Reja: kirish asosiy qism simsiz lokal tarmoq texnologiyalari: o’tmish va kelajak


Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish



Yüklə 114,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix11.10.2023
ölçüsü114,95 Kb.
#126928
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
simsiz-tarmoq-texnalogiyalari

Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish
. Ushbu texnologiya Wi-Fi
(802.11a/b/g/n standartida) ishlab, bino ichida 45 metr uzoqlikda, 100 metr ochiq
joyda bemalol katta tezlikda stabil tarmoqqa ulanish imkonini beradi. Lekin katta
hududda sifatli tezlikni ta’minlash uchun esa juda ham ko’p Wi-Fi nuqtalari
o’rnatilishi lozim bo’ladi. Bu esa texnologiyaga bo’lgan harajatni oshishiga olib
keladi. Muammolardan yana biri shuki, abonent, yani foydalanuvchini bir
nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chganida, ma’lumot almashinish hamda ulanishda
to’xtovlar vujudga kelishidir.
Yuqorida ko’rib chiqilgan tarmoq texnologiyalari bugungi kunda qo’yilayotgan
yuqori o’tkazuvchanlik, ishonchlilik hamda mobillik darajalarini o’zida qizman
yohud to’liq aks ettira olgani bilan, narh bo’yicha bugungi operatorlarga to’g’ri
kelmaydi. Aynan ushbu muammoni simsiz texnologiyaning yangi avlodi bo’lmish
IEEE 802.16 standartli
Wi-MAX (Worldwide Interoperability for Microwave
Access
) texnologiyasi hal qilishi mumkin.
Wi-MAX texnologiyasini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida 1999-yilda Wi-
MAX-forumi ochildi va Wi-MAX texnologiyasiga quyidagi talablar qo’yildi:
1. Katta bo’lmagan hududlarga shu qatori ajratilgan rayonlar, chetki
(chetlashtirilgan) obyektlar Wi-MAX texnologiyasi asosida kommunikatsiya va
axborot xizmatlaridan foydalanishga ega bo’lishi, rivojlanayotgan davlatlardagi 1,5
million aholini shu hisob ichidan 100 ta odam ATs larga ulanmagan va yirik
shaharlar bilan simli aloqa orqali axborot, ma’lumot almashish sharoitiga ega
bo’lmagan aholini kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanish
imkoniyatini yaratish.


2. Wi-MAX texnologiyasi orqali yer kurrasidagi aholining teng yarmini
kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishga erishish.
Wi-MAX texnologiyasining asosiy maqsadlaridan biri universal simsiz aloqa
orqali katta hududlarga ishonchli, sifatli kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan
foydalanish sharoitini yaratish bo’ldi. Bu orqali Wi-MAX texnologiyasi quyidagi
farqlarga ega bo’ldi:
1. Simli aloqa va yo’ldoshli aloqa tizimlaridagi servis-provayderlarga iqtisodiy
tomondan effektivligini hal etish va bu orqali faqat potentsial abonentlarga
erishibgina qolmay, balki bir joydan foydalanuvchi, (statsionar) abonentlar sonini
oshirish bilan birga ularga kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishni
sifatli yo’lga qo’yish.
2. Simsiz aloqa tizimlari boshqa simli texnologiyalar bilan moslashuvchanligi.
Bu orqali simsiz aloqa maydonini kengaytirish (masshtablashtirish) imkoniyati
paydo bo’ladi.
3. O’rnatish, ulanish sodda arxitekturasi bu orqali unga ketadigan xarajatlarni
kamaytirilishiga olib keladi.
4. Radioaloqa tizimlarida aloqa qamrab olish hududi uzoqligi muhim
hisoblanadi. Hozirgi davrda yuqori maydonlarga mo’ljallangan ko’p simsiz aloqa
tarmoqlarida obyekt va tarmoq oralig’ida to’g’ridan-to’g’ri ko’rinishga ega bo’lishi
kerak.
5. Wi-MAX texnologiyasi tarkibida IP protokollari bo’lganligi sababli lokal va
korporativ tarmoqlarda qo’llanilishi mumkin.

Yüklə 114,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə