Referat mavzu: Talab va taklif tushunchasi bajardi: to`lqinova feruza 22-42 guruh tekshirdi


Talab va taklif qonunining tamoyillari



Yüklə 22,37 Kb.
səhifə2/2
tarix28.09.2023
ölçüsü22,37 Kb.
#124469
növüReferat
1   2
Документ Microsoft Word

Talab va taklif qonunining tamoyillari
Talab va taklif qonuni uchta asosiy printsipga ega:

  • Talab taklifdan oshib ketganda narx oshadi, xuddi taklif talabdan oshganda narx pasayadi.

  • Narxlarning oshishi vaqt o'tishi bilan talabning pasayishiga va taklifning ko'payishiga olib keladi. Va aksincha: narxning pasayishi ertami-kechmi talabni oshiradi va taklifni pasaytiradi.

  • Narx o'z-o'zidan talabni taklifga teng keladigan darajaga erishishga intiladi.

Shuning uchun ushbu iqtisodiy model tovarning narxi tovar narxi va uning sotilishi hisobga olingan holda belgilanadi, degan xulosaga keladi va bozor bahosi muvozanat nuqtasida o'rnatilishini ta'kidlaydi, bunda ideal ravishda ishlab chiqarilgan barcha narsalar sotilishi kerak edi. qondirilmagan talab qolmadi.
Talab va taklif qonunining namunalari
Masalan, guruch narxi juda past bo'lsa va iste'molchilar ishlab chiqaruvchilar bozorga qo'yishi mumkin bo'lgan narsadan ko'proq narsani talab qilsalar, u holda tanqislik holati yuzaga keladi, bu esa iste'molchilarni mahsulot uchun ko'proq pul to'lashga tayyor qiladi.
Binobarin, guruch ishlab chiqaruvchilar narxlar o'sishda davom etsa, iste'molchilar ko'proq narsani sotib olishni istamaydigan darajaga yetguncha narxlarni ko'taradilar.
Talab va taklif qonuni qanday harakat qilishining yana bir yorqin namunasi quyidagicha bo'lishi mumkin: guruch narxi juda yuqori va iste'molchilar uni to'lashni xohlamaydilar, shuning uchun narx bir darajaga yetguncha pasayish tendentsiyasidir. bu erda iste'molchilar to'lashga tayyor va ishlab chiqarilgan barcha narsalarni sotish mumkin.
Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov 2013 yil yakunlariga bag‘ishlangan majlisdagi “2014 yil yuqori o‘sish sur'atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi” deb nomlangan ma'ruzalarida “Biz bugun 2013 yilning yakunlari haqida gapirganda, avvalo, o‘tgan yilda mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgani, modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur'atlar bilan rivojlanganini qayd etamiz.
Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyasiya darajasi prognoz ko‘rsatkichidan past bo‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi”1 deb, ta'kidlagan edi. Yuqoridagi iqtisodiy ko‘rsatgichlar talab va taklifning mutanosibligi negizida yuzaga kelganligi hammaga ma'lum.
Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiѐtni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jaraѐnlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiy bilim asoslari» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda ѐsh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Zero birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlaganidek, “hozirgi davrda, xalqaro maydonda turli siyosiy manfaatlar to‘qnashayotgan murakkab bir sharoitda faqat o‘z fikri, o‘z hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lgan xalq va jamiyat yengilmas kuchga aylanib, o‘z kelajagini o‘z qo‘li va aql-zakovati bilan qurishga qodir bo‘ladi”
Ayni paytda ilmiy-texnikaviy taraqqiѐti nafaqat ishlab chiqarishning ko‘p soni tarmoqlariga, balki madaniy, ijtimoiy gumanitar bilimlar, talim sohasiga ham zamonaviy texnalogiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Malumki, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” da “....o‘quv-tarbiyaviy jaraѐnni ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan taminlash”3 takidlanib, uzluksiz talim sifatini oshirish va takomilashtirishning ikkinchi va uchinchi bosqichlarda bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilangan edi. Shu ma'noda ayni paytda iqtisodiѐtni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy ta'limdagi islohotlarni chuqurlashtirish bilim olishga, iqtisodiѐtni sir-asrorlarini o‘rganishga bo‘lgan xarakatni, “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini chuqur o‘rganishga talablarni yanada kuchaytirdi. Iqtisodiѐtni modernizatsiyalash sharoitida haѐtimizda talab, taklif, bozor
iqtisodiѐti, bozor muvozanati, kichik biznes, tadbirkorlik, narxlarni erkinlashtirish, marketing, menejment kabi iqtisodiy tushunchalar tez-tez duch kelmoqdamiz. Ya'ni, barcha sohalarda mazkur tushunchalarni amal qilmoqda. Shu ma'noda, mazkur tushunchalarning mazmuni va mohiyatini uzluksiz ta'limda o‘quvchi-talabalar ongiga sindirish bugungi hozirgi zamon iqtisochio‘qituvchilari oldida turgan asosiy vazifalar qatoriga kirmoqda. Shu bilan birga o‘quvchi talabalar ongida iqtisodiѐtdagi tarkibiy o‘zgarishlar, makroiqtisodiy ko‘rsatgichlarni tahlil qilish, iqtisodiy mashohada qilish ko‘nikmalarini shakllantirish iqtisodiy ta'limdagi asosiy muammolar sirasiga kiradi.
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiѐtning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiѐti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiѐjdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta'minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta'minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta'minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta'rif berish mumkin: ma'lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste'molchilarning tovar va xizmatlar ma'lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiѐji talab deyiladi. Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar ѐki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste'molchining, ya'ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko‘pchilik) iste'molchilarning shu turdagi tovar ѐki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi. Yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab miqdorining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta'sir qiladi. Ularning ichida eng ko‘p ta'sir qiladigan omil narx omilidir. Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bo‘ladigan bog‘liqlikni quyidagi 1-jadval ma'lumotlari asosida qarab chiqamiz.
Yüklə 22,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə