Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


-MAVZU. GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MUAMMOLARI



Yüklə 118,65 Kb.
səhifə9/9
tarix30.12.2023
ölçüsü118,65 Kb.
#165588
1   2   3   4   5   6   7   8   9
falsafa

10-MAVZU. GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MUAMMOLARI.
Reja:
1. Globallashuv hodisasi va globalistika.
2. Global jarayonlarning shakllanish tarixi.
3. 2017-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi.
4. Bashoratning turlari va metodlari
Globallashuv hodisasi va globalistika. Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish
uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir
ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda
dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol
integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi.
Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va
ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan
jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga
qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va
universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi. Bu o‘zgarishlarning butun majmui,
shuningdek, ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. «globus» – «Yer kurrasi») deb
nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Yer sayyorasi uchun yagona
bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir.
Shuningdek, globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik
o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli
sa’yharakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular
ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini
anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy-tadqiqotlar soha si – globalistika paydo bo‘lishiga olib
keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global
muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan, ularning
natijalarini, shuningdek, ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy,
ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun
qo‘llaniladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki turdosh
fanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga kirmaydi. Uning vujudga kelishi
zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv
jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu erda turli fanlar
bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning
turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir -biridan alohida va yaxlit tizim sifatida
o‘rganib, ularning echimlarini taklif qiladi.
Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning
oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo‘lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin
yuzaga kelgan edi.
Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga
XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa, u amalda real shaklshamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqt isodiy va siyosiy jahon
maydoni shakllanishiga olib kelgan, «Buyuk geografik kashfiyotlar» yuz bergan davr edi. Ayni
shu davrda, dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga
o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga
muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga
kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi
zikr etilgan voqealar, pirovard natijada, insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning
atrof-muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.Er kurrasi shar (globus) ko‘rinishida
ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab, insoniyat o‘z tarixida birinchi bo‘lib savdo-sotiq
sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni
shu davrda, ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof
savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo‘lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish,
bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo etish jarayonida ishtirok eta
boshladi, nihoyat, o‘z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy
ijrochisiga aylandi. Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz berishiga ham sabab
bo‘ldi. Xususan, mustamlakachilar qora tanli qullarni Afrikadan Amerikaga ommaviy tarzda
tashib keltira boshladilar va shu tariqa, uning demografik tarkibini butunlay o‘zgartir dilar. Shuning
o‘ziyoq globallashuv turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan avvalboshdan
uzviy bog‘liq bo‘lgan,degan xulosaga kelish imkonini beradi. XVII asr boshlariga kelib, Sharq va
G‘arb savdogarlari ulkan hududlarni o‘zlash tirdilar va deyarli butun dunyo bo‘ylab joylashdilar.
Shu tariqa, ular insoniyat tarixida birinchi bo‘lib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning
zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar.
Global muammolarni echishda falsafaning roli. Og‘ir va murakkab vazifalarni echishda
insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson imkoniyatlari
darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan.
Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o‘ziyoq
odamlarni fanga o‘z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa, bu muammolarni echish yo‘llarini
izlashga majbur qildi.YUzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har
qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o‘rganish
mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli o‘zaro aloqalari va o‘zaro
bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global mua mmolarni tadqiq etishga
ayrim fanlar qodir emas. Zero, o‘z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global
muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. Shu sababli, u yoki
bu fan qaysi muayyan vazifalarni echishidan qat’i nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va
hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan
falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o‘z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab
etishga u yoki bu darajada muhtoj bo‘ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan
muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman
fanning rivojlanishi ham mumkin emas.
Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. O‘zining, o‘z farzandlarining, o‘zi yashayotgan
mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo‘lmasa kerak. Shu sababli, qadim
zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar,
bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan.
Bashoratgo‘ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o‘rin egallagan. Kelajakni
bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko‘rinishlarda alohida e’tibor
qaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda
bashoratning ahamiyati ayniqsa, oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul
o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat
masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa
falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan
shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q.
Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko‘rib
chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning
olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan
iborat.
Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning
kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda
potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o‘z gnoseologik
tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi
zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki
hali ma’lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi. Kelajakni oldindan aytish usuli,
teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning qo‘yidagi turlarini farqlash mumkin: 1) mifologik
bashorat,1) kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat, 4)ijtimoiy basho - rat.
Mifologik bashorat arxaik ongda shakllangan obrazlar harakatida kelajakni bashorat qilishdi.
Masalan, Drezden qo‘lyozmalarida ta’kidlanishicha, Mayya qabilalaribashorat qilishicha, 2012 yil
21 dekabr qiyomat kuni, deb belgilangan. Xususan, qo‘lyozmalarda to‘p o‘ynayotgan navkarlar
ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha, to‘p Quyosh ramzi, balandlikdagi doira S omon yo‘li ramzi
muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to‘pni tepib doiraga kiritishi lozim. Doiraga to‘pni
kirita olmagan navkarning boshi olingan. Olimlar, to‘pning doiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni
muvozanatning buzilishi ramzi, deb tahlil qilmoqdalar. Shuningdek, Mayya qabilalari
qo‘lyozmalarida, dunyoviy suv toshqinlari ham obrazlarda ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki
ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi bashorat XX asrdagi tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suv
toshqinlari, dengiz to‘fonlari va shu kabi boshqa tabiiy ofatlarda namoyon bo‘lmoqda. Shu bois,
bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin, deb ayyohannos solsalar, optimistlar bu
astronomik sikllar almashinuvi xolos, deb bashorat qilmoqda. Insoniyatni kelajada nima
kutmoqda. Bu savolga, inson, o‘z faoliyati maqsadi va natijalariga ko‘ra javob berishi lozim.
Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu
voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. Kundalik bashoratlarga
xalqda keng mashhur bo‘lgan ob-havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, Quyosh
botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalab
tuman tushgan bo‘lsa, demak, kunduzi havo ochiq bo‘ladi; Sharqd an shamol essa, tez orada
yomg‘irlar tugaydi. Astrologik bashorat osmon jismlari harakati, Oy va Quyosh tutilishini
kuzatishlarga asoslanadi. Astrologik bashorat o‘rta asrlarda keng tarqalgan bo‘lsa-da, keyinchalik
unga munosabat o‘zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji astrologik bilimlarning
asosli ekanligini tan olmoqda.
Intuitiv bashorat ilmiy dalilarsiz va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bilvosita etishdir.
Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan va ko‘pincha unga etarlicha baho berilmaydi.
Holbuki, aqlni lol qoldiradigan dalillar ma’lum. Masalan, to‘rt yuz yil oldin yashagan fransuz
tabibi Mishel Nostradamus misli ko‘rilmagan bashoratgo‘ylik qobiliyatiga ega bo‘lgan. O‘zining mashhur «Senturiyalari» va boshqa asarlarida, u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti
kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki fransuz va rus inqiloblarini,
shuningdek, de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo‘lishini
ham bashorat qilgan. O‘z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk
shoirAleksandr Pushkinga, uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko‘p pul olish, ikki
surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark etish ehtimolini bashorat qilgan. Afsus ki,
bu bashorat to‘la ro‘yobga chiqqan. Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham
bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U o‘z qishlog‘i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal
bo‘lmagan. Hammaga o‘zining o‘limi yaqinligini e’lon qilgan, o‘zi o ‘ziga qabr qazgan, o‘z
«xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o‘z asarlarini qo‘ygan va vafot
etgan. G‘arb mamlakatlarida ijtimoiy prognoz qilish ilmiy bashoratning turi sifatida
«futurologiya» (lot. «futurum» – «kelajak» va yunoncha «logos» – «ta’limot») degan nom bilan
vujudga kelgan. Bu atamani ilk bor G‘arbiy Berlin Erkin universiteti huzuridagi Otto Zur nomidagi
institut professori O.Flextgaym ishlatgan. Shuni qayd etish lozimki, «futurologiya» atamasi
umumiy e’tirof etilgani yo‘q. Misol uchun, bashorat muammolari bo‘yicha fransuz
mutaxassislarining aksariyati futurologiya insonning kelajakni ishonch bilan bashorat qilish
qobiliyati haqida xom xayol qilish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Futurologiya o‘rniga
«fyutyuribli» atamasi taklif qilingan bo‘lib, u «ehtimol tutilgan kelajak», degan ma’noni anglatadi.
Bunda, kelajakning shartliligi, ko‘p variantliligiga urg‘u beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy
bashorat bilan bog‘liq tadqiqotlar «prognostika» degan nom olgan. Bu yosh fan pro gnoz qilish
qonunlari, tamoyillari va metodlarini o‘rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi
prognostik tadqiqotlarning tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davrini boshdan
kechirmoqda, lekin hozirning o‘zidayoq kelajakning ilmiy muqo billarini yaratishning muhim
vositasi hisoblanadi.
Prognozlashtirishning metodlari:
1. Ekstrapolyasiya metodlari.
2. Tarixiy analogiya.
3. Modellashtirish.
4. Ekspertiza usulida baholash.
. Kelajak ssenariylari
Yüklə 118,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə