Reja: Islom Xo`ja- madrasasi


Xiva «Ichan-Qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi tarixi haqida qisqacha ma’lumot



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə2/2
tarix03.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#104124
1   2
Boqiy Xorazim tarixiy sanat obidalari Minnadtjaddinnova

Xiva «Ichan-Qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi tarixi haqida qisqacha ma’lumot

Xorazm tarixiy – inqilobiy muzey 1920 y 27 aprel kuni Xorazm Xalq Respublikasi qaroriga asosan Xiva xonlari saroyi Ko‘hna Arkda tashkil topgan.
1967 yil 3 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar kengashi tomonidan Xiva tarixiy–me’moriy muzey qo‘riqxonasi, 1969 y 29 iyunda O‘zbekiston Ministrlar kengashi qaroriga asosan esa Xiva «Ichan-Qal’a» davlat tarixiy – me’moriy muzey qo‘riqxonasi tashkil topdi.
Muzey – qo‘riqxona ko‘rgazmalarida Xorazm tarixining qadimgi davrlaridan to hozirgi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, va, shuning bilan birga, uning amaliy san’ati, hunarmandchiligi, madaniyati va adabiy hayoti yoritiladi. Umumiy maydoni 26 gektarni tashkil qiladi.
Xiva – ochiq osmon ostidagi muzey. Shaharning eski qismi uzunligi 2250 metrlik 6-7 metr balandlikdagi qal’a devorlari bilan o‘ralgan, 4 ta darvozasi bor. Qal’a ichkarisida 53 ta tarixiy-me’moriy ob’ektlar bor.
Xiva shahri O‘rta Osiyo shaharlari ichida birinchilardan bo‘lib YuNESKOning butunjahon madaniy yodgorliklari ro‘yxatiga 1990 yil 12 dekabrda 100-chi shahar bo‘lib ro‘yxatga olingan. Muzey tarkibida 15 ta doimiy ko‘rgazma mavjud. Muzey fondi 38561 ta noyob eksponatga ega.



Sherg‘ozixon madrasasi - Xorazm tabobati bo‘limi
Ko‘rgazma 1990 y Sherg‘ozixon madrasasida ochilgan. Sherg‘ozixon madrasasida joylashgan Xorazm tabobati muzeyi 1967 yilda tashkil qilinib, ko‘rgazmada Xorazm qadim tabobatidan ilmiy tibbiyotgacha bo‘lgan davrlar, Xorazmlik tabib allomalarining hayoti va ilmiy faoliyati, qadim davolash usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Qadim manbalarda Xorazmda davolashning uchta yo‘li bo‘lganligi qayd qilinadi.
1. So‘z va musiqa bilan davolash.
2. Dorivor o‘simliklar bilan davolash.
3. Pichoq “Jarrohlik” bilan davolash.
Qadimdan tabiblar muloyim so‘z va musiqa uyg‘unligida bemorlarda Birinchidan qo‘rquvni engishni yo‘qotish, Ikkinchidan dilxiralikni, Uchinchidan ehtirosni jilovlash yo‘li bilan davolash ishlarini olib borganlar.
Tabiblar inson ruhini davolamasdan turib, uni jismini davolab bo‘lmaydi, degan g‘oyani ilgari surishgan. Bu fanda ham o‘z isbotini topgan.
Ko‘rgazmaning bir bo‘limi madrasa tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda Sherg‘ozixon madrasasida ta’lim olib o‘qigan qardosh xalqlar ko‘rgazmalari ham o‘rin olgan. 1990 yilda Turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iy, 1995 yilda qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li, 2011 yilda qozoq allomasi Beket Ota hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil qilingan
Ko‘rgazmada jami 283 ta eksponat mavjud.
Eng qiziqarli eksponatlar:
1. Tabiblarni qon oladigan shoxlari.
2. Mis qozon “giyoh damlamalar tayyorlash uchun“
3. Qopshirma dori malhamlarni saqlash uchun
4. Tish oladigan qisqich.
5. Chanqovus.
Muzey ko‘rgazmalari zamon talabi asosida qayta tashkil qilinib, Ota – bobolarimizning o‘tmishdagi ilmiy meroslarini yosh avlodlar ongiga singdirib, ona vatanga bo‘lgan xis tuyg‘ularini shakllantirib borishdan iborat. Bo‘limimiz oldida ko‘rgazmalarni yangi noyob eksponatlar bilan boyitib borish, asori atiqalarni to‘plab yig‘ish, ularni namoyish qilish, o‘z holicha saqlab yosh avlodlarga buyuk tariximizni targ‘ib qilishdan iborat vazifalar o‘rin olgan.
Ohirgi badiiy jihozlash 2012 y o‘tkazilgan

Xorazm tabiati bo‘limi



Abdullaxon madrasasi 1855 yilda qurilgan. Ushbu madrasada hozirgi kunda Xorazm tabiati bo‘limi joylashgan. Ko‘rgazma 1973 yilda tashkil qilingan va 2010 yilda reekspozitsiya qilingan. Uning xonalarida Xorazm o‘simlik va hayvonot dunyosining ajoyib namunalari joy olgan. Uchta diagramma – «Qum zonasi», «Ko‘l zonasi» va «To‘qay zonasi» tashkil qilingan. Xorazm Tabiati muzeyida 15 ta ko‘rgazma tashkil qilingan. Eksponatlar soni jami 311 ta.
Eng qiziqarli eksponatlar - oq qush - vazni 12 kg va bo‘rsiq.
Orol dengizining ekologik axvoli to‘g‘risida kichik burchak tashkil qilib, yosh avlodni ona vataniga, tabiatiga bo‘lgan xis tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.
Xorazm vohasini boy tabiatini, yaьni hayvonot va o‘simlik dunyosini rang-barangligi, uni asrab avaylashni yosh avlod ongiga singdirish, ularni tabiatni asrab-avaylash, ekologiya tarbiyasini kengaytirish maqsadida tuman kollej, litsey va maktab o‘quvchilarini “Muzey maktabga” programmasi asosida muzey ekspozitsiyasida ochiq darslar o‘tkazib borishdan iborat.

X.Devonovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan doimiy ko‘rgazma



2004 yil avgust oyida Yangi uslub maktabning birinchi qavatida X.Devonov – O‘rta Osiyoda birinchi o‘zbek kinematografi va fotosuratchisi hayoti va ijodiga bag‘ishlangan doimiy ko‘rgazma tashkil qilindi. Ushbu ko‘rgazmaga jami 164 dona eksponat joylashtirilgan.


Ko‘rgazmaning asosiy ko‘pchiligi – X.Devonov tomonidan XX asrning birinchi choragida fototasmaga muhrlangan Xorazm ijtimoiy hayotiga oid bebaho fotosuratlar jamlangan.
X.Devonov doimiy ko‘rgazmasi 2015 yilda katta ekranli televizor va DVD uskunasi bilan ta’minlandi. Hozirgi kunda buyuk vatandoshimiz X.Devonovga bag‘ishlangan hujjatli filьmi yosh avlodga va xalqimizga namoyish qilish doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
Galdagi vazifalar - X.Devonov yashagan tarixiy yodgorlik uyiga yoshlarni jalb qilib ularga ekskursiyalar tashkil qilishdan iborat.
Foydali maydoni 52 kv.m.
Bino 1910 y qurilgan.
Sayid Alovuddin maqbarasi – Xorazm hunarmandchiligi ko‘rgazmasi

Maqbara “Ichan-Qal’a” arxitektura yodgorliklari ichida eng qadimiylaridan biridir. Maqbara XIV asrni boshlarida qurilgan va bitta ziyoratxona va go‘rxonadan iborat.
Asrlar davomida atrofida qabrlar ko‘payib ketganligi uchun maqbara er sathidan past qolib ketgan. Arxeologik tekshirishlar natijasida yodgorliklarni avvalgi ko‘rinishi va tarixiga oid ko‘pgina ma’lumotlar to‘plangan.
O‘tmishda yashagan tarixchi Ahmad Roziy, Xorazmlik mashhur shayxlar ro‘yxatiga Sayid Alovuddinni ham kiritib uni Shayx Najmiddin Kubrodan keyin yirik shayx bo‘lgan deydilar. Bu so‘zlarni hazrat Jomiy va Navoiy asarlarida ham o‘qisa bo‘ladi. Xorazmlik Safarzoda Bobojon o‘g‘lining Xorazm avliyolari haqidagi qo‘lyozmasida shunday deyiladi, “Bu kishi XIII asrda tug‘ilgan Xorazm o‘zbeklaridandur. U yigitlik chog‘ida maktab, madrasani tugatib, maktabdorlik qilgan va masjidlarning maktabxonasida bolalarni o‘qitadurgan mulla bo‘lgan. Pahlavon Mahmudni ham maktabda o‘qitgan ustozi sanaladi”.
Maqbaraning go‘rxonasida muqaddas hisoblangan ajoyib sirkor dahma joylashgan, dahma juda chiroyli yashil, ko‘k va oq rangli koshinlar bilan qoplangan. Bu koshinlardagi barcha naqsh gullari bo‘rtmaligi bilan odatdan tashqari bir go‘zallik kashf etadi. Bunday koshinlar Xivada yagona bo‘lib, uning tengdoshi va o‘xshashi Ko‘hna Urganchda Shayx Najmiddin Kubro, Samarqanddagi Shohi Zindadagi Qusam ibn Abbos qabrida uchraydi.
Maqbarani shayx Sayid Olovuddinning shogirdi va muridi, naqshbandiya mazhabining taniqli namoyandasi so‘fi Amir Kulol (1380 yilda vafot etgan va Shahrisabzda Amir Temur tomonidan dafn qilingan) qurdirgan.

Nurullaboy saroyi



Xiva xonlari XVI asrdan XX asrgacha bir qancha saroylar, qabulxonalar, haramlar qurdirib, o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarni go‘yo avlodlarga ta’kidlab ko‘rsatayotganday tuyuladi.
Xivadagi Nurullaboy saroyi eng hashamatli, eng jozibali, eng ko‘rkam va maftunkorligi bilan boshqa saroylardan ajralib turadi. Ichan Qal’ada imoratlar soni ko‘payib, yangi-yangi bog‘–rog‘li joylar qurish imkoni kamaygach, Muhammad Rahimxon I o‘z o‘g‘illari Mahmud to‘ra, Muhammad to‘ralarga shaharning g‘arbiy tomonidan hovli joylar qurib beradi.
Sayid Muhammad to‘ra xon bo‘lgach, (1856 y) esa bu uylarga yaqin joyda bir ko‘rinishxona qurilishini vaziri Xasanmurod Qushbegiga topshiradi. Bayoniy va Ogahiylarnig yozishicha “Nurullaboy” nomi bilan mashhur bog‘dagi yangi imoratlarning kun chiqar tomonida qurilgan bu ko‘rinishxona juda chiroyli bo‘lib, unga Ogahiy shunday tarix aytgan: “Ko‘rinishxona u valo” (ulug‘ ko‘rinishxona) ushbu so‘zlardan abjad hisobi bo‘yicha hijriy 1276 melodiy 1859 yillar topildi. O‘z davrida ko‘rinishxonada yoz paytida ochiq havoda qabul marosimlari o‘tkazilgan.
Sayid Muhammadxondan keyin taxtga ko‘tarilgan o‘g‘li Muhammad Rahimxon II (1864-1910) xivalik savdogar boy Nurullaboydan bog‘ini sotishni so‘raydi. Shunda Nurullaboy xonga, u avvaldan xalq o‘rtasida bo‘lib kelgan «Nurullaboy bog‘i» nomini o‘zgartirmasa sotishini aytadi. Xon rozilik bildiradi va bog‘ni sotib oladi.
Shunday qilib «Nurullaboy» nomi saqlanib qoladi. Muhammad Rahimxon II Nurullaboy bog‘i ichida o‘g‘li Isfandiyorxon uchun katta bir saroy va haram (haram-xos joy, nomahramlar kiritilmaydigan joy, ichki hovli) qurdiradi

Muhammad Rahimxon II madrasasi - Xiva xonligi tarixi bo‘limi.



Mustaqilligimizning ilk yillarida, yaьni 1994 – yilda Muhammad Rahimxon II madrasasi qayta tamirlanib, shu yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Muhammad Rahimxon II “Feruz” ning 150 yillik to‘yiga to‘yona sifatida doimiy ko‘rgazma tashkil qilindi.
Madrasaning hovlisiga chiquvchi dahlizlari, o‘quv xonasi va qishgi masjidlari qaytadan ta’mirlanib, “Xiva xonligi tarixi” va madaniyatini ochib beruvchi ekspozitsiya ochildi. Ko‘rgazmada xonlikning davlat tuzilishi, madaniy xayoti, turmushiga doir 465 eksponat o‘rin olgan. Shulardan Xiva xonligining davlat ramzlari – bayroq, tangalar va oxirgi hukmdor xonlarning asl nusxa foto-suratlari, horijdan keltirilgan savdo buyumlari, xitoy va rus chinnisi, P.Mahmudning xind yigiti bilan kurash tushishi kartinasi va ko‘plab eksponatlar namoyishga qo‘yilgan.
Shu eksponatlarning ichida qiziqarli va chiroyli eksponatlar bu Paxlavon Mamud maqbarasining birinchi eshigi asl nusxasi (XIV asr) - va Xiva Xoni Asfandiyorxonning o‘g‘li, valiahd Temurg‘ozi To‘raga 1902 yilda Belgiyadan sovg‘a sifatida keltirilgan miltiq ayniqsa diqqatga sazovordir.
Bugungi kunda ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlarga, talabalarga sifatli ekskursiya xizmati ko‘rsatilmoqda. 2011 – 2012 yillarda madrasada qayta taьmirlash ishlari olib borildi. Bu yil madrasa peshtoqining koshinlari qaytadan ta’mirlanmoqda. Bo‘lim ilmiy xodimlari buyuk tariximizni yanada chuqurroq o‘rganib, kelajak avlodlarga uni kengroq darajada yoritib berish ustida tinmay ishlashmokda.
Umumiy foydali maydoni 135 kv.m.

Qozi Kalon madrasasi - «Xorazm musiqasi tarixi» bo‘limi



Ko‘rgazma Kozi-Kalon (1905 yil) madrasasida tashkil qilingan. Ko‘rgazmada Xorazm musiqa san’atining qadimgi davrlardan hozirgi kunimizgacha bosib o‘tgan tarixiy yo‘liga doir 352 buyum joylashgan. «Qozi-kalon» madrasasi 1905 yili Xiva xonining bosh qozisi – din, oila, meros va jinoiy ishlar masalalariga oid hukmlar chiqaruvchi davlat arbobi Muhammad Salim Oxund tomonidan qurilgan.
1993 yildan bu madrasada «Xorazm musiqa tarixi» muzeyi ish boshladi. Muzey ekspozitsiyasi eramizning birinchi asridan yigirma birinchi asrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Ko‘rgazmadagi eng qiziqarli eksponatlar: tanbur nota chizig‘i kitobi, qayroq, qo‘shnay, bulomon, chanqobuz, mangal, ko‘za, ibriq, arfa. «Qozi Kalon» madrasasida Ustoz san’atkorlarni hayoti va ijodi, Xorazm xalq teatri, Xorazm xalq Qo‘g‘irchoq teatri, Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatib turgan ashula va raqs ansambllari hayoti va ijodi, Xorazm musiqa tarixi mustaqillik yillarida ekspozitsiyalarini badiiy bezash maqsadida xonalarga oynali shkaf vitrinalar o‘rnatmoqda. Bo‘limda reekspozitsiya ishlari olib borilayotganligi sababli ko‘rgazmada turgan eksponatlar vaqtinchalik muzey fondiga topshirildi. Kerakli eksponatlar muzey fondidan olinib muzey zallari badiiy bezalmoqda.
Jumladan:
1. Islomdan oldingi musiqa madaniyati.
2. Markaziy Osiyolik musiqa nazariyotchilari.
3. Xorazmshoxlar davrida musiqa madaniyatining rivojlanishi.
4. XIX – XX asrlarda Xorazm musiqa madaniyatining rivojlanishi.
5. Xorazm milliy musiqa asboblari ko‘rgazmalari badiiy bezaldi.
6. Tashrif buyurayotgan sayyoxlarga namunali muzey xizmati ko‘rsatish maqsadida «Doston xalq etnografik ansambli» jalb qilinib mahalliy va chet ellik sayyohlarga mavsumiy, bepul kontsert ko‘rsatilmoqda.
7. Muzeyimiz yangi texnik jihozlar bilan ta’minlangan. Ular orqali kelayotgan sayyoxlarga qadimiy kuylar, qo‘shiqlar, filьm-kontsertlar ko‘rsatilib, eshittirilmoqda.
Bo‘lim ekspozitsiyasida jami 140 eksponat bo‘lib shulardan 81 tasi asosiy fondga, 59 tasi yordamchi fondga taaluqli. Kelajakda «Xorazm musiqa tarixi» doimiy ko‘rgazmasini yanada ko‘proq eksponatlar bilan boyitish rejalashtirilgan. Yoshlarni o‘z vataniga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini, voyaga etmagan yoshlarni va ularning ota onalarini ko‘proq «Xorazm musiqa tarixi» ko‘rgazmasiga jalb qilish ishlari doimo amalga oshirilmokda. 

«Taxt zali» intereri



Ushbu ko‘rgazma yilda Ko‘hna Ark saroyining «Ko‘rinishxona» qismida tashkil qilingan. Ko‘rgazmaning tematik-ekspozitsion rejasini tarix fanlari doktori K.Xudoybergenov tuzgan.
Ko‘rgazmada xonani jihozlash va qabul marosimiga doir bo‘lgan 39 eksponat joylashgan. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I zamonasida 1811 yilda ishlangan.
Hozirgi kunda Moskva shahrida «Qurol aslahalar» palatasida saqlanib kelinayotgan taxtning asl nusxasini surat va chizmalariga asoslanib qayta ishlangan taxt asosiy eksponat vazifasini bajarib kelmoqda.
Qurilish sanasi 1804-1806 yy
Maydoni : 27,8x26,9 m



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə