Reja: • Yangi axboriy texnologiyalar va zamonaviy



Yüklə 489,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix13.10.2023
ölçüsü489,22 Kb.
#127552
  1   2   3
Ozbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining



O‘zbekiston Respublikasida ommaviy
axborot vositalarining faoliyati
o’zgarish va muammolar.
Reja:

Yangi axboriy texnologiyalar va zamonaviy
jurnalistika.

O`zbekiston OAV va jamiyat psixologik
xavfsizligini ta`minlash muammolari.
www.arxiv.uz


O’zbekiston OAV
680 gazeta
194 jurnal
4
Axboriy
agentlik
34
Teleradio
studiya
4 milliy 
Teleradio
kompaniya
7 kabelli 
audiovizual 
OAV
www.arxiv.uz


• Yangi axboriy texnologiyalar va ayniqsa, Internet jahon 
miqyosida yangi vaziyatni yuzaga keltirdi. Jurnalistika shaxs, 
jamiyat va davlat o`rtasidagi sifat jihatdan yangilangan 
munosabatlarni ko`proq ta`sir o`tkaza boshladi. Toronto 
universitetining professori Marshall Maklyuen tomonidan 
o`tgan asrning 60-yillaridayoq obrazli tarzda ifodalangan 
«Global qishloq» tushunchasi reallikka aylanmoqda. Bugun 
butun insoniyat jamoa o`lchamigacha ixchamlashmoqda. 
Industrial jamiyat o`rniga, ommaviy kommunikatsiyalar va 
axborotning roli beqiyos darajada oshgan. Axborot jamiyati 
qadam qo`ydi. 
www.arxiv.uz


• Kompyuter, uyali telefon, Internet millionlab odamlar 
hayotining ajralmas qismiga aylandi. Bunday 
kommunikatsiya vositalari jurnalistning nafaqat 
doimiy yo`nalishiga, balki, uning asosiy mehnat 
quroliga, butun dunyo bilimlarini o`zida amujassam 
etgan maslahatchi, kutubxona va elektron 
entsiklopediyasiga aylandi.
• Bugungi kunda komp`yuter va uyali telefon 
jurnalistga uning qaerda bo`lishidan qat`iy nazar 
axborotni gazeta, jurnal yoki radio-televideniega 
sanoqli daqiqalarda etkazib berish imkoniyatini 
yuzaga keltirdi.
www.arxiv.uz


• Darhaqiqat bugun yuqori texnologiyalarni ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotga tadbiq etish beqiyosdir. Aynan Yangi axboriy 
texnologiyalar tufayli jurnalistika bir qator transnatsional 
hodisaga aylangan. Yuqori texnologiyalar uni erkin qilib 
qo`ydi. 
• Ilgari u yoki bu tahririyat xodimi o`z auditoriyasiga murojaat 
qilishi uchun vaqt, OAV kanalining texnik imkoniyatlari va 
nihoyat o`z rahbariyati bilan hisoblashishiga to`g`ri kelgan 
bo`lsa, bugun ana shu zanjirsiz amalga oshirishi mumkin. 
Ilgari kishilar u yoki bu kanal tomonidan taklif etilgan 
ko`rsatuvlvr programmasi bilan cheklangan bo`lsa, bugun siz 
o`z ta`bingizga mos ravishda o`z dasturingizni tuzib olishingiz 
mumkin. Ya`ni, yangi informatsion texnologiyalar nafaqat 
jurnalistga, balki auditoriyaga ham erkinlikni taqdim etdi. 
www.arxiv.uz


• Shu munosabat bilan ommaviy kommunikatsiyalar nazariyasi sohasida 
taniqli mutaxassis, amerikalik olim Uolter Lippmanning fikrini eslash 
o`rinlidir: «Siz materialni yozguningizcha erkinsiz, ammo siz uni mening 
qo`limga topshirishingiz bilan sizning erkinligingiz tugab, mening 
erkinligim boshlanadi. endi sizning qo`lyozmangizning taqdirini men hal 
etaman. Xohlasam - nashr etaman, xohlasam musor korzinasiga tashlab 
yuboraman». Bu 1922 yilda aytilgan edi. Bu fikri bilan u o`z davri 
jurnalistining erkinlik chegaralarini ifodalab bergan edi. Albatta, jurnalist 
materialini boshqa tahririyatga berishi ham mumkin edi. Lekin har qanday 
vaziyatda ham jurnalist yuqori lavozimdagi shaxsning pozitsiyasi bilan 
hisoblashmog`i kerak edi. Bugun bunday bog`liqlik yo`qqa chiqib 
bormoqda
• Yangi texnologiyalar bugungi kunda jurnalist va tahririyat imkoniyatlarini 
tenglashtirib boryapti. Shuning uchun ularni to`la ma`noda hamkorlar deb 
baholash mumkin. Bundan tashqari jurnalistika taraqqiyoti darajasi kichik 
gazeta yoki maxalliy radio va televidenie ijodiy xodimlarining 
imkoniyatlarini yiriklari bilan tenglashtirib qo`ydi. 
www.arxiv.uz


• Aynan shu va boshqa holatlar jurnalist va jurnalistikaning 
jamiyatdagi o`rni va roli haqida yangicha fikrlashni taqozo 
etmoqda. Bugun jurnalistika insoniyat taraqqiyotidagi 
vazifalarni hal etishdagi imkoniyatlarini tobora ko`proq 
namoyon etmoqda.
• Sotsiologlarning ta`kidlashicha: «ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
axborot qancha ko`p to`plansa, jamiyatning shu sohadagi 
taraqqiyoti shuncha tezlashadi. Jurnalistika shu sohadagi 
axborotlarni to`plash, qayta ishlash, sistemalashtirish va tahlil 
etish bilan shug`ullanar ekan, xulosa qilish mumkinki, 
jurnalistika qanchalik yuqori sifatga ega bo`lsa, o`ziga 
yuklangan vazifalarni to`liq bajaradi, jamiyat rivojlanish 
tendentsiyalarini belgilaydi va uning rejalarini ishlab chiqadi. 
www.arxiv.uz



Yüklə 489,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə