Reja: Idrok haqida tushuncha



Yüklə 68 Kb.
tarix28.03.2023
ölçüsü68 Kb.
#103477
IDROK HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING XUSUSIYATLARI


IDROK HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING XUSUSIYATLARI
Reja:

  1. Idrok haqida tushuncha

  2. Idrokning predmetliligi va yaxlitligi

  3. Idrokning konstantligi va anglanganligi

  4. Appertseptsiya

  5. Idrokning turlari

Idrok haqida tushuncha. Idrok - inson ongida sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni tartibga solinib, yaxlit, bir butun holda aks ettirilishi. Idrok narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan faArq qiladi. Lekin idrok narsa ayrim sezgilarning oddiy yig‘indisidan iborat emas. Idrok hissiy bilishning yangi, yuqori bosqichidir. Idrok jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular: idrokning predmetligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi, anglanganligi.
Idrokning predmetliligi. Idrokning predmetliligi ob’ektivlash ham deyiladi va tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o‘ziga qaratishida ifodalanadi. Tashqi olamdan kelayotgan ma’lumot, obraz (masalan, o‘qilayotgan kitobning tasviri) bizning sezgi organlarimizda emas (ko‘z ichida emas), balki bizning tanamizdan tashqarida, tashqi olamda deb idrok qilinadi. Bu xususiyatsiz odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Idrokning predmetliligi tug‘ma hisoblanmaydi. Sub‘ektda olamning predmetliligini ochib beruvchi ma’lum harakatlar tizimi mavjuddir. Bu yerda to‘yish va harakat sezgilari muhim rol o‘ynaydi. Harakatlar ishtirok etmaganda idroklarimiz predmetlik sifatiga ega bo‘lmagan, ya’ni tashqi olam ob’ektlariga qaratilmagan bo‘lar edi. Sezgi va idrokning farqini tushunish uchun quyidagi misolga murojaat kilamiz. B.G.Ananev tomonidan bemor kishida kurish analizatorining sezgirligi (sezgi) saqlanib qolgan holda idrokning buzilishi tasvirlangan. Davolanishning avval boshida u butun fazoni qandaydir uzluksiz yorug‘lik oqimi sifatida sezgan. Keyinchalik (davolanish natijasida) shaklsiz ma’nosiz dog‘larni ajrata olgan. U birorta ob’ektning predmet sifatida xususiyatini so‘z bilan ham, chizish bilan ham tasvirlay olmagan. Uch oy davomidagi davolanishlardan keyingina bemor ko‘zining idrok qilish xususiyati qayta tiklangan. Faqat ko‘rish sezgisining o‘zi narsalarni aks ettirishni ta’sinlay olmaydi. Bunga misol tariqasida ko‘pchilik olimlar qurbaqaning ko‘zidagi ko‘z pardaning ishini misol qilib keltiradilar. Qurbaqaning ko‘ziga tushgan soyaning bir necha belgilari, asosan harakatlari va burchaklari haqida darak beradi. Shu sababli baqa harakatsiz pashshalar orasida ochidan o‘lishi ham mumkin.
Idrokning predmetliligi va yaxlitligi. Predmetlilik idrokning sifati tarzida ish-harakatlarni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Bu xususiyat yordamida tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni ana shu olamning o‘ziga solishtirib ko‘riladi va idrok obrazlarining real predmetlariga adekvat (mosligi) taminlanadi. Tashqi olam bilan aks ettirilishi mos kelmay qolgan xollarda odam to‘g‘riroq aks ettirishni ta’sinlovchi idrokning yangi usullarini qidirishga majbur bo‘ladi.
Idrokning yaxlitligi. Yukorida ko‘rsatganimizdek, idrok sezgi a’zolariga ta’sir kiluvchi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, narsalarning yaxlit obrazidir. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu yaxlit obraz turli modallikdagi sezgilar orkali olingan narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.
Idrokning ma’lum tarzda tuzilganligi. Idrok ko‘p darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga to‘g‘ri kelmaydi va bunday sezgilarning oddiy yig‘indisidan iborat emas. Biz shu sezgilardan abstraktlashgan, ma’lum vaqt davomida tarkib topadigan elementlarning munosabatining umumlashgan tuzilishini idrok qilamiz. Muzika eshitayotgan kishining uning tuzilishini, uning elementlarining o‘zaro munosabatini idrok qiladi. Chunki muzika alohida notalardan iborat emas. Notalarning o‘zaro munosabatigina muzikani tashkil qiladi. Turli notalarni turli ketma-ketlikda, tartibda tuzib, turlicha muzika hosil qilinadi.
Shu bilan birga odam notalarni ma’lum ketma-ketlikda emas, balki yaxlit, bir butun muzika sifatida idrok qiladi. Faqat maxsus maqsad bilangina (kompozitor, tankidchi) alohida nota yoki muzika asboblarining tovushiga e‘tibor berishi ularni fikran bir-biridan ajratishi mumkin. Bu xususiyatlar idrokningg yaxlitligini beradi.
Idrokning konstantligi va anglanganligi. Idrok qilinayotgan tashqi olam, muhit doimo o‘zgarishda, turli holatlarda, turli sharoitlarda namoyon bo‘ladi. Turlicha yorug‘likda, fazoda turli holatlarda, turli masofda bo‘ladi. Bunday omillar ta’siri ostida ko‘z sezgi organlarimizga kelayotgan ma’lumotlar turlicha bo‘ladi, ularni idrok qilish ham turlicha bo‘lishi kerak. Ammo bizning pertseptiv (idrok qilish) tizimimiz bo‘layotgan o‘zgarishlarni to‘g‘rilash, tiklash qobiliyatiga ega. Shu tufayli biz atrofimizdagi narsalarning shaklini, rangini katta-kichikliligini nisbatan o‘zgarmas (konstant) holda idrok qilamiz. Idrokning bu xususiyati ko‘rish idroki misolida tushuntiriladi. Narsaning uzoq-yaqinligiga qarab uning ko‘z to‘r pardasidagi tasviri ham katta yoki kichik bo‘ladi. Biz uzoqdagi narsani kichik, yakindagisini katta deb idrok kilamiz. Agar bir qo‘limizni uzoqqa cho‘zib, ikkinchisini ko‘zga yaqin ushlab tursak ham biz ikkala qo‘limizni, barmoqlarimizni kattargan yoki kichraygan holda emas, balki uzoq yoki yaqin sifatida idrok kilamiz. Teatrda orqa joylarda va oldinda o‘tirgan tomoshabin sahnadagi aktyorlarni bir xil idrok qiladi (katta yoki kichik emas).
Idrok jarayonining konstantligi tug‘ma emas. Masalan, qalin o‘rmonda yashovchilar ochiq joylarda (cho‘l) uzoqdagi predmetlarni uzoqlikda emas, kichik sifatida idrok qiladilar. Idrokning konstantligi buzilgan, yoki shakllanmagan bo‘lsa kishi balanddan turib pastdagi narsiani kichikdek idrok qiladi. Bolaligida ko‘r bo‘lib qolgan bemor 10-12 metr balanlikdagi derazadan pasga bemalol sakrab tasha olsam kerak deb o‘ylagan. Chunki u pastdagi narsalarni, predmetlarni uzoqlikdagi emas, kichkina ob’ektlar sifatida idrok qilgan.
Idrok jarayonining konstantliligining pertseptiv tizimining faol harakatidir. Masalan, oynaga qarab turib yozishga harakat qilinsa tez orada kishi avval qiynaladi, keyinroq esa qo‘lini to‘g‘ri boshqarishga o‘rganadi. Shuningdek tasvirlarni turli burchak ostida o‘zgartirib beruvchi ko‘zoynaklar uzoq muddat taqib yurilsa kishi atrof muhitni to‘g‘ri idrok qilishga o‘rganadi. Agar idrokning konstantligi bo‘lmasa odam benihoya o‘zgaruvchan olamni anglay olmas edi. Idrokning konstanligi tevarak atrofdagi olamning nisbatan barqarorligini ta’minlaydi.
Idrokning anglanganligi. Ma’lumki idrok qo‘zg‘atuvchining retseptorlarga bevosita ta’siri natijasida yuzaga kelsa ham, biroq pertseptiv obrazlar hamma vaqt ma’lum ma’noga ega bo‘ladi. Odamning idroki tafakkur bilan, narsaning mohiyatini tushunish bilan mustahkam bog‘liqdir. Narsani ongli idrok qilish – uni fikran atash degan ma’noni anglatadi. Biz idrok kilayotgan narsalarimiz haqidagi ma’lumotlarni o‘zimizga tanish bo‘lgan narsalarga o‘xshashligini aniqlashga, biror sinfga kiritishga, ba’zi kategoriyalarga qo‘shishga intilamiz.
4. Appertseptsiya. Idrok, uni yuzaga keltirgan qo‘zg‘atuvchi bilan birgalikda idrok qilinayotgan sub‘ektning o‘ziga tegishli bir qator omillarga ham bog‘liq. Yakka holda olingan ko‘z, yoki quloq idrok qila olmaydi, balki tirik odam idrok qila oladi. Konkret tirik odamning doimo turli qiziqishlari, ehtiyojlari, hohishi, hissiyotlari, munosabati bo‘lib, ular idrok jarayoniga ta’sir qiladi. Idrokning odam hayoti mazmuniga va odam shaxsining xususiyatlariga bog‘liqligi appertseptsiya deb yuritiladi. Idrok jarayoniga odamning oldingi tajribalari katta ta’sir qiladi. Idrok qilish jarayonida odam sezgi organlar orqali olayotgan ma’lumotlar to‘g‘risida turli gipoteza (farazlarni) ilgari suradi va tekshirib ko‘radi. Idrok qilinayotgan lb‘ekt haqida, bevosita ravishda, qancha kam ma’lumot olinsa, farazga shuncha ko‘p o‘rin beriladi. Agar ma’lumotlar yetarli bo‘lsa faraz qilish fazasi bo‘lmasligi ham mumkin. (Olport tajribalari). Idrok jarayoniga oldingi tajribaning ta’siri tekshirish uchun quyidagi tajriba o‘tkazilgan. Odamga narsalarning tasvirini 180 gradusga burib ko‘rsatadigan ko‘zoynak taqilgan. U hamma narsani to‘ntaradigan holatda ko‘rgan. Unga yoqilgan sham ko‘rsatilganda u shamni to‘g‘ri holda idrok qilgan. Shuningdek Eymsning «qiyshaygan xona»larida o‘tkazilgan eksperementlarda shu xonadagi barcha narsalar va odamlar noto‘g‘ri idrok qilingan. Masalan, katta yoshli odam boladan ham kichik bo‘lib ko‘rinadi. Lekin xotinlar o‘z erlarini odatdagidek, o‘zgarmagan holda idrok qilishgan, xonani esa qiyshiq idrok qilishgan.
Idrok kishining o‘tmish tajribasiga bog‘liq. Odam qancha tajribaga boy bo‘lsa, idroki ham shunchalik boy bo‘ladi.
Idrok jarayoni kishining motivlariga munosabati (ustanovka) ga ham juda bog‘liq.
Idrokning turlari. Idrok klassifikatsiyasining asosi, sezgilardagi kabi, idrok jarayonida ishtirok qiluvchi analizatorlaring har xilligidir. Idrok jarayonida qancha analizatorning yetakchilik qilishiga ko‘ra ko‘rish, eshitish, tuyush, kinestizik, hid bilish va ta’m bilish idroklari farqlanadi.
Idrokning sof holatdagi turlari ham uchraydi. Odatda ular birlashib ketgan.
Bundag tashqari materiyaning yashash shakllariga ko‘ra ham idrok turlari, fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilish aniqlanadi. “Umumiy Psixologiya” darsligida[1](F.I.Xaydarov N.I. Xalilova) idrokga nisbatan quyidagicha ta’rif berib o’tishgan. Idrok deb, sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar, obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi. Yuqoridagi keltirib o’tilgan so’zlardan ko’rinib turibdiki insondagi beshta sezgi a’zolariga ta`sir etib turish orqali narsa va hodisalarni, jarayonlarni, holatlarni ongimizda to’liq holda idrok qilishimizdir. Misol tariqasida dars jarayonlarini oladigan bo’lsak, talaba ikkita sezgi a’zolari orqali darsdagi jarayonni idrok qiladi va yangi mavzuni hamda bilimni egallaydi, mazkur ikkita asosiy deb olgan sezgilar: birinchisi ko’rish sezgisi bo’lsa, ikkinchisi esa eshitish sezgisi hisoblanadi. Maruza so’zlayotgan o’qituvchini talaba ko’rish sezgisi orqali ko’rib turadi. Eshitish sezgisi oraqali eshitib turadi va sezgi retseptorlari orqali idrok qilish jarayoni bo’lib o’tadi. Sezgi a’zolarining markazlari bosh miyada ya’ni oliy nerv faoliyatining yuqori qismida joylashganligi va butun tanamizni harakatiga undan chiqayotgan nerv tolalari, neyronlar, akson, dendrid hamda shivan hujayralaridan o’tayotgan signallar hamda sezgi a’zolari orqali kelayotgan axborotlarni tahlil qilib idrok qilish orqali ongda xulosa chiqariladi. Markaziy nerv sistemasi nerv tolalari orqali butun tanamizni boshqarib turadi. Ongimiz Orqali jarayon yoki voqea hodisani biror bir predmetni yaxshiroq to’liqroq anglaymiz va idrok etamiz. Insondagi beshta sezgi a’zolaridan birida kasallik mavjud bo’lsa ya’ni o’z funksiyasini to’liq bajara olmasa bu ham idrokning susayishiga sababchi boladi. Inson tanasidagi hujayralar a’zolar barchasi bilish jarayonining mukammal bo’lishiga to’liqroq tushunib yetishiga, borliqni oson va tez tushunib olishga hizmat qiladi deb hisoblayman. Misol tariqasida ko’rish sezgisini oladigan bo’lsak, agarda ko’rish sezgimizda biror bir jarohat yetadigan bo’lsa bu idrok uchun ham bir muncha muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, o’quvchi, talaba, shogird dars jarayonida diqqatini bir joyga jamlagan holda yangi ma’lumotlarni o’rganishida ko’rish sezgisi eng birinchi o’rinni egallashini juda yaxshi bilamiz. Agarda ko’rish sezgimizda nuqsonlar bo’ladigan bo’lsa, darsdagi holat, jarayonlarni idrok qilishda hulosa chiqarishda orqada qolamiz. Idrok qilish orqali insonning bilimi, ko’nikmasi va malakasi doimo o’sib boradi. Demak rivojlangan normal insonda bilish jarayonlaridan biri bo’lgan idrokni hayotda ortirilgan va egallangan bilimlari o’zining shaxs sifatida rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan birorta ilmiy asar o’qish jarayonida talaba va professorning idroki o’rtasida juda katta tafovut bo’adi. Talaba o’qigan ilmiy asar yoki maqolani tushunmagan ayrim qismlarini qayta qayta o’qib idrok qilishga tushunishga urunadi va professordan so’rab uni yanada yaxshiroq idrok qilishga harakat qiladi, professor esa o’sha kitobni yoki maqolani o’qiganda qiyinchiliklarsiz tushunib idrok qilib kerak bo’lsa o’zining qo’shimcha fikrini ham bayon qilib beradi, bundan ko’rinib turibdiki, ilgari olgan bilimlarimiz idrok qilish jarayonini oson va samarali - 218 - bo’lishini oshirib beradi. Idrokning murakkab bilish jarayonlariga kirishidan asosiy sabablari, biz narsa va hodisalarni, predmetlarni shaklidan tortib uning og’irligi, hajmi, tarkibiy qismlarini ham bevosita tushunib boramiz. Bu vaziyatda esa albatta bizga sezgi o’rganlarimiz yaqin ko’makchi vazifasini bajaradi. Sezgi retseptorlari orqali oliy nerv faoliyati atrof muhitdan, borliqdan hamda tashqi olamdan kelayotgan juda ko’p axborotlarni qabul qilib turadi. Sezgi retseptorlarini shartli ravishda uch guruhga ajratamiz: 1. Ekstraretseptorlar – tashqi muhitdan keluvchi ta’sirotlarni qabulqiladi; 2. Intraretseptorlar – ichki a’zolardan keluvchi impulslarni qabul qiladi; 3. Proprioreseptorlar – mushak, uning paylari, bo‘g‘imlar va suyaklardan keluvchi impulslarni qabul qiladi. Sezgi azolari orqali qilinadigan idrok murakab jarayon ekanligini tasniflaydigan bo’lsak, misol tariqasida [1] qovunning idrok qilinish jarayonini kiritib o’tsak. Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilishda quyidagi sezgilar ishtirok etadi, qovunning shakli va rangini aks ettiruvchi ko’rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasini aks ettiruvchi ta’m bilish sezgisi va boshqalar. Mazkur misolda idrokda sezgi a’zolarimizning bir nechtasi birgalikda ishtirok etishi anglanadi. Idrokning nerv fiziologik asosi deganimizda albatta bosh miya katta yarim sharlaridagi jarayonlarni keltirib o’tamiz ya’ni [1] idrokning nerv fiziologik asosidagi quyidagicha yondoshuvlar bor. “Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayon hisoblanadi. I.P.Pavlov bo’yicha idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar reseptorlarga ta’sir etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobig’ida hosil bo’ladigan shartli reflekslarning muvaqqat nerv bog’lanishlari tashkil etadi. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalar kompleks qo’zg’atuvchi sifatida xizmat qiladi. Analizatorlarning qobiq bo’linmalar o’zagida ana shu kompleks qo’zg’atuvchilarning murakkab tahlili va sintezi amalga oshiriladi. Idrok sezgilarga qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish, umumlashtirish faoliyati hisoblanadi”. Insoning Markaziy Nerv Sistemasida ya’ni oliy nerv faoliyatiga javob beruvchi qism bosh miya katta yarim sharlarining po’stlog’i kulrang moddadan tashkil topgan bo’lib, unda idrok qilish ongli ravishda yaqqol namoyon bo’lishi uchun xizmat qiladigan sezgi retseptorlarning markazlari yoyilgan holda joylashgan. Barcha retseptorlarning markazlari bosh miya po’stlog’ining kulrang moddasida joylashgan va ushbu kulrang modda esa bosh miya yarim sharlarining po’stlog’i ya’ni qobig’i vazifasini bajaradi. Bosh miya po’stlog’ida o’n to’rt milyard(14-mlrd) asab xujayralari ya’ni neyronlar joylashgan va ushbu neyronlar inson organizmdagi sezgi a`zolarining faoliyatida ongga axborotlarni uzatib uni yaxlitligicha idrok qililshni, tushunib olishni ta’minab berishda muhum axamiyat kasb etadi. Taqdim etilgan ma’lumotlardan idrok haqida yetarli darajada tushuncha olish mumkin. Endi esa idrokning patologiyalarini (buzulish)larini ko’rib o’tadigan bo’lsak. [4] Darslikda idrokning patologiyasi ya’ni buzulishi haqida to’liq ma’lumot berib o’tilgan bo’lib, eng avvalo idrokning buzulishini sezgi retseptorlaridan boshlab tushuntiriladi. Teri sezgisining buzulishlari: “Sezgi buzilishlari xilma-xil bo‘ladi. Sezgi analizatorlarining periferik qismidan tortib, to po‘stloqdagi markaziy qismigacha - 219 - bo’lgan har qanday sohasining zararlanishi sezgi buzilishi bilan kechadi. Teri sezuvchanligining har xil o‘zgarishlari asab kasalliklarida juda ko‘p kuzatiladi. Teri sezuvchanligining (og‘riq, harorat va taktil) pasayishiga giposteziya, kuchayishiga giperesteziya, yo‘qolishiga esa anesteziya deb ataladi. Harorat sezgisining yo‘qolishi bilan kechuvchi kasalliklarda, masalan, siringomieliyada bemorning terisi qattiq kuysa ham og‘riqni sezmaydi. Taktil (tanani yengil silaganda paydo bo‘ladigan) sezgi og’riq va harorat sezgisiga qaraganda kamroq buziladi”. Teri segisidan tashqari insonda qolgan sezgi resseptorlar ham turli darajadagi zararlanish xolatlari kuzatiladigan bo’lsa be vosita idrok qilish jarayoniga o’zining tasirini o’tkazmay qolmaydi. Masalan eshitish sezgisida biror bir o’zgarish bo’lsa atrof muhitdagi ovozlarni analiz qila olmaydi va normal holatdagi idrok qilish jarayonidan pastroq idrok qilish jarayoniga o’tadi. Idrokda yana bir qancha buzulishlar bo’lib, bular illyuziya hamda gallyutsinatsiya holatlari hisoblanadi. Mazkur turlarni patologik holatlarda ko’rib chiqadigan bo’lsak, idrokda qanday jarayonlar kechishini bilib olamiz . [3] Illuyuziya – bizga ta’sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish demakdir degan ta’rifni berib o’tishgan bo’lsa “Umumiy Psixologiya” darsligida(F.I.Xaydarov N.I. Xalilova) ham xuddi shu misolni keltirilgan. Yana bir adabiyotga murojaat qiladigan bo’lsak idrokda illuziyani navbatdagi ta’rifini uchratamiz [2] Ba’zi hollarda narsalar noto’g’ri, yanglish idrok etilishi mumkin. Narsa va hodisalarning bu tariqa noto’g’ri idrok qilinishi illuziya deyiladi. kengroq [2] Illyuziya haqida juda ko’p misollar orqali tushuntirib yetkazib berilgan. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak Aristotel (Arastu) illyuziyasi haqida ham so’z borgan bo’lib u shunday ma’noni beradi. Masalan, biz ko’rsatkich va o’rta barmoqlarimizni chalishtirib, no’xat yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barmog`imizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no’xat bordek his qilamiz. Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo’lib sezilishi Aristotel (Arastu) illyuziyasi deb ataladi. Bu holat sog’lom, normal insonda deyarli shunday kechadi. Uyda qorong’u xonadagi predmetni ko’rish sezgisi noto’g’ri yani to’liq idrok eta olmaganligi sababli xona derazasiga osilgan pardalarni kimningdur sharpasiga o’xshatiladi va shaxsda qo’rquv hissi paydo bo’la boshlaydi, lekin chiroqni yoqish orqali u aslida oddiy parda ekanligini ko’rish retseptori bilan to’liq idrok qilinad. Bu holat barchada kuzatiladigan holat hisoblanadi, masalan bolalarda esa xonadagi kiyim ilgichda ilinib turgan kiyimlarni qorong’uda ko’rishganida idrokida ijodiy hayolning ta`sirida qo’rqinchli hayvonlarni tasavvur qilib qo’rquv holatini idrok qiladilar bu holat normal insonda ham uchraydi. Ko’rish illyuziyaning patologik turlari: Idrok obyekti ma’lum darajada o’zgarish xususiyatiga ega bo’lgan maxsus ko’rish illyuziyalari Derealizatsion buzulishlar deb nomlanadi. Ularga mikropsiya - atrofdagi predmetlarni hajmi o’lchovini kichiklashish bilan tavsislanuvchi idrok buzilishi, makropsiya- atrofdagi predmetlarni hajmi o’lchovini kattalashishi bilan tavsiflanuvchi idrok buzulishi, dismegolopsiya - atrofdagi narsa va predmetlarning o’sishi, kengayishi hamda buzilishi bilan tavsiflanuvchi idrok buzulishi va yana bir turi porropsiya deyiladi bunda biron bir obyektning masofasi uzayadi yoki qisaqargandek tuyiluvchi idrokning buzulishlari. - 220 - Mazkur holatlar idrokning patologiyasi deyiladi degan fikrlarni berganlar. Bu holatlar insonda kuzatilsa, demak uning idrokida buzulishlar ya’ni patologik holatlar ketayotganidan dalolat beradi va bu holatlar sog’lom insonda deyarli uchramaydi. Surat orqali illyuziyani ko’ramiz. 1-rasmda aylanalarning qarama qarshi tomonga aylanayotganini idrok qilinadi bu oddiy harakatsiz vizual illyuziya holos aslida u hech qaysi tarafga aylanmaydi. 2-rasmda doirachalarning harakatlanayotganligini ko’rish mumkin aslida esa u ham oddiy harakatsiz rasm bo’lib bu rasmlar illyustrator rassomlarning mohir san’atidan bir qism hisoblanadi. Bu turdagi suratlar idrokni chalg’ituvchi suratlardan boshqa narsa emas. Bu rasmlarni inson ko’rganida unda qandaydir charchoq va holsizliklar mavjud bo’lmaydi. Bu rasmlarni hammasi oddiy illuziyalar holos. Endi esa shaxsning idroki buzulishlarida galyutsinatsiyalar haqida so’z yurutamiz.
Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə