Referati mavzu: Bolalarning qo’shiq aytishlari, raqsga tushishlari va she’rlarni yoddan aytish metodikasi. Reja



Yüklə 223,64 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü223,64 Kb.
#110148
növüReferat
Musiqa va raqsga tushish metodikasi



O ’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farg’ona davlat universiteti

Musiqiy ta’lim yo`nalishi
20-26”-guruh talabasi
Tursunbekov Azizbekning tayyorlagan

REFERATI


Mavzu: Bolalarning qo’shiq aytishlari, raqsga tushishlari va she’rlarni yoddan aytish metodikasi.
Reja:

  1. Bolalarga qo’shiq o’rgatish metodikasi.

  2. Bolalarning raqsga tushish metodikasi.

  3. She’rlarni yoddan aytish metodikasi.




  1. Har xil sinflarda olib boriladigan ish sharoitlari turlicha bo'ladi, bu esa har bir sinfda o'quvchilari kontingentining turfa bo'lishi bilan bog'liqdir. Ba'zi sinflarda musiqadan bir qadar tayyorgarligi bo'lgan bolalar ko'proq, ba'zi sinflarda esa bunday bolalar kam bo'ladi. O'quvchilar bilan olib boriladigan ishning samarali chiqishi uchun o'qituvchi har bir o'quvchining musiqaviy va vokal qobiliyatlarini sinchiklab o'rganib chiqishi kerak. Buning uchun birinchi darsdan boshlaboq, barcha bolalaming musiqaviy qobiliyatlarini tekshirib chiqishi lozim. Shunda o'qituvchiga darsda bolalardan qaysi biri yetakchi bo'la oladi, qaysi biriga ko'proq e'tibor berish kerakligi ma'lum bo'lib qoladi.

Musiqa o'qituvchisi bolalami yakka tarzda tekshirib chiqqandan so'ng, iloji boricha bolaning qo'shiq kuylashdagi qoloqlik sababini aniqlashi lozim, chunki bunda har xil sabablar: musiqa uquvi bilan ovoz o'rtasida muvoflqlikning bo'lmasligi, diapozonning qisqa bo'lishi, ovoz apparatining nosog'Iomligi kabilar bo'lishi mumkin. Shundan so'ng darsda o'qituvchi qo'shiq kuylashda kamchiligi bo'lgan bolaga qo's hiq kuylashga qanday yondoshish yo'lini topadi va dars vaqtida unga tegishlicha e'tibor berib, uning qo'shiq aytishdagi kamchiliklarini bartaraf qilishga yordam beradi. Shunday bolalarga e'tibor berib, mohirlik bilan ish olib borilsa, hatto kutgandan ham ortiq natijalarga erishish mumkin
Qo'shiqchilik ovozi, musiqa qobiliyatini o'stirish, musiqa savodi unsur (element) larini egallash maktabda notalar bo'yicha kuylashni muvoffaqiyatli o'rganishga imkon beradi. Birinchi sinfda nota bilan kuylashga o'rgatilmaydi, biroq bolaning qobiliyati murakkab harakatlar-tovush va notalami qiyoslashga tayyorlanadi. Bolalarga nota yo'li, kalit, diapozon, taktlar tushintirilmaydi, biroq ular uzunlik, tovushlar baland-pastligi, melodik harakatlaming yo'nalishi belgilanadigan qo'llaming shartli harakatlari va grafik tasvirini tushinadilar. Bolaga musiqa tovushini uning grafik belgilari bilan qiyoslashga o'rgatiladi.

Boshlang'ich sinflarda o'qituvchi qo'shiq aytishni o'rgatar ekan, bolalar uni qanday egallayotganligini kuzatib boradi va muvofiq keluvchi usullar bilan tovush hosil qilish yoki sof intonatsiya qo'yishda, nafas olish yoki talaffuzda ularga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda o'qituvchi ovoziga ko'proq taqlid qilish bilan qo'shiq o'rgatiladi.


Bolalar sof intonatsiyani o'stirish uchun o'qituvchi tomonidan berilgan turli topshiriqlami bajara oladilar. Masalan, o'qituvchi qo'shiqning birinchi tovushini aytadi, so'ngra bolalar tovushni astasekin tekislab takror aytishlari kerak. Ular qo'shiqni o'rganishdan oldin turli tonliklardagi kichik qo'shiqlami ovoz sozlash mashqlari sifatida hirgoyi qilishadi. Qo'shiqda uchraydigan qiyin qismlami o'qituvchi hamma bilan birgalikda yoki yakka tarzda bir necha marta takrorlab mustahkamlashadi. Boshlang'ich sinflarda bolalar o'z ovoz diapoazonlariga mos keluvchi tonlikda kuylashni, kuyning yo'nalishini, yo'g'on va ingichka tovushlarni idrok qilishni, tinglash tasavvurlarini ko'rish tasavvurlariga qo'shimcha qilishni, dirijyor-o'qituvchining qanday - baland yoki past kuylashi kerakligini ko'rsatuvchi shartli ishoralarini bilishlari lozim.
Tartibli kuylash usullari ya'ni temp, ritm, tembr, jaranglash kuchi bo'yicha ishlar jamoa mashg'ulotlari jarayonida tarkib topadi. Bolalar bayram qo'shiqlarini shodon, tantanali, allani mayin, ohista kuylash kerakligini his qilishlari uchun ijro etiladigan qo'shiqning umumiy kayfiyatini doimo ularga eslatib turish kerak. Qo'shiq aytish malakalariga o'rgatish yolg'iz maqsad bo'lib qolmay,balki ifodali, bevosita va ongli ijro etishga yordam beruvchi vositadir. Bolalar qo'shiqni o'rganar ekanlar, musiqa, uning mazmuni, kuyning xarakateri, tempi, dinamikasi haqida ma'lumotga ega bo'ladilar. Bolaning ovozi va qobiliyati faqat qo'shiq o'rganish jarayonidagina emas, balki tovush balandligi qobiliyati qo'shiq kuylash intonatsiyasi, ulaming koordinatsiyasini o'stiruvchi maxsus mashqlar orqali ham shakllantiriladi. Boshlang'ich sinf bolalariga agar o'rgatilmagan biror-bir qo'shiqni kuylash taklif qilinsa, odatda, baland ovoz bilan, qichqirganga o'xshab aytilgan qo'shiqni eshitish mumkin. Bolalarga bunday qo'shiq aytish xunuk, zararli ekanligini, shunday qilinsa ovozni buzib qo'yish mumkinligini tushuntirish zarur. Bolalaming qichqirib qo'shiq aytishiga qarshi kurash-musiqa tarbiyasining eng muhim vazifalaridan biridir. Bolaning ovozi xotirjam, muloyim chiqsa, bunda artikulyatsiya organlari, bo'g'iz va nafas olish organlari faol harakat qilsa, hammadan yaxshiroq bo'ladi. Me'yoriy kuylashdagi tovushning asosiy xususiyatlari faollik, emotsionallik, erkinlik ya'ni o'zini bo'sh qo'yish, yengillik, zo'riqmaslikdir. Qo'shiq o'rganayotgan vaqtda kuyni ko'p marta takrorlashga to'g'ri keladi. Agar ohang sodda bo'lsa, bolalar uni tez o'rganib olishlari mumkin. Lekin ular qo'shiqni mutlaqo to'g'ri, sof ohangining barcha nafisliklariga rioya qilgan holda kuylashga qiynaladilar. Yaxshi ijro etish uchun qunt qilish, astoydil va erinmay ishlash talab qilinadi. Bu hoi bolalar uchun og'irlik qilsa va agar takrorlash sovuqqonlik bjlan olib borilsa, samarasiz

bo'lishi mumkin. Biz ko'pincha mana bunday murojaatni eshitamiz: "Yana bir marta kuylang!" Bolalar kuylashadi, o'qituvchi qanoatlanmaydi: "Sizlar qo'shiqni yaxshi aytdingiz, bundan ham yaxshiroq aytish kerak, qani yana bir marta kuylaymiz". Bunday takrorlash bolalami qo'shiq kuylashdan bezdiradi va u hech qanday samara bermaydi. O'quvchilar nima uchun qo'shiqni takrorlayotganliklarini bilishlari kerak, buning uchun ular oldiga ma'lum bir vazifa qo'yilishi zarur, ana shunda takrorlash aniq maqsadga qaratilgan, anglangan, qiziqarli bo'ladi. Bolalar har gal yaxshiroq kuylayotganliklarini his qiladilar va tushunadilar. Ko'p hollarda shunday bo'ladiki, yana ishlash kerak bo'lgan qo'shiq bolaning ko'ngliga ura boshlaydi. Bunday hollarda bu qo'shiqni vaqtincha kuylanmaydi-da, keyinroq unga qaytish mumkin.Ehtimol unda bu qo'shiq yaxshiroq va qiziqish bilan kuylanar.


Uquv va malakalarini o'stirish uchun qo'shiqni ko'proq cholg'u asbobi jo'rligisiz ayttirish kerak. Jo'rsiz qo'shiq kuylaganda o'quvchining ovozidagi hamma nuqsonlar yaqqol eshitiladi.Bolalar qo'shiqning ko'yini buzmasdan aytishga, tonallikni yo'qotmaslikka o'rganadilar. Jo'rsiz qo'shiq kuylashga o'rgangandan so'ng ular sinfda o'rganilgan qo'shiqni mustaqil ayta oladilar. Shunga erishish kerakki, bolalar sinfda o'rganib olgan qo'shiqlarini har yoqlama anglab, ta'sirli qilib ayta oladigan bo'lsin. Bu esa qo'shiqning qanday o'rganilganligiga, o'qituvchining qo'shiqdagi badiiy obrazni nechog'li ishonarli qilib ochib bera olganligiga bog'liq bo'ladi. O'qituvchining darsga puxta tayyorlanishi qo'shiqni, muvoffaqiyatli o'rgatishning garovidir. U qo'shiqni yaxshi o'rganib olgandan so'nggina bolalarga o'rgatishi mumkin. Har qanday qo'shiqni sinchiklab tahlil etish, uning g'oyaviy mazmunini bilib olish va musiqada shu mazmunning qanday ifoda vositalari bilan aks ettirilishini bilib aniqlab olish lozim.
O'qituvchi qo'shiqning ijro etish texnikasini ham puxta bilib olib, qanday joylarda nafas olish zarurligini, qo'shiqning qaysi qismlari murakkabligini aniqlab olishi va qaysi holatlarda o'zlashtirish oson bo'lishini belgilab olishi zarur.O'qituvchi qo'shiqning murakkab joylarini aniqlagach, ulami o'rganishni osonlashtiradigan vositalami topa oladi.
Darsda qo'shiq o'rgatish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bular qo'yidagicha:
1. O'qituvchi qo'shiqni ijro etadi.
2. Qo'shiq haqida qisqa suhbat o'tkazadi.
3. Qo'shiq kuyini o'rgatadi.
4. O'rganilgan qo'shiqni mustahkamlaydi.
5. Qo'shiqning badiiy ijrosi ustida ishlaydi.
Demak, qo'shiqni o'rgatishdan avval bolalar diqqati qo'shiqqa jalb etiladi. O'qituvchi qo'shiq mualliflari, asarning ayrim tarixiy xususiyatlari, hayotiy ahamiyatlari va asar haqidagi boshqa ma'lumotlarni hikoya, suhbat yo'li bilan qisqa kirish so'zi sifatida

bayon etadi. Suhbat yo'li bilan qo'shiqning musiqa xarakteri, uning ifoda vositalari va mazmunini aniqlash hamda ijro yo'llari belgilanadi. Qo'shiqni fraza (jumla) larga bo'lib o'rgatiladi va badiiy sifati ustida ish olib boriladi. So'ngra qo'shiqni ijro etish va qo'shiq haqidagi bolalar taassurotlari yuzasidan qisqa suhbat o'tkazish yoki fikrlami umumlashtirish mumkin.


Qo'shiqni badiiy-g'oyaviy jihatdan tahlil etganda, mazmun jihatdan chorak mavzui maqsadidan kelib chiqishga va uning badiiy g'oyasi vositasida bolalarga axloqiy-estetik tarbiya berishga e'tibomi qaratmoq lozim. O'qituvchi bunda qo'shiqni ham o'rgatish, ham ijro etish va uning badiiy-g'oyaviy mazmunini bolalar ongiga singdirishi uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko'rishi shart. O'qituvchi shu maqsadda qo'shiq mazmuniga doir rang-barang surat va rasmlardan, kerakli ashyolardan, texnika vositalaridan, atrofdagi tabiat manzaralaridan foydalanish! mumkin.
Qo'shiq o'rgatish metodlari uning xarakteri va vokal-xor imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Shuning uchun awalgi mavzuda bayon etilgan qo'shiq o'rgatish bosqichlari qat'iy tartib emas. Ayrim hollarda qo'shiqni o'rganish uning g'oyaviy-axloqiy mazmunini ochib beruvchi kirish suhbatlari bilan boshlansa, ba'zida esa qo'shiqni kuylab ko'rsatish yoki texnik vositalar yordamida eshittirishdan boshlanadi. Mabodo qo'shiq bolalarga tanish bo'Isa uning xarakteri va mazmuni qisqa suhbatda aniqlanadi. Asosiy maqsad-o'quvchilami qo'shiq o'rganishiga ko'proq qiziqtira olish va ularda fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iboratdir
Qo'shiq kuylayotganda iborani qanday boshlab, qanday tugatayotganligiga doimo e'tiborda bo'lish va buni barcha bolalar bir vaqtda bajarishga erishish zarur. Shunday ham bo'ladiki, bolalar o'qituvchi aytayotgan asarga bir paytda qo'shilmasdan oldinma-ketin qo'shiladilar. Bu-bolalarning diqqati bir joyga to'planmaganligini bildiradi. Shunda ijro bir-biriga bog'lanmay qoladi. O'quvchilarni o'qituvchining qo'l harakatiga qarab asami boshiashga odatlantirish zarur. Agar bolalar o'qituvchining qo'l ishorasini tushinmay qolgan bo'lsa yoki hamma bir xil diqqat bilan qaramagan bo'lsa, ulami darhol kuylashdan to'xtatish va yangidan boshiashga ishora qilish lozim.Bolalar asta-sekin o'qituvchi-dirijyoming qo'l ishorasiga o'rganadilar.
Qo'shiqni baravar boshlash bilan birga jumlani baravar tugallash malakasiga ham odatlantirmoq lozim. Bunga erishish bir oz murakkabdir. Jumla oxirida tovushning cho'zilib ketmasligiga va o'z vaqtidan ilgari to'xtab qolmasligiga e'tibor berish kerak.
Iborani baravar boshlash va tamomlashga osonlik bilan erishilmaydi, chunki bu uzoq muddatni talab qiladigan ishdir. Boshlang'ich sinflarda boshqarishning dirijyorlik usullarini qo'llanishdan tashqari, o'qituvchi biror cholg'u asbobida o'zi chalib bolalarga jo'rlik qilayotganda boshi bilan ishora qilib boshlashi ham mumkin. Ayrim o'qituvchilar esa bolalaming qo'shiqni baravar boshl ash lari uchun asaming metriga qarab, qo'shiq

aytiladigan tempda "uch", "to'rt" yoki "bir, ikki", "bir, ikki uch" deb sanaydi. Ba'zilar "i" deganda nafas oldirib ham boshlashadi. Bu faol xarakterdagi sanoq bolalaming diqqatini bir joyga jamlaydi va asarni baravar boshlashga undaydi


Bolalami jamoa bo'lib kuylashga o'rgatishning dastlabki paytlarida bu usulni qo'llash ancha ma'quldir. Lekin keyinchalik bolalami asta-sekin dirijyor-o'qituvchining ishorasiga o'rgatib borish zarur. Qo'shiq o'rgatish jarayonida musiqa bilan so'z chambarchas bog'lanadi. Boshlang'ich sinflarda qo'shiq matni bevosita darsda o'rgatiladi. Chunki bolalar hali tez va bexato yoza olmaydilar, matnni yozib olish esa vaqtni ko'p oladi. O'qituvchi odatda asaming murakabligiga qarab to'rtlikni yoki uni bir qismini uch-to'rt bora o'qib eshittiradi, so'ngra o'qituvchi va bolalar matnni birgalashib takrorlashadi. O'qituvchi matndagi so'zlami to'g'ri, ta'sirli, aniq talaffuz etishi kerak hamda o'quvchilardan ham huddi shunday talaffuz etishlarini talab qilishi zarur. Ular matnni shivirlab, ammo oHangdor qilib o'qib berishlari foydali bo'ladi va bu artikulyatsiya apparatini faolllashtirishga ko'mak beradi.
Qo'shiqning matnini butun sinf ikki-uch marta takrorlagandan so'ng ayrim o'quvchilardan yoddan aytib berish so'raladi. Bu vaqtda boshqa o'quvchilar o'rtoqlarining xatolarini tuzatishlari uchun matnni 75 diqqat bilan tinglab, uni dilda takrorlashlari kerak. Matnni "zanjirband" usulida qaytarish ma'qul: bir bola birinchi satrni, boshqa bola ikkinchi satmi, uchinchi bola uchinchi satrni o'qiydi va hokazo. Bunday o'qish bolalar diqqatini faollashtiradi
Boshlang'ich sinflarda qo'shiq matnini maxsus jadval-plakatlarga qarab yoki doskadagi yozuvlardan foydalanib o'rganishi lozim. Beshinchi sinfdan boshlab o'quvchilar alohida daftar tutib, o'rganilayotgan qo'shiqlaming matnini yozib borishlari shart. Yuqori sinflarda o'qituvchi sinfga yangi matnning ikki-uch nusxasini olib kelib, bolalardan uni ko'chirib ko'paytirishni so'raydi. Bundan tashqari darsning o'zida matnni yod oldirib kuylatish ham maqsadga loyiqdir
Qo'shiq matnini o'rganib olish metodikasi bolalaming yoshigagina emas, balki she'ming oson-qiyinlik darajasiga ham bog'liqdir. Agar she'r sodda bo'lsa, uni qo'shiqning kuyi bilan birga o'zlashtirib olish mumkin. Oddiy va qisqa matnlami bir darsning o'zidayoq to'la o'rganib olish mumkin. Lekin shunday she'rlar ham borki, ularda bir bandning o'zi ikki-uch qismdan iborat bo'ladi.Bunday she'rlar bir necha davomida o'zlashtiriladi. Agarda bunday she'mi dars davomida yodlashga butun vaqtni sarflansa, metodik jihatdan noto'g'ri ish qilingan bo'ladi
Birinchi band so'zlarini sinchiklab o'rganib olish shart emas, chunki kuyni o'rgatishda bu so'zlar ko'p marta takrorlanib, yodda qoladigan bo'ladi. Ammo keyingi bandlarni bu xilda o'rgatish maqsadga muvofiq emas, chunki bolalar endi kuyni ancha yaxshi bilishadi va ulaming kuyni ko'p marta takrorlash vaqtida matnni qaytaqayta mustahkamlanishiga

zarurat qolmaydi. Shu sababli yangi bandlaming matnini ancha sinchiklab o'rganib olish lozim.


Birinchi bandning matni o'zlashtirilgandan so'ng, qo'shiqning kuyini o'rgatishga kirishish mumkin. Avvalo shuni aytib o'tish lozimki, tez temp (sur at) da yozilgan qo'shiqlami faqat sekin tempda o'rganish lozim, bo'Imasa intonatsiya va ritm aniq o'zlashtirilmay qoladi, natijada asar ko'r-ko'rona ijro etiladigan bo'lib qoladi. Shu sababli kuyni yaxshi o'zlashtirilgandan keyingina tempni kompozitor talab qilgan darajaga ko'tarish mumkin. Yana tez templi qo'shiqlami o'rgatishda so'zlarining juda aniq talaffuz etilishiga erishish, qo'shiq tugagunga qadar ana shunga harakat qilish zarur.
Sekin yoki o'rtacha tempda yozilgan qo'shiqlami o'zida ko'rsatilgan tempda o'rgatish maqsadga muvofiqdir. Bu o'rinda shuni bilish lozimki, bolalaming tempni cho'zib, ya'ni qo'shiqni to'g'ri temp bilan ijro etishdagiga nisbatan sustroq ijro etish istagi paydo bo'ladiki, bunga yo'l qo'ymaslik lozim. Shaxdam qo'shiqlar o'rganilganda shoshilish va hovliqish yaramaydi; sekin aytiladigan qo'shiq ustida 76 chaqqonlik bilan ishlash zarur, aks holda bolalar sustlashib ketishadi. Kuyni o'rgatish oldida uni biror musiqa asbobida chalib yoki qo'shiqning birinchi bandini aytib bolalarga yaxshi eslatib o'tishi kerak. Natijada ular o'rganilayotgan qo'shiq to'g'risida ancha to'la taassurot olishadi. Bolalar o'zlariga notanish yangi kuy bilan tanishayolganlarida uning ayrim qismlarini o'rgatishni boshlash mumkin, keyinchalik bolalarda o'sha qismlardan mukammal musiqaviy obraz tarkib topadi. Bolalar ovozi, ayniqsa, boshlang'ich sinflardagi hali chiniqmagan bolalar ovozi katta kuchga ega emas. Bu hoi qo'shiqni dinamik jihatdan chiroyli ovozda ijro etishga xalal beradi. O'qituvchi turli yoshdagi bolalaming dinamik imkoniyatlarini yaxshi his qilishi va bilishi hamda ulaming ashulani zo' riqmasdan, tabiiy ovozda ijro etgandagi ovoz kuchini aniqlashi kerak. Dinamik diapozonni bilgandan keyin har qanday qo'shiqni maroq bilan ijro etish mumkin. Yuqori sinflarda bolalardagi dinamik imkoniyat yetarli darajada kengayadi, chunki ovoz mustahkamlanadi, taraqqiy qiladi va kuchli bo'ladi. Bolalarda asosiy polotno Piano bo'lishi kerak. Agar bolalarda Piano bo'Isa, u vaqtda ular o'z forte larini ham topadilar.
Qo'shiq ustida ishlashda unga badiiy sayqal berishga anchagina o'rin ajratiladi. Ishning ana shu tomoni qo'shiq ustida olib boriladigan butun ish jarayoni bilan birgalikda sodir bo'ladi, faqat eng dastlabki bosqichdagina bolalaming butun diqqatini shu davrda eng zarur bo'lgan vazifaga: qo'shiqning intonatsiyasini o'zlashtirishga to'plash kerak. Tegishli jumlalar ravon yangray boshlagach, diqqatni tovushning xarakteri, frazirovka (muhim, ta'sirli joylami aniq-ravshan aytish va chalish), tuslar, diksiya va shu kabilarga qaratish imkoniyati paydo bo'ladi. Qo'shiqni o'zlashtirilgandan keyin, muallif g'oyasini ochib berish ustida jiddiy ish davri boshlanadi. Biroq ishning bu tomoniga berilib ketib, bolalami zeriktirib qo'ymaslik zarur. Bolalar qo'shiqni dadil aytishar ekan, shubhasiz,

ularda ashulani to'liq ijro etish istagi tug'iladi, agar qo'shiq hadeb bo'linaveradigan bo'Isa, bu hoi kuylashga bo'lgan qiziqish-havasning pasayib ketishiga olib keladi. Shuning uchun o'qituvchi bu ishda me'yomi bilishi va har safar ma'lum frazani, intonatsiyani, so'zni takrorlash sabablarini tushintirib borishi muhimdir.


Masalan, bolalar ohangni to'g'ri kuylashadi-yu, so'zlami noaniq aytishadi. O'qituvchi: "Qo'shiqning so'zlarini anglab bo'lmayapti",-deb bolalami ogohlantiradi. Bordi-yu bolalar noto'g'ri diksiya bilan kuylashsa, qo'shiqni bo'lib tanbeh berishi kerak. Keyin diqqatni tovushga, tuslar va shu kabilarga jalb etiladi. Ana shular ustida ishlagandan so'ng qo'shiqni o'rganishga o'z vaqtida o'ta bilish lozim 77 bo'lmasa qo'shiq hech qachon yaxshi va qat'iy ovoz bilan yangramaydi. Qo'shiq ustida ishlashning nihoyasi-uni yetarli darajada yorqin, hissiyot bilan ijro etishdan iborat bo'lmog'i lozim, bu esa qo'shiqning bolalarga chuqur ta'sir etganligidan dalolat beradi. Qo'shiq bolalarni zeriktira boshlasa, uning ustida olib borilayotgan ishni vaqtincha to'xtatish va repertuarda yangi qo'shiqlar paydo bo'lgandan keyin, yana shu qo'shiqqa qaytish mumkin. Qo'shiq o'rgatish uslublarini almashtirib turish ham sinfda zerikishning oldini oladi. Buning uchun yakka, guruh va umumiy xor bo'lib kuylash, bir guruh kuylasa, ikkinchisi chapak yoki biror cholg'u asbobi bilan jo 'r bo'lishi yoki turli harakatlami bajarishi ham yaxshi natija beradi. Ba'zan asaming mazmuniga moslab, o'yin metodidan ham foydalanish bolalami zavqlantiradi. Shuni unutmaslik lozimki, qo'shiqlami texnika vosi talari yordamida bolalarga taqdim etish hech qachon o'qituvchining jonli ijrosi o'mini bosolmaydi. Chunki o'qituvchining bolalarga tanish va jozibali ta'sirli ovozi ularni musiqa asariga qiziqtirish uchun jonli vosita hisoblanadi.

  1. Birinchi sinf bolalari ko'pincha ko'rsatishga muhtojlik sezadilar. Keyinchalik ulaming ayrimlari o'qituvchi bilan birga, faolroqlari esa musiqa o'qituvchisining ko'rsatishi bilan hamda mustaqil ravishda harakat qila boshlaydilar. Qolgan bolalar ularga ergashib harakat qiladilar. Boshlang'ich sinf o'quvchilari o'yin, raqs, mashq musiqalarini ajrata olishlari mumkin. Asami tinglaganlaridan so'ng ular dan nima qilishlari lozimligini so'rash mumkin. Bolalar o'yinga tushish, yurish, sakrash va hokazolar deb javob beradilar. Bu ulaming ongli ravishda ishonch bilan harakat qilishlariga imkon yaratadi. Birinchi sinf bolalariga mo'Ijallangan raqs va o'yin harakatlari unchalik xilma-xil emas. Shuning uchun bu o'rinda ulardan asta-sekin izchil o'rganish talab qilinmaydi. Musiqa o'qituvchisi harakatni ko'rsatar ekan, shu paytning o'zidayoq uni bajarishni bolalarga topshiradi.

Ritmik harakatlami bajarishda harakat matn bilan aytib turilsa, oldindan ko'rsatishni talab qilinmaydi. Bolalar harakatlami yaxshi o'zlashtirib olishlari uchun har bir bandni ikki uch marta takrorlash kifoyadir. Yaxshi musiqa asari emosional ko'tarinkilikni,o'ynash, raqsga tushish ishtiyoqini uyg'otadi. Birinchi sinfda musiqa faoliyatining har xil turlari shakllana boshlaydi. Qo'shiq aytishdagi uyg'unlik va musiqa

jo'rligidagi harakatlarda elementar ritmikliklar ham ko'rina boshlaydi. Ular yurish va yugurish ritmining yorqin ifodalangan dinamik va temp o'zgarishlarini, asaming ikki qismli shaklini harakatlar bilan ifodalay oladilar.


Bolalar uncha murakkab bo'lmagan gimnastik harakat, raqs va obrazli hikoyalami o'rganishda musiqa va harakat birligi rivojlantiriladi. Birinchi sinfda birinchi yarim yillikda qo'llarda bayroqchalami ushlab birgalikda va yakka tarzda davra bo'у lab, marshga xos qadam tashlab yurishga, yuqori va past registrdagi jarangdorliklami farqlashga va unga muvofiq harakatlami bajarishga o'rgatib boriladi. Harakatlami almashtirish yo'li bilan musiqaning ikki qismli shaklini aniq ifodalashga, o'yinda qatnashuvchi personajlaming o'ziga xos xarakterli xususiyatlarini ifodalab ko'rsatishga o'rgatiladi. Ikkinchi yarim yillikda asarlar mazmuniga ko'ra bayroqchalar bilan aniq ritmda harakat qilib, musiqa qismlarini boshlanishi va tugallanishini ifodalab ko'rsatish; har xil ashyolami qo'ldan qo'lga uzatib, raqs harakatlarini bajarishga o'rgatib boriladi. Ikkinchi sinfda asosiy vazifa turli xarakterdagi musiqa sadolari ostida ritmik harakatlami bajarish, o'yin va raqs harakatlarini Lmprovizasiya qilishga qaratiladi. Birinchi yarim yillikda turli mashqlar, polkalar, raqslar orqali bolalami musiqa. ritmiga muvofiq yengil qadam tashlash malakalarini shakllantirishga, asarlar qismlari xarakteriga ko'ra harakat turlarini almashtirish, yugurish va aylanishga, yengil va ritmik sakrashga o'rgatib boriladi.
O'zbek xalq kuylari vositasida milliy raqsga xos harakatlar qilish ham shakllantiriladi. Ikkinchi yarim yillikda marshlar bilan shaxdam qadam bilan aniq ritmda yurishga, boshqa tanlangan asarlarga chaqqon chopishga, nafis harakatlanishga va saflanishni almashtirishga ham o'rgatib boriladi.
Birinchi va ikkinchi sinfda yil yakunida dasturdagi barcha materiallar takroriy mustahkamlanadi. Mustahkamlashda bolalaming iltimosi va hoxishlari ham qondiriladi. Uchinchi sinfda musiqa bilan harakatning ifodaliligi, raqs va o'yinlarda improvizasiya harakatlarini aniq bajarish kabi ijrochilik malakalari shakllantiriladi. Birinchi yarim yillikda tavsiya qilingan asarlar mazmuniga ko'ra aniq-chaqqon ritmik yurishga, yengil, chaqqon chopishga, mayda qadam tashlab yurishga o'rgatiladi. Oyoqda oldga tashlab sakrash; qo'llami ohista, ravon, vals ohangida harakat qildirishlarini ko'rsatish; o'zbek xalq kuylariga yengil ritmda sakrash va boshqa harakatlar rivojlantiriladi. Ikkinchi yarim yillikda ham davlat dasturida ko'rsatilgan materiallar asosida rang-barang harakat sxemalari shakllantiriladi. Bolalarda raqslar orqali harakatlar yo'nalishlarini musiqa jumlalariga mos holda almashtirib, yengil va nozik harakat qilishga; musiqaning raqsga xos xarakterini ifodalashga; oddiy va mayda qadamlami bir-biri bilan navbatma-navbat almashtirish ham o'rgatiladi.
Yil oxirida bolalar yuqoriga sakrab, oyoqlami galma-gal oldinga tashlash, yonboshga sakrab chopish, o'zbek raqs harakatlari, qo'llaming ravon harakati, bir maromda chapak

chalish, bir-biriga taqlid qilmasdan mustaqil harakat qilish kabi harakatlami bajarishlari zarur.


To'rtinchi sinf bolalari musiqa faoliyatining barcha turiarida faol ishtirok etadi. Ular musiqa obrazlarini yaxshi tushunishadi, musiqaning turlicha xarakteri, dinamikasi va registrlariga mos ifodali va erkin harakat qilishadi. Musiqaning kirish qismi yangragandan so'ng harakatni mustaqil tarzda boshlashni bilishadi. O'quvchilami yil davomida tantanovor, bayramona yoki yumshoq, ravon yurishni, harakat xarakterini o'zgartira turib ritmli tarzda bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa sakrashni, kichik xalq raqslari
va bolalar o'yinlarini safda yurib o'ynashni, o'yinli qo'shiq asosida insenirovkalar qo'yish va o'yinlar uchun harakatlaming yangi variantlarini o'ylab topishni, raqs harakatlari elementlarini qo'shib olib borishni musiqa xarakteriga muvofiq ravishda bajarishga o'rgatiladi. Yil oxirida bolalar musiqa, musiqali obrazlaming turli-turnan xarakteriga mos holda ma'noli va ritmik harakat qilishni, polka, o'zbek xalq raqslariga oid o'yin harakatlarini bajarishni, raqsga tushish va qizlar bilan harakatlar qilishni ma'noli hamda ritmik holda ijro etishni uddalay olishlari kerak.
Yüklə 223,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə