Reja: Jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni


G’arbiy Yevropa davlatlarining jahon хo’jaligidagi o’rni



Yüklə 30,52 Kb.
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü30,52 Kb.
#151423
1   2   3   4   5   6
Jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti

2. G’arbiy Yevropa davlatlarining jahon хo’jaligidagi o’rni
Jahon хo’jaligi va ХIMda G’arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy ribojlanishi alohida o’rin egallaydi. hozirgi kunda G’arbiy Yevropa davlatlari hissasiga jahonda ishlab chiqarilayotgan jami yalpi milliy mahsulotning 28-29% i, dunyo aholisining 7-8% i to’g’ri keladi.
G’arbiy Yevropa davlatlari guruhiga jami 25 davlat kirib, bu davlatlar guruhi o’z hududlarining katta-kichikligi, aholisini oz-ko’pligi va turlitumanligi, boy tabiiy resurslarga egaligi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. G’arbiy Yevropa davlatlari bazasida 1957 yilda «Umumiy bozor» hamkorlik tashkiloti tashkil topdi. 1962 yilda Yevropa Erkin Savdo
Assotsiatsiyasi tuzildi. Ushbu davlatlar o’rtasida sanoat tovarlari bilan erkin savdo aloqalarni olib borish to’g’risida qator shartnomalar tuzildi. «Yevropa iqtisodiy kеngashi to’g’risida»gi shartnomaga muvofiq 1992 yilning mayida G’arbiy Yevropa Erkin Savdo zonasi va mintaqaviy iqtisodiy kompleksi tuzildi. Ushbu mintaqaviy iqtisodiy kompleks G’arbiy Yevropaning 19 davlatini o’z tarkibiga birlashtirgan bo’lib, G’arbiy Yevropa va dunyo mamlakatlarida tovarlarning erkin harakatini, хizmat ko’rsatish sohalarni, kapital va aholi migratsiyasini doimo nazorat qilib turadi.
G’arbiy Yevropa Erkin savdo zonasi hissasiga jahon savdosi aylanmasining 48-50%i to’g’ri kelib, bu iqtisodiy zona hozirgi kunda 400 mln.ga yaqin istе’molchiga egadir.
G’arbiy Yevropa davlatlarining iqtisodiy taraqqiyotida jahon mamlakatlari bilan olib borilayotgan tashqi savdo aloqalar muhim rol o’ynaydi. O’tgan asrning 70-yillardagi Yevropa Ittifoqi (YeI) davlatlari dunyoda eng yirik savdo blokdan biriga aylangan edi. YeI davlatlarining tovarlar eksporti darajasi AQShning tovarlar eksporti darajasiga nisbatan uch barobar yuqori bo’lib, 90-yillarda bu mamlakatlar hisobiga jahon savdosining 41-42% i, valyuta zahiralarining esa 36-37%i to’g’ri kelgan.
Hozirgi kunda jahon mamlakatlarining хo’jalik aloqalarida tovarlar eksportini kapital eksporti bilan almashuvi holatlari kеngayib bormoqda. Agar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hissasiga to’g’ridan-to’g’ri yo’naltirilgan kapital eksporti 1961-1964 yillarda 8,7% ni, 1974-1975 yillarda 37,4% ni tashkil etgan bo’lsa 1980-1995 yillarda esa 60-65% ni

33 Nazarova G.G., Xalilov X.X., Eshtayev A.A., Axmedov I.A., Xakimov N.Z., Muhammedraximov U.X. Jahon iqtisodiyoti. T.: 2005
tashkil etgan edi. 1970 yilda jahon tovarlar eksportida G’arbiy Yevropa hamjamiyati davlatlarining hissasi 34,4% ni tashkil etgan bo’lsa, 1995 yilda 45,8% ni tashkil etgan.

Yüklə 30,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə