Reja: is-lm modelining mohiyati



Yüklə 199,1 Kb.
tarix24.05.2023
ölçüsü199,1 Kb.
#112534
11-mavzu


11-Mavzu:IS-LM MODELINING SHAKLLANISHI VA TADBIQI.
Reja:

  1. IS-LM modelining mohiyati.

  2. Modelning asosiy tenglamalari

  3. LM egri chizig‘i va uning tenglamasi

Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlarini va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi. IS-LM modeli birinchi marta 1937-yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy konsepsiyasini izohlash uchun taklif etildi hamda 1949 yilda A. Xansenning “Monetar nazariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan so'ng u kengyoyildi. Shu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi. IS - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovariar, ham pul bozorida birgalikda muvozanat o'rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovariar bozori deganda ham iste’mol, ham investitsion tovariar bozori tushuniladi. Garchand iste’mol va investitsion tovarlarga talab turli omillar bilan belgilansa- da, IS - LM modelida ular bir butun deb qaraladi. Pul bozori deganda xazina veksellari va tijorat qog'ozlari ko'rinishidagi qisqa muddatli kredit vositalarining oldi - sotdi mexanizmi tushuniladi. Bu bozorni obligatsiyalar bozoridan farqlash zarur. Pulning obligatsiyalarda ifodalangan nisbiy bahosi - bu obligatsiyalar bo'yicha foiz stavkasidir. “IS - LM modeli (investitsiyalar - jamg'armalar, ljkvidlilikni afzal ko'rish - pul) - Yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillarni aniqlash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanati modeli’”. AD-AS modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi e’tiborga olingan edi. Ya’ni tovariar va xizmatlar baholari ko'tarilishi pulga bo'lgan talabni oshirishi va buning o'z navbatida foiz stavkasi ko'tarilishiga olib kelishi, oqibatda esa investitsiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi AD-AS modelida ko'zda tutilgan edi. IS-LM modeli AD-AS modelini qisqa muddatli davrga aniqlashtiradi va bu modelda har ikkala bozor ham yagona makroiqtisodiy tizim sektorlari sifatida namoyon bo'ladi. Model bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bog'liq tarzda foiz stavkasi “R” bilan daromad darajasi “Y” ning muvozanatli darajasini belgilaydi.
IS-LM (investitsiya - jamg'armalar, Iikvidlilikning afzalligi - pul) modeli foiz stavkasi “R” bilan daromadlar “Y” ning bir vaqtning o'zida har ikkala bozorda muvozanatni ta’minlaydigan kombinatsiyalarini topish imkonini beradi. Modelning asosiy tenglamalari quyidagilar:
1.Y = C + I + G + Xn — asosiy makroiqtisodiy ayniyat.
2. С = a + b (Y-T) — iste’mol funksiyasi, bu yerda T = Ta + tY.
3 .I = e - dR — investitsiya funksiyasi.
4. Xn = d - m'Y - nR — sof investitsiya funksiyasi.
5. M/P = kY - hR — pulga talab funksiyasi.
IS-LM modelida ko'rilgan barcha tenglamalar bajarilsa muvozanatga erishiladi. Modelning endogen o‘zgaruvchilari - Y, С, I, Xn va foiz stavkasi - R. Modelning ekzogen o'zgaruvchilari - G, Ms va chegaraviy soliq stavkasi - 1. a, b, c, d, m“, n, к va h empirik koeffitsientlar boMib, musbat va nisbatan barqarordir. Y haqiqiy IS egri chizig'i tovariar, xizmatlar bozorida foiz stavkasi “R” va daromadlar darajasi “Y” ning kombinatsiyalarini xarakterlovchi, bir vaqtning o'zida asosiy makroiqtisodiy ayniyat, iste’mol, investitsiya va sof eksport funksiyalari qondiriladigan nuqtalaming geometrik joylashuvini xarakterlaydi. Bu egri chiziqning har bir nuqtasida investitsiyalar va jamg'armalar o'zaro teng boMadi. IS-egri chizig'ini Keyns xochi va investitsiya funksiyasi grafigi yordamida keltirib chiqaramiz (25-,26-, va 27-chizmalar). Foiz stavkasining R1 dan R2ga qadar ko'tarilishi investitsiyalar miqdorining I1 dan I2 ga qadar kamayishiga olib keladi. Bu haqiqiy xarajatlar egri chizig'ining E1dan E2 ga qadar pastga tomon E = 1 ga teng miqdorda surilishiga olib keladi. Oqibatda daromadlar miqdori Yj dan Y2 qadar Y = E x m miqdorga pasayadi, bu yerda (m = l/(I-b(l-T)+m’)). Demak, tovariar va xizmatlar bozorida daromadlar darajasi va foiz stavkasi dinamikasi o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud. R o'zgarmagan holda IS egri chizig'ining o'ngga yoki chapga siljishi quyidagi omillar ta’sirida ro'y beradi:
- iste’mol xarajatlari darajasi;
- davlat xaridi darajasi;
- sof soliqlar (soliqlar - subsidiyalar - transfertlar);
- investitsiyalar hajmining (R ning mavjud stavkasida) o'zgarishi.
IS tenglamasi avvolo iste’mol, investitsiya va sof eksport funksiyalari tenglamalarini asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo'yib, R va Y ga nisbatan yechish yo'li bilan topiladi. R ga nisbatan topilgan IS tenglamasi:
R = ((a + e + g) / (d + n)) - ((1 - b (1 - 1) + m') / (d + n)) Y +
+ (1 / (d + n)) G - (b / (d + n)) Ta
Bu yerda: T = Ta + 1 Y

LM egri chizig'i o'zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni aks ettiradi. LM egri chizig'ining har bir nuqtasida pulga talab (Md) pul taklifiga (Ms) teng bo'ladi (liquidity Preferense = Money Supply). Pul bozorida bunday muvozanatga daromadning (Y) oshishi bilan foiz stavkasi (R) ko'tarilsagina erishiladi. Ma’lumki, pulga talab miqdoriga foiz stavkasidan tashqari daromadlar darajasi ham ta’sir ko'rsatadi. Daromadlar yuqori bo'lsa, xarajatlar ham ko'p bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida iste’mol va boshqa xarajatlar uchun pulga talabning oshishiga olib keladi. Shunday qilib, daromadlar darajasining yuqoriroq bo'lishi pul talabini oshiradi. Boshqacha aytganimizda, daromadga va pulga talab dinamikasi o'rtasida to'g'ri bog'liqlik mavjud. Pulga talab funksiyasini quyidagicha yozamiz:
M / R = f(R;Y)
Pul bozori holatini belgilovchi ko'rsatkichlar o'rtasidagi bunday o'zaro munosabatlami 28-, 29 - chizmalarda tasvirlaymiz. 28-chizmadan ko'rinib turibdiki, pulga bo'lgan talab foiz stavkasi pasayishi bilan, shuningdek, daromadlar ko'payishi natijasida ham oshadi. Daromadlaming oshishi natijasida pulga talab egri chizig'i M ji yuqori surilib, M j2 holatini egallaydi va unda pul bozoridagi muvozanat nuqtasi RI holatidan R2 holatiga o'tadi. Shunday qilib, yuqoriroq daromad yuqoriroq foiz stavkasiga olib keladi. Buni LM egri chizig'i aks ettiradi. U pul bozorida foiz stavkasi va daromad o'rtasidagi munosabatlami ko'rgazmali tarzda ifodalaydi. Daromad darajasi qancha baland bo'lsa, pulga boMgan talab shuncha yuqori va shunga muvofiq tarzda muvozanatli foiz stavkasi ham shuncha yuqori bo'ladi. LM egri chizigM o'ziga xos konfiguratsiyaga ega: gorizantal qism va vertikal qism. LM egri chizigMning gorizantal qismi foiz stavkasining (R) minimal darajasidan pasaya olmasligini anglatsa, vertikal qism foiz stavkasining (R) maksimal darajasi chegarasidan tashqarida hech kim o'z mablag'larini likvid (pul) shaklida ushlab turmasligini va ulami qimmatli qog'ozlarga aylantirishini anglatadi. LM egri chizigM o'ziga xos: gorizontal va vertikal konfiguratsiyaga ega. LM egri chizigMning gorizontal kesmasi foiz stavkasining Rmin. darajadan pastga tushishi mumkin emasligini ko'rsatadi. Egri chiziqning vertikal kesmasi esa foiz stavkasining maksimal Rmax. daraja chegarasidan tashqarida hech kim jamg'armalarini likvid (pul) shaklida ushlab turmasligini va ularni qimmatli qohozlarga aylantirishini anglatadi. Baholaming o'zgarishi hamda pul taklifi hajmidagi o'zgarishlar LM egri chizig'ining o'ngga yoki chapga siljishiga olib keladi. LM egri chizigM tenglamasi pulga talab funksiyasini “R” va “Y” ga nisbatan yechish yo'li bilan topiladi. “R” ga nisbatan LM egri chizigM tenglamasi quyidagicha:
R = (к / h)Y - (1 /h ) (M / Р)
“Y” ga nisbatan LM egri chizig'i tenglamasi quyidagicha:
Y = (1 / к) (M / P) + (h / k) R
K li koeffitsienti LM egri chizigMning Y o‘qiga nisbatan ogMsh burchagini xarakterlaydi hamda fiskal va pul-kredit siyosatining nisbiy samaradorligini baholaydi.
IS va LM egri chiziqlarining o'zaro kesishishi pul taklifining investitsiyalar va jamg'armalami o'zaro tenglashtiruvchi foiz stavkasining shakllanishi uchun yetarli ekanligini anglatadi. IS egri chizig'i rejalashtirilgan xarajatlarga bog'liq bo'lganligi uchun uning o'zgarishi fiskal siyosatdagi o'zgarishlami xarakterlaydi. LM pul taklifiga bog'liq
bo'lganligi uchun undagi o'zgarish monetar siyosat tadbirlari natijasini ko'rsatadi. Bundan xulosa shuki, IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning iqtisodiyotga birgalikda ko‘rsatadigan ta’sirini baholash imkonini beradi. Davlat xarajatlarining o'sishi yoki soliqlaming kamayishi IS egri chizig'ini o'ngga siljitadi. Davlat xarajatlarining kamayishi va soliqlaming oshishi esa bu egri chiziqni chapga siljitadi. Xuddi shuningdek, pul taklifining oshishi LM egri chizig'ini o'ngga, kamayishi esa chapga siljitadi. IS-LM modeli ma’lum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli variantlarini ko'rib chiqish imkoniyatini beradi. Zero, bir bozorda bo'lgan o'zgarish ikkinchi bozorga ham ta’sir etadi. Masalan, deylik, Markaziy bank ochiq bozordan obligatsiyalar sotib ola boshladi. Natijada pul taklifining ko'payishi (LM egri chizig'ini o'ngga siljishida aks etib) foiz stavkasining pasayishini keltirb chiqaradi. Monetar impuls ta’sirida, ya’ni, foiz stavkasining pasayishi oqibatida investitsiya xarajatlari ko'payadi va IS egri chizig'i ham o'ngga siljib yangi nuqtada muvozanat o'matiladi. Agar modeldagi muvozanat LM egri chizigMning gorizontal (keyns) kesmasida yuzaga kelsa, pul massasining ko'paytirilishi investitsiyalar, ishlab chiqarish va bandlilikning o'sishiga olib kelmaydi va bu iqtisodiy tizimda aloqalar buzilganligidan dalolat beradi. Bunda pul taklifining o'sishi tovarlar bozoriga ta’sir ko'rsata olmaydi, chunki pul bozorida foiz stavkasini kamaytirish imkoniyati qolmaydi. Bunday vaziyat likvidlilik tuzog’i nomini olgan. “Likvidlilik tuzog’li vaziyatida kredit (monetar) siyosat Yalpi talab va milliy daromadni rag'batlantirish vositasi sifatida kutilgan samarani keltirib chiqannaydi va shu sababli, keynschilar fikriga ko'ra, (ixtiyorimizda) faqat bir dastak - soliqlar va hukumat xarajatlari orqali Yalpi talabga bevosita ta’sir ko'rsatadigan fiskal siyosatgina qoladi” Agar modeldagi muvozanat IS egri chizig'i LM egri chizig'ining vertikal kesmasidan kesib o'tga-da yuz bergan bo'lsa, pul taklifini oshirish milliy daromadning o'sishigava foiz stavkasining pasayishiga olib keladi. Aksinsa, davlat xarajatlarining oshirilishi esa, keynschilar fikriga ko'ra, bu kesmada Yalpi talabga va milliy daromar hajmiga ta’sir ko'rsatmaydi. Agar IS egri chizig'i vertikal ko'rinishda bo'lsa, ya’ni investitsiyalarga talab foiz stakasi o'zgarishiga ta’sirchan (elastik) bo'lmasa, masalan, investorlar bozor konyukturasi kelajagi noaniqligi sababli o'z investitsiyalari istiqboliga tushkun baho bersalar investitsion tuzoq yuzaga keladi. Investitsion tuzoq shuni anglatadiki, IS egri chizig'i vertikal bo'lganda LM egri chizig'ining siljishlari real daromad miqdorini o'zgartirmaydi. Bu holatda pul-kredit siyosati Yalpi talalab va milliy daromad hajmiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi, fiskal siyosat esa samarali bo'ladi. Dfemak, pul-kredit siyosati foiz stavkalari yuqori boMganda samarali kechadi. Fiskal siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya’ni LM egri chizig’i gorizontal, IS egri chizig’i esa vertikal ekanligida samaraliroq boMadi. Model yordamida makoiqtisodiy siyosat variantlarini tanlash, shuningdek, usullami muvofiqlashtirilgan holda qo’llash va siqib chiqarish samaralarini kamaytirish yoMlarini tahlil etish mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. IS-LM modeli qanday maqsadga xizmat qiladi va unga ehtiyojni qanday asoslab berish mumkin?
2. IS-LM modelining asosi bo‘ Igan tenglamalarni sanang va ularga tavsit bering. 3. IS egri chizig'ining mohiyati nimada va u qanday keltirib chiqariladi?
4. LM egri chizig'ining asosiy o'zgaruvchilari nimalardan iborat va u qanday keltirib chiqariladi?
5. IS egri chizigM tenglamasidagi qaysi parametr fiskal va pul-kredit siyosatining nisbiy samaradorligini belgilaydi, nima sababdan?
6. Modelda makroiqtisodiy siyosat yuzaga kelishining shartlari qanday?
7. “Likvidlilik tuzog'i” qanday vaziyatda yuzaga keladi va makroiqtisodiy siyosatga qanday ta’sir ko'rsatadi?
8. “Investitsion tuzoq” atamasi qo'llaniladigan makroiqtisodiy vaziyatni tavsiflab bering

Yüklə 199,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə