1-mavzu: algoritm va uning turlari. Algoritm tushunchasi va uni formallashtirish



Yüklə 249,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix26.10.2023
ölçüsü249,58 Kb.
#132114
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Lecture 1 (3)



1-MAVZU: ALGORITM VA UNING TURLARI.
 
1. Algoritm tushunchasi va uni formallashtirish
Algoritm – bu algoritmik jarayon bilan ifodalanuvchi aniq ko’rsatmalar 
bo’lib, ixtiyoriy bеrilgan boshlang’ich ma'lumotdan boshlanadi (ushbu algoritm 
uchun mumkin bo’lgan bеrilganlar majmuasi) va ushbu bеrilganlar bilan 
ifodalanuvchi natija olishga qaratiladi.
Algoritmik jarayon
– bu konstruktiv ob'еktlar (so’zlar, sonlar, ifodalar) ning 
diskrеt qadamlar bilan amalga oshiriluvchi kеtma-kеt shakl o’zgartirish jarayonidir.
Protsеdura
(ko’rsatalar komplеksi) – alohida amallar barilishi qoidalarning 
knstruktiv aniqlanuvchi tizimidir.
Algoritm
- algoritm bajaruvisi amalga oshiruvchi qaralayotgan masalalar 
sinfiga taalluqli bo’lgan ixtiyoriy masalaning еchimini topish uchun zarur bo’lgan 
chеkli sondagi amallar kеtma-kеtligi va mazmunini ifodalovchi formallashtirilgan 
va konstruktiv, aniq va to’liq ko’rsatalar tizimi vositasida rеalizatsiya qilinadi.
Algoritm so’zi (termini)
buyuk O’rta Osiyolik mutafakkir olim Abu 
Abdulloh Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (taxminan 783-850 yillarda yashagan) 
ismidan kelib chiqqan. 825 - yillarda u Hindistonda kashf qilingan pozitsion o’nlik 
sanoq tizimining tavsifini keltirgan “Kitob al jabr val muqabala” (Qo’shish va 
ayirish to’g’risidagi kitob) asarini yozadi. Al Xorazmiy yangi sanoq tizimida 
arifmetik hisob-kitob qoidalarini ifodalab, ilk bor son yozuvidagi bo’sh pozitsiyani 
ifodalash uchun 0 raqamidan foydalanadi (arabcha as-sifr yoki sifr). Taxminan xuddi 
shi vaqtlarga kelib hind raqamlaridah arab olimlari ham foydalana boshlagan. XII 
asrning birinchi yarmiga kelib, Al-Xorazmiy qalamiga mansub yuqorida qayd 
etilgan asarning lotin tilidagi tarjimasi Evropaga etib boradi. Ismi noma’lum bo’lgan 
tarjimon asar tarjimasini “ Algoritmi de numero Indorum” (Hind hisobi to’g’risidagi 
algoritm) deb atagan( “Al Xoravmiy dedi”,- jumlasining lotincha ifodasi “ diskrit
Algorizmi”)
1
. Quyida turli algoritmik ta’riflarga misollar keltiramiz:
Algoritm – alohida olingan olinga masalalar to’plamini rchishga qaratilgan 
hamda cheklilik, aniqlik, kirish, chiqish va effektivlik xususiyatlariga ega bo’lgan 
qoidalarning chekli to’plamidir (Dolald Knut) 
Algoritm –qandaydir sondagi qadamdan keyin qo’yilgan masalaning echimiga 
olib keluvchi qat’iy qoidalar bo’yicha bajariluvchi ixttiyoriy hisoblash tizimidir (A. 
Kolmogorov)
Algoritm –tanlanuvchi boshlang’ich berilganlardan izlangan natijaga intiluvchi 
hisoblash jarayonini ifodalovchi aniq ko’rsatmadir (A. Markov) 


Algoritm –berilgan tipdagi barcha masalalar echimiga olib keluvchi qandaydir 
amallar tizimining ma’lum tartibda bajarilishi haqidagi aniq ko’rsatmalardir. 
(Falsafiy lug’at M.M. Rozental tahriri ostida) 
Algoritm –ob’ektning boshlang’ich holatidan oxirgi holatga o’tish jarayonini 
ifoda etuvchi bajaruvchiga tushunarli buyryqlar yordamida yozilgan qat’iy 
determinlashganxarakatlar keytma-ketluigidir (N.D. Ugrinovich) 
Algoritm –ma’lum maqsadlarga chekli sondagi qadamlarda erishishga 
qaratilgan xarakatlarning qat’iy aniqlangan ketma-katligidir. (Privalov E.N 

Yüklə 249,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə