Referat Mavzu: Ta’lim soxasida internet-texnologiyalaridan foydalanish. Bajardi: 102guruh talabasi



Yüklə 22,18 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü22,18 Kb.
#111801
növüReferat
Abdullayeva referat


TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
Ta’limda axborot texnologiyalari fanidan


Referat


Mavzu: Ta’lim soxasida internet-texnologiyalaridan foydalanish.


Bajardi: 102guruh talabasi
Abdullayeva Muslima
Tekshirdi:
Toshkent 2022

Reja:


  1. Axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga tatbiq etish.

  2. O‘zbekiston Respublikasida internet rivoji mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqligi.

  3. O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirishda masofali o‘qitish.

  4. Pedagogik texnologiya o‘zida xususiyatlari.

Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha sohalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:


· axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;
· bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;
· mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
· bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo‘lishi kerak.
Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova Toporkova va boshqalar o‘qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar:
1) zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga qodirlik;
2) shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish;
3) umumiy komunikativ (o‘zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi;
4) axborot vositasida o‘zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo‘lishi;
5) o‘zini refleksiyalash (o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo‘lishi;
6) axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, uni o‘zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o‘zlashtirish.
Pedagog-olim V. K. Selevko esa o‘qituvchining kompyuter savodxonligini kompyuterli texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va uning tarkibiga quyidagilarni kiritadi:
· informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish;
· kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini bilish;
· zamonaviy operatsion tizimlarni bilish;
· umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatsion vositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish hamda ularning vazifalarini o‘zlashtirish;
· hech bo‘lmaganda bir matn redaktorini o‘zlashtirganlik;
· dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi boshlang‘ich tasavvurlarining bo‘lishi;
· utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy dasturlaridan foydalanishning boshlang‘ich tajribasi.
Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik bilan rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi dasturlarining chiqishi, turli ta’limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy imkoniyatlar ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar o‘quv maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari o‘z didaktik sifatlariga ko‘ra hali ham qoniqarsiz darajada ekanligini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini o‘qitish maqsadlarida foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib ketyapti. Kompyuterning imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u yetarli darajada foydalanilmayapti. O‘qitish maqsadidagi axborot uni loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot — avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlarining ma’lumotlar bazasini yaratishda, elektron darsliklarni tuzish uchun o‘quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi kompyuter tizimlari bilan o‘quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test topshiriqlari tuzishda kiritiladi. Axborot texnologiyalari bir yo‘la bir necha fan sohalariga informatika, matematika, kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi fanlarga oid ma’lumotlarni birlashtiradi. Biroq bu uyg‘unlikda psixologikpedagogik asos yetakchi o‘rin tutadi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘qitish jarayoniga joriy qilish muhim o‘rin egallaydi. Yangi axborot texnologiyalari o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta ahamiyatga ega. Odatdagi ta’limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot texnologiyalarida mehnat predmeti va uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli bo‘lib esa axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi.
Odatdagi darsda o‘qituvchi dars mavzusi mazmunini bayon qiladi, o‘quvchilar esa tinglab, ko‘rib, eslab qoladilar, kerakli yozuvlarni daftarlariga yozadilar. Ular har qanday ma’lumotni tayyor holda qabul qiladilar. Aksincha, interfaollik o‘quvchilarga o‘qitish jarayoniga faol kirishishga imkon beradi. Bolalar shunchaki tinglamaydilar. Ular savollar berib, o‘z fikrlarini bildiradilar, o‘quv materialining tushunarsiz qismlarini batafsilroq anglab olishga intiladilar, baxslashadilar, o‘zlari to‘g‘risida xulosalarga va yechimlarga keladilar. Interfaollikda har ikki tomon: o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham faollik ko‘rsatadi, birgalashib, hamkorlikda darsda qo‘yilgan maqsadlarga erishadilar. Biron bir o‘quvchi darsdagi asosiy ishdan chekkada qolmaydi. Hamma o‘qiydi, hamma bir — birini o‘qitadi. Interfaol dars o‘qituvchi boshchiligi bilan amalga oshiriladigan an’anaviy o‘qitish usullarining va yakka tartibdagi kompyuterli o‘qitishning yaxshi tomonlarini birlashtiradi. Kompyuter o‘qituvchining faol yordamchisiga aylanadi. Kompyuter slaydlarini foydalanish evaziga interfaol darslar bilishga taqdim etiladigan axborot mazmuni bilan birga, ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Dars mavzusini bayon qilishda o‘qituvchi illyustratsiya sifatida slaydlardagi axborotni kerak joylarda taqdim etib boradi. Rasmlar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, formulalar ovoz jo‘rligida, multiplikatsiya elementlari hamkorligida taqdim etilib, o‘qituvchining izohlari bilan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasida internet rivoji bevosita mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘lanadi. U o‘zida zamonaviy davlat va aholi turmush tarziga xos barcha bosqichlarni aks ettiradi. O‘zbekistonda Internet rivojini quyidagi asosiy davrlarga bo‘lish mumkin: 1990-yillar boshi UUCP ma’lumotlar uzatish tizimida elektron pochta orqali ma’lumot almashish imkoni paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilar analog modemlar yordamida Moskvaga yoki boshqa shaharlararo qo‘ng‘iroqni amalga oshira boshladilar. Ma’lumotlar uzatish tezligi 1200-2400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan. 1992-1995 yillarda UUCP mahalliy provayderi faoliyatini boshlagan. U tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar tezligi 9600-14400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan. Shundan so‘ng BCC (Biznes Aloqalar Markazi), CCC va PERDCA (Silk.org) provayderlari tashkil etilgan. SONET elektron tijorat tarmoqlariga ulanish boshlangan. FidoNet matnli ma’lumotlarni jo‘natish global tarmog‘i ishga tushdi. Relcom – ilk elektron pochta tarmog‘i ishga tushdi. Ma’lumot uzatish tezligi 9600 dan 14400 bodgacha bo‘lgan analog modemlar orqali Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati tug‘ildi. Mazkur xizmatlar Naytov, BCC hamda Silknet (PERDCA) provayderlari tomonidan ko‘rsatilgan. 1995 yil 29 aprelda «UZ»domeniga asos solindi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ma’lumotlarini banklararo uzatish tarmog‘iga asos solindi. 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida BMTning O‘zbekistonda Internetni rivojlantirish loyihasi tashkil etildi. Keyinchalik bu UzNet nomi bilan tanilgan. Telekommunikatsiya bozorida UzPAK kompaniyasi faoliyatini boshladi. 1997-1999 yillar Internetning misli ko‘rilmagan rivojlanish davri. Har bir provayder xalqaro Internet tarmog‘ida o‘zining mustaqil kanaliga ega bo‘ldi. Ba’zi birlarida Moskvaga qadar modemlari, boshqalarida asinxron sputnik kanallari mavjud bo‘lgan. O‘zbekistonning ilmiy-ta’lim tarmog‘i UzSciNet faoliyatini boshladi. Yangi internet provayderlari tashkil etildi. Internetdan bir soat foydalanish bahosi 600 so‘m (shu davrda Markaziy bank kursi bo‘yicha bu o‘rtacha 4 dollarga teng mablag‘) bo‘lgan. Muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha texnologiyalar analogdan raqamli shaklga o‘ta boshladi. Naytov hamda UzNet provayderlari faqatgina yuridik shaxslar uchun raqamli modemlar orqali Internet xizmatlarini ko‘rsata boshladi. Internetdan foydalanish tariflarini trafikka binoan belgilash amaliyoti boshlandi. Internet tarmog‘i orqali ovozli aloqa o‘rnatish tajribasi qo‘llandi. Sarkor Telecom provayderi Radio Ethernet simsiz tarmoq texnologiyasini joriy qildi. Trans-OsiyoYevropa (TAYe) optik aloqa ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanila boshlandi. 1999 yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №52-son qarori imzolandi. Qarorga muvofiq xalqaro ma’lumotlar uzatish, shuningdek Internet tarmog‘iga ulanish O‘zAAA dan xalqaro tarmoqqa chiqishga huquq beruvchi litsenziyani olib, O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib belgilandi. “Iskra” hukumat aloqa tarmog‘i va boshqa bir qator ma’lumotlar uzatish vositalari orqali xalqaro tarmoqqa chiqish to‘xtatildi. UzNet uskunalari, tarmog‘i va xodimlar UZPAK boshqaruviga o‘tkazildi. Barcha provayderlarga tarmoqlarini UZPAK tarmog‘iga birlashtirish tavsiya qilindi. Barcha trafik shaxsiy yoki sotib olingan kanallar orqali o‘tkazilgan, UzPAK kanalidan (odatda bu 33600 bod (bit/s)li analog modem bo‘lgan) zahira sifatida foydalanilgan. O‘sha mahalda UzPAK xizmatlari narxi boshqa provayderlarnikidan yuqori bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham, asinxron aloqa foydalanuvchilari soni o‘sib borgan. 1999-2000 yillarda BMTning O‘zbekistonda Internet tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihasi – UZB/99/016 (UzSciNet) ish boshladi. Bu gal O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshida akademik tarmoq yaratish bo‘yicha ish boshlandi. Internet bozorida qator o‘zining mustaqil (asosan sun’iy yo‘ldosh) kanallariga ega bo‘lgan provayderlar faoliyati kuzatildi. Ilk Cisco tarmoq akademiyasi ishga tushdi. 2001-2002 yillar. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 8,5 Mbit/s. dan 18 Mbit/s.gacha oshdi. Sarkor Telekom ilk marotaba TAYe orqali China Telecomga ulandi. DialUp xizmatlari uchun narxlarning keskin pasayishi kuzatildi. “Naytov Internet” biznesi Buzton kompaniyasiga o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni markazlashtirishdan chiqarish to‘g‘risida”gi 352-son qarori imzolandi. Unga 2muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 52-sonli qarorida qayd etilgan, O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib bekor qilindi. Provayderlar hali ham xalqaro aloqaga ulanishni «O‘zbektelekom» AK orqali amalga oshirishlari zarur edi. 2003-2005 yillarda. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 32 Mbit/s dan 143,1 Mbit/s gacha oshdi. DSL orqali Internet tarmog‘iga ulanish ham jismoniy, ham yuridik shaxslar o‘rtasida keng ommalashdi. Provayderlar hududlarda ham Internetga ulanish bo‘yicha xizmatlarni kengaytira 9 boshlashdi. Internet tezligi 64 Kbit/sek.dan 1 Mbit/s.gacha oshdi. Oylik abonent to‘lovi orqali DialUp orqali ulanganlarga oylik cheksiz tariflar joriy qilindi. Provayderlar Callback xizmatini joriy qilishdi. O‘zbekiston mobil aloqa bozorida Rossiyaning Vmpelkom (Bilayn), MTS, Telia Sonera kompaniyalari faoliyatini boshladi. Telekommunikatsiya bozorida IP telefoniya (Platinum connect, 2Oxygen, Buzton) kompaniyalari paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali – http://www.gov.uz tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 6 oktyabrdagi 221-son qaroriga muvofiq, davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining faoliyat ko‘rsatishini va uni rivojlantirishni ta’minlash «O‘zbektelekom» AK zimmasiga yuklatildi. UZINFOCOM markazi esa O‘zbekistonning yuqori darajali domeni(ccTLD.uz)ga administratorlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. UZ milliy domenini ro‘yxatga oluvchi 6 ta registrator (Tomas, BCC, Sarkor Telecom, Global Study, TV-Inform i Arsenal-D) faoliyat ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekiston AT Assotsiatsiyasi, ZiyoNet axborot ta’lim tarmog‘i, kompyuter xurujlariga tezkor choralar ko‘ruvchi «UZ-CERT» xizmati, Milliy axborot-qidiruv tizimi http://WWW.UZ ga asos solindi. 2006-2009 yillar. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 1125 Mbit/s.gacha oshdi. Birinchi elektron raqamli imzoni ro‘yxatga olish markazi ochildi. Kompaniyalar GPRS, 3G, Wi-MAX texnologiyalari asosida simsiz Internet xizmatlarini ko‘rsatishni boshladilar. Internet foydalanuvchilari soni 2 milliondan oshib, mobil aloqa foydalanuvchilari 10 millionga yetdi. Simus kompaniyasi «UZ» domenining milliy registratoriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Krizisga qarshi dasturga kiritilgan qo‘shimcha infratuzilma ob’ektlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1073-son qarori asosida 2009 yilgacha aloqa va telekommunikatsiya ob’ektlarini, xususan milliy va hududiy ma’lumotlar almashish tarmoqlarini rivojlantirishning qo‘shimcha choralari belgilab olindi. Mobil aloqa operatori «MTS – O‘zbekistan» mamlakat hududida 4G (4-avlod) mobil tarmog‘ini qurish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘ldi. 2010-2011 yillar. Foydalanuvchilar soni 7,378 mln.ga yoki aholi miqdoriga nisbatan 24 % ga tedi. Bundan mobil Internetdan foydalanuvchilar 4,119 mln.ni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ko‘pchilik Internetdan foydalanishda mobil aloqani ma’qul ko‘radi. 2010 yilda O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 3,2 millionga oshib, 2002 yil bilan solishtirganda o‘sish 23,8 %ni tashkil qiladi. O‘zbekistonning barcha hududlarida Internet foydalanuvchilari soni muntazam oshib bormoqda va mamlakat aholisining 24 %i xalqaro tarmoqdan foydalanadi. 2010 yil so‘ngida Internetdan foydalanuvchi davlat organlari soni 7643 taga yetdi. UZINFOCOM markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2010 yilda «.UZ» milliy domenidan ro‘yxatdan o‘tgan faol domenlar miqdori 11 mingtaga yetgan. 2010 yilda TAS-IX da trafik hajmi 615025,32 GBaytga yetib, 2009 yilga nisbatan 314,8% ga oshgan.
Yüklə 22,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə