Reja: I. Kirish. Fitrat hayot va ijodiga bir nazar. II. Asosiy qism



Yüklə 33,21 Kb.
səhifə2/3
tarix13.10.2023
ölçüsü33,21 Kb.
#127657
1   2   3
Abolfazxon drammasi da Abulfayzxon obrazi

Fitrat – dramaturg
Fitrat merosida dramaturgiya ham son, ham salmoq jihatidan katta o’rin tutadi. Manbalar guvohlik berishicha, Fitrat, taxminan, o’n beshga yaqin drama yozgan... Ular orasida drama ham, komediya, tragediya va hatto opera librettosi ham bor. Biroq bu ulkan dramatik merosning yarmidan ko’pi nashr etilmagani bois, bizning kunlarimizgacha saqlanmagan (yoxud hozirgacha topilmagan).
Fitrat dramaturgiyasi mavzu, qahramon va muammolar jihatidan rang-barangdir.
“Chin sevish” dramasida biz oldingi Fitrat, ya’ni g‘arb ilm-fanini o‘rganishga bo‘lgan targ‘ibotning boshqa bir darajaga o‘tgani, ya’ni siyosiy jihatdan yetuklikka erishgan Fitratni ko‘ramiz. U asar qahramoni Karimbaxsh tilidan bu kabi g‘oyalarini quyidagicha ifodasini kuzatish mumkin: “Ovrupo ishlarini o‘rganmak albatta kerakdir. Ovrupoda o‘qimoq oprupolilarni insofli, adolatli deb maqtamoq uchun emas, ulardan o‘zimizni saqlamoq, tishli-tirnoqli bo‘lish uchun kerakdir.”Bu so’zlar hozirgi kundagi ba’zi odamlarga, ya’ni o’z vatanini qo’yib g’arb davlatlarini maqtab,ularning tili va madaniyatini o’zlashtirib olyotgan insonlarga ham tegishlidir.Bu so’zlardan Fitratning asarlari va so’zlari davr va zamon tanlamasligining yana bir bor guvohi bo’lamiz.
Fitrat bundan biroz avvalroq yozilgan “Sharq siyosati” nomli maqolasida G‘arbga bo‘lgan munosabatini, uning haqiqiy siyosati nimada ekanligini ochib tashlagan edi. Bir vaqtlar “Sharqda madaniyat maktablari, insoniyat madrasalari ocharmiz” degan bahona bilan Turkistonni qonga botirib, uning yuzini toptagan bosqinchi “jahongirlari fohishaxona va mayxonadan boshqa bir narsa” olib kelmadi. Fitrat shu o‘rinda o‘ziga o‘zi savol beradi: “Ajabo, Ovrupa jahongirlari bu ishlarini bilibmi qildilar, bilmasdanmi qildilar?” Javobi esa “Albatta, bilib qildilar, jo‘rttaga qildilar”. Fitrat maqolasida mustamlakachilarning asosiy maqsadlari qo‘l ostiga olingan mazlum xalqqa “madaniyat berish”, “maorif tarqatish”, “taraqqiy etdurmak” emas, “turli fohishaxonalar, mayxonalar ochib, bizning axloqimizni buzmoq” va oxir oqibatda “bizni ishdan chiqarmoq va o‘z qo‘llarig‘a muhtoj qilib qo‘ymoqdir”. Fitrat bu fikrlarni yozar ekan, siyosiy jihatdan ancha yetishgan, xalqni haqiqiy ahvoldan boxabar qilish uchun hech narsadan tap tortmay fikr yuritadigan shaxs sifatida ko‘rinadi.
Mantiqan olib qaraganda “Hind ihtilolchilari”ni “Chin sevish”ning davomi deyish mumkin. Lekin ular ayri ikki asar. “Hind ihtilolchilari”da Fitratning ona Vatanga bo‘lgan muhabbati, uning erki uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgan “Yurtimizni qutqaramiz. Yashasin istiqlol!”, deb mustabid tuzumga qarshi qo‘zg‘algan isyonkorni ko‘ramiz. Uning 1922-yili nashr etilgan “O‘zbek yosh shoirlari” to‘plamidan joy olgan “O‘gut” she’rida Fitratning yurt erkinligi uchun kurash, bir daqiqa ham hurriyatga erishish maslagidan qaytmaslikka undov juda yaxshi ko‘rinadi.
Fitrat o‘z dramalarida, she’rlarida Sharq, xususan, Hindiston xalqining mustamlakachi inglizlarga qarshi kurashi orqali ona Vatan – Turkistonning tuganmas dardlarini ifoda qildi. Fitrat Hind materiali asosida Turkiston dardini badiiy gavdalantiradi.
Fitrat merosida dramaturgiya ham son, ham salmoq jihatidan katta o’rin tutadi. Manbalar guvohlik berishicha, Fitrat, taxminan, o’n beshga yaqin drama yozgan... Ular orasida drama ham, komediya, tragediya va hatto opera librettosi ham bor. Biroq bu ulkan dramatik merosning yarmidan ko’pi nashr etilmagani bois, bizning kunlarimizgacha saqlanmagan (yoxud hozirgacha topilmagan).
Buxoro xonligidagi dehqonlar hayoti va qismati tasvirlangan «Arslon», imonsiz kishilar fosh etilgan «Ro’zalar» kabi ayrim dramatik asarlarini hisobga olmaganda, Fitratning sahnada qo’yishga mo’ljallangan aksar pyesalarini bir umumiy ruh, umumiy yo’nalish birlashtirib turadi. Mana bu ruh va yo’nalishni birlashtirib turuvchi muammo va g’oyalar Vatan ozodligi uchun kurash va mustaqillik, qahramonlik, kuch va zo’ravonlikka qarshi is’yon, adolatsiz toj-taxtning barbod bo’lishi, erk va Istiqlolni ulug’lashdir.
O’sha davrda yashagan Fitratning maslakdosh do’stlaridan bo’lgan Cho’lponning gaplaridan ham Fitratning qanchalik mahoratli dramaturg ekanini bilib olishimiz mumkin.
Adib Fitratning sodda, lekin qiymatli bir asari bo’lg’on «Arslon»da Tursunoy kichkina bir ro’lni o’ynar edi. Tursunoyning qudrati va quvvati o’sha kichkina ro’lni ham ulkanlar qatoriga chihardi, bir ko’rinib o’taturg’on Zaynabni bir umr unutilmas tasvirga aylantirdi... u Zaynabda so’z ohangi (intonatsiya) bilan harakat (движение)dan birlashgan ajoyib, go’zal, yangi va asil o’yinlar beradi. U o’yinlar rejissor ko’rsatgan sahna chiziqlar ichida Tursunoyning o’z ijodlari, o’zi yaratgan badi’yalar edi. Unda Zaynabning bir so’zi bor, oddiy so’z, xotin-qizning turmushidagi mayda, lekin xarakterli so’zlaridan: — «Boyingiz ham qursin! Tutruqsiz! Kunda xotin olib nima qilar ekan!» Bu so’zni Tursunoy o’ynagan Zaynabning og’zidan bir marta eshitgan kishi yana qayta-qayta eshitmak istaydi va bundan so’nggi u so’zni aytaturg’on Tursunoyning butkul yo’qlikka ketganini o’ylasa, chinakam alam va hasratlar ichida qoladi. Tursunoy u so’zga juda g’alati bir so’z ohangi berib gapirgach, o’sha gapning o’lchovi bilan yerga o’ltirib qolardi. Bu albatta uning «vazn» va cholg’u quvvatini ko’rsatadi... Tursunoy yengil par kabi bir uchib o’tdi. To’zg’on pardan hech narsa qolmaydi. Ammo uning yaratg’on ro’llari sahnamizni bir yilgina bo’lsa ham yaxshi yoritdi, nurlantirdi. Yaqinda o’zbek sahnasi ulug’ va ulug’ligi qadar yuksak va go’zal bir tomosha (pyesa) ko’rdi.2
Abulfayzxon” – tarixiy fojia

1924 yildа yarаtilgаn “Аbulfаyzхon” trаgediyasini Fitrаt drаmаturgiyasining cho‘qqisi deyish mumkin,chunki undа shаfqаtsiz tаriх sаbog‘i yuksаk bаdiiy hаqiqаt dаrаjаsigа ko‘tаrilgаn vа insoniyat cheksiz qon to‘kishlаr oqibаtidа dаhshаtli fojiаlаrgа yuzlanishi mumkin ekanligi aks etkan. «Abulfayzxon» XVIII asr Buxoro hayotidan olib yozilgan, tarixiy haqiqat asosiga qurilgan birinchi tarixiy tragediyadir. O‘zining yuksаk yaratilish usuliga ko‘rа, bu drаmа Fitrаt ijodiy yo‘lining yetuklik bosqichi boshlаngаnligidаn guvohlik bergаn.Qahramonlarni jonli,hayotiy,tarixiy haqiqatga mos tarzda realistik aks ettirish, ayniqsa. «Abulfayzxon» tragediyasida yorqin namoyon bo‘ldi.«Abulfayzxon» nainki, Fitrat ijodi, balki, umuman,o‘zbek dramaturgiyasidagi shoh asarlardan biridir.Tragediya badiiy jihatdan teran. U obrazlar tizimidagi puxtalik,kompozitsion qurilishdagi uyg‘unlik, badiiy tildagi jozibasi bilan ajralib turadi. Asarning yetakchi g‘oyaviy-badiiy maqsadi zo‘ravonlik, o‘zgalarni qullarcha itoatda tutish, taxt va mansab dunyosi barcha razilliklar manbaidir degan muammoni yoritishga qaratilgan.Dramada Buxorodagi Ashtarxoniylar sulolasining oxirgi namoyandasi Abulfayzxon hokimiyatining tanazzuli va mang‘itlar sulolasining hokimiyatga kelishi aks ettirildi.


Ma’lumki, drama Mir Vafo va Qozi Nizomning shaxmat o‘yinlari bilan boshlanadi. Yozuvchi bu o‘yinni bejiz tanlamagan, shaxmat o‘yini zamirida qaysidir ma’noda fojiada qatnashadigan obrazlarning o‘zaro ziddiyati, qaysi tomonning yutishi va yutqizishiga ramzan ishora ham qilinadi. Ikkinchi tomondan, ko‘pincha shaxmat o‘yini aqlli va bekorchi odamlarning ishi sifatida ham talqin etiladi. Shunga ko‘ra, xon ishongan mulozimlarning ahvoli, ularning davlatdagi og’ir vaziyatlar bilan ishi bo’lmasdan maishat-u turli o‘yinlar bilan mashg‘ulligiga ishora qilinadi.
Abulfayzxon taxtni egallagach, eng yaqin kishilaridan ham shubhalana boshladi, ko‘pini hibsga olib, birin-ketin qatl etdi. O‘tmishdagi bu tarixiy haqiqatni ko‘rsatish orqali muallif zamonaviy dardlarni ko‘tarib chiqdi. Uning asar asosiga joylagan asl niyati yashirin zulm va zo‘ravonlik asosiga qurilgan, bu yo‘lda istibdodning hech qanday manfurligidan qaytmaydigan tuzumni fosh etish edi. Bir jihatdan, tarixning qora va og‘ir bir davri yorqin ko‘rsatib berildi.Ikkinchi bir jihatdan, taxtning yangi egalari bilan birga, o‘z yurtiga sotqinlik qilgan amaldorlar ko‘magida boshqarilayotgan yangi tuzum va yangi jamiyatning kirdikorlari ham ochib tashlandi. Xayol tilidan asar nihoyasida taxtga nisbatan aytilgan: «Eng qop-qora saodat-sensan» deyilgan fikr Rahimbiy timsolidagi xonga nisbatangina emas, ayni vaqtda, asar yozilgan davr jamiyatining davlatiga ham ishoradir.Xususan, Xayol tilidagi: „Tinchlik saqlamoq bahonasi bilan millionlarcha inson ko‘masini' chuqurdan-chuqurga yumalatmog‘ingning zamoni hanuzg‘acha bitmadimi?» deyilgan flkrda Fitrat o‘z zamonasiga nisbatan o‘zining qarashlarini ochiq-oydin aytib ham yuboradi.Tradegiyada xonliklardagi vaziyat ochib berilgan bo’lsa ham ,asl mohiyat orqali butun davrlarga tegishli hokimyat uchun kurash, davlat tepasidagi boshliqlar va amaldorlar orqali oddiy insonlarning qiynalishi aks ettirilgan.
Tragediyaning obrazlar tizimidagi badiiy mantiq va o‘zaro bog‘lanish kuchli. Abulfayzxon – asarning bosh qahramoni. Uning kuchi aqlida emas, podsholigida, xolos. Podsholigi xayolidan ko‘tarilganda o‘ziga ishonmay qo‘yish, shundan. Abulfayzxon, aslida, nomard, qo‘rqoq,vahimachi odam. o‘ziga ishonmagani bois hammadan hayiqaveradi.Uning atrofidagilar ham o‘ziga yarasha. Yanada to‘g‘rirog‘i, ishni va gapni unga yoqadigan yo‘sinda tutadiganlar. Katta amaldor Ulfatning«podshohlik qon bilan sug‘oriladigan og‘ochdir» deyishi, o‘zininggina gapi emas. Bu xonga juda ma'qul gapdir. Qozikalon Nizom, to‘qsabo Davlat, xonning otalig‘i Hakimbiylar ham shu yo‘nalishdagi kishilardir.Bu qahramonlarning mohiyati bir yo‘nalishda. Lekin, muallif ularni har birini, xuddi hayotdagidek, o‘ziga xos bo‘lgan fe'latvor orqali ko‘rsatadi.Ulfat va Davlat shu qadar ustamonki, aksar o‘rinlarda xon ularning etagidan chiqolmay qoladi. Tragediyada dushmanini tashqaridan emas, avval ichdan qidirgan Nodirshoh obrazi tarixiy shaxs bo’lsa ham uning usullari o’sha davr mustamlakachilar uchun ham xos edi.Tragediyaning bosh qahramoni – Buxoro xoni Abulfayzxon ham tarixiy shaxsdir.Asarning so‘nggi – beshinchi pardasi yakunida Siyovush timsolidagi Xayol obraziga duch kelamiz. Muallif bu ramziy obrazni asarga zo‘ravonlik va shafqatsizlikdan iborat g‘ayriinsoniylikning alal-oqibati fojiadir, degan falsafiy ma'noga urg‘u berish uchun kiritadi.
Avvalambor, Abulfayzxonning o‘zi Buxoro taxtini razil yo‘llar bilan egallagan. Maqsadiga erishish uchun akasi Ubaydullaxonning joniga qasd qilgan. «Al qasos-ul minal haq» deganlaridek, o‘zi ham saroy fisq-u fijurlarining qurboni bo‘ladi: raqiblari tomonidan xoinlarcha o‘ldiriladi.Razillik yo’li bilan qurilgan davlat uzoq hukm surmasligi ochig’ aks ettirilgan.
Dramaturg saltanat tanazzuli sababini Abulfayzxon tabiatini tahlil etish orqali ko‘rsatadi. Xon butun mamlakatni, barcha amaldorlarni qo‘rquv,titroq, dahshat ostida tutib turdi. Chaqimchilik, tuhmat, fisq-u fujur,odamlarni gij-gijlashni yurtni boshqarish tuzumida yetakchi qoidalar deb bildi. Mamlakatda o‘zaro ishonchsizlik, hadik avjiga chiqdi.Natijada, johillik zamiriga qurilgan, zo‘ravonlik siyosatiga yukingan saltanat uning egasi yanglig‘ inqirozga yuz tutdi.
Unda ilk bor o‘zbek dramatuigiyasida shekspirona teran tragik obrazlar yaratildi. Ushu janrda jahon miqyosida tan olingan shoh asarlar qatoridan munosib o‘rin ola biladi.Uning ahamiyati o‘zbek xalqi tarixidagi muhim hodisa va tarixiy shaxslar qismati haqqoniy aks ettirilishidagina emas. Zo‘ravonlik va shafqatsizlik mohiyati, zulm va istibdod asosiga qurilgan hokimiyatning barbod bo‘lishi, ezgulikning zavoli, uvoli va kamolidagi mangu muammolarning go‘zal badiiy talqinida namoyon bo‘luvchi fazilatlar bu asarni zamon va makonga bo‘ysunmas ravishda e'tiborli va qimmatli qiladi. Yuksak mahorat bilan yozilgan drama muallifning san’atkor, millatparvar, vatanparvar sifatidagi siymosini uyg‘unlashtiradi.
Abulfayzxon” obrazlar talqini

Asar janr tabiatiga ko‘ra tarixiy tragediyadir. Uning asosini Ulfat, Davlat, qozi Nizom singari badiiy to‘qima obrazlardan tashqari, Nodirshoh, xonning inog‘i Hakimbiy,Rahimbiy,Ibrohimbiy otaliq, tarixchi Mirvafolar singari tarixiy shaxslar obrazlari tashkil etadi.Tragediyaning bosh qahramoni Buxoro xoni Abulfayzxon ham tarixiy shaxsdir. Asarning so‘nggi beshinchi pardasi yakunida Siyovush timsolidagi Xayol obraziga duch kelamiz. Muallif bu ramziy obrazni asarga zo‘ravonlik va shafqatsizlikdan iborat g‘ayri-insoniylikning alal-oqibati fojiadir, degan falsafiy ma’noga urg‘u berish uchun kiritadi.


Fitrat Ibrohimbiy qiyofasidagi bu to‘xtamga behuda urg‘u berayotgani yo‘q. Drama yozilayotgan 1924-yilda go‘yo xalq xohish-irodasi bilan amalga oshirilayotgandek, aslida esa, zo‘rma-zo‘rakilik bilan jumhuriyatlarni bo‘lish jarayoni kechmoqda edi. Jumhuriyatga olis markazning o‘z odami majburan tayinlanishi ham turgan gap edi. Yurt egasi qurultoy bilan, xalq ma’qul ko‘rganlar safidan saylanmog‘i kerak, deb qahramonni so‘zlatgan Fitrat dramaga elning shu zamondagi orzularini ham singdirib yuborgan edi.
«Abulfayzxon» dramasi orqali muallif o‘zbek adabiyotida ilk bor inson va tarix, shaxs va jamiyat munosabatlarini badiiy yo‘sinda gavdalantirish va bu masalalardagi badiiy idealni hal etish yo‘llarini izladi. Qay darajada jamiyat farzandi bo‘lmasin, ijtimoiy munosabat unda qay yo‘sinda o‘z muhrini qoldirmasin, shaxs, Fitrat talqinicha, eng avvalo alohida individdir. Shaxs kamolotida tarbiya va jamiyat ta’siri muhim bo‘lgani bilan shaxs tabiatida irsiyat va shundan kelib chiquvchi o‘ziga xoslikning o‘rni kuchlidir. Shuning uchun shaxs, Fitrat talqinida, tarixni harakatga keltira oluvchi kuch, jamiyatga faol ta’sir ko‘rsatuvchi siymo sifatida ko‘rsatiladi.
Tragediyada gavdalantirilgan Abulfayzxon ana shunday shaxs, biroq afsuski, tarixda salbiy iz qoldirgan shaxsdir. Lekin dramaturg qahramonini o’zining qarashlari bilan salbiy qahramon qilmadi.U tarixan hayotda qanday bo‘lsa, shunday gavdalantiriladi. Badiiylik qonuniyatlari bilan xarakterini teranroq va tiniqroq qiladi, xolos. Fitrat jamiyat, muhit va sharoitning shaxsga ko‘rsatuvchi ta’sirini badiiy gavdalantirishni ham unutgani yo‘q.
Xonning xo‘jasaroyi Ulfat, Qozi kalon Nizom, Davlat to‘qsabo, Rahimbiy va Hakimbiy otaliqlarning Abulfayzxon tegirmoniga suv quyib, uni jaholat va razolatga sudrashdadi,bunda ular bir-biridan faolroq bo’lishga intilishadi. Bu xuddi o‘sha muhitning, sharoitning, tarixiy vaziyatning shaxsga o‘tkazuvchi ta’siri va shu tarixiy jarayonning badiiy talqinlaridir. Ubaydullaxon, Abulfayzxon, Abdumo‘minxonlarning xiyonatkorona o‘ldirilishida ham tarixiy sharoitlarning inson taqdiriga ko‘rsatgan ta’siri yotadi. Asar so‘nggiga yaqin Abulfayzxon o‘z razilliklaridan pushaymon, nadomat chekkan holda beriladi. Bu bilan muallif tarix va shaxs aro munosabatlarda inson hech qachon faqat razillik timsoli bo‘lib qololmaydi, inson o‘zini-o‘zi anglash fursatini topmog‘i kerak, degan falsafiy qarashni joylagandek go’yo.Inson hamisha o’zini-o’zi anglashi kerak,bu kech bo’lsa ham.Bu ham Fitratning tragidiya yaratish mahoratidan darakdir.
Asar tragediya janrida bo‘lgani uchun unda fojialar ko‘p. Lekin hayot faqat fojialardan iborat emas. Dramaturg hayot nurlarini, nurli qahramonlarni hamda shaxs va jamiyat, inson va tarixning o‘zaro munosabatlarini shu qahramonlar talqiniga ham singdiradi. Shaxs va jamiyataro munosabat masalasidagi o‘z idealini dramaturg, ayniqsa, Ibrohimbiy obrazida aks ettirdi.Ibrohimbiy to’g’ri so’zli inson sifatida tasvirlanadi.Buni Ibrohimbiyning xoqonga aytgan gapi orqali ham bilib olishimiz mumkin:”devona emas,to’g’riman,to’g’riliqning devonaliqdan yomonroq natijlar berganini bilaman.Yana to’g’riliqdan ayrila olmayman”. Ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan Ibrohimbiy Rahimbiy o‘n besh yoshli Abdulmo‘minni xon qilib ko‘targanida esa «Men bo‘lg‘onda, Abulfayzxonni tushirgach, qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otalig‘ini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim», deydi. Qolaversa, Rahimbiyga qarata shunday bir gapni aytishdan toymaydi: «Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim, chunki haqsizlik qilg‘an edi. Siz bu kun undan ortiq haqsizlik qila turibsiz. Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab, siz bilan ham urushar edim. Nima qilaykim, ko‘zim yo‘q. Hay, siz-ku Buxoro taxtini olarsiz. Abdulmo‘minni o‘ldirarsiz. Balkim, meni ham o‘ldirarsiz. Biroq shuni bilib qo‘yingizkim, bu taxt sizning bolalaringizg‘a yuqmag‘usidir».Fitrat Ibrohimbiyni uzoqni ko’ra oladigan qahramon sifatida tasvirlaydi, yuqoridagi gaplar buning yorqin isbotidir. Adolatning qaror topishini har qanday inson xohlaydi. Toj-u taxt bevafo va o‘tkinchi. Fitrat Ibrohimbiy tilidan shu haqiqatni ochib beradi.
Yozuvchi o’z asaridagi to’qima obrazlarga ism qo’yishga ham jiddiy etibor bergan. Ulardagi ismlar ularning hayot yo’li,harakterini ochib bergan.Buni biz Ulfat,Davlat,Qurbongul obrazlarida ko’rishimiz mumkin.Ulfat ismida ham katta ma’no bor.Ulfat insonlarning oldida mol-u davlati borligida turadigan inson.Buni biz asardan ham bilib olishimiz mumkin.Abulfayzxon o’lgandan keyin Ulfat shunday so’zlarni aytadi:”Yuraksiz xon,qochmadi,o’ldi.Muhrini olay.Yo’lda kerak bo’lur”.Bu gaplardan bilishimiz mumkinki Ulfat xoning oldida mol-u davlat uchun ulfat qilgan,qo’shtirnoq ichida”sodiq xizmatkor”bo’lgan.
Davlat obraziga keladigan bo’lsak,mol-u davlat insonga hech qachon vafo qilmasligi,u o’tkinchi narsa ekanligini biz bu obraz orqali bilib olamiz.Abulfayzxon shu davlat,toj-u taxt uchun o’z akasini o’ldirdi,ammo asar oxirida toj-u taxt uning qo’lidan ketganligining guvohi bo’lamiz.Ya’ni davlat muqim joyda turmasligini anglatish uchun ham bu obraz kiritilganday go’yo.Davlat ketgandan keyin ulfat ham ketadi,sening yoningdagi do’stlaring davlating uchun ulafat degan ma’no ifodalangan.
Dramada Qurbongul obrazi butun jamiyat qurbon bo’lgan ayollar,xoning xaramida butun umri qurbon bo’lgan ayollar taqdirini ochib bergan.
Asosiy obrazlardan biri bo’lan Rahimbiy obraziga kelsak,bu obraz murakkab xarakterga egadir.Rahimbiy tarixiy shaxs bo’lib,so’lib boryotgan ashtarxoniylar hokimiyatini tugatib mang’itlar sulolasiga asos solgan.Biz bu yerda Rahimbiyni yaxshi ham,yomon ham deyolmaymiz.Rahimbiyning xonga aytgan so’zlarida:”Xon hazrat! Dunyoda har kim o’z kuchiga qarabg’ina o’run tutadir.Bu tirikchilikning eng o’tkir buyrug’idirkim,bunga bo’ysunmag’anlarning dunyodandan chiqib ketishlari lozim bo’ladir.Siz Buxoroni idrok qiladurg’on kuch ko’rsata olmadingiz.Davlatimizning buyuk,buyuk teraklarini o’z qo’lingiz bilan yiqita berdingiz,butun ishni menga emas ,bir ahmoq mug’ambil bo’lg’an Ulfatg’a topshirdingiz.Taxtdan tushganingizning sababi shuldir” so’zlarida juda ko’p narsalarni anglasa bo’ladi.Bu gaplardan ko’rib turibmizki Rahimbiy qulab boryotgan davlatni qutqardi.Abulfayzxon qo’g’irchoq xon ekanligining yana bir isbotidir bu gaplar.Abulfayzxon davlatning buyuk,buyuk teraklarini qulatishini Farhod otalig’ misolida ko’rishimiz mumkin.Farhod otalig’ or-nomusli o’zbek otalarining yorqin timsolidir.
Asardagi Hakimbiy obrazi xamilyon qahramon sifatida gavdalantirilgan. Hakimbiy Eron shohi Nodirshoh bilan do‘stlashadi. O‘g‘lini yashirin ravishda Nodirshoh huzuriga yuboradi. Hakimbiy bir tarafdan urushmaslik tarafdori bo‘lib ko‘rinsa ham, o‘z yurtini dushman qo‘liga topshirishi, dushman bilan yashirincha til biriktirishi, oxir-oqibat Eron shohining Buxoroni egallab olishi, bularning barchasi millatparvarlik, vatanparvarlik nuqtayi nazaridan oqlab ham, yoqlab ham bo‘ladigan hodisalar emas. Hakimbiy obrazida Abulfayzxon bilan birlashmagan, o‘z yurtini dushmanga emin-erkin topshirgan bir kimsa namoyon bo‘ladi. Yozuvchi Hakimbiy obrazi orqali o’zi yashab turgan davrdagi sotqin insonlarni ko’rsatib beradi. Hakimbiyni Ulfat orqali Abulfayzxon o‘z huzuriga chaqiradi. Hakimbiy borishdan bosh tortadi va «Jo‘yborga borib Xo‘ja Kalonning uylariga qo‘nsinlar, elning kattalarini chaqirsinlar», deb muzokara uchun joy tanlaydi. Buning sababini ham Hakimbiy nutqidan bilib olish mumkin: «Xonning buyrug‘i Arkdan Mirarabgacha yurmaydir». Bu gap Abulfayzxonning ijtimoiy-siyosiy mavqeyi naqadar zaifligini anglatadi.
Uchinchi parda Nodirshoh va o‘g‘li Rizoqulixon suhbati bilan boshlanadi. Nodirshoh: «Har o‘lkani urushib olmoq siyosat emas. Urush choralarning eng so‘nggisi. Bir o‘lkani olmoq uchun eng yaxshi chora – shul o‘lkaning o‘zida do‘stlar topmoq, shularni ishlatmakdir», deya Hakimbiy va uning o‘g‘li Rahimbiyga ishora qiladi. Nodirshohning aytgan so’zlari hamma zamondagi bosqinchilarga tegishli.
Oxirgi sahnada Rahimbiy oldida ramziy obraz – Xayol paydo bo‘ladi. Fitrat o‘zi anglab yetgan va anglatmoqchi bo‘lgan haqiqat bayoni uchun Xayolni: «Sen fazilatli bilimlarning qo‘l, qanotlarini uzib tashlading. Inju tizg‘uchi adiblarning qalamlarini o‘choq supurgisiga aylantirding. Ota pichog‘i bilan bolalarni bo‘g‘izlading. Bola pichog‘i bilan otalarni yiqitding...», deya so‘zlatadi. Xayol asardagi eng kuchli va eng teran obrazlardan biridir.
«Abulfayzxon» har bir pardasidan tortib soʻzu jumlalarigacha zulmu zoʻravonlikka nafrat va ana shu nafratni jo etgan ramziylik bilan sugʻornlgan. Ayniqsa,fojiadagi Xayol ramziy obrazi badiiylikning eng yuqori maqomlariga koʻtarilgan.

Xulosa.
Fitratning hayoti va ijodiy faoliyati tarixning eng qaltis damlarida Millat va Vatanga xizmat qilishning yorqin namunasidir. Yirik jadidshunos olim Begali Qosimovning so‘zlari bilan aytganda, har qanday holda ham xalq bilan birga bo‘lish, uning manfaatini har narsadan ustun qo‘yish, har narsadan muqaddas bilish Fitrat shaxsiyatining eng muhim xususiyatlaridan edi. Fojiadagi obrazlarning o‘zaro ziddiyatlarini, tarixiy haqiqat kim tomonida ekanini tushunish uchun asarni sinchiklab o‘qish va ayni damda o‘sha davr tarixini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi.
Asar badiiyatiga singdirilgan asosiy ziddiyat –toj-u taxt uchun kurash va ezgulik, insof, diyonat, adolat g‘oyalari o‘rtasidagi kurash Xayol obrazida o‘z yechimini topadi va uning monologi muallifning yakuniy xulosasi sifatida gavdalanadi.Asarning beshinchi pardasida toj-taxt talvasasidan qalb ko‘zlari ko‘r bo‘lgan, nafs ilingan johil Rahimbiy hech ikkilanmay 15 yoshli Abdumo‘minning umriga zomin bo‘ladi.Rahimbiydagi bu qonxo‘rlikka oxiri falak ham dosh berolmaydi. Endi unga kimligini ko‘rsatish, qilgan jinoyatlari oqibatlarini anglatish fursati yetdi. Bu zolimning nafs balosidan zanglab ketgan ongini tozalamasa, ruhiyatiga ma’naviy ozuqa berilmasa, u yana qanchadan qancha begunohlar umriga zomin bo‘lishi tabiiy. Endi bu qora ishlarga nuqta qo‘yish, qon to‘kishning oldini olish shart. Shuning uchun “ko‘k gumburlab, qattiq bir yel esib, shamlarni o‘chirib, taxtning orqasidan” bir sharpa – Xayol obrazi yordamga keladi. Xayol monologi dramada hal qiluvchi badiiy-estetik kuchga ega. Unda dramaturg shunchaki o‘z qarashlarini ifodalagan emas. Unda muallifning teran tarixiy, hayotiy falsafasi mujassamlashgan, badiiy tafakkur mezonlari bo‘y ko‘rsatgan. Unda adibning o‘zigagina tegishli bo‘lgan shirali tasvir uslubi namoyon bo‘lgan, ayricha poetik topilmalari, o‘xshatish va istioralari betakror ifoda topgan. Ayni xususiyatlari bilan Xayol nafaqat Rahimbiyni, balki butun insoniyatni o‘tkinchi mol-dunyo,toj-utaxt, amal-martaba uchun ma’naviy tubanlashib ketishdan asrab qolishga intilmoqda, jirkanch jinoyatlar, adoqsiz gunohlar oqibatidan ogohlantirmoqda. Xayolning taxtga qarata aytgan monologi nafaqat ushbu dramadagi shaxslar fojiasini, balki toj-u taxt uchun talashib, qanchadan qancha begunohlarning umriga zomin amalparastlarning ham fojiali qismatini yodga soladi.


Yüklə 33,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə