Reja: Kirish Fanning vazifasi Hozirgi vaqtda ijtimoiy pеdagogika faniga zaruriyat va uning ahamiyati Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti. Xorijda va o`zbеkistonda ijtimoiy pеdagogikaning rivojlanish tarixi


Kurs ishining amaliy va nazariy ahamiyati



Yüklə 58,01 Kb.
səhifə12/12
tarix27.07.2023
ölçüsü58,01 Kb.
#120040
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
п

Kurs ishining amaliy va nazariy ahamiyati: Mavzuning amaliy ahamiyati, ta`lim- tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyusiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb – xunarga yo‘naltirishda ijtimoiy-pedagoglarning ahamiyati yuqori darada ekanligidan iborat. Nazariy ahamiyati esa, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning muxim tizimlarini yaratish kabi chet el mutaxassislari tajribalarini o‘rganishdan iboratdir.

Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi holatlar talab etayotgan edi:


Birinchidan, bugungi kunda ta’lim va tarbiya maqsadi bilan uning ba’zi
natijalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish
yo‘llarini aniqlash zarurligi talab etilmoqda. Ushbu talab pedagogika olamiga
jamiyatdagi munosabatlar bilan shug‘ullanuvchi sotsiologiyani olib kirish zaruriyatiniuyg‘otdi. Chunki ongli xususiyatga ega bo‘lgan inson faoliyati, sotsiologiya faniningo‘ziga xos ob’ektini tashkil etadi. Har bir shaxsning jamiyatdagi o‘z o‘rnini, o‘zliginianglashi, hayotiy-axloqiy me’yorlarni o‘zida mujassam etishi jamiyatda shuma’naviy-axloqiy sifatlarni namoyon etib, ijtimoiy hayotimiz, zamonamiz bilanhamnafas yoshlarni tarbiyalashda Pedagogika va sotsiologiya fanlarining hamkorligialohida ahamiyat kasb etadi. Vaholanki ta’lim-tarbiyaning o‘zi ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayondir.
Ikkinchidan, ba’zi jamiyat a’zolarining ongidagi ma’naviy bo‘shliqning
ijtimoiy kelib chiqishi sababalrini aniqlash, ularni hal qilish mexanizmini yaratish
kabi yangi muammolarning yechimini topish uchun pedagogik va sotsiologik
tushunchalarning tutashligiga asoslangan yangi metodologiyani talab etmoqda. Inson shaxsini shakllantirishda undagi tabiiy (irsiy) va ijtimoiy xususiyatlarini, uning oliy nerv faoliyati imkoniyatlarini hisobga olib yondashmoq lozim. Inson organizmining biologik va sub’ektiv (shaxsiy tomonlari) asosida o‘z-o‘zini tarbiyaga olish, sharoitga moslashish, ma’lum ob’ektga yo‘naltirish qonunlarini bilish asosida uning tarbiyasini tashkil etish lozim. Shaxs shakllanishi jarayonida ichki va tashqi ta’sir imkoniyatlari o‘zaro omuxta qilish, tarbiya jarayonini yoshlar faoliyatining xususiyatlari, qzini anglash kabi muhim xususiyatlari asosida shaxsning erkinligi va g‘ururini paymolqilmasdan, demokratik, insonparvarlik va milliy tamoyillarga tayanib, ularda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish davr talabidir. Jamiyatga insonlar ongini, tafakkurini ijobiy tomonga o‘zgartirish ijtimoiy- ma’rifiy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib. Uni ilmiy jihatdan o‘rganish muhimdir. Pedagogika va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar o‘zbekistonlik olimlarning diqqat e’tiborini ham o‘ziga tortmoqda.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy munosabatlar va bunda
davlatning roli, axborotlar, ustoz-shogird munosabatlari, kadrlar muammolari,
yoshlarning ma’naviyatida ro‘y berayotgan zaiflikning sabablari, ularni aniqlash,
tekshirish, hal etish, ijtimoiy faollik kasbiy mahorat, shuningdek mustaqil
O‘zbekistonda kechayotgan ma’naviy va mafkuraviy islohatlarni, umuman, jamiyatni «pedagog so‘zi» bilan qrganish ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan bo‘lib hisoblanadi. Eng asosiysi, ijtimoiy hayotda shunday holatlar uchraydiki, bunda bolalar o‘smirlar, tarbiyachilar bunday og‘ir vaziyatda o‘zlariga ruhan malham bo‘ladigan sotsial pedagogning yordamiga muhtoj bo‘ladi. Demak, bugungi jamiyatimiz asoslariga sotsial psixolog bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogga bo‘lgan ehtiyoji ham sezilmoqda.
Hayotdan umid uzgan, o‘ziga ishonmaydigan, hayotiy muammolarni mustaqil
hal eta olmaydigan shaxslar insoniy yordam, tushunish, uning qayg‘usiga sherik
bqlishlarini kutadilar. O‘z so‘zi va faoliyati bilan shu kabi shaxslarda o‘ziga ishonch
uyg‘otish, o‘z imkoniyatlarini anglab yetishlariga yordam berish sotsial pedagogning asosiy vazifasidir. Ijtimoiy hayotimizdagi voqelikning insonlarga bo‘lgan ta’siri ularning ongida yuz berayotgan jarayonlar haqida bahs yuritadigan mazkur fan yo‘nalishi bugungi kunda ijtimoiy buyurtma sifatida vujudga kelmoqda.
Demak ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zarurat asosida
namoyon bo‘ldi.
Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya – bu bolalarning ijtimoiylashuvi
va bolalarga ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganuvchi
pedagogika fanining tarmog‘idir. Ya’ni tarbiya- bu nafaqat o‘quv muassasalari balki butun jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida o‘z ko‘rinishiga ega.
Ijtimoiy pedagogika – odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari
jarayoni davomida ularda hosil bo‘ladigan fikrlar, e’tiqodlar, g‘oyalar, qarashlar, histuyg‘ ular, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo‘ladigan xodisalarning pedagogik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berishijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifasidir.
Ijtimoiy pedagogika O‘zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda
ham uzoq va chuqur an’analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida
ijtimoiy pedagogika yutuqlari e’tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy-pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o‘z ichiga oladi. Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to‘plash ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan qamkorligi o‘zgardi. Shu asosda ijtimoiy muqitni pedagoglashtirish jarayoni intensiv tarzda rivojlanib bordi. Demak, ta’lim tarbiya bilan shug‘ullanuvchi fanlar va o‘quv muassasalaridan farqli o‘laroq ijtimoiy pedagogika ijtimoiy hayotimizning barcha jabxalari bilan bog‘liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Boboyev H., G‘afurov Z. O‘zbekistonda siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy ta’limotlar
taraqqiyoti. – T., 2001.
2. История педагогики и образования. От зарождения воспитания в
первобытного общества до конца XIX века (под ред. А.И. Паскунова). – М.:
Просвещение, 2004.
3. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: O‘zbekiston, 2000.
4. Saloydinov, S. Q. O. G. L. (2021). PAXTA TOZALASH ZAVODLARIDA
ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISHNING TEXNIK-IQTISODIY
MEXANIZMINI YARATISH. Academic research in educational sciences, 2(9),
886-889.
5. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in
ginneries.". Экономика и социум, 9(88), 147-149.
6. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане.
Экономика и социум", 12(91), 470-472.
7. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов.
"Экономика и социум", 12(91), 473-476.
8. Салойдинов, С. К. У. (2022). С ПАРОВОЙ ТУРБИНОЙ 471 МВт НА
ТАЛИМАРДЖАНСКОЙ ТЭЦ РАСЧЕТ ЭЛЕКТРИЧЕСКИХ РЕЖИМОВ ПРИ
МАКСИМАЛЬНОЙ ЗИМНЕЙ НАГРУЗКЕ. Central Asian Research Journal for
Interdisciplinary Studies (CARJIS), (Special issue), 116-121.
9. Сaлoйдинoв, С. К. Y. (2022). ИННOВAЦИOННOЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ
ПOЛYЧЕНИЯ БИOГAЗA. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary
Studies (CARJIS), 2(3), 280-285.
Yüklə 58,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə