Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan



Yüklə 161,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü161,29 Kb.
#133641
1   2   3   4   5   6   7   8
kreditnaya politika UZB

2. KREDIT SIYOSATI MAZMUNI 
2.1. Kredit siyosatining maqsadi va strategiyasi 
2.2. Vakolatlar darajasi va mas’uliyatni taqsimlash 
2.3. Kredit turlari 
2.4. Kreditlarning to’planishi 
2.5. Kreditlarni to’lash 
2.6. Qarzdorlarga doir moliyaviy axborot 
2.7. Garov ta’minotiga nisbatan qo’yiladigan talablar 
2.8. Kredit monitoringiga nisbatan qo’yiladigan talablar 
2.9. Foiz stavkalari 


2.10. Bog’liq shaxslar bilan bajariladigan operatsiyalar 
2.11. Ko’zda tutilmagan holatlar moddalari 
(balansdan tashqari moddalar) 
2.12. Kredit portfelini audit qilish 
2.13. Bank Boshqaruvi va Kengashiga taqdim etiladigan hisobotlar 
Kredit siyosati bank faoliyati turlariga qarab mazmuni va tuzilmasi jihatidan farq qiladi. 
Mazkur bo’lim bank maqomi va u joylashgan manzildan qat’i nazar kredit siyosatida aks ettirilishi 
lozim bo’lgan umumiy masalalar ro’yxatini belgilab beradi. 
Bunda kredit siyosatining yo’nalishlarida berilayotgan kreditlarning hajmi va shakli, qisqa 
va uzoq muddatli kreditlar o’rtasidagi nisbat, moliyaviy axborotlarni tahlil etish jarayoni, kredit 
portfeli hamda mablag’larning qaytarilishini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar aks ettirilishi 
lozim. 
2.1. Kredit siyosatining maqsadi va strategiyasi 
Har qanday kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo’ladi: uzoq muddatli 
investitsiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini ta’minlash, likvidlikni saqlab turish, 
tavakkalchilikni diversifikatsiya qilish, siyosat va tadbirlar birligini kafolatlash, qonunlar va 
me’yoriy hujjatlarga rioya qilish, hududning kreditlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish. 
Kreditlashning strategik yo’nalishlari bank Ksngashi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi. 
2.2. Vakolatlar darajasi va mas’uliyatni taqsimlash 
(AV 02.05.2018 y. 905-4-son bilan ro’yxatga olingan 
MB Boshqaruvining Qarori tahriridagi band) 
(Oldingi tahririga qarang) 
Kredit siyosatida kredit ajratishda filiallar tomonidan mustaqil qarorlar qabul qilishda 
kreditlashning limitlarini belgilash me’zonlarini ko’rsatgan holda bosh bank va uning filiallari 
o’rtasida javobgarlikning aniq chegaralari aks ettirilishi lozim.
Kreditlash uchun mas’ul bo’lgan barcha shaxslar vakolatlari kredit siyosatida qayd etilishi 
lozim. 
Kredit qo’mitasi majlislari va uning bank boshqaruvi organlari oldida hisobot berishi 
davriyligi ham kredit siyosatida belgilab qo’yilishi kerak. 

Yüklə 161,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə