«Tablitsalar»
– ma’lumotlarni tanlash shartlarini berishni ularga o’zgarishlar kiritish uchun
xizmat qiladi;
«Formalar»
– ma’lumotlarni ko’rish va tahrirlash uchun xizmat qiladi;
«Sahifalar»
– HTML (gipermatn) formatidagi fayllar, ular Access ma’lumotlarini Internet
Explorer brauzeri yordamida ko’rish uchun ishlatiladi;
«Xisobotlar»
– ma’lumotlarni umumlashtirish va chop qilish imkonini beradi;
«Makroslar»
– bir yoki bir qancha operasiyalarini avtomatik ravishda bajaradi.
Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga (MBBT) kiritilgan har qanday ma’lumot
jadvallarda saqlanadi. Jadvallarning qatorlari
yozuvlar
deb, ustunlari esa
maydonlar
deb
ataladi.
So’rovlar jadvallardan ma’lumotlarni bir yoki bir necha kriteriylar (ko’rsatgichlar) asosida
tanlab olish uchun ishlatiladi. Jadvallar soni ham bir yoki bir nechta bo’lishi mumkin.
Access MBBTni ham barcha dasturlar kabi ish stolining «
Pusk»
tugmasi yordamida ishga
tushirish mumkin.
Bu dastur ishga tushganidan so’ng ekranda hosil bo’lgan oynada ma’lumotlar bazasini
yaratish yoki mavjud bazani ishga tushirish imkonini tanlash mumkin (4-rasm).
Dostları ilə paylaş: