Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan



Yüklə 161,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix28.11.2023
ölçüsü161,29 Kb.
#133641
  1   2   3   4   5   6   7   8
kreditnaya politika UZB



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN
RO’YXATGA OLINGAN 
02.03.2000 y. 
N 905 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI TOMONIDAN
TASDIQLANGAN 
22.02.2000 y. 
N 429 
Mazkur Nizom rus tilida tasdiqlangan. 
Hujjatning matni Norma gazetasi va axborot-qidiruv 
tizimi ekspertlari tomonidan o’zbek tiliga tarjima 
qilingan va axborot tusiga ega. Noaniqliklar kelib 
chiqqanida me’yoriy-huquqiy hujjatning rus tilidagi 
matniga qarang. 
Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan
qo’yiladigan talablar to’g’risida 
NIZOM 
(Yangi tahrirda) 
Mazkur Nizomga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan
AV 28.05.2005 y. 905-1-son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qarori
AV 06.09.2006 y. 905-2-son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qarori, 
AV 08.11.2010 y. 905-3-son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qarori, 
AV 02.05.2018 y. 905-4-son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qarori, 
AV 14.05.2019 y. 905-5-son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qarori, 
AV 29.08.2019 y. 905-6-son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qarori 
1. Umumiy qoidalar 
2. Kredit siyosati mazmuni 
Ilova. Iste’mol kreditlari va qarzlarining 
to’liq qiymatini hisoblash Tartibi 
Mazkur Nizom "O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida" va "Banklar va 
bank faoliyati to’g’risida"gi Qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, u tijorat banklari kredit 
siyosatiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilab beradi. 
1. UMUMIY QOIDALAR 
1.1. Bankning kredit siyosati - kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni 
boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi 


hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko’rsatmalar 
bilan ta’minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko’rsatishi 
va aniqlab berishi shart. 
1.2. Tijorat banklari kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqariladi va bank 
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
1.3. Har bir bank o’z kredit siyosatini ishlab chiqishi va amalga joriy etishi lozim. Kredit 
siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi va Boshqaruvi a’zolari, 
bankning boshqa mansabdor shaxslariga yuklatiladi. 
1.4. Kredit siyosatining tavsifi kredit portfelining tarkibiga, bank o’z faoliyatini amalga 
oshirayotgan hududning iqtisodiyotiga qarab aniqlanadi. Kredit strategiyasini shakllantirishda va 
tegishli kredit siyosatini tayyorlashda, bank ushbu omillarni hisobga olishi shart. 
1.5. Bankning kredit siyosati bank Kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli 
yilning 1 fevraligacha bo’lgan muddatda qayta ko’rib chiqilishi kerak. 
Yil davomida zaruratga ko’ra kredit siyosatiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi 
mumkin. Agar kredit siyosatining aksariyat qismiga (50 foizdan kam bo’lmagan) o’zgartirish va 
qo’shimchalar kiritilayotgan bo’lsa, bunda kredit siyosatini yangi tahrirda qabul qilish maqsadga 
muvofiq.
(AV 29.08.2019 y. 905-6-son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qarori tahriridagi 
band) (Oldingi tahririga qarang) 
1.5-1. Bankning kredit siyosati, unga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar yoki uning 
yangi tahriri bank Kengashi tomonidan tasdiqlangandan so’ng 15 kun ichida Markaziy bankka 
taqdim etilishi kerak.
Bank Kengashi tomonidan bankning kredit siyosatiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish 
zaruriyati mavjud emasligi to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda ushbu qaror qabul qilingan 
kundan e’tiboran 15 kun ichida Markaziy bankka Kengashning majlis bayonidan ko’chirma 
taqdim etiladi. 
(AV 29.08.2019 y. 905-6-son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qaroriga 
muvofiq kiritilgan band) 
1.6. Kredit siyosati kredit (mikroqarz) berish to’g’risida qaror qabul qilishning bosqichma-
bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to’g’risida xabardor qilish yoki uni berishni 
asoslantirilgan holda rad etish tartibini ko’rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida 
ro’yxatdan o’tkazish va ko’rib chiqish tartibini o’z ichiga olishi kerak. 
(AV 02.05.2018 y. 905-4-
son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qaroriga muvofiq kiritilgan band) 

Yüklə 161,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə