Reja: Buxoroda mang'itlar sulolasi hukmronligining o'rnatilishi va amirlik boshqaruvining o'rnatilishi



Yüklə 26,03 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü26,03 Kb.
#182760
mustaqil ish


Mavzu:Buxoro xonligida amirlik boshqaruvining joriy qilinishi
Reja:
1.Buxoroda mang'itlar sulolasi hukmronligining o'rnatilishi va amirlik boshqaruvining o'rnatilishi.
2.Buxoro amirligi boshqaruv tizimi
3.Buxoro amirligining ijtimoiy- iqtisodiy hayoti.

Buxoro amirligining tashkil topishi.

Movarounnahrdagi siyosiy tanglikdan foydalangan Eron shohi Nodirshoh 1740- yil Buxoro va Xiva xonliklarini oʻziga tobe qiladi. 1747-yilda Nodirshoh Eronda oʻldirilgach, Buxoro xonligi oʻz mustaqilligini tiklashga muvaffaq boʻlgan. Buxoro xoni Abulfayzxon 1747-yilda mangʻitlardan boʻlgan Muhammad Rahim otaliq boshliq fitnachilar tomonidan oʻldirilgan. 1747-56- yillar davomida taxtga “qoʻgʻirchoq” xonlar oʻtqazilgan. Mamlakat yana ichki nizolar girdobiga tortilib, viloyat hokimlari isyon koʻtarganlar. Muhammad Rahim ularni shafqatsiz suratda bostirgan. U arkoni davlat va ruhoniylar fatvosi bilan 1756- yil 16- dekabrda rasmiy ravishda Buxoro taxtini egalladi va oʻzini amir deb e'lon qilgan. Shunday qilib, Ashtarxoniylar sulolasi rasman barham topib mangʻitlar sulolasi hukmronligi boshlangan. Shu vaqtdan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb nom olgan.

Muhammad Rahim vafotidan so‘ng uning amakisi Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi (1758-1785). U qo‘shinni mustahkamlashga, unga tayanib ish ko‘rishga harakat qildi. Barcha mang‘it beklariga katta yer-mulkni tanho shaklida bo‘lib berdi. Xalqdan olinadigan soliqlarni ko‘pavtirdi. Bundan norozi xalq qo‘zg‘olon ko‘tarar, Doniyolbiy esa ularni bostirishga ulgurmasdi. Uning davrida Balx, Hisor, Ko‘lob, O‘ratepa viloyatlarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi. Katta yer egalarining o‘zboshimchaligi haddan oshdi.

Doniyolbiy shunday sharoitda taxtni o‘g‘li Shohmurodga (1785-1800) topshirdi. Madrasani bitirib, darveshlik jamoasi targ‘ibotchisidan biriga aylandi. Shohmurod darveshona hayot kcchirar, shayx maslahati bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro‘zg‘or tebratdi. Shohmurod faoliyatida ommaga tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. Shu jihatlari bilan xalq orasida katta obro‘ qozongan edi. Amir Shohmurod yoshligidan xudojo‘y, porso (pokiza) bo!lib o‘sdi.

Amir Shohmurod islohotlar o‘tkazib, davlatni mustahkamlashga erishdi. U mamlakat hayotida savdogar va hunarmand qatlamining qanchalik ahamiyatga egaligini to‘g‘ri baholay oldi. Shuning uchun ham savdo va hunarmandchilikning o‘sishi uchm barcha zarur sharoitlarni ta’minlab berdi. Aholi savdo daromadidan to‘laydigan boj solig‘idan ozod etildi. Hunarmandlardan pul yig‘ish, ularni majburiy mehnatga jalb etish taqiqlandi. Asosiy soliq bo‘lgan xiroj miqdori kamaytirildi.

Shuningdek, urush kelib chiqqanida qo‘shinning xarajati uchun “jul” deb ataluvchi yangi soliq joriy etildi. Zarafshon vodiysida, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida sug‘orish tizimlarini qayta tiklatdi. Ayni paytda markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan viloyat hokimlariga qarshi shiddatli kurash olib bordi. Rais (muhtasib) va qozi askar (harbiy sud) mansablarining nufuzini yanada orttirdi. Mamlakat iqtisodini yo‘lga qo‘yishda Shohmurod o‘tkazgan pul islohoti ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan taugalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Xalq uni hurmat bilan „amiri ma’sum" (begunoh amir) deb atadi.

Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga o‘g‘li Amir Haydar o‘tirdi (1800—1826). Ayrim viloyatlar hukmdorlari uning tajribasizligidan foydalaaib, markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka urindilar. Ayni paytda, Amir Haydar qanchalik harakat qilmasin, amirlikda to‘la osoyishtalikni ta’minlay olmadi. Bunga bir tomondan markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan ayrim viloyat hokimlarining harakati, ikkinchi tomondan esa jamiyat hayotidagi adolatsizliklarga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari sabab bo‘ldi. Chunonchi, Amir Haydar Shahrisabz va Miyonqolni amirlik tarkibida saqlab qolish uchun kurash olib borishga majbur bo‘ldi. O‘ratepani qo‘lda saqlab qolish uchun esa Qo‘qon xonligiga qarshi harbiy harakatlar olib bordi. Ayni paytda, o‘zi 1806-yilda Xiva xonligi hujumiga uchradi.


Garchand Xiva qo‘shini quvib chiqarilgan bo‘lsa-da, mamlakatda tinchlik qaror topgani yo‘q. Tez orada davlat va uning amaldorlarining adolatsiz siyosatiga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi. 1804-yilda amirga qarshi ukasi Dinnosirbek boshchiligidagi Marv aholisi, 1821-yili Miyonqolda qo‘zg‘olon boshlandi. Harbiy harakatlar va ichki nizolar oddiy mehnatkashlaming bnningsiz ham og‘ir ahvolini yanada og‘irlashtirdi.

Amir Haydar vafot etgach, qisqa vaqt oralig'ida lining ikki o‘g‘li taxtga o‘tirdi. Biroq ular fitna qurboni bo‘lishdi. Nihoyat, taxtni uning uchinchi o‘g‘li Nasrullo egalladi (1826-1860). Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklami yagona davlatga birlashtirish yo‘lida qat’iyat bilan kurash olib bordi. Shahrisabz va Kitob bekliklarini to‘la bo‘ysundirish uchun kurash 30 yil davom etdi. Nihoyat, 1856-yildagina u Shahrisabz va Kitobni bo!ysundirishga muvaffaq bo!ldi.

Bundan tashqari, mang‘it amirlari o‘zlarining mutlaq hokimiyatini qaror toptirishni bosh vazifalaridan biri deb hisobladilar. Shu maqsadda ular amir shaxsiga sig‘inish siyosatini yuritdilar. Natijada, fuqarolar jazoga tortilishdan qo‘rqqanlaridan uning nomini baland ovoz bilan ayta olmaydigan bo‘lib qoldilar. Hukmron tabaqalar amirga xushomadgo‘ylik qilardilar. Amaldorlar amirdan ko‘rsatma kutib o‘tirmasdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Har bir amaldor amiming, kichik amaldor o‘zidan katta amaldoming qahriga uchrab qolishdan qo‘rqib yashardi. O‘zining bugungi mavqcyi, mulki, hayoti, oilasining omonligi uchun shunday bir qo'rquv muhiti vujudga keltirildiki, natijada hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor bo‘la olmaydigan bo‘lib qoldi.

Mang‘itlarning nufuzli biylaridan, otaliq. Buxoro amiri Muhammad Rahimbiyning amakisi. 1758-yil 24-martda Muhammad Rahim vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari bo‘lmaganligi uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi - Fozilto‘ra o‘tqazilgan, Miyonkol hokimi bo‘lgan Doniyolbiy unga otaliq qilib tayinlangan (1758-1785). Bundan norozi bo‘lgan viloyat hokimlari, kenagas, yuz, bahrin, burhut va saroy qabilalari amirlari markazlashgan hokimiyatga qarshi isyon ko‘tarib, 10 ming yigitni qurollantirib, Buxoro tomonga yurishgan. Ularga qarshi chiqqan Doniyolbiy isyonkor viloyat hokimlari bilan bir bitimga kelishgan. Unga ko‘ra, Fozilto‘rani taxtdan tushirib, o‘rniga Ashtarxoniy shahzodalardan bo‘lgan Abulg‘ozi xonlik taxtiga o‘tqazilgan (1758-1785). Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni o‘z qo‘lida saqlab qolgan. Doniyolbiy otaliq davrida ham o‘zaro urushlar davom etib, Karmana, O‘ratepa, Nurota, Sherobod, Boysun va boshqa joylarda mahalliy kuchlar bosh ko‘tarib, poytaxt izmidan chiqishga harakat qilganlar. 1781-yil Rossiya hukumati Buxoro bilan savdo bitimini tuzishga taklif etganida Doniyolbiy bu bitimni 92 o‘zbek qabilasi boshliqlari roziligisiz imzolay olmasligini bildirgan. Bu holat Doniyolbiy davrida Buxoro amirligi siyosiy markazlashuv darajasi Muhammad Rahim davridan ancha past bo‘lganini bildiradi. Bu tabiiy suratda Buxoro shahri aholisining noroziligiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari Doniyolbiy qo‘shin ta`minoti uchun lo‘plab qo‘shimcha soliqlar joriy etib, bu bil;an poytaxtdagi hunarmandlar va savdo ahlini o‘ziga qarshi qo‘yib qo‘ygan edi. 1784-yil Buxoroda qo‘zg‘olon ko‘tarilib, unda mingga yaqin kishi o‘ldirilgan. Doniyolbiy hokimiyatni shaharliklar obro‘-etibori baland bo‘lgan o‘g‘li shohmurodga topshirishga majbur bo‘ldi. Buxoro xonligini birlashtirish markazlashtirish uchun kurashni Shohmurod davom ettirgan. 


Mang‘itlardan bo‘lgan Buxorolik tarixchi Muhammad Yoqubning yozishicha: “Doniyolbiy sahiy va muruvvatli hokim sifatida mashhur bo‘lgan, lekin davlat (moliya) ishlari bilan qiziqmagan. Biron ishni boshlashdan oldin ishning ko‘zini biladigan kishilar bilan maslahatlashgan”. Doniyolbiy xonlik unvonini qabul qilmagan, u otaliq unvoni qanoatlangan.
Doniyolbiy davrida me‘moray yodgorliklardan “Xalifa Xudoydod” majmuasi (masjid, madrasa, sardoba va mozor, 1777-yil ) qurilishi boshlangan.

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.


Buxoro amirligida davlat mutlaq qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga ega bo‘lgan amir tomonidan boshqarilar edi. Davlat ahmiyatiga molik bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,diniy va boshqa masalalar Buxorodagi bosh qarorgoh – Arkda ko‘rib chiqilgan hamda hal etilgan. Bosh qarorgoh hisoblangan Arkda amir va uning oilasidan tashqari qo‘shbegi, shig‘ovul, to‘pchiboshi, mirzaboshi kabi saroy amaldorlari o‘z oilalari va xizmatkorlari bilan yashagan.
Zaruratga qarab mamlakat poytaxtida amir boshchiligida Davlat Kengashi chaqirilib turilgan. An’anaga ko‘ra, lavozimlariga qarab 5 tadan 20 tagacha amaldorlar a’zo bo‘lgan ushbu kengashda mamlakat hayotiga doir eng muhim masalalar ko‘rib chiqilgan.
Ilgarigi davrlarda bo‘lagani kabi mang‘itlar davrida ham davlat boshqaruvi tizimi ikki bo‘g‘in – markaziy va mahalliy boshqaruv tizimidan iborat bo‘lgan. Bu tizimlar musulmon davlatlariga xos bo‘lgan murakkab boshqaruv tarmoqlariga ega bo‘lgan hamda asosan amir, saroy amladorlari, o‘zbek urug‘lari va qabila boshliqlari, ulamolar, harbiy boshliqlardan tashkil topgan. Amirlikdagi markaziy hokmiyat amir boshchiligidagi saroy a’yonlari qo‘lida bo‘lsa, mahalliy boshqaruv viloyat noiblari qo‘lida edi. Viloyat beklari amir tomonidan asosan mang‘it urug‘i vakillaridan tayinlangan.
Amirlikning poytaxti Buxoro va uning atrofidagi tumanlar amir tomonidan boshqarilgan. Viloyat beklari nisbatan kichik hududiy bo‘linmalar amlok mulklar hisoblanib, ularning boshqaruvchilari amaldor deb atalgan. Amirlikning ma’muriy tuzilishidagi eng quyi bo‘g‘in qishloq jamoalari bo‘lib, ularni oqsoqollar boshqargan. Xullas, Buxoro amirligi rus istilosiga qadar hozirgi O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalarining katta qismini o‘z ichiga olgan O‘rta Osiyodagi yirik davlat edi.
Mansablar, unvonlar va amallar. Avvalo, ta’kidlash lozimki, manbalar va adabiyotlarda Buxoro amirligida mavjud bo‘lgan unvon, mansab hamda amallarga oid ma’lumotlar juda chalkash, ko‘p hollarda bir-birini inkor etadi. So‘nggi yillarda Sh.Vohidov va R. Xoliqovalar o‘z tadqiqotlarida ushbu masalalarga aniqlik kiritishga harakat qilganlar. Quyida ularning tadqiqotlariga asoslanib amirlikdagi mansablar va unvonlar haqida so‘z yuritamiz.
Buxoro amirligidagi eng yuqori unvon va mansablar, avvalo mang‘it urug‘i vakillariga,sayyidlarga, xo‘jalarga hamda ulamolarga berilgan bo‘lib, davlatdagi eng yuqori unvon amir ul-umaro, otaliq, hokim(valiy, bek), qo‘shbegi va devonbegilar bo‘lgan. Davlat amir, amir ul-umaro tomonidan boshqarilib, u amalda va rasman cheklanmagan huquqlarga ega bo‘lgan. Oltin O‘rda davlatida joriy etilgan otaliq unvoni mang‘itlar davriga kelib otaliqqa olingan shaxsning maslahatchisi va ishonchli vakili, harbiy va ma’muriy ishlarda asosiy vakiliga aylandi. Amir Shohmurod davrida otaliqning vakolatlari cheklanib, unga Zarafshon daryosi suvining tasimotini nazorat qilish, Buxoro kanali(rud-i shahr) va dorug‘alik vazifasi yuklanadi.
Budavrda qo‘shbegi yoki qo‘shbegiyi bolo eng oliy saroy mansabi hisoblanib uning mavqyei juda baland bo‘lgan. Amalda bosh vazir vazifasini bajargan bu mansab egasi iqtisodiy,siyosiy va harbiy masalalar bo‘yicha amirning eng yaqin odami bo‘lgan. Saroydagi oliy mansablardan yana biri devonbegi bo‘lib,bu mansabdor vazir vakolatlariga ega bo‘lgan. Devonbegi moliya ishlari, daromad va xarajatlar hamda soliq yig‘ish ustidan to‘la nazorat qilish ishlariga javob bergan.
Amirlikdagi markaziy davlat boshqaruvida Buxoro shahri alohida o‘rin egallagan. Jumladan, Buxoro shahri hokimi amirning birinchi vaziri va boshqa viloyatlar boshqaruvchisi hisoblangan. Shahardagi jamoat tartibini saqlash mirshablarga topshirilgan bo‘lib, ular shahar mirshabboshisiga bo‘ysunishgan. Buxoro shahri mirshabboshisiga boshqa barcha shaharlar mirshabboshilari bo‘ysungan. Mang‘itlar davrida Buxoroda qo‘shbegi, qozikalon, bosh rais va mirshabboshi birgalikda “chor hokim”, ya’ni, “to‘rt hokim” deb yuritilgan.

Amirlikning boshqaruv tizimida bosh rais alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Ushbu amal yarim diniy, yarim targ‘ibotchi usulida edi. Amirlikda bosh rais odatda eshon rais yoki rais-ush shariat deb atalgan bo‘lib unga barcha mahalliy raislar bo‘ysungan. Bosh rais ularni vaqti-vaqti bilan amir oldida tekshiruvdan o‘tkazib turgan. Eshon rais qozikalondan keyin turadigan amaldor bo‘lib, uning mahkamasiga vaqtincha o‘rinbosarlik qiluvchi xalifa, noib, mulozimlar, mirzalar, miroxo‘rboshi, tergovchi, shahar mirobi kabilar kirgan.

Amir saroyida ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi lavozimlar qatoriga shahar xavfsizligiga javobgar bo‘lgan mirshab va uning qo‘l ostidagilar, suv ta’minotiga javobgar bo‘lgan mirob va uning qo‘l ostida ishlaydiganlar kirgan. Mirshab qo‘l ostida yasovulboshi, devonbegi, mahramboshi, mirzalar, dahboshi,shabgard(kechki qorovul), farroshboshi kabilar bo‘lgan. Mirob tasarrufida esa mahram,mirzalar, bakovullar, miroxo‘rlar, suv tarmoqlari nazoratchilari,mahalla, mavze va qishloq oqsoqollari faoliyat yuritganlar.

Amirning ikkinchi vaziri qo‘shbegi poyon, ba’zi manbalarda mir poyon deb atalgan bo‘lib, unga yasovulboshi, miroxo‘rboshi, xazinachi, mirzalar,bakovulboshi, zakotchilar bo‘ysungan. Miri poyon ularni bevosita o‘z nazoratiga olib turgan.

Buxoro amiri huzurida yuqori lavozimdagi mansabdorlar bilan birga quyi amaldagi mansabdorlar ham mavjud bo‘lgan. Amir farmonlarini yetkazuvchi parvonachi, amirga doimo hamroh bo‘lib yuruvchi hidoyachi, amir maslahatchisi va xorijiy mehmonlarni ko‘tib oluvchi shig‘ovul, amir osoyishtaligi va tinchligini muhofaza qiluvchi tongotar(tunqator), amirga qaratilgan salom va ta’zimlarni qabul qiluvchi javobgar salom og‘asi, amir dasturxoniga javobgar dasturxonchi, amir safari chog‘ida nomozga chorlovchi imomi jilov, amir safari chog‘ida qonun bilan shug‘ullanuvchi mufti jilov, amir maslahatchilari guruhi jam’og‘a kabilar shular jumlasidan. Amirga bo‘lgan sadoqati va xizmati uchun alohida shaxslar dodhoh, inoq, to‘qsabo, otaliq, eshikog‘asi kabi unvonlarga ega bo‘lganlar.
XVIII-XIX asrning birinchi yarmida amirlikda eng oliy diniy mansab shayxulislom hisoblangan. Ammo,bu davrda uning vazifalari ancha toraygan edi. XIX asr o‘rtalaridan boshlab shayxulislom o‘rnini qozikalon egallaydi. YUqorida eslatilgan amir huzuridagi kengashda din vakillaridan qozikalon, shayxulislom, naqib va rais qatnashgan.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. N.Oblomurodov, A.Hazratqulov, F.Tolipov, N. Tursunov – O’zbekiston tarixi. Toshkent. 2011
2. Vohidov SH., Qodirov A. Sharqning mashhur sulolalari. –Toshkent: Akademnashr, 2013
3. Eshov B. О‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012
Yüklə 26,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə