Reja: Internet tushunchasi



Yüklə 257,86 Kb.
səhifə16/18
tarix23.12.2023
ölçüsü257,86 Kb.
#157561
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1–MA’RUZA. Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti. Protokollar

Elektron pochta xizmati
An’anaviy pochta xizmati. An’anaviy pochta xizmati bizga ma’lum bo’lgan va har bir shahar va markazlarda joylashgan pochta aloqasi korxonalari orqali amalga oshiriladi. Bunda jo’natilishi rejalashtirilayotgan xat maxsus konvertga solinib, yuboruvchi va qabul qiluvchining indeksi, manzili va kimga mo’lljallanganligi yoziladi. Shu ma’lumotlarga asoslangan holda pochta korxonasi kelgan xatni marka-ziy pochta korxonasiga yuboradi va u yerda saralanib tegishli manzilga eltib berishni ta’minlaydi. Kamchiligi shundaki yuborilgan xabar yoki xat manzil uzoqligiga qarab kunlab, oylab borishi, ba’zi hollarda umuman yetib bormasligi ham mumkin.
Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari. Internet–xalqaro tarmog’ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo’lib, faqat bunda xatni qog’ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so’zlarni terib, ma’lum elektron yozuv ko’rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bo’lib, uning yordamida Internet tarmog’i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy ma’lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) jo’natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat jo’natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan kompyuter Internet tarmog’iga ulangan bo’lishi zarur.

Xabar va pochta qutisi tushunchalari. Xabar, umuman olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak bo’lgan ma’lumot xisoblanadi va oldindan boshqa dasturda (masalan Word) tayyorlab, keyin elektron pochta orqali jo’natishi maqsadga muvofiqdir. Pochta serveri ham o’zining matn terish oynachasiga ham ega bulib, xabarni shu oynada yozish mumkin.
Pochta qutisi – bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir. Ushbu nom kompyuter xotirasida papka ko’rinishida shakllantiriladi va u o’zida kiruvchi va chiquvchi xabarlarni vaqtinchalik saqlaydi. Elektron pochta manzillaridagi elektron pochta manzili belgisidan ( ______ @ ________.__ ) oldin kelgan yozuv pochta qutisi nomini anglatadi.
Xabarlarning turlari. Xabarlar turli ko’rinishda bo’lishi mumkin masalan: matn, grafik, rasm, ovoz va video ma’lumotlar. Yuborilishi rejalashtirilayotgan ma’lumotlarning hajmi bo’yicha ham chegaralanish mavjud. Har bir pochta provayderi o’zining siyosatiga ega bo’lib bitta xabarning 2, 5, 10Mb hajmgacha bo’lgan xabarlarni yuborishni ta’minlaydi. Agarda bu hajm oshib ketsa katta hajmdagi xabarlarni Rar yoki Zip dasturlari yordamida arxivlab yuborish tavsiya etiladi.
Elektron pochta manzili. Elektron manzil @ belgisi bilan ajratilgan ikki qism-dan iborat, ya’ni manzilgoh @ foydalanuvchi nomi. Elektro manzilga misol tarikasida. tuit@tuit.uz, tuit@inbox.uz larni keltirish mumkin, bu elektron manzillar “tuit” nomli ishlatuvchining http://mail.tuit.uz, http://inbox.uz pochta serverida joylashgan pochta kutisi xisoblanadi.
Xabarlarni uzatish va qabul qilish. Tashkil qilingan elektron pochta orqali boshqa elektron manzilga xat jo’natish ketma-ketligini ko’rib chiqamiz: dastlab, mail.ru Web sahifasi ishga tushiriladi va ekranda hosil bo’lgan ishchi oynaning Imya (Имя) darchasida foydalanuvchi elektron manzili va Parol (Пароль) darchasida paroli kiritiladi va Voyti (Войти) tugmachasi bosiladi. Komu (Кому) darchasiga xat jo’natilishi kerak bo’lgan elektron manzil, Kopiya (Копия) darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo’natilishi kerak bo’lsa, o’sha manzil, Tema (Тема) darchasiga xat mavzusi yoziladi. Xat mazmuni pastki bo’sh oynaga yoziladi va Otpravit (Отправить) tugmachasi bosiladi. Agar xat to’g’ri jo’natilgan bo’lsa, u holda ekranda Uspeshno otpravlen (Успешно отправлен) ma’lumoti paydo bo’ladi. Foydalanuvchi elektron manzil orqali kompyuter xotirasidagi ixtiyoriy fayllarni ham jo’natishi mumkin. Buning uchun Prikrepit (Прикрепить) tugmachasi bosiladi. Agar bir nechta faylni jo’natish kerak bo’lsa, qolgan fayllar ham shu tartibda tanlanadi.
Foydalanuvchi elektron pochtasiga kelgan xatlarni ko’rishi uchun Vxodyaщie (Входящие) buyrug’i tanlanadi. Ekranda pochtaga kelgan xatlar ro’yxati paydo bo’ladi. Unda xat kimdan, mavzusi, pochtaga qachon kelib tushgan va fayl o’lchami to’g’risida ma’lumot saqlangan. Foydalanuvchi xatni o’qishi uchun, Tema (Тема) bandida sichqoncha-ning chap tugmachasi bosiladi. Ekranda xat mazmuni paydo bo’ladi. Foydalanuvchi xatni o’qishi va agar zaruriyat bo’lsa Fayl®Pechat (ФайлПечать) buyrug’i orqali printerda chop qilishi mumkin. Elektron pochtadagi keraksiz xatni o’chirish uchun dastlab u belgila-nadi va Udalit (Удалить) tugmachasi bosiladi. o’chirilgan fayl Korzinaga borib tushadi. Korzinani tozalash Ochistit Korzina (Очистить Корзина) buyrug’i orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 257,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə