Referat mavzu: Umumiy psixologiyaning fanining predmeti, maqsadi vazifalari Bajardi



Yüklə 408,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/26
tarix01.02.2022
ölçüsü408,19 Kb.
#83375
növüReferat
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Referat mavzu Umumiy psixologiyaning fanining predmeti, maqsadi

 

Sotsiologiya 

fani  ham  yangicha  ijtimoiy  munosabatlar  sharoitida  o’z  taraqqiyotining  muhim 

bosqichiga  o’tgan  ekan,    psixologiya  ushbu  fan  erishgan  yutuqlardan  ham  foydalanadi,  ham  ularning 

ko’lami  kengayishiga  baholi  qudrat  xizmat  qiladi.  Ayniqsa,  psixologiyadan  mustaqil  ravishda  ajralib 

chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya 

bilan  aloqasi  uzviy  bo’lib,  ular  jamiyatda  ijtimoiy  taraqqiyot  va  rivojlanishni    ta’minlash  ishiga  xizmat 

qiladilar.  Qolaversa,  huquqiy,  demokratik  davlat  qurish  ishini  sobitqadamlik  bilan  amalga  oshirayotgan 

O’zbekiston  aholisining  huquqiy  madaniyatini  va  demoqratik  o’zgarishlarga  psixologik  jihatdan 

tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar fikr va qarashlaridagi 

o’zgarishlarni  o’z  vaqtida  o’rganish,  bashorat  qilish  va  taraqqiyot  mezonlarini  ishlab  chiqishda  ikkala 

fanlar  metodologiyasi  va  metodlarini  birlashtirish  tadbiqiy  ahamiyat  kasb  etadi.  SHuning  uchun  joylarda 

tashkil  etilgan  ijtimoiy-psixologik  xizmat  markazlari  ayni  shu  vazifani  bajarishga  qaratilgandir. 

Respublikamiz miqyosida esa “Ijtimoiy fikr” markazining turli mavzular bo’yicha olib boradigan ijtimoiy 

so’rovlari aholining kayfiyati, qiziqishi, xoxishi, ehtiyoji, niyatini ifodalash bilan birga, hukumat va davlat 

tomonidan  qanday  istiqbolli  rejalar  tuzish  lozimligiga  olib  keladi.  Ijtimoiy-psixologik  so’rovlarning 

oliygohlarda  o’tkazilishi  ustoz-shogird,  talaba-o’qituvchi  munosabatlarini,  ish  joylarida  o’tkazish  xodim-

rahbar,  xodim-xodim  munosabatlarini  bilib  olish  imkonini  yaratadi.  Bu  orqali  nafaqat  sotsiologik  so’rov, 

balki inson shaxsiga aloqador psixologik xususiyatlarni aniqlash mumkin bo’ladi. 




Yüklə 408,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə