Reja: Hujayra haqida ma'lumot. Hujayraning ximiyoviy tarkibi, xossalari. Hujayraning tuzilishi. Hujayra organellalari va kiritmalari. Hujayralarning bo'linishi. Hujayra fiziologiyasi. Hujayra nazariyasi. Kirish



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə5/7
tarix21.10.2023
ölçüsü70,5 Kb.
#130000
1   2   3   4   5   6   7
Hujayra nazariyasi Hujayrani o\'rganish usullari. Hujayra yadrosi

Hujayraning bo'linishi. Hujayraning ajoyib sifatlaridan biri uning o'zidan ko'payishidir. Bu jarayon hujayra avlodlarining tugamasligini ta'minlaydi.
Hujayra bo'linishining bir necha turlari bor: mitoz, meyoz va poliploidiya
Mitoz. Mitotik bo'linish XIX asrning oxirlarida hayvon hujayralarida Flemming (1882), o'simlik hujayralarida esa Strasburger (1882) tomonidan ta'riflangan. Mitoz bo'linish qonuniyatlari barcha hujayralar uchun umumiy. Mitoz jarayonining o'zida 4 ta faza farq qilinadi.
Profazada xromosomalarning kondensasiya bo'lishi va mitotik apparatining shakllanishi kuzatiladi. Xromosomalar kattalashadi va yo'g'onlashadi. Xromosomalarning kattalashishi va yug'onlashishi bilan birga xromatidolar, sentromerlar deb ataluvchi ma'lum bulmalari bilan birlashadi. Profaza oxirida xromosomalar bo'linayotgan yadroni ekvatorial yuzasida joylashib, bo'linish dukchasini hosil qila boshlaydi.
Metafazada butunlay shakllangan xromosomalar elvatorial yuzada joylashadi. Xromosomalarni dukka karab harakat qilishi xromosoma sentramerlari mitotik apparatini iplariga birlashishi bilan tugaydi. Xuddi shu fazada har bir xromosoma bir xil ikki nusxadagi xromatiddan tashkil topganligi ko'riladi.
Anafaza – xromosoma xromatidlarini bir biridan ajralishidan boshlanadi. Bu vaqtda har bir xromosoma hosil qilgan qiz xromosomalar qarama-qarshi qutbga qarab harakat qiladi. Bu tarzda qiz yulduzi shakllanadi. Xromosomalarni bir xilda sinxiron kechadi.
Telofaza – mitozni oxirgi davri uning boshlanishi xromosomalarni hujayrani qarama-qarshi qutbga qarab harakatlantiradi. Telofaza profazani teskarisi hamma proseslar teskari kechadi.
Meyoz. Meyozda ketma-ket ikki marta bo'linish natijasida xromosomalarni soni ikki baravar kamayadi. Birinchi mitotik bo'linishda gomologik xromosomalar yaqinlashadi va qutblarga har bir gomologik juftdan butun xromosomalar utadi. Ikkinchi bo'linishda xuddi mitozdagi singari qutbga har bir xromosomadan xromatidlar ketadi. Meyoz yo'li bilan jinsiy hujayralar paydo bo'ladi.
Poliploidiya hujayra yadrosida DNKni ikki va undan ko'p marta ortishidir. Bu xolat mitoz bo'linish etaplarini buzilishi natijasida yuzaga keladi. Poliploid hujayralarni jigarda, siydik pufagida uchratish mumkin. Poliploid hujayralar aktiv funksiya qilayotgan differensiyalangan hujayradir. DNK miqdorini bir necha marta ko'p saqlovchi hujayralar poliploid hujayra deb yuritiladi.

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə