Reja: I. Kiris h



Yüklə 40,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü40,74 Kb.
#161228
1   2   3   4
II.Asosiy qism.
2.
1. Men nega farmasevt kasbini tanladim.
Yuqorida bayon etganimdek, inson 
qanday kasb tanlashidan qat’iy nazar, u o’z kasbini seva olishi, tanlagan kasbi 
o’zining qobiliyatlariga, xarakteriga zid bo’lmasligi kerak. Faylasuflardan biri 
shunday degan edi: “ O’zingiz yoqtirgan narsa bilan shug’ullaning va butun 
hayotingiz davomida undan zavqlanib yashang’’ deb . Bundan kelib chiqadiki, 
kasb-hunar va qiziqishlar bir xil bo’lishi kerak, aks holda ularning hech biri na 


xursandchilik, na ma’naviy qoniqish,na moddiy faravonlik keltirmaydi. Men ham 
qo’rqmasdan dadil ayta olamanki, kelajakda o’z oldimga sharafli kasbni, farmasevt 
bo’lishni maqsad qilib qo’ydim va ushbu maqsadlarim yo’lida kerak bo’lsa erta-yu 
kech shug’ullanib, unga erishishga harakat qilmoqdaman. Meni bu kasbga 
qiziqishim yoshligimda uyg’ongan, kasal bo’lgan paytimda, dard azobidan bir 
kecha uxlamay yig’laganman. Shunda onam meni shifokorga olib borgan,
shifokorlar menga dori berganda, tezda sog’ayib qolganman. Shundan keyin men 
dorilarga qiziqib qolganman. Dugonalarim bilan o’ynasam ham, doim men 
bemorlarga dori tayyorlab berardim. Keyinchalik, bu kasbni kelajakda o’zim 
egallash maqsadida institutga kirish uchun tayyorlandim, institutga o’qishga qabul 
qilindim va o’z maqsadimni boshlang’ich qadamlarini bosib o’tmoqdaman.
Farmasevt dori vositalarni ishlab chiqarish, tadqiq qilish va sotish bo’yicha 
mutaxassis. Farmasevt
-
bemor bilan shifokor o’rtasidagi maslahatchi. Farmasev
t-
shifokor va bemor orasidagi yuksak mavqe’li hodim. U sog’liqni saqlash 
xizmatchilari, hamda, jamoa bilan muloqotda o’zining bilimiga, zehniga tayangan 
holda insonlarni davolaydi, ularga yaxshilik qiladi.
2
.2
. Men tanlagan kasbni jamiyatdagi o’rni.
Farmasevt kasbi bor ekan biz 
ma’lum bir kasallikka chalinganimizda bizni dardimizni davolaydigan dorilar 
mavjud va biz u dorilarni to’g’ri qo’llashni bilamiz. Barchamizga ma’lumki o’tkan 
asrlarda juda ko’p insonlar, ma’lum bir kasallik tufayli, hatto, bir qishloq aholisi 
qirilib ketgan. Farmasevtika sohasi rivojlangandan keyin inson hayotida ulkan 
yuksalish bo’ldi. Qanchadan-qancha inson sog’lig’i saqlanib qoldi. Agar biz kasal 
bo’lsak shifoxonaga boramiz, undan so’ng, farmasevt huzuriga boramiz, shundan 
bilishimiz mumkinki, bizning hayotimiz albatta, shifokor va farmasevtga bog’liq. 
Bundan 40 yil ilgariga nazar tashlasak, shuni anglashimiz mumkinki, yosh 
bolalarda vitaminlar yetishmovchiligi sababli, lab yorilishi, gijja sababli, qorinning 
muntazam og’rishi kabi holatlar kop uchrab turar edi. Hozir esa farmasevtika 
sohasi rivojlangani sabab, yosh bolalarga vitaminlar, tishlari sog’lom bo’lishi 
uchun kalsiyli dorilar, hatto, kelajak avlodni ona qornidayoq g’amxo’rlik qilib, 
kerakli vitaminlar ishlab chiqarilmoqda. Yana shuni ta’kilamoqchimanki, hozirgi 


kundagi pandemiya holatiga hech birimiz ko’z yumib ketolmasak 
kerak.Barchamizga ma’lumki, karonavirus tufayli, o’tkan yili Xitoyda deyarli 
butun shaharlar qirilib ketti. Keyinchalik farmasevt-olimlarimiz tomonidan virusga 
qarshi dori-darmonlar, vaksinalar ishlab chiqarilganligi sababli, yaqin insonlarimiz 
davrasidamiz, qanchadan-qancha insonlar o’z yaqinlari bilan sog’-salomat hayot 
kechirmoqda.

Yüklə 40,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə