Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan



Yüklə 161,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix28.11.2023
ölçüsü161,29 Kb.
#133641
1   2   3   4   5   6   7   8
kreditnaya politika UZB

2.5. Kreditlarni to’lash 
Kreditni to’lash muddati uni to’lashning birlamchi va ikkilamchi manbalarini sinchiklab 
baholash asosida belgilanishi kerak. Kredit siyosat rahbariyat nuqtai nazaridan har xil toifa va 
turdagi kreditlarni to’lashning ma’qul dasturlaridan iborat bo’lishi zarur. 
Kredit siyosati kreditlar berishning maksimal muddatlarini belgilashi lozim. Ushbu siyosat 
shuningdek kreditning asosiy summasini kredit to’lash muddatining so’ngida va kredit to’lashning 
boshlang’ich muddati uzaytirilayotganda qaytariladigan kredit turlarini berish tartibini ham o’z 
ichiga olishi kerak. 
Kredit siyosati to’lovlarni o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash, mablag’larning qaytarilishi va 
berilgan kreditlar bo’yicha qarzdorlikni undirib olish bo’yicha chora-tadbirlarni o’z ichiga olishi 
kerak. 
2.6. Qarzdorlarga doir moliyaviy axborot 
Bank kredit siyosati kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichlarida ham 
jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan qo’yiladigan talablarni o’z 
ichiga olishi kerak. Moliyaviy hisobotlarni auditorlik tekshiruvlaridan o’tkazish, naqd pul oqimi 
va boshqa ma’lumotlar bo’yicha hisobotlarni taqdim etish yuzasidan qo’yiladigan talablar aniq 
ifodalanishi zarur. Shuni ham qayd etib o’tish lozimki, banklar talab qiladigan ma’lumotlar Milliy 
Buxgalterlik Hisobi Standartlariga (MBHS) muvofiq taqdim etilishi kerak. 
Kredit siyosatida potensial qarzdorlarning kredit qobiliyatini (likvidlik, qoplanish, muxtorlik 
koeffitsiyentlari, kapitallashtirish darajasi, garov ta’minoti ekspertizasi va b.) aniqlash uchun 
ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish tadbirlari batafsil yoritilishi lozim. Bank qarzdorlarning 
kredit qobiliyati mezonlari va ularni baholash metodikasini aniq belgilab olishi kerak. 
Bundan tashqari, kredit siyosati qarzdorlar tomonidan biznes rejaga buyurtmalar portfelining 
tuzilishi va bank kreditidan foydalangan holda ko’rsatiladigan xizmatlar, ishlab chiqariladigan 
tovarlarni sotish bozorining mavjudligini kiritish bo’yicha talabni o’z ichiga olishi kerak.
(AV 
28.05.2005 y. 905-1-son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qarori tahriridagi xatboshi) 

Yüklə 161,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə