Reja: Insoniyat hayotiga katta xavf tug`dirayotgan xalqaro tahdidlar



Yüklə 68 Kb.
səhifə3/4
tarix12.06.2022
ölçüsü68 Kb.
#89385
1   2   3   4
xozirgi davrdagi ullkan manaviy tahdislar

Gedonizmning ma`nosi shundayki, shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o`zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo`lishga intilish ustivor bo`ladi. To`g`ri, aslida insonning to`q va farovon hayotga intilishi, boy-badavlat yashashni xohlagani ayb emas, lekin bunday to`kinchilik insoniylikka qarshi bo`lishi mumkin emas. Muallifning tashvishi va uni xavortirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o`zgarishlar evropa xalqlarining eng zarur va muhim qadriyatlarga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi. Masalan, bugungi Evropada tug`ilayotgan bolalarning har uchtasidan bittasi nikohsiz tug`ilayotganligi, tug`ilishning keskin kamayib ketganligini, umuman ayollar o`zidan sog`lom zurriyod qoldirishni istamayotganligi, mablag`i etarli bo`la turib, farzand tug`ilishi va uni tarbiyalashga ketadigan mablag`ni qizg`anayotganligi yaqqol namoyon bo`lmoqda. Umuman G`arb ayollarining aksariyati turmushga chiqib, o`zidan munosib zurriyod qoldirish niyatidan tobora uzoqlashib bormoqda.
Olimlarni mavjud ahvolni ijobiy tomonga o`zgartirish uchun farzand tug`ilishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan nafaqalarning, suyunchi pullar miqdorining orttirilishi, onalar uchun alohida imtiyozlarning joriy etilishi yoki bola soni ortgani uchun oilaga ko`rsatiladigan muruvvat ayollarni sog`lom oila qurib, unda sog`lom farzandlarni tarbiyalashga undarmikin, degan savol o`ylantirmoqda va mulohazalar mantig`idan shu narsa ayon bo`lmoqdaki, zamonaviy evropaliklarni bunday imtiyozlardan ko`ra, mansab pog`onalaridan ko`tarilib, o`z manfaatinigina o`ylab yashash ko`proq qiziqtiradi. Chunki zamonaviy G`arb yoshlari, xotin-qizlar uchun bu kabi imtiyozlar bola tug`ilishi va bu bilan bog`liq tashvishlar oldida hech gap emas. Shu kabi gedonistik psixologiya bizning yoshlarimiz ongida paydo bo`lmasligi, ochiq axborotlar makonida bemalol turli ma`lumotlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo`lgan hozirgi sharoitda ularni ezgu maqsadlarga yqnaltirish, ularda sog`lom dunyoqarash, ertangi kunga ishonch, sobit g`oya, sog`lom hissiyotlar, el-yurt oldida, oilasi va yaqinlari oldida insoniy javobgarlik va yuksak mas`uliyat hislarini tarbiyalash millat manfaatiga bevosita aloqador vazifamizdir.
Prezidentimiz Islom Karimovning fikrlari biz uchun hamisha dalda bo`ladi: «Eng muhimi, qalbimizda g`ururimiz, bilagimizda kuchimiz bor ekan, biz tinchlikni himoya qilishga, unga xavf solayotgan kuchlarga qarshi kurashishga, qaddimizni tik tutib, boshimizni baland ko`tarib yashashga qodirmiz. Bizni qo`rqitmoqchi bo`layotgan g`alamislar shuni bilib qo`ysinki, biz hech kimga bosh egmaganmiz va hech qachon bosh egmaymiz. Bunda bizga milliy g`oyamiz va mafkura g`oyaviy tayanch va asos bo`ladi (2001 yil 10 oktyabr).
Zero, milliy mafkura xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydi, tarix sinovlaridan o`tishda uning ruhini ko`tarib, suyanch va tayanch bo`ladi, shu millat, shu jamiyat duch keladigan ko`plab hayotiy va ma`naviy muammolarga javob izlaydi. U insonga faqat moddiy boyliklar va ne`matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e`tiqod tufayli yuksak ma`naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo`lini yoritib beradi. Istiqlol mafkurasi ko`pmillatli O`zbekiston xalqining ezgu g`oya - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo`lidagi asriy orzu-intilishlari, hayotiy ideallarini o`zida aks ettiradi.
Darhaqiqat, davlatimiz rahbari ta`kidlaganlaridek, «Milliy g`oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, ser-qirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali-hanuz yaratilmagan tushunchalarni o`zimizga tasavvur qilishimiz kerak, deb o`ylayman. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g`oyalarning ma`no-mazmunini teran anglab etishga xizmat qiladi. Bu mafkura xalqni xalq, millatni millat etadigan, uning sha`nu sharafi, or-nomusi, ishonch-e`tiqodini ifodalaydigan, jamiyatimizning o`ziga xos taraqqiyot yo`li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda muttasil rivojlanib, takomillashib boradigan g`oyalar tizimidir.
Xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat`i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas`uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an`analarimizga munosib bo`lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da`vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir.
Davlatimiz rahbarining ko`rsatmalari va istiqbolli g`oyalaridan kelib chiqib, hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, o`sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim va dolzarb ahamiyat kasb etgan vazifalarimizdandir. Bu ishni bamisoli niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog`bondek noziklik va mehr bilan, oqilona yo`l bilan amalga oshirish lozim.
Egotsentrizm so`zi lotincha «ego» - men va «centrum» - doira markazi so`zlaridan olingan. Ma`nosi - o`z fikr-o`ylari, manfaatlari doirasida qotib qolgan insonning atrof-muhit va odamlarga oid o`z bilimlari va o`zgalarga munosabatini o`zgartira olmasligini bildiradi. Psixologiyada egotsentrizmning bir qancha turlari - bilishga oid, axloqiy va kommunikativ egotsentrizmlar farqlanadi. Oxirgisi - boshqalarga biror xil ma`lumot berish jarayonida ularning fikri bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslikda namoyon bo`ladi. Nazarimizda, zamonaviy informatsion xurujlarning mualliflarida aynan shu kabi egotsentrizm kuzatiladi va ular o`zlariga o`xshash faqat o`z manfaatinigina ko`zlaydigan avlod ongini qamrab olishga harakat qiladi. Shuning uchun ham shaxsga psixologik himoya zarur. Psixologik himoya bo`lishi uchun shaxsda mustaqil fikr bo`lishi lozim.


Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə