Reja: 1 O‘quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishida shifokor nazorati



Yüklə 172,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.10.2023
ölçüsü172,79 Kb.
#125945
  1   2   3   4
2 Mavzu (4) jis



Mavzu: O‘quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishida 
shifokor nazorati. Davolash jismoniy tarbiyasi asoslari 
 
Reja: 
1 O‘quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishida 
shifokor nazorati.
2 Davolash jismoniy tarbiyasi asoslari 
 
Jismoniy tarbiya va sportni tibbiy jihatdan ta’minlanishi sport tashkilotlarining 
faol ishtirokida, sog’liqni saqlash tashkilotlari tomonidan boshqariladi. Tashkilotga 
bog‘liqli tibbiy xizmat (jamiyat, 
tashkilot va sport qo’mitalari) o‘z faoliyatini sog’liqni saqlash tashkilotlari nazorati 
ostida amalga oshiradi. Shifokor tibbiy ko’rikni o’tkazishga javobgar shaxs, ya’ni mas’ul 
shaxs, o‘qituvchilar, murabbiylar va sport tashkilotlarining rahbarlari shifokor tavsiyalarini 
bajarish va sportchilarni ko‘rikka kelishiga javob berishadi. 
Jismoniy tarbiya va sport bilan uyushgan holda shug’ullanuvchi , shaxslar yiliga 
kamida 1 (bir) marta, malakali va yosh sportchilar, bolalar, yoshlar, sport maktablari-
kollejlari va maxsuslashtirilgan bolalar va yoshlar sport muassasalari (maktablari) 
o‘quvchilari hamda kata yoshdagi kishilar - yiliga kamida 2 (ikki) marta tibbiy ko‘rikdan 
o‘tadi. 
Tibbiy jihatdan ta’minlanish 2 (ikki) usulda amalga oshiriladi: 
1) maxsuslashtirilgan shifokor - jismoniy tarbiya xizmati (xonalar va dispanserlar) 
orqali; 
2) sog‘liqni saqlash tashkilotlarining davolash-profilaktika muassasalarining umumiy 
tarmoqlari orqali hududiy va ishlab chiqarish tamoyillari asosida bajariladi. 
Shifokoming nazorat xonasi - bu shifokor-jismoniy tarbiya xizmatining pastki bo‘limi 
bo‘lib, ular poliklinikalar, o‘quv muassasalari, jismoniy tarbiya jamoalari, sport inshootlari, 
korxonalarning tibbiy bo‘limlari, sog‘lomlashtirish punktlari va boshqalarda tashkil 
etiladi.Shifokor nazorati xonasining vazifalariga quyidagilar kiradi: 
1) shug‘ullanuvchilarni ko‘rikdan o‘tkazish; 
2) shug‘ullanuvchilar ustidan nazorat ishlarini olib borish; 


3) shug‘ullanuvchilarni tibbiy guruhlarga ajratish; 
4) shug‘ullanuvchilarni mashg‘ulotlar va musobaqalarga qatnashishi masalalarini hal 
qilish; 
5) mashqlar va musobaqalar o‘tkaziladigan joylarni sanitariya nuqtai nazardan tekshirish; 
6) shikastlanish va kasalliklar kelib chiqqanida dastlabki – 1 (birinchi) tibbiy yordamni 
amalga oshirish; 
7) davolashni, zarur hollarda dispanserlar va umumtarmoqli davolash muassasalarida 
tashkil qilish. 
18 Shifokor-jismoniy tarbiya dispanseri (ShJTD) Bu bo‘lim, jismoniy tarbiya va sport 
bilan shugcullanuvchilarni tibbiy jihatdan ta’miniashning kobproq darajada takomillashgan 
shakli bo‘lib, uning vazifalari quyidagilardan iborat: 
1) shug‘ullanuvchilar ustidan faol holda muntazam ravishda kuzatuv ishlarini olib borish; 
2) shug‘ullanuvchilar salomatligida vujudga keladigan o‘zgarishlami erta aniqlash va 
ularni oldini olish; 
3) mashqlar jarayonida shug4ullanuvchilar tanasining faol holati va ish qobiliyatini 
rivojini - dinamikasini nazorat qilish; 
4) yuqori sport natijalariga erishishiga kocmaklashish; 
5) barcha talabgorlarga kerakli maslahatlarni berish; 
6) shifokor nazorati xonalari faoliyatini boshqarish; 
7) jismoniy tarbiya va sport sohasidagi umumiy davolash profilaktika tarmoqlari faoliyati 
ustidan ilmiy-uslubiy rahbarlikni olib borish. 
Dispanser usulida kuzatuv ishlarini amalga oshirish – salomatlikni saqlash 
tashkilotlarining profilaktik yo6nalishining yorqin ko‘rinishidir. 
Ko‘pchilik shifokor-jismoniy tarbiya dispanserlari yirik majmuaviy davolash-profilaktika 
muassasalari (masalan, RDJT dispanseri) bo‘lib, tarkibiga quyidagilar mavjud. 
1) turli sohadagi shifokorlar (jumladan, biriktirilgan sportchilarni kuzatuvchi, shifokor 
dispanserchilar); 
2) turli xonalar va bo’limlar (jumladan, faoliy tashxis, fizioterapiya, davo jismoniy 
tarbiya (DJT), klinik-biokimyo tahlil xonasi); 


3) shifoxona va boshqalar kiradi. Shu boisdan dispanserlar sportchilar bilan yuqori 
malakali tekshiruvlar, kuzatuvlar, davolash va qayta tiklanish (reabilitatsiya) 
amallarini bajarishlari mumkin. Dispanser ko‘rigidan o‘tishga tayinlangan shaxslar 
yiliga 1 (bir) martadan kam boimagan toia-to‘kis ravishda va yiliga 3-4 (uch-to‘rt) 
marta bosqichma-bosqich tekshiruvlardan o4tadi. Mazkur tekshirishlar orasida 
dispanserlovchi shifokor, sportchilar ustidan joriy kuzatuvlarni va amen bo’lgan davolash-
profilaktika ishlarini olib boradi. 
Jismoniy tarbiya jamoalari, sport seksiyalari, salomatlik guruhlarida 
shug‘ullanuvchilar tekshirish amallarini poliklinikalarda shifokor nazorati xonalarida, 
umumtaiim, litsey, kollej, o‘rta va oliy 
19 o‘quv muassasalari o‘quvchilari, talabalari ushbu muassasalardagi yoki 
biriktirilgan talaba va tuman poliklinikalarda shifokorlar tomonidan kuzatiladi. 
O‘quv dasturiga ko‘ra o‘quvchilar 3 (uch) tibbiy guruhlarga ajratiladi: 
1)asosiy; 
2) tayyorlov
3) maxsus. 
Asosiy guruhga sog’lom va salomatligi biroz izdan chiqqanlar, lekin yetarli darajada 
jismonan tayyorlanganlar kiritiladi. Ularga jismoniy tarbiya, sport seksiyalarida shug‘ullanish, 
musobaqalarda qatnashish, mashg‘ulotlarda bo’lish, to’lliq dastur asosida ruxsat etiladi. 
Tayyorlov guruhiga salomatligi va jismoniy rivojlanishda biroz izdan chiqqanlar yoki 
jismonan yetarli darajada rivojlanmaganlar ajratiladi. Ular ham mashg‘ulotlarni umumiy o‘quv 
dasturi bo6yicha, ammo uzoqroq muddat mobaynida o’qishadi. 
Maxsus guruhlarga salomatligi yetarli darajada (vaqtincha yoki doimo) izdan chiqqanlar 
taalluqli bo‘lib, ular jismoniy tarbiya bilan maxsus dastur bo‘yicha shug‘ullanishadi. Ushbu 
guruhga oid bo‘lganlar o‘quv va ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashadilar. Zarur hollarda 
ularga, kasalliklariga va tanalarining imkoniyatlariga (faol jihatdan) binoan 
mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Keyingi yillarda mashg‘ulotlarga turli yoshdagi, kasbkorli, 
salomatligi va tayyorgarlik darajasi har xil bo‘lgan kishilarni jalb etilishi tufayli, 
jismoniy tarbiyaning ommaviy shaklini tibbiy jihatdan ta’minlash katta ahamiyat kasb 
etmoqda. Bu jarayon sog‘liqni saqlash tashkilotlarining davolash-profilaktika 
muassasalarining umumiy tarmoqlari tomonidan shifokor-jismoniy tarbiya xonalari va 
dispanserlarning uslubiy rahbarligi va ishtirokida amalga oshiriladi. Bunday paytlarda 


tekshiruvning ommaviy usullari va oddiy faol sinamalar qo‘llaniladi. Zarur holatlarda 
maxsuslashtirilgan davolash muassasasining shifokor-jismoniy taibiya xonalarida 
qo‘shimcha tekshirishlar olib boriladi. Shifokorlar tomonidan barcha jismoniy tarbiya bilan 
shug‘ullanuvchilar, murabbiy, o‘qituvchilarga imkoniyatlar, shakl va mashg‘ulotlarni 
o‘tkazish uslubi, mashqlar tartibini, ularning hajmi, jadalligi, yuklamalarning tavsifi, profilaktika 
va qayta tiklanish masalalari bo‘yicha maslahatlar beriladi. 
20 Respublika va viloyatlarning terma-yig6ma guruhlari maxsus dastur asosida, chuqur, 
bosqichma-bosqich va joriy tekshiruvlardan shifokor-jismoniy tarbiya dispanseri va mashqiy 
Yig’imlarda o’tadi. Bosh sportchilar bilan olib boriladigan faoliyat 
jarayonida majmuaviy ilmiy guruhlar (MIG) va Davlat sport qo‘mitasining xodimlari bo’lmish 
guruh shifokorlari ishtirok etadi. 
Xulosa. Sport tibbiyoti bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar bilan tanishib chiqish, 
Oczbekiston Respublikasi 1920-yil kurtak otgan sport tibbiyoti fani, 1970-yildan boshlab 
shifokor nazorati fanining kengayishi natijasida vujudga kelib, hozirgi paytda 
mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport to‘gbrisidagi qonun va normativ hujjatlarning 
qabul qilinishi asosida keng miqyosda ravnaq topmoqda. Ammo bu sohada qilinadigan ilmiy 
izlanishlar alohida e’tiborga sazovor bo‘lib, o‘z yechimlarini kutmoqda. 

Yüklə 172,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə