Reja: Fizika fani uning mazmuni,boshqa fanlar va ekologiya bilan aloqasi. Fizik va biokimyoviy jarayonlarning uzviy bog‘liqligi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə29/37
tarix30.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#165150
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Reja Fizika fani uning mazmuni,boshqa fanlar va ekologiya bilan

Xoll effekti
1880 yilda E. Xoll tomonidan aniqlangan bu effektning moxiyati quyidagidan iborat. Metal yoki yarim o‘tkazgichdan yasalgan plastinkani (5-rasm) magnit maydonga shunday joylashtiraylikki, bunda magnit maydonning yonalishi OZ o‘qiga, plastinkadan o‘tayotgan tokning yo‘nalishi esa OY o‘qiga mos bo‘lsin. U holda tok hosil qilayotgan zaryadlarga Lorens kuchi tasir qilib, ularni OX yo‘nalishida og‘diradi. Agar tok tashuvchilar manfiy zaryadli zarralar bo‘lsa, ular j ga teskari yonalishda harakat qilganliklari uchun plastinkaning o‘ng



5 - rasm

qirrasi tomoniga qarab og‘adi. Natijada o‘ng qirrada ortiqcha manfiy zaryad vujudga keladi. Bu esa o‘z navbatida plastinkaning chap qirasida manfiy zaryad yetishmasligiga, yani unda musbat zaryadning vujudga kelishiga sababchi bo‘ladi. Agar tok tashuvchilar musbat zaryadli zarralar bo‘lsa ular elektr tok tashishda qatnashib j yo‘nalishi bo‘ylab harakat qilishlari kerak. Bu harakat magnit maydonda sodir bo‘layotganligi uchun Lorens kuchi tasirida zarralar plastinkaning o‘ng qirrasi tomon og‘adi. Natijada plastinkaning o‘ng qirrasi musbat, chap qirallari orasida elektr maydon (bu maydon kuchlanganligi Ex bo‘lsin) vujudga keladi. Bu elektr maydonda zaryadga tasir etuvchi kuch (qEx). Lorens kuchiga teskari yonalgan. Shuning uchun bu kuchlar miqdoran tenglashganda muvozanat vaziyati vujudga kelib, zaryadlar og‘masdan tok tashish vazifasini bajaraveradi. Muvozanat vaziyatida plastinaning o‘ng va chap qirralari orasida vujudga kelgan potensiallar farqi (x) ni Xoll potensiallar farqi deb atash odat tusiga kirgan.
Xoll potensiallar farqini topish uchun induksiyasi B bo‘lgan magnit maydonda u tezlik bilan harakat qilayotgan q zaryadga tasir etuvchi Lorens kuchi va q zaryadga kuchlanganligi Ex bo‘lgan elektr maydoni tomonidan tasir etuvchi kuchlar modullarini tenglashtiramiz, yani
quB=qEx
bundan Ex=uB
ekanligini topamiz.
Potensiallar farqi vujudga kelgan plastina qirralari orasidagi masofani d deb belgilasak, x =Exd=uBd (9)
bo‘ladi. Bundagi u o‘rniga tok zichligi ifodasi (j=qnu) dan topiladigan
qiymatni qo‘yib
munosabatni hosil qilamiz. Bu ifodadagi Xoll doimiysi deb ataladi. Xoll doimiysi plastinka materialiga bog‘liq. U ba’zi moddalar uchun musbat, ba’zilari uchun esa manfiy qiymatga ega bo‘ladi.

Nazorat savollari.



  1. Magnit maydoni va uni xarakterlovchi kattaliklar.

  2. Konturning magnit momenti.

  3. Magnit maydon induksiyasi, o‘lchov birligi.

  4. Magnit induksiya chiziqlari va uning yo‘nalishi.

  5. Magnit maydonlar superpozitsiya prinsipi.

  6. Bio-Savar-Laplas qonuni.

  7. To‘g‘ri tok magnit maydonining induksiyasi.

  8. Aylanma tok markazidagi magnit maydon induksiyasi.

  9. Solenoid markazidagi magnit maydon induksiyasi.

  10. Magnit maydonning tokli o‘tkazgichga ta’siri. Amper kuchi.

  11. Tokli o‘tkazgichni magnit maydonda ko‘chirishda bajarilgan ish.

  12. Magnit maydonni tokli o‘tkazgichga ta’sir kuchi momenti.

  13. Tokli o‘tkazgichning o‘zaro ta’siri.

  14. Tokli o‘tkazgichning magnit maydonda aylanish tezligi.

  15. Magnit maydonni zaryadlangan zarraga ta’siri. Lorens kuchi.

  16. Siklik tezlatgichlar.Magnitogidrodinamik generator.




Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə