Reja: Elektron jadvallar to’g’risidagi asosiy tushunchalar. Ms excel dasturinining imkoniyatlari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə6/14
tarix11.05.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#109632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
7-lectures

Sonlarni kiritish
Har bir yacheykaga kiritilayotgan sonlar o‘zgarmaslar (konstantalar) sifatida qabul qilinadi. Microsoft Excel dasturida sonlar quyidagi 1,2,3,...9,0,+,—,(),/, $,%,E,e belgilari orqali kiritiladi. Tugmalarning boshqa barcha kombinatsiyalari orqali kiritilayotgan ma’lumotlar raqamli va raqamsiz belgilardan iborat bo‘lib, matn sifatida qaraladi. Manfiy sonlar kiritilayotganda son oldiga «—» ishorasi qo‘yiladi yoki son qavs ichiga olinib yoziladi. Masalan, -5 yoki (5). Kiritilayotgan sonlar hamma vaqt yacheykaning o‘ng chegarasidan boshlab yoziladi.
Kiritilayotgan sonli qiymatlar bichimlanmagan holatda bo‘ladi, boshqacha aytganda, ular oddiy raqamlar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Shuning uchun sonlarni bichimlash zarur. Sonlarni bunday bichimlashdan maqsad — yacheykadagi ma’lumotlarni, ya’ni sonlarni oson o‘qish imkonini berishdir.
Microsoft Excel 2013 dasturi dasturida sonli qiymatlar 12 xil bichimlanadi (8.8-rasm).

1. Umumiy.


2. Sonli.
3. Pul bilan bog‘liq.
4. Moliyaviy.
5. Qisqa sana.
6. To’liq sana.
7. Vaqt
8. Foiz bilan bog‘liq.
9. Kasrli.
10. Eksponensial.
11. Matnli.
Boshqa son formatlari.

Agar yacheykadagi belgilar o‘rnida «reshetka» (#####) paydo bo‘lsa, tanlangan bichimdagi sonlar ustun kengligiga sig‘magan hisoblanadi. Bunday hollarda ustun kengligini o‘zgartirish yoki boshqa sonli bichimlashga o‘tish kerak bo‘ladi.


Agar sonli qiymatlar bichimlangandan keyin yacheykadagi jadval kursorini sonli qiymatlari bilan boshqasiga o‘tkazilsa, formulalar qatorida sonli qiymatlarning bichimlanmagan ko‘rinishi hosil bo‘ladi, chunki bichimlash sonli qiymatning yacheykadagi ko‘rinishigagina ta’sir etadi.
Sonlarni bichimlash. Bichimlashdan oldin kerakli yacheykalarni ajratib olish zarur.
Uskunalar paneli yordamida bichimlash. Uskunalar panelida bir qancha bichimlash tugmalari joylashgan bo‘lib, ular kerakli bichimlash turini tez tanlab olish va foydalanish imkonini beradi.
Yacheykalar ajratilgandan keyin tanlangan tugmalarga sichqoncha ko‘rsatkichini olib borib, tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng yacheykada tanlangan bichim asosida ish olib boriladi.
Bosh menyu yordamida bichimlash. Bosh menyuda bichimlash buyrug‘i quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə