Referat mavzu: Loyihalarni boshqarishni nazorat qilish va tartibga



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix05.10.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#125619
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
S.SH LOyihalarni B refe

1.
 
Investitsion loyihalar. 
Uylarni qurish, tashkilotlarni qayta qurish yoki asoslarni barpo qilish – bu shunday 
loyihalarni, ular uchun quyidagilar aniqlangan va belgilangan: loyiha maqsadi (masalan, 
uy maydonining kv.m. mahsulotning ishlab chiqarish xajmi, o’lchami va profili): 
bitimning muddati va davomiylik; loyiha xarajatlari, loyihaning talab qilingan resurslari 
va xaqiqatdagi qiymati birinchi o’rinda ishlarning bajarilish yo’nalishi va har bir 
loyihaning ilgarilab borishiga bog’liq bo’ladi. Talab qilinayotgan quvvat bu tur loyihalar 
uchun bosqichlar jadvali va tayyorgarlik muddati hamda loyihaning yakunlanishi asosida 
taqdim qilinishi kerak. 


2.
 
Ilmiy izlanish va rivojlanish loyihalari. 
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish, qurilish sohasidagi izlanishlar yoki yangi 
informatsion boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish quyidagi xususiyatlar bilan 
xarakterlanadi: loyihaning bosh maqsadi aniq belgilangan, lekin, aloxida maqsadlar 
xususiy natijalarga erishishi doirasida aniqlanishi kerak; loyihaning yakunlanishi va 
davomiyligi muddati oldindan aniqlangan, ularga iloji boricha aniq rioya etish zarur, 
ammo ular olingan oraliq natijalar va loyihaning umumiy siljib borishiga bog’liq hamda 
to’g’rilanishi ham kerak; loyihaning xarajatlar rejasi odatda ajratilgan assignatsiyalar va 
oz miqdorda loyihani xaqiqatda siljib borishiga bog’liq; asosiy cheklashlar quvvatlardan 
foydalanish imkoniyatlarini cheklanganligi bilan bog’liq (uskunalar va mutaxassislar). 
Qoidaga asosan, mavjud quvvatlar loyihaning xarajatlari va uning tayorgarlik muddatini 
aniqlab beradi. 
3.
 
Tashkiliy masalalar. 
Korxonani qayta qurish, yangi boshqaruv tizimining konsepsiyalarini realizatsiya qilish, 
yangi tashkilotni tuzish yoki xalqaro forum o’tkazish (kinoforumlar, ko’rgazmalar – 
texnika, sanoat, qishloq xo’jaligi, shaxsiy ijodiy, turli davlat va xalqaro tashkilotlar 
uchrashuvini o’tkazish, yillik hisobot uchun kengash yig’ilishini tashkil etish kabilar) – 
loyiha sifatida quyidagicha xarakterlanadi: loyihaning maqsadlari oldindan aniqlangan, 
biroq loyiha natijalarini sifat va miqdor jixatdan birinchi ikkita holatga nisbatan aniqlash 
qiyinroq, chunki ular tizimning tashkiliy jixatdan yaxshilashi bilan bog’liq; muddat va 
davomiylik taxminan belgilanadi; resurslar imkoniyat doirasida belgilanadi; loyiha 
xarajatlari aniq belgilanadi va iqtisodiy nazoratga qo’yiladi; biroq loyihaning siljib 
borishi yuzasidan to’g’rilanish (korrektirovka)ni talab qiladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə