”.
Maydonda Bojxona postlari tasniflagichiga asosan tranzit deklaratsiyasi taqdim etiladigan bojxona postining kodi va nomi tanlanadi;
4) 4-maydon. “Jo‘natuvchi stansiya”.
Maydonda SMGS shaklidagi temir yo‘l yuk xatida qayd etilgan dastlabki jo‘natuvchi stansiyaning kodi ko‘rsatiladi;
5) 5-maydon. “Oxirgi stansiya”.
Maydonda SMGS shaklidagi temir yo‘l yuk xatida qayd etilgan oxirgi manzil stansiyaning kodi ko‘rsatiladi;
6) 6-maydon. “Konteyner ma’lumotlari”.
Maydondagi alohida ajratilgan maydonchalarda konteyner raqami, uning yuksiz vazni va konteyner tovar sifatida olib o‘tilayotganligi yoki tovar sifatida olib o‘tilmayotganligi haqidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
2-§. “Yuk to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limidan foydalanish tartibi
38. “Yuk to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limi “Yuk kuzatuv hujjatlari” va “Tovar to‘g‘risida ma’lumotlar” nomli qismlardan iborat.
39. “Yuk kuzatuv hujjatlari” qismida ma’lumotlar kuzatuv hujjatlari asosida “Qo‘shish” tugmasi orqali ko‘rsatiladi. Agar tovarlarni qabul qiluvchisi va jo‘natuvchisi ikki yoki undan ortiq bo‘lsa, ularning har biriga oid ma’lumotlar alohida ko‘rsatiladi.
40. “Yuk kuzatuv hujjatlari” qismida ma’lumotlar quyidagicha ko‘rsatiladi:
1) 1-maydon. “CMGS raqami”.
Maydonda CMGS shaklidagi temir yo‘l yuk xati raqami ko‘rsatiladi.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda raqami ko‘rsatilgan CMGS shaklidagi temir yo‘l yuk xatining nusxasi “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqam qayd etiladi hamda saqlanadi;
2) 2-maydon. “Invoys raqami”.
Maydonda tovarlarni jo‘natuvchi shaxs tomonidan berilgan invoys (hisob, hisob-faktura) raqami ko‘rsatiladi. Invoys (hisob, hisob-faktura) raqamida harflar mavjud bo‘lgan taqdirda, ular qaysi alifboda bo‘lsa, ushbu alifbo harflarida qayd etilishi lozim.
Masalan, lotin alifbosidagi harflar lotin alifbosida, kirill alifbosidagi harflar kirill alifbosida yoziladi.
Alohida ajratilgan “Fayl” nomli maydonchada ushbu maydonda raqami ko‘rsatilgan invoys (hisob, hisob-faktura) nusxasiga “E-arxiv” interaktiv xizmati tomonidan berilgan tegishli maxsus raqam qayd etiladi hamda saqlanadi;
3) 3-maydon. “Invoys sanasi”.
Maydonda tovarni jo‘natuvchi shaxs tomonidan berilgan invoys (hisob, hisob-faktura) sanasi ko‘rsatiladi;
4) 4-maydon. “Konteyner raqami”.
Maydonda tovarlar ortilgan konteyner raqami “Umumiy ma’lumotlar” bo‘limida qayd etilgan konteynerlardan birini tanlagan holda ko‘rsatiladi;
5) 5-maydon. “Yuk jo‘natuvchi”.
Maydonda Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tovarlar jo‘natilgan mamlakatning kodi va nomi tanlanadi hamda jo‘natuvchi shaxs haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
jo‘natuvchi jismoniy shaxs bo‘lsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
jo‘natuvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning qisqacha nomi va joylashgan eri, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
6) 6-maydon. “Yuk qabul qiluvchi”.
Maydonda Dunyo mamlakatlari tasniflagichidan tovarlar kelib tushadigan mamlakatning kodi va nomi tanlanadi hamda qabul qiluvchi shaxs haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
qabul qiluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, JShShIRi, uning yashash manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
qabul qiluvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning qisqacha nomi va joylashgan eri, STIRi, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
7) 7-maydon. “Joylar soni”.
Maydonda tovarlar joylashtirilgan o‘rinlar (joylar) soni ko‘rsatiladi.
Tovarlar sochilgan, uyumlangan, quyilgan (o‘ramsiz) holatda olib kirilayotganda, “0” raqami qayd etiladi;
8) 8-maydon. “Manzil stansiya”.
Maydonda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tashuv tugallanadigan stansiya temir yo‘l stansiyalari ma’lumotnomasidan tanlash orqali quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
tovarlar ichki tranzit yo‘nalishi bo‘yicha yetkazib berilayotgan bo‘lsa — SMGS shaklidagi temir yo‘l yuk xatining 5-grafasidagi temir yo‘l stansiyasi;
tovarlar xalqaro tranzit yo‘nalishi bo‘yicha yetkazib berilayotgan bo‘lsa — SMGS shaklidagi temir yo‘l yuk xatining 6-grafasidagi temir yo‘l stansiyasi;
9) 9-maydon. “Manzil bojxona posti”.
Maydonda tovarlar yetkazib beriladigan bojxona postining kodi va nomi Bojxona postlari tasniflagichidan tanlash orqali ko‘rsatiladi;
10) 10-maydon. “Qo‘shimcha hujjatlar”.
Maydonda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi qo‘shimcha hujjatlar (mavjud bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Bunda, qo‘shimcha hujjatlar haqidagi ma’lumotlar “Qo‘shish” tugmasi orqali quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
“Hujjat turi” nomli maydonchada hujjatning turi Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar turlari tasniflagichidan tanlash orqali ko‘rsatiladi;
“Hujjat raqami” nomli maydonchada hujjatning raqami ko‘rsatiladi.
Hujjat raqamida harflar ishtirok etsa, ular qaysi alifboda bo‘lsa, ushbu alifbo harflarida qayd etilishi lozim.
Masalan, lotin alifbosidagi harflar lotin alifbosida, kirill alifbosidagi harflar kirill alifbosida yoziladi.
“Hujjat sanasi” nomli maydonchada hujjatning sanasi ko‘rsatiladi.
Agar ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan hujjatlar soni bir nechta bo‘lganda, har bir hujjatga tegishli ma’lumotlar alohida ko‘rsatiladi.
41. “Tovar to‘g‘risida ma’lumotlar” qismida tovarlar to‘g‘risida ma’lumotlar kuzatuv hujjatlari asosida “Qo‘shish” tugmasi orqali ko‘rsatiladi. Agar tovarlar bir nechta bo‘lsa, har bir tovar haqidagi ma’lumotlar alohida raqam ostida ko‘rsatiladi.
Agar tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur qismda ko‘rsatilgan namuna asosida “excel” formatida tayyorlangan bo‘lsa, ushbu ma’lumotni yuklab olish orqali ham maydonlar to‘ldirilishi mumkin.
42. “Tovar to‘g‘risida ma’lumotlar” qismida ma’lumotlar quyidagicha ko‘rsatiladi:
1) 1-maydon. “TIF TN kodi”.
Maydonda tovarning TIF TNga muvofiq o‘nta raqamli kodi ko‘rsatiladi. Tovarning TIF TN kodi invoysdan (hisob, hisob-fakturadan) olinadi.
Agar tovarning TIF TNga muvofiq o‘nta raqamli kodini ko‘rsatishni imkoni bo‘lmasa, maydonda TIF TNga muvofiq tovarning kodi oltita raqamgacha ko‘rsatilishi mumkin;
2) 2-maydon. “Tovar nomi va tavsifi”.
Maydonda tovarga tegishli invoysda (hisob, hisob-fakturada) mavjud bo‘lgan tovarning nomi, belgilari, artikullari, navlari, standartlari va boshqa texnik va tijorat tavsiflari (davlat standartlari, texnik reglamentlar hamda standartlar va h.k.) ko‘rsatiladi;
3) 3-maydon. “O‘lchov birligi”.
Maydonda tovarning o‘lchov birligi tovarning TIF TNga muvofiq kodi asosida quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
tovarning TIF TNga muvofiq o‘nta raqamli kodi ko‘rsatilgan bo‘lsa, maydon TIF TNda keltirilgan “O‘lchov birliklari jadvali”ga muvofiq bojxona organi tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda to‘ldiriladi;
tovarning TIF TNga muvofiq tovarning kodi oltita raqamgacha ko‘rsatilgan bo‘lsa, maydonda tovarning kuzatuv hujjatlaridagi o‘lchov birligi ma’lumotnomadan tanlash orqali ko‘rsatiladi.
Masalan:
transport vositasida og‘irligi 4200 kilogrammga teng 50 ta dona muzlatkich olib o‘tilayotgan bo‘lsa — maydonda “796-sht” yozuvi ko‘rsatiladi;
transport vositasida og‘irligi 23000 kilogrammga teng 460 ta qopda bug‘doy uni olib o‘tilayotgan bo‘lsa — maydonda “166-kg” yozuvi ko‘rsatiladi;
4) 4-maydon. “Miqdori”.
Maydonda tovarning ushbu qismning 3-maydonida ko‘rsatilgan o‘lchov birligidagi miqdori kuzatuv hujjatlari asosida ko‘rsatiladi;
5) 5-maydon. “Brutto vazni”.
Maydonda tovarning kilogrammdagi “brutto” og‘irligi ko‘rsatiladi;
6) 6-maydon. “Netto vazni”.
Maydonda tovarning kilogrammdagi “netto” og‘irligi tovarning kuzatuv hujjatlari asosida ko‘rsatiladi;
7) 7-maydon. “Faktura qiymati”
Maydonda nomi tovarning invoysda (hisob, hisob-fakturada) qayd etilgan faktura qiymati ko‘rsatiladi;
8) 8-maydon “Valyuta turi”.
Maydonda tovarning faktura qiymatini invoysdagi (hisob, hisob-fakturadagi) hisob-kitob amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan valyuta nomi bo‘yicha valyuta turi Valyutalar tasniflagichidan tanlash orqali ko‘rsatiladi.
3-§. “Yig‘imlar” bo‘limidan foydalanish tartibi
43. “Yig‘imlar” bo‘limida qonunchilik hujjatlariga asosan undiriladigan yig‘imlarning so‘mdagi dastlabki miqdori E-Tranzit” AAT tomonidan avtomatlashgan tartibda hisoblanadi.
4-§. “Hujjatlarni generatsiyalash” bo‘limidan foydalanish tartibi
44. “Hujjatlarni generatsiyalash” bo‘limida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida tranzit deklaratsiyasi shakllantiriladi.
45. “E-Tranzit” AATga ma’lumot kiritgan deklaratsiyalovchi shaxs mazkur bo‘limda shakllantirilgan hujjatlarni qog‘ozga chop etishi va yuklab olishi mumkin.
46. Deklaratsiyalovchi shaxsning xohishiga ko‘ra yig‘imlar bir vaqtning o‘zida “E-Tranzit” AAT orqali yaratilgan ilovalardan foydalangan holda “To‘lovlarni amalga oshirish” bo‘lmasiga belgi qo‘yish orqali to‘lanadi.
Agar vakolatli shaxs yig‘imlarni chegara bojxona postida to‘lasa, “E-Tranzit” AATdagi “Chegara bojxona postida to‘lash” bo‘lmasiga belgi qo‘yadi.
47. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etish “Deklaratsiyani tasdiqlayman va yuboraman” tugmasi orqali amalga oshiriladi.
III bo‘lim. Tranzit deklaratsiyasini qog‘ozga chop etiladigan shaklida ma’lumotlarni shakllantirish tartibi
3-bob. Tranzit deklaratsiyasini qog‘ozga chop etiladigan shakli
48. Qog‘ozga chop etiladigan tranzit deklaratsiyasi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi tranzit deklaratsiyasining asosiy varag‘i, bir nechta tovarlarni deklaratsiyalashda esa ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi tranzit deklaratsiyasining qo‘shimcha varag‘idan iborat bo‘ladi.
Tranzit deklaratsiyasining asosiy varag‘ida bitta tovar, bitta qo‘shimcha varag‘ida esa uchta tovar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.
49. Tranzit deklaratsiyasini qog‘ozga chop etiladigan shakli deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan mazkur Nizomning 1 va 2-boblarida belgilangan tartibda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga va bojxona organi xodimi tomonidan qayd etilgan belgilarga asosan “E-Tranzit” AAT tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda to‘ldiriladi.
4-bob. Tranzit deklaratsiyasini qog‘ozga chop etiladigan shaklidagi grafalarning to‘ldirish tartibi
50. Qog‘ozga chop etiladigan shakldagi tranzit deklaratsiyasining quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9, 13, 14, 15, 15a, 17, 17a, 18, 19, 22, 23, 26, 29, 31, 32, 33, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 46, 47, 50, 53, 54, “A” va “D”.
51. Tranzit deklaratsiyasini qog‘ozga chop etiladigan shaklidagi grafalar quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi bo‘lmasida bojxona tranziti operatsiyasi yo‘nalishining qisqa nomi quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
tovarlar ichki tranzit yo‘nalishi bo‘yicha yetkazib berilayotgan bo‘lsa — “VT”;
tovarlar xalqaro tranzit yo‘nalishi bo‘yicha yetkazib berilayotgan bo‘lsa — “MT”;
Grafaning ikkinchi bo‘lmasida “80” kodi ko‘rsatiladi;
2) 2-grafa. “Yukni jo‘natuvchi”.
Grafada bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarni jo‘natuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi:
jo‘natuvchi jismoniy shaxs bo‘lsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili;
jo‘natuvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning qisqacha nomi va joylashgan eri;
3) 3-grafa. “Qo‘shimcha varaqlar”.
Grafaning birinchi bo‘lmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi bo‘lmasida tranzit deklaratsiyasi varaqlarining umumiy soni (asosiy va qo‘shimcha varaqlari yig‘indisi) ko‘rsatiladi.
Masalan, agar tranzit deklaratsiyasi ikkita qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lsa, uning asosiy varag‘ida “1/3”, birinchi qo‘shimcha varag‘ida “2/3”, ikkinchi qo‘shimcha varag‘ida “3/3” ko‘rsatiladi. Agar tranzit deklaratsiyasi qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lmasa “1/1” ko‘rsatiladi;
4) 5-grafa. “Tovarlar nomlarining umumiy soni”.
Grafada tranzit deklaratsiyasining 31-grafalarida ko‘rsatilgan tovarlar nomlarining umumiy soni yoziladi. Bu son tranzit deklaratsiyasining 31-grafalari soniga muvofiq bo‘lishi lozim;
5) 7-grafa. “Ro‘yxat raqam”.
Grafada tranzit deklaratsiyasi taqdim etilgan bojxona postining kodi, tranzit deklaratsiyasining raqami va u ro‘yxatga olingan sana quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
99999 / 99.99.9999 / 9999999
1 2 3 4 5
1-element — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan qayd etilgan bojxona postining Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq beshta belgili kodi;
2, 3 va 4-elementlar — tranzit deklaratsiyasi bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kun, oy va yil;
5-element — bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olingan tranzit deklaratsiyasining tartib raqami (joriy yilda o‘sish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi);
6) 8-grafa. “Yukni qabul qiluvchi”.
Grafada transport hujjatlariga asosan bojxona tranziti rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarni qabul qiluvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
Grafada transport hujjatlariga asosan bojxona tranziti rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarni qabul qiluvchi shaxs to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
qabul qiluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
qabul qiluvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning qisqacha nomi va joylashgan eri, telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);.
Grafaning pastki qismida “№” belgisidan so‘ng yukni qabul qiluvchining STIRi (jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi) ko‘rsatiladi.
Tovarlar STIR yoki JShShIRga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan olib o‘tilayotganda, “999999999” kodi ko‘rsatiladi;
7) 9-grafa. “Tashuvchi”.
Grafada tovarlarni tashuvchisi to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
tashuvchi jismoniy shaxs bo‘lsa — uning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili), telefon raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tashuvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning qisqacha nomi va joylashgan eri (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va yuridik manzili), telefon raqami;
Grafaning pastki qismida “№” belgisidan so‘ng tashuvchining STIRi (jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi) ko‘rsatiladi. Tashuvchi STIR yoki JShShIRga ega bo‘lmagan shaxs bo‘lsa, “999999999” kodi ko‘rsatiladi;
8) 13-grafa.
Grafada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, tranzit deklaratsiyasi ro‘yxatga olingan kundagi AQSh dollarining O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi ko‘rsatiladi;
9) 14-grafa. “Deklarant/bojxona brokeri”.
Grafada bojxona brokeri yoki deklaratsiyani taqdim etgan deklarant haqidagi ma’lumotlar (yuridik shaxs bo‘lsa — uning qisqacha nomi, joylashgan eri (yuridik manzili), jismoniy shaxs bo‘lsa — familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili) ko‘rsatiladi.
Grafaning yuqori qismida “№” belgisidan so‘ng, bojxona brokeri yoki deklarantning STIRi (jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi) ko‘rsatiladi;
10) 15-grafa. “Jo‘natuvchi mamlakat”.
Grafada tovar jo‘natilgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq qisqa nomi ko‘rsatiladi;
11) 15a-grafa. “Jo‘natuvchi mamlakat kodi”.
Grafada tovar jo‘natilgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi ko‘rsatiladi;
12) 17-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat”.
Grafada tovar kelib tushadigan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq qisqa nomi ko‘rsatiladi;
13) 17a-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat kodi”.
Grafada tovar kelib tushadigan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi ko‘rsatiladi;
14) 18-grafa. “Jo‘natish/yetkazib berish vaqtidagi transport vositasi”.
Grafada jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni tashish amalga oshirilayotgan transport vositasi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Grafaning chap bo‘lmasida transport vositalari miqdori yoziladi, bitta bo‘sh joy (probel) tashlab Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, so‘ngra ikki nuqtadan keyin orasiga “;” ajratish belgisi qo‘yilgan holda transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi (temir yo‘l vagoni raqami, avtotransport vositasi ro‘yxat raqami, avtotransport vositasining VIN raqami va shu kabi ma’lumotlar).
Masalan:
1 AVTO: A987SA; WYC5241321L245013;
1 JD: 63453546;
Agar tovarlar avtotransport vositalari sostavi bilan olib o‘tilgan bo‘lsa, transport vositasi ro‘yxat raqamidan so‘ng “/” ajratish belgisi qo‘yilgan holda tirkamalar, yarim tirkamalar raqamlari va ularning VIN raqamlari ko‘rsatiladi.
Masalan:
1 AVTO: A987SA;WYC5241321L245013/K118DS;SYC5241321L245013.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida transport vositasi tegishli bo‘lgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Agar tovarlarni tashishda avtotransport vositalari sostavidan foydalanilgan bo‘lsa, ushbu transport vositalarini (pritseplarni, yarim pritseplarni va h.k.) harakatga keltirgan avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan mamlakatning raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Grafada transport vositasi bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin;
15) 19-grafa. “Konteyner”.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi:
“0” — agar tovarlar konteynerda olib o‘tilmayotgan bo‘lsa;
“1” — agar tovarlar konteynerda olib o‘tilayotgan yoki tovar sifatida konteyner rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa;
16) 22-grafa. “Valyuta va tovarlarning umumiy faktura qiymati”.
Grafaning chap bo‘lmasida faktura qiymatning invoysdagi (hisob, hisob-fakturadagi) hisob-kitob amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan valyuta kodi Valyutalar tasniflagichiga muvofiq ko‘rsatiladi.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida raqamlarda tovarlarni faktura qiymatining umumiy summasi ko‘rsatiladi.
Tovarlarni faktura qiymatining umumiy summasi tranzit deklaratsiyasining 42-grafalaridagi qiymatlar yig‘indisidan tashkil topadi;
17) 23-grafa. “Valyuta kursi”.
Grafada tranzit deklaratsiyasining 22-grafasida kodi ko‘rsatilgan valyutaning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, tranzit deklaratsiyasi ro‘yxatga olingan kundagi O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi ko‘rsatiladi.
Masalan:
agar 1 Rossiya rubli = 182,52 so‘m bo‘lsa, grafada “1/182,52” ko‘rsatiladi;
agar 10 Yapon yenasi = 79,70 so‘m bo‘lsa, grafada “10/79,70” ko‘rsatiladi;
agar valyuta kontrakti O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi bo‘lsa, grafada “1/1” ko‘rsatiladi;
18) 26-grafa. “Transport turi”.
Grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq 18-grafada ko‘rsatilgan transport vositasi turining kodi ko‘rsatiladi;
19) 29-grafa. “Chegaradagi bojxona”.
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq tovarlar O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan bojxona posti kodi va nomi ko‘rsatiladi
Tranzit deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasining ichki hududidagi jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berish uchun taqdim etilgan bo‘lsa, grafa to‘ldirilmaydi;
20) 31-grafa. “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovar haqida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumot qayd etiladi. Ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi:
1 — tovar tavsifi hamda tovarning miqdor va sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
2 — o‘ramga ega bo‘lgan tovar uchun u egallagan yuk joylarining umumiy soni, agar tovarlar sochilgan, uyumlangan, quyilgan (o‘ramsiz) holatda olib kirilgan bo‘lsa, “0” raqami ko‘rsatiladi.
3 — tovar konteynerda tashilganda yoki konteyner tovar sifatida olib o‘tilayotgan hollarda konteyner raqami yoziladi.
Grafaning pastki o‘ng burchagida alohida ajratilgan joyda tovarlarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori va o‘lchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi ko‘rsatiladi;
21) 32-grafa. “Tovar №”.
Grafada 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi;
22) 33-grafa. “Tovar kodi”.
Grafaning chap qismida 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarlarning TIF TNga muvofiq o‘nta yoki oltita raqamli kodi ko‘rsatiladi. Ushbu kod bo‘sh joysiz (probelsiz) va boshqa ajratuvchi belgilarsiz yoziladi;
23) 35-grafa. “Brutto vazn (kg)”.
Grafada tranzit deklaratsiyasidagi tovarning kilogrammdagi “brutto” og‘irligi ko‘rsatiladi;
24) 37-grafa. “Protsedura”.
Grafada tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tish protsedurasining yetti belgili kodi ko‘rsatiladi. Ushbu kod quyidagi uchta tarkibiy qismlardan iborat:
birinchi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bayon etilayotgan bojxona rejimi kodi;
keyingi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq avvalgi bojxona tranziti bojxona rejimi kodi. Agar avvalgi bojxona tranziti bojxona rejimi mavjud bo‘lmasa, “00” ko‘rsatiladi;
oxirgi uchta raqam — “000” kodi ko‘rsatiladi;
25) 38-grafa. “Netto vazn (kg)”.
Grafada tovarning deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan qayd etilgan kilogrammdagi “netto” og‘irligi ko‘rsatiladi;
26) 40-grafa. “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat”.
Tovarlar bayon etilayotgan bojxona rejimidan avval bojxona rejimiga joylashtirilgan bo‘lsa, grafada tovarlarni avvalgi bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos bo‘lgan tranzit deklaratsiyasining ro‘yxat raqami ko‘rsatiladi;
27) 41-grafa. “Qo‘shimcha o‘lchov birligi”.
Grafada TIF TNda keltirilgan “O‘lchov birliklari jadvali”ga muvofiq 31-grafaning pastki o‘ng bo‘lmasida ko‘rsatilgan tovar miqdorining qo‘shimcha o‘lchov birligi kodi ko‘rsatiladi;
28) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan qayd etilgan tovarning faktura qiymati ko‘rsatiladi;
29) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”.
Grafada tranzit deklaratsiyasini to‘ldirishga asos bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Har bir hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar turlari tasniflagichiga muvofiq hujjatning tartib raqami va harfli kodi qayd etilgan holda ko‘rsatiladi;
30) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada tovarning statistik qiymati ko‘rsatiladi. Statistik qiymat sifatida 42-grafada ko‘rsatilgan va ming AQSh dollariga keltirilgan tovarning faktura qiymati qabul qilinadi.
Statistik qiymat matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng, uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatini hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, tranzit deklaratsiyasi ro‘yxatga olingan kunda amalda bo‘lgan kursdan foydalaniladi;
31) 47-grafa. “Bojxona to‘lovlarining hisobi”.
Grafada bojxona to‘lovlarining hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
“To‘lov turi” ustunida Bojxona to‘lovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona to‘lovi turining kodi ko‘rsatiladi.
“Hisoblash asosi” ustunida bojxona to‘lovini hisoblashning asosi ko‘rsatiladi.
“Stavka” ustunida bojxona to‘lovi summasini hisoblashda qo‘llaniladigan bojxona to‘lovlarining belgilangan stavkasi miqdori ko‘rsatiladi.
“Summa” ustunida bojxona to‘lovining O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida hisoblangan summasi ko‘rsatiladi;
32) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafada tranzit deklaratsiyasini to‘ldirishga asos bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni deklaratsiyalovchi shaxsga taqdim etgan hamda ulardagi ma’lumotlarga javobgar hisoblangan vakolatli shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va unga tegishli jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda JShShIR deb yuritiladi) ko‘rsatiladi.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxs JShShIRi mavjud bo‘lmagan norezident bo‘lsa, u holda shaxsning JShShIRi qayd etiladigan joyda “99999999999999” kodi ko‘rsatiladi.
33) 53-grafa. “Kelib tushadigan bojxona va mamlakat”.
Grafa xalqaro tranzit yo‘nalishi bo‘yicha yetkazib berilayotgan tovar va (yoki) transport vositalarini bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirishda to‘ldiriladi.
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq tovarlar O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan bojxona organi nomi va kodi ko‘rsatiladi;
34) 54-grafa. “Joy va sana”.
Grafada deklaratsiyalovchi shaxs haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi (ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi):
1 — deklaratsiyalovchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
2 — deklaratsiyalovchi shaxsning telefon raqami;
3 — deklaratsiyalovchi shaxsning JShShIRi;
35) “A” grafa.
Grafada tranzit deklaratsiyasiga berilgan identifikatsiya kodi qayd etiladi;
36) “D” grafa.
Grafaning chap bo‘lmasida jo‘natuvchi bojxona organiga tegishli ma’lumotlar quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
ro‘yxatga olinib, qabul qilinmagan tranzit deklaratsiyasida — “Qabul qilinmagan” yozuvi qayd etiladi;
ro‘yxatga olinib, qabul qilingan tranzit deklaratsiyasida — “Qabul qilingan, rasmiylashtirilmagan” yozuvi qayd etiladi;
rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasida — bojxona organi tomonidan ushbu tranzit deklaratsiyasida bayon etilgan tovar va transport vositalariga nisbatan qabul qilingan qarorlar haqidagi bojxona organi belgilari (yozuvlari) ko‘rsatiladi.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida ma’lumotlar quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasida — “Bojxona nazoratidagi yuk” yozuvi qayd etiladi;:
qabul qiluvchi bojxona organi tomonidan tranzit bojxona rejimi yakunlanganda — tovarlarga nisbatan qabul qilingan qarorlar haqidagi bojxona organi belgilari (yozuvlari) ko‘rsatiladi.
IV bo‘lim. Tranzit deklaratsiyasini ro‘yxatga olish, rasmiylashtirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish
5-bob. Tranzit deklaratsiyasini ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi
52. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasini bojxona organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish real vaqt rejimida “E-tranzit” AATda avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
“E-tranzit” AATda tranzit deklaratsiyalarini ro‘yxatda o‘tkazish identifikatsiya kodi va tartib raqamlari berilgan holda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
identifikatsiya kodi bitta transport vositasi va bitta transport hujjati bo‘yicha bir vaqtda taqdim etilgan tranzit deklaratsiyalariga beriladi;
tartib raqami mazkur Nizomning 51-bandida belgilangan tartibda har bir tranzit deklaratsiyasining 7-grafasini to‘ldirish orqali beriladi.
53. Tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan tovar va transport vositasi jo‘natuvchi bojxona organiga yetib kelganidan so‘ng qabul qilinadi. Bunda, deklarant tomonidan tovar va transport vositasi bo‘yicha taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasiga “E-Tranzit” AAT tomonidan berilgan identifikatsiya kodi bojxona organiga ma’lum qilinishi zarur.
Tranzit deklaratsiyasini qabul qilish deklarant tomonidan bojxona organlariga tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etishi va identifikatsiya kodini ma’lum qilishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi hamda bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs xabardor qilinadi.
54. Ro‘yxatga olingan tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilingandan so‘ng, bojxona rasmiylashtiruvi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
55. Tranzit deklaratsiyasining jo‘natuvchi bojxona organida bojxona rasmiylashtiruvi hamda taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda, bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan va barcha zarur hujjatlar hamda ma’lumotlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch soat davomida, bundan tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlariga bojxona xizmati organlarining ish vaqtidan tashqari paytda tranzit deklaratsiyasi taqdim etilgan holatlar mustasno;
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilmagan boshqa hollarda tranzit deklaratsiyasi qabul qilingan va barcha zarur hujjatlar hamda ma’lumotlar taqdim etilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida.
Mazkur muddatlar xavflarni boshqarish tizimida belgilangan zarur tadbirlarni, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan tovarlar va (yoki) transport vositalari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olmaydi.
6-bob. Ro‘yxatga olinib, qabul qilinmagan tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish
56. Tranzit deklaratsiyasi ro‘yxatga olinib, bojxona organi tomonidan qabul qilib olinguniga qadar deklaratsiyalovchi shaxs tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritishi, uni qaytarib olishi mumkin.
57. Ro‘yxatga olinib, qabul qilinmagan tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga kelganda, deklaratsiyalovchi shaxs “E-Tranzit” AATda “Deklaratsiyani tuzatish” tugmasi orqali amalga oshiriladi. Bunda, tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish mazkur Nizomning 1 va 2-boblarida belgilangan tartibda hamda ketma-ketlikda amalga oshiriladi, bundan “E-Tranzit” AAT tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda to‘ldirilgan maydonlar mustasno.
58. Ro‘yxatga olinib, qabul qilinmagan tranzit deklaratsiyasini qaytarib olish “Deklaratsiyani qaytarib olish” tugmasi orqali amalga oshiriladi.
Agar bitta identifikatsiya kodi bilan ro‘yxatga olingan bir nechta tranzit deklaratsiyalarining bittasini qaytarib olish zarurati yuzaga kelgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ularning barchasi qaytarib olinadi.
59. Qaytarib olingan tranzit deklaratsiyasining o‘rniga yangi tranzit deklaratsiyasini taqdim etish mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan muddatidan oshib ketmasligi lozim.
60. Tranzit deklaratsiyasi ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida unda ko‘rsatilgan tovarlar jo‘natuvchi bojxona organiga taqdim etilmasa, tranzit deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi. Bunda, tranzit deklaratsiyasi “E-Tranzit” AAT tomonidan avtomatlashtirilgan tartibda bekor qilinadi hamda bu haqda deklaratsiyalovchi shaxsga axborot almashish tizimi orqali ma’lum qilinadi.
61. Qaytarib olingan yoki bekor qilingan tranzit deklaratsiyasining identifikatsiya kodi va tartib raqamlari boshqa tranzit deklaratsiyasiga berilmaydi.
7-bob. Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish
1-§. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish
62. Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyalariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga muvofiq bojxona organining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Qabul qilingan tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun bojxona organiga deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs murojaat qiladi.
Qabul qilingan tranzit deklaratsiyasini qaytarib olish yoki rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun bojxona organiga deklarant yoki uning nomidan tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi ishonchnomasi asosida deklaratsiyalovchi shaxs murojaat qiladi.
63. Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish va taqdim etish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish zarur bo‘lganda;
bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta tranzit deklaratsiyasi qabul qilinganligi aniqlanganda;
tranzit deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish uchun asos bo‘ladigan hamda taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan, qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa hollarda.
64. Quyidagi hollarda tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish taqiqlanadi:
deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsdan tranzit deklaratsiyasida ko‘rsatilgan tovarlarga tegishli hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar talab qilinib, bu bo‘yicha tekshiruv yakuniga yetmagan bo‘lsa;
tranzit deklaratsiyasida ko‘rsatilgan tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish belgilanib, bu jarayon yakuniga yetmagan bo‘lsa;
tranzit deklaratsiyasida ko‘rsatilgan tovarlarni bojxona ekspertizasidan o‘tkazish tayinlanib, bu jarayon yakuniga yetkazilmagan bo‘lsa.
65. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun o‘z xohishiga ko‘ra quyidagi shakllarda murojaat qiladi:
tranzit deklaratsiyasiga “E-Tranzit” AATda o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish uchun tranzit deklaratsiyasi ro‘yxatga olingan bojxona organiga axborot almashish tizimi orqali;
deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsda tranzit deklaratsiyasini “E-Tranzit” AAT orqali o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish imkoni bo‘lmagan taqdirda, bojxona organiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tuzatish kiritish varag‘ini taqdim etish orqali.
66. Tuzatish kiritish varag‘ida tranzit deklaratsiyasining bojxona organida ro‘yxatga olingan raqami, o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish lozim bo‘lgan grafa va (yoki) maydonlar, ularga kiritiladigan tuzatishlar bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘rsatiladi hamda tuzatish kiritish varag‘i uni taqdim etgan shaxs tomonidan imzolanadi.
67. Tranzit deklaratsiyaga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi murojaatlar bojxona organi tomonidan quyidagi muddatlarda ko‘rib chiqiladi:
qabul qilingan tranzit deklaratsiyasi bo‘yicha murojaat mazkur Nizomning 55-bandida nazarda tutilgan rasmiylashtiruv muddatlari ichida;
rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasi bo‘yicha murojaat O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasida belgilangan muddatda.
68. Bojxona organi murojaatni ko‘rib chiqib, mazkur Nizomning 63 va 64-bandlariga muvofiq tranzit deklaratsiyaga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishni asosli deb topsa, tranzit deklaratsiyadagi xato va (yoki) kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha murojaat etgan shaxsni xabardor etadi.
Tranzit deklaratsiyasiga “E-Tranzit” AATda o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida murojaat qilingan bo‘lsa, bojxona organi tomonidan “E-Tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish imkoniyati yaratiladi. Bunda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlarga “E-Tranzit” AATda quyidagi muddatlar ichida o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritiladi:
qabul qilingan tranzit deklaratsiyasi u qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida;
rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan yozma shaklda xabardor etilgan kundan e’tiboran besh kun ichida.
Murojaat tuzatish kiritish varag‘i orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, bojxona organi tomonidan “E-Tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasi ma’lumotlariga bir ish kuni ichida o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritiladi. Bunda, tuzatish kiritish varag‘i tranzit deklaratsiyaga ilova tarzda biriktiriladi.
69. Deklaratsiyalovchi shaxsda tranzit deklaratsiyasi bo‘yicha tovar va transport vositasi bilan bog‘liq hujjatlarni bojxona organiga taqdim etish zarurati yuzaga kelganda, hujjat nusxalarini axborot almashish tizimi orqali taqdim etadi, bundan “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali taqdim etilgan hujjatlar mustasno.
Bojxona organi taqdim etilgan hujjatni axborot almashish tizimi orqali qabul qilib oladi, bundan asossiz taqdim etilgan yoki sifatsiz (xira, bo‘yalgan, tushunarsiz va h.k.) yoxud “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali taqdim etilgan hujjatlar mustasno.
70. Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasi deklarantning murojaatiga asosan quyidagi hollarda qaytarib olinishi mumkin:
bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta tranzit deklaratsiyasi qabul qilingan holat aniqlanganda;
tranzit deklaratsiyasini qaytarib olish uchun asos bo‘ladigan hamda taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan, qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa hollarda.
71. Tranzit deklaratsiyasini qaytarib olish zarurati yuzaga kelganda, deklarant bojxona organiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Murojaatda qaytarib olish zarur bo‘lgan tranzit deklaratsiyasining ro‘yxat raqami, uni qaytarib olishning sabablari qayd etiladi.
72. Tranzit deklaratsiyasini qaytarib olish bo‘yicha taqdim etilgan murojaat bojxona organi tomonidan mazkur Nizomning 67-bandida nazarda tutilgan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
73. Bojxona organi murojaatni ko‘rib chiqib, tranzit deklaratsiyasini qaytarib olishni mazkur Nizomning 70-bandiga muvofiq asosli deb topsa, tranzit deklaratsiyasi “E-Tranzit” AATda bir ish kuni ichida qaytariladi.
74. Bojxona organi murojaatni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish uchun mazkur Nizomning 70-bandiga muvofiq asoslar mavjud emas deb topsa, tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishni, uni qaytarib olishni rad etadi. Bunday holatlarda rad etishning asoslangan sabablari yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilinadi.
2-§. Bojxona organi tashabbusi bilan tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni bekor qilish
75 Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyalariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish bojxona organining talabi asosida mazkur Nizomning 63-bandida tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
76. Mazkur Nizomning 64-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bojxona organi tashabbusi bilan tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni bekor qilish taqiqlanadi.
77. Bojxona organi tomonidan aniqlangan tranzit deklaratsiyasidagi xato va (yoki) kamchiliklarni bartaraf etish zarur bo‘lganda, bojxona organi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi hamda “E-Tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasini o‘zgartirish imkoniyati yaratiladi.
78. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs o‘z xohishiga ko‘ra tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun quyidagilardan birini amalga oshiradi:
qabul qilingan tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlarga bojxona organi tomonidan yozma shaklda xabardor etilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida, rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasiga besh kun ichida “E-Tranzit” AAT orqali o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritadi;
deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsda tranzit deklaratsiyasiga “E-Tranzit” AAT orqali o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish imkoni bo‘lmaganda, bojxona organiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tuzatish kiritish varag‘ini qabul qilingan tranzit deklaratsiyasi bo‘yicha bojxona organi tomonidan yozma shaklda xabardor etilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida, rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasi bo‘yicha besh kun ichida taqdim etadi.
Tuzatish kiritish varag‘ida tranzit deklaratsiyasining bojxona organida ro‘yxatga olingan raqami, o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish lozim bo‘lgan grafa va maydonlar, ularga kiritiladigan tuzatishlar bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘rsatiladi hamda uni taqdim etgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Agar deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun zarurat yo‘q deb hisoblasa, bu haqda yozma yoki elektron shaklda bojxona organiga o‘zining asoslantirilgan xatini mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat ichida taqdim etishi lozim.
79. Tuzatish kiritish varag‘i taqdim etilgandan so‘ng, bojxona organi tomonidan “E-Tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasi ma’lumotlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritiladi. Bunda, tuzatish kiritish varag‘i tranzit deklaratsiyasiga ilova tarzda biriktiriladi.
80. Bojxona organi talabi bilan tranzit deklaratsiyasi bo‘yicha tovar va transport vositasi bilan bog‘liq qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etish zarurati yuzaga kelganda, deklaratsiyalovchi shaxs hujjat nusxalarini axborot almashish tizimi orqali taqdim etadi, bundan “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali taqdim etilgan hujjatlar mustasno.
Agar deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organi tomonidan talab etilgan hujjatlarni taqdim etish uchun zarurat yo‘q deb hisoblasa, bu haqda yozma yoki elektron shaklda bojxona organiga o‘zining asoslantirilgan xatini taqdim etishi mumkin.
81. Bojxona organi taqdim etilgan hujjatni axborot almashish tizimi orqali qabul qilib oladi, bundan talab etilmagan (asossiz taqdim etilgan) yoki sifatsiz (xira, bo‘yalgan, tushunarsiz va h.k.) hujjatlar yoxud “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali taqdim etilgan mustasno.
82. Tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tashabbusi bilan quyidagi hollarda bekor qilinadi:
qabul qilingan tranzit deklaratsiyasiga belgilangan muddatda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan “E-Tranzit” AAT orqali o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritilmasa;
qabul qilingan tranzit deklaratsiyasiga belgilangan muddatda deklarant tomonidan tuzatish kiritish varag‘i taqdim etilmasa;
bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta tranzit deklaratsiyasi ro‘yxatga olingan holat tasdiqlanganda;
transport vositalari olib kirilgan chegara bojxona nazorat zonasini tark etmasdan qaytarib olib chiqib ketilganda.
V bo‘lim. Yakuniy qoidalar
83. Bitta tovar yuzasidan takroran qabul qilingan tranzit deklaratsiyasini bekor qilish yoki qaytarib olishda nisbatan xavf darajalari past bo‘lgan tranzit deklaratsiyalari bekor qilinadi yoki qaytariladi.
Agar bitta tovar yuzasidan qabul qilingan tranzit deklaratsiyalarining xavf darajalari bir xil bo‘lsa, ularning ro‘yxatga olingan vaqti bo‘yicha oxirgilari bekor qilinadi yoki qaytariladi.
84. “E-Tranzit” AATda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun mazkur Nizomda nazarda tutilmagan qo‘shimcha imkoniyatlar yoki ma’lumotlar joriy etilishi mumkin, bundan deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxslardan ushbu Nizomda belgilanmagan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlarni talab etish bilan bog‘liq bo‘lgan hollar mustasno.
85. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organining tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirish, unga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, qaytarib olish yoki bekor qilish bo‘yicha harakatlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, yuqori turuvchi bojxona organiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
86. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, rasmiylashtirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, rasmiylashtirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, rasmiylashtirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Tuzatish kiritish varag‘i
Tranzit deklaratsiyasining tartib raqami 99999/99.99.9999/9999999


Yüklə 141,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə