Referat mavzu: Loyihalarni boshqarishni nazorat qilish va tartibga



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix05.10.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#125619
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
S.SH LOyihalarni B refe

1.2.
 
Loyihalarni tasniflash: katta va kichik, ichki va tashqi, texnik va 
notexnik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari 
 
Loyihalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

O’lchamchilik – loyiha bo’yicha faoliyat va kutilayotgan natijalarni 
miqdoriy ifodalash imkoniyatlarini mavjudligi. 
1. Vaqt bo’yicha cheklanganligi – loyihani ishlab chiqish hamda amalga oshirish 
muddatlarining cheklanganligi. 

Aloxida faoliyat turlari bilan bog’liq hodisalarning aniq belgilangan 
ketma-ketligi. 
4. Maqsadga yo’naltirilganligi. 
Investitsiya loyihalari, odatda, korxona ko’lamida amalga oshiriladi. Shunga muvofiq
korxona ko’lamida loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni quyidagi guruhlarga 
ajratish mumkin: 
I.
Iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday 
investitsiyalardan asosiy maqsad uskunalarni almashtirish, xodimlarning malakasini 
oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini samarali hududlarga ko’chirish asosida 
firmalarning xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratishdan iborat. 
II.
Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday 
investitsiyalashdan maqsad mavjud quvvatlar hisobiga oldindan shakllangan bozorlar 
uchun tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. 
III.
Yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchun qilinadigan 
investitsiyalar. Bunday investitsiyalar ilgari ishlab chiqarilmagan tovarlar va 
ko’rsatilmagan xizmatlar turlarini vujudga keltirish, yoki ilgari ishlab chiqarilgan 
tovarlar bilan yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi. 


IV.
Davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarish uchun qilinadigan 
investitsiyalar. Masalan, ekologiya va mahsulot standartlari talablarini bajarish uchun 
sarflanadigan investitsiyalar. Investitsiyalarni bunday tasniflashda tavakkalchilik 
darajasi har xil bo’lishi asos qilib olingan. 
Yuqorida keltirilganlardan birinchi va to’rtinchi tur investitsiyalarida tavakkal xavfi 
darajasi past, qolgan ikkitasida esa yuqori hisoblanadi. Bozorda avval ma’lum bo’lmagan 
mahsulotni ishlab chiqarish va yangi bozorlarni egallash uchun investitsiya sarfi katta 
tavakkalchilikni talab qiladi. Shu sababli ham uchinchi guruh investitsiyalari 
tavakkalchilik xavfi eng yuqori bo’lgan investitsiyalardir. 
Ishlab chiqarishni kengaytirishga qilingan investitsiyalarda tavakkalchilik xavfi yangi 
ishlab chiqarishga qilingan investitsiyalarga qaraganda pastroq. Ayni paytda 
samaradorlikni oshirishga qilinadigan investitsiyalar bozor allaqachon qabul qilgan 
tovarlarning sifatini oshirish, tannarxini kamaytirishni ko’zda tutgani uchun ham, ularda 
tavakkalchilik xavfi darajasi ikkinchi va uchinchi guruhlar investitsiyalarinikidan ancha 
past bo’ladi. Xuddi shu kabi davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarishga sarflangan 
investitsiyalarning tavakkalchilik xavfi darajasi ancha kichik hisoblanadi. 
Loyihalarning turlariga tasniflanish va bo’linmalariga mos ravishda loyihalarni bir-
biridan ajratib turadigan bir necha xususiyatlari va odatiy shartlarni ajratish mumkin. 
Shunga ko’ra, uning quyidagi turlarini bilish zarur. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə