Reja: Bozor munosabatlariga O’tishning milliy modeli: evolytsiyasi, xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi



Yüklə 21,06 Kb.
səhifə4/6
tarix23.09.2023
ölçüsü21,06 Kb.
#122993
1   2   3   4   5   6
Reja Bozor munosabatlariga O’tishning milliy modeli evolytsiya-fayllar.org (1)

4.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi. Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonni tadrijiy taraqqiyot yo‘liga qaytishiga imkoniyat yaratdi. «O‘zbek modeli» konsepsiyasi asosida boshlangan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar respublikada tadbirkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bir necha bosqichlarda olib borildi.

Birinchi bosqich – 1991-1996-yillar. Bu bosqichda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosi bo‘lgan kichik mulkdorlar sinfining shakllantirilishidan boshlandi. Shu bilan birga, bu bosqichda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni himoya qilishning konstitutsiyaviy huquqlari va kafolatlarini ta’minlovchi qonunlar qabul qilindi.

Ikkinchi bosqich – 1996-2000- yillar. Ushbu bosqichda keng qamrovli xususiylashtirish amalga oshirildi, iqtisodiyot sohalariga xususiy kapitalni jalb qilish imkoniyatlari kengaytirildi, dastlabki xususiy tijorat banklari va bankdan tashqari moliya institutlari (kredit uyushmalari) o‘z faoliyatlarini boshladi. 1996-yilda xalqaro iqtisodiy makonda yuz bergan paxta inqirozi uning narxini pasayib ketishiga, ayni vaqtda respublika iqtisodiga valyuta tushumini ta’minlab turgan ushbu xomashyoning eksportidan tushadigan daromad shu yilning o‘zida 15% qisqarishiga sabab bo‘ldi. Boz ustiga, 1998–1999-yillardagi noqulay ob-havo sharoiti paxta hosildorligiga jiddiy zarar yetkazdi, natijada uning eksporti 25% ga qisqardi. Bunga javoban mamlakat hukumati e’tibori import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va bu davrda katta qiyinchilik bilan topilayotgan valyuta zaxirasini saqlab turishga, undan unumliroq foydalanishga qaratildi.

Uchinchi bosqich-2000-2016-yillar. Mazkur bosqichda xususiy tadbirkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va uni kafolatlashga qaratilgan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2000-yilda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun bilan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmi soddalashtirildi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar taqdim etildi, tadbirkorlarning imtiyozli kredit olish uchun huquqlari mustahkamlandi. 2008-yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan kichik biznes sub’yektlarining tijorat banklari kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi yanada pasaytirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011–2015-yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish choralari to‘g‘risida»gi va «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» davlat dasturi to‘g‘- risida»gi qarorlariga muvofi q, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va modernizatsiyalash hamda mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.



Yüklə 21,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə