Referat mavzu: Umumiy psixologiyaning fanining predmeti, maqsadi vazifalari Bajardi



Yüklə 408,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/26
tarix01.02.2022
ölçüsü408,19 Kb.
#83375
növüReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Referat mavzu Umumiy psixologiyaning fanining predmeti, maqsadi

proektiv  testlar

  deb  nomlanuvchi  testlar  ham  borki,  testning  asl  maqsadi 

tekshiriluvchiga  sir  bo’ladi.  Ya’ni  shunday  topshiriq  beriladiki,  tekshiriluvchi  topshiriqni    bajarayotib, 

nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. Masalan, mashxur Rorshaxning «siyox dog’lari» testi, yoki  TAT 

(tematik appertseptsion test), tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda bir narsaning proektsiyasidan guyoki 

ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. O’sha  1921  yilda  kashf  etilgan  «siyox  dog’lari»  va  ularga 

qarab  tekshiriluvchining    nimalarni  eslayotganligi,  dog’lar  nimalarga  o’xshayotganligiga  qarab,  uning 

shaxs  sifatidagi  yo’nalishlari,  hayotiy  tamoyillari,  qadriyatlariga  munosabati,  ishni  bajarish  paytidagi 

emotsional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina 

qo’llashi va natijalarni mohirona tahlil qilishi talab qilinadi. 

Ushbu  metod  turli  yoshdagi  (chaqaloqlik,  bolalik,  o’quvchilik,  o’spirinlik,  yetuklik,  keksalik) 

odamlar  psixikasini  chuqurroq,  aniqroq  tadqiq  qilish  metodlari  ichida  eng  muhimi  hisoblanadi. 

Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarni shakllantirish, nutq o’sishini tekshirish, favquloddagi 

holatdan  chiqish,  muammoli  vaziyatni  hal  qilish,  bilish  jarayonlari,  shaxsning  his  tuyg’ulari,  xarakteri  va 

tipologik  xususiyatlari  o’rganiladi.  Xullas,  inson  psixikasining  nozik  ichki  bog’lanishlari,  munosabatlari, 

qonuniyatlari,  qonunlari,  xossalari,  murakkab  mexanizmlari  tajriba  yordamida  tekshiriladi.  Buning  uchun 

eksperiment material tekshiruvchi tomonidan sinchkovlik bilan tanlanishi, ob’ektiv tarzda har xil holat va 

vaziyatlar yaratilishi, sinaluvchi yoshiga, aql-idrokigsha, xarakter xususiyatiga, his-tuyg’usiga, qiziqish va 

saviyasiga, turmush tajribasiga, ko’nikma va malakasiga e’tibor berilishi lozim. 


Yüklə 408,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə