Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 75,22 Kb.
səhifə1/7
tarix22.03.2024
ölçüsü75,22 Kb.
#180262
  1   2   3   4   5   6   7
Bozor iqtisodiyoti,uning vujudga kelishi va rivojlanishining shart sharoitlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“Iqtisodiyot nazariyasi “ fanidan

KURS ISHI


Mavzu: “Bozor iqtisodiyoti,uning vujudga kelishi va rivojlanishining shart sharoitlari”

Bajardi:MST 70-22 guruh talabasi


Ismoilova Irodaxon
Ilmiy rahbar:Bobobekova M.R

TOSHKENT 2023


REJA:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1.Bozor iqtisodiyotining mazmun va mohiyati.
2.Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari va taraqqiyot bosqichlari.
3.Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va kamchiliklari.
4.O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishi va mehnat faoliyati.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


KIRISH
Jamiyat uchun iqtisodiyot ilmi har doim ham muhim ahamiyat kasb etgan.Bu ilm jamiyat hayotining barcha jabhalariga oid muammolarni hal etish kaliti hisoblanadi. Bu ilm odamlarda, jamiyatda iqtisodiy tafakkurni shakllantiradi, iqtisodiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni o'rgatadi, ularda ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirishga ko'maklashadi. 0’tgan asming oxirgi 10-yilgi dunyo siyosiy xaritasida sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar, xususan, 0‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishib,bozor iqtisodiyoti tizimiga o'tishi natijasida xalqimizning iqtisodiy bilimlarga bo‘lgan qiziqishi keskin darajada ortib ketdi. Respublikamiz birinchi Prezidenti I. A. Karimov O‘zbekistonning kelajagi buyuk davlat ekanini har taraflama va ilmiy asoslab bergan edi. Shu bilan birgalikda buyuk kelajakni yaqinlashtirish, avvalambor, iqtisodiyotga, uning o‘sish sur'atlariga bog'liq ekani muxtaram yurtboshimizning ko'pdan ko‘p chiqishlarida va asarlarida o‘z ifodasini topgan edi.Shu munosabat bilan jamiyat a'zolari, ayniqsa, yoshlarga iqtisodiy ta'lim berish, xususan, bozor iqtisodiyoti asoslarini o‘rgatish o‘ta dolzarb vazifaga aylandi. Bozor, pul, moliya, kredit, daromad,foyda, marketing, menejment kabi iqtisodiy tushunchalar kishi ongiga yoshligidan qanchalik singib borsa, uning iqtisodiy tafakkuri shuncha erta shakllanadi. Shuning uchun iqtisodiy savodxonlikni shakllantirish umumiy o'rta ta’lim maktablaridan boshlanib, o‘rta maxsus va kasbhunar ta'limi muassasalari (litsey va kollejlarida) va oliy o‘quv yurtlarida yuqoriroq darajada davom ettirilishi lozim. Mana shunday iqtisodiy ta'lim yoshlarga ya’ni biz yoshlarga davlatning tashqi va ichki siyosatini, mamlakatda bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni va iqtisodiy taraqqiyotning jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarini xolisona baholash uchun kerak bo'lgan bilimlarni beradi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, bizni jamiyatning iqtisodiy faolva tashabbuskor a'zolariga aylantiradi, biz yoshlarni zimmamizda iqtisodiy bilimlarni o‘rganish, ularni kundalik hayotga tatbiq etish vazifasi yotar ekan, bu vazifani hal etish ko‘p jihatdan kerakli o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganiga bog'liqligi o‘z-o‘zidan ayon. Shu nuqtayi nazardan qaraydigan bo'lsak, yurtimizda barcha iqtisodiyot fanida “Bozor iqtisodiyoti,uning vujudga kelishi va rivojlanishining shart sharoitlari” mavzusidagi kurs ishimizda bozor iqtisodiyotining asosiy tushunchalari, uning nazariyasi va amaliyoti,vujudga kelishi,afzalliklari,kamchiliklari va mazkur tizimni hayotga tatbiq etishda O'zbekistondagi o‘ziga xosliklar, muhim masalalar hamma uchun tushunarli tilda bayon etilgan. Yuqorida aytib o’tganimdek, Respublikamizning birinchi Prezidenti I. A. Karimov ma'naviy jihatdan mukammal insonni tarbiyalash, rnilliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri ekanini asoslab bergan. Shu vazifaning qo'yilishidan ko‘zlangan pirovard maqsad o'zining mustaqil iqtisodiy tafakkuriga va fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lgan, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'sha oladigan insonlarni tarbiyalashdir. Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda shiddat bilan kechayotgan globallashuv (dunyoviylashuv) jarayonlari, tabiiyki, 0‘zbekistonni ham o‘z domiga tortmoqda. Bu jarayonlardan hech kim chetda qolib ketmaydi. Ayniqsa, biz yoshlar! Muammoning qay darajada hal qilinishi ko‘p jihatdan mazkur mamlakatdagi iqtisodiy tizim va munosabatlarga bog‘Iiq. Chunki har qanday jamiyatda odamlarning xo‘jalik faoliyati muayyan iqtisodiy tizim sharoitida kechadi. Insoniyat o‘z taraqqiyotida bir necha iqtisodiy tizimlarni kashf etgan,yana bir narsani ta'kidlab o’tish joizki, bozor munosabatlari amal qiluvchi sharoitda inson turli iqtisodiy xavf-xatardan, misol uchun, pul qadrsizlanishining kuchayib ketishi(inflyatsiya),aksiyalari sotib olingan korxona (firma)ning inqiroz (bankrot)ga uchrab qolishi va hokazolardan kafolatlangan emas. Iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lgan kishi bunday xavf-xatarlardan kamroq ziyon ko'radi, desak ham bo’laveradi. Shunday ekan biz „Bozor iqtisodiyoti“ kursini qancha chuqur va mukammal o'rganish uchun sabr-toqat qilsak, undan shuncha ko‘proq naf ko'rar ekanmiz. Kishilar faqat bugungi kun bilan emas, balki kelajak uchun ham yashaydilar. Iqtisodiyot ilmi esa shu kun hodisalarini tushuntirish bilan cheklanmaydi. Uning muhim vazifasi kelajakni anglash, bashorat qilish va iqtisodiy taraqqiyotning eng maqbul va oqilona yo'llarini ishlab chiqishdir.

Yüklə 75,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə