Reja : Kirish. Asosiy qism. O'zbekiston Milliy valyutasining mazmuni, mohiyati va milliy valyuta sifatidagi ahamiyati



Yüklə 62,74 Kb.
səhifə1/11
tarix14.09.2023
ölçüsü62,74 Kb.
#121942
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs ishi tayyori 2 sm



O’zbekistonda milliy valyutaning qabul qilinishi va uning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri
Reja :
Kirish.
Asosiy qism.
1.O'zbekiston Milliy valyutasining mazmuni , mohiyati va milliy valyuta sifatidagi ahamiyati.
2.Inflyatsiya va uning so'mning xarid qobiliyatiga ta'siri.
3.Hozirgi valyuta kursining tendentsiyalari va tebranishlari.
4.O'zbekiston Markaziy bankining valyuta va moliya tizimini tartibga solishdagi roli.
Xulosa. Ma'ruzada o'tilgan asosiy fikrlarning qisqacha mazmuni.
Kirish

O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritganidan buyon 29 yil mobaynida mamlakatimiz o’z taraqqiyotida ulkan yutuqlarga erishdi. Ro’y berayotgan o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar yurtimiz iqtisodiy qudratining muttasil oshayotgani, xalqimiz turmush farovonligining yanada yuksalib borayotganida ham o’z ifodasini topmoqda. Iqtisodiy islohotlarning o’zbek modeli berayotgan yuksak samaralar jahonda keng e’tirof etilmoqda.Respublikamiz hukumati o’sha davrdayoq mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta’minlashni o’z oldiga muhim vazifalardan biri sifatida qo’ydi. Bunda asosiy e’tibor murakkab iqtisodiy vaziyat yuzaga kelgan bir sharoitda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni ko’zda tutgan holda iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu xarakatlar birinchi navbatda iqtisodiyotning ichki imkoniyatlari va dunyo bozori kon’yunkturasini hisobga olib, mamlakatimizning jahon mehnat taqsimotida o’ziga xos mavqeni egallashiga yo’naltirildi.


Respublikamizda islohotlarning keyingi bosqichidagi vazifalarga mos ravishda valyuta siyosati ham takomillashtirib borilmoqda. Xozirgi bosqichda ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda milliy valyutamizning joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha erkin konvertatsiyasini joriy etishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, hozirgi kunda milliy valyuta tizimini rivojalantirish dolzarb ahamiyatga ega bo’lib kelmoqda. Chunki milliy valyutaning rivojini ta’minlash, uning barqarorligini oshirish mamlakat iqtisodiyotida, shuningdek, uning rivoji va davlatlararo o’z o’rniga ega bo’lishida juda muhim hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib yurtimizda ham milliy valyutani rivojlantirishda bir qator islohotlar amalga oshirildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan milliy valutani mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan qator dasturlar izchil amalga oshirildi. Hususan, 1994-yilning 1-iyulida milliy valyutamiz so’mni muomilaga kiritilishi buning yaqqol dalili bo’la oladi. Davlatimiz birinchi rahbari Islom Karimov ta’kidlaganidek, milliy valuta kuchli bo’lgan taqdirdagina iqtisodiyot izchil rivojlanadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, oqilona pul-kredit siyosati samarasida iqtisodiyotimiz jadal rivojlanmoqda, milliy valyutamizning barqarorligi mustahkamlanmoqda. Bu esa o’zbek so’mining mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligining ishonchli kafolatiga aylanganining amaldagi yaqqol tasdig’idir.



Yüklə 62,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə