Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan



Yüklə 161,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü161,29 Kb.
#133641
1   2   3   4   5   6   7   8
kreditnaya politika UZB

2.3. Kredit turlari 
Kredit siyosati bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini aniqlashi va 
belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari bo’yicha: tijorat faoliyati, sanoat, qishloq xo’jaligi, 
kapital qo’yilmalarni moliyalash va b. Kredit turlari bo’yicha: "kredit liniyalarini ochib va 
ochmay" kreditlash, lombard va veksel kreditlari va b. 
Kredit siyosatida maxsus ssudalarni berish direktiv tamoyillari aniq ifodalangan holda 
mazkur bank uchun mos kelmaydi yoki maqbul bo’lmaydi, deb hisoblanuvchi kredit turlari va 
toifalari ham ko’rsatilgan bo’lishi kerak. 
Kredit siyosati banklarga taqiqlovchi quyidagi qoidalarni o’z ichiga olishi kerak: 
(AV 
29.08.2019 y. 905-6-son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qaroriga muvofiq kiritilgan 
xatboshi) 


jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) 
bo’yicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish; 
(AV 29.08.2019 y. 905-6-son 
bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi) 
ilgari olingan kreditlar (qarzlar) bo’yicha so’ndirilmagan muddati o’tgan qarzdorlik mavjud 
bo’lgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish. 
(AV 29.08.2019 
y. 905-6-son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi) 
2.4. Kreditlarning to’planishi 
(AV 02.05.2018 y. 905-4-son bilan ro’yxatga olingan 
MB Boshqaruvining Qarori tahriridagi band) 
(Oldingi tahririga qarang) 
Kredit siyosati kreditlar va mikroqarzlarning to’planishi darajasi, shu jumladan kredit turlari, 
iqtisodiyot tarmoqlari, geografik hududlar va boshqalar bo’yicha to’planishi darajasi monitoringi 
bo’yicha talablarni o’z ichiga olishi zarur. Kredit siyosatida rahbariyatga muntazam ravishda 
topshiriladigan tegishli hisobotlarni tayyorlashga doir talablar belgilanishi lozim. 

Yüklə 161,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə