Reja: kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatishda husnixat darslarining ahamiyati



Yüklə 154,29 Kb.
səhifə18/22
tarix27.05.2023
ölçüsü154,29 Kb.
#113427
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
f03a0def4cb07b8cb49461b69a2b1b55 BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI CHIROYLI YOZISHGA O’RGATISHDA HUSNIXAT DARSLARINING AHAMIYATI

variant: Mushuk, bobo, poliz, non, sichqon
« U kim? Bu nima? »
Stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo‘yiladi. 0‘qituvchi shu predmetlardan birortasini ta’ rifiaydi, о ‘ quvchilar shu belgilar asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar.
Bu o‘yinning afzallik tomoni shundaki, undan dars davomida о‘quvchilar diqqatini jamlash, qo‘llariga dam berish maqsadida yoki yangi tovushlar bilan tanishtirish, ona tili darslarida yangi mavzuni bayon qilish jarayonida ham foydalanish mumkin.
Bu о‘yin o‘quvchilarda ziyraklik, sinchikovlik sifatlarini va mustaqil fikrlash malakalarini shakllantirishga imkon beradi. Bun- dan tashqari, bu o‘yindan dam olish daqiqalarida ham unumli foyda­lanish mumkin.
variant: U shar shaklida. Uni katta-katta sportchilarimiz ham stadionlarda o‘ynaydilar. Yosh bolalar ham uni sevib o‘ynaydilar.
(Javob: «Koptok»)
variant: U barcha о‘quvchilar o‘rtog‘idir. Onalarimiz ham, otalarimiz ham uni juda yaxshi ko‘radilar.
(Javob: «Kitob»)
variant: U shunday narsaki, bizga vitaminlarga boy mevalar beradi. Xohlasak stol yoki stul ham bo‘lishi mumkin.
(Javob: «Daraxt»)
«Topag‘on»
0‘qituvchi biror belgi asosida savol beradi. О‘quvchilar shu belgini o‘ziga jam qilgan predmetlar nomlarini yozadilar, eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan o‘quvchilar g‘olib sanaladi.
Bu o‘yinni o‘tkazish o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqidagi dastlabki ma’lumotlar berish jarayonini yengilashtiriradi. Bundan tashqari ulaming so‘z boyligi ortib, ularda hozirjavoblik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlar shakllanadi.
variant: Savol: Nima oq rangda?
Javob: Qog‘oz, daftar, surp, bulut, parda, buvumning sochlari, qor.
variant: Savol: Nima yumshoq?
Javob: Non, xamir, yostiq, ko‘rpa, paxta.
variant: Savol: Nigora nima qilayapti?
Javob: Kitob o‘qiyapti, kir yuvayapti, qoshiq artayapti.
«Noto‘g‘ri jumla»
Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi. 0‘quvchini suratni tasvir- lab berishi asnosida suratlarga tegishli bo‘lmagan jumlalami ham ishlatadi. 0‘quvchilar ziyraklik bilan shu jumlalami topishlari lozim.
0‘quvchilardan bu о‘yin davomida ziyraklik, sinchkovlik, ku- zatuvchanlik va diqqat talab qilinadi. Ular suratni sinchkovlik bilan kuzatib turib o‘qituvchining hikoyasini ham diqqat bilan tinglab tu- radilar. Har bir noto‘g‘ri jumlani topa bilish ulaming o‘ziga bo‘lgan ishonchini va darsga qiziqishini orttiradi. Bu o‘yin-dan faqat ona tili darslarida emas, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham foydalanish mumkin.
variant (Manba. T.G‘afforova va b.q. «Ona tili», 1-sinf uchun darslik. 2009-y. 36-bet, 62-mashq.)
Hasan tuxumlami joyiga qo‘ydi. Bir necha kun o‘tdi. Nigora koptogini yo‘qotib qo‘ydi. Qaldirg‘och bola ochdi.
(Nigora matnda yo‘q.)
variant. (Manba shu darslik, 52-bet, 96-mashq.),
Bobomiz Amir Temur bog‘lar yaratgan.
Bog‘larning ichiga saroy, hovuz, favvora qurdirgan. Gulnora kitob o‘qib o‘tirgan edi. U yerlarda mevali daraxt, chinor, gul ek- tirgan.
(Javob: Gulnora haqidagi jumla matnga tegishli emas.)
variant: (Manba shu darslik, 60-bet, 109-mashq.)
Buxoro qadimiy va navqiron shahar. Shaharda Labihovuz, Ko‘kaldosh kabi yodgorliklar bor. Dildora a’lochi qiz. Sayohatchilar Shohrud arig‘i bo‘yida sayr qiladilar.
(Javob: Dildora haqidagi jumla matnga tegishli emas.)
So‘nggi yillarda pedagogika nazariyasiga boshqa sohalardan bir qator yangi tushunchalar kirib keldi. Bu esa pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqada ekanligidan dalolat beradi. Tushunchalaming aksariyati texnika va iqtisod sohalaridan kirib kelgan bo‘lib, aynan shu sohalar insoniyat fikrining rivojlanishiga asos bo‘lmoqda.
Bugungi kunda ta’limning iqtisodiyligi va takomillashganligi, o‘qituvchi va o‘rganuvchi aloqalari, texnika va texnologiyalar, ta’lim iqtisodi, o‘qitishni kompyuterlashtirish kabi muammolarda turli-tu- man fikrlar bildirilmoqda.
«Innovatsiya - yangilik» so‘zining qachon pay do bo‘lganligi aniq bo‘lmasa-da, bu tushuncha umumiy fanlarga tabiiy fanlardan kirib kelganligi haqida fikrlar mavjud. Bunday yangiliklaming aksa­riyati qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va tibbiyot sohalarida joriy etilardi. Pedagogik termin sifatida esa innovatsiya tushunchasi, yan­gi tushunchalardan biri bo‘lib, unga turli ta’riflar va fikrlar bildiril­moqda.
Innovatsiya jamiyat paydo bo‘lishidan boshlab o‘zgarib kelin- moqda. Ba’zi pedagoglar innovatsiya so‘zini tor ma’noda ta’limni takomillashtirish, zamonaviylashtirish desa, boshqalari unga kengroq ta’rif bermoqda. Ta’lim sohasidagi ayrim yangi tushunchalami, islo- hot, o‘qitishni zamonaviylashtirish, takomillashtirish, optimallashti- rish kabilar bilan almashtirmoqdalar. Ta’lim jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshiradigan innova­tsion usuldir.
Quyida shunday interaktiv metodlardan namunalar keltiramiz.
«Tarmoqlar» metodi (klaster)
Fikrlarning tarmoqlanishi - bu metod o‘quvchilami biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, o‘quvchilami mav- zuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikmi erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashga o‘rgatadi.
Bu metod biror mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilaming fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda ken- gaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mav­zuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilami shu mavzu bo‘yicha tasawurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Quyida biz 4-sinf ona tilidan «So‘z tukumlari» mavzusidagi takrorlash-umumlashtirish darsida fodalanish mumkin bo‘lgan klasterdan namuna sifatida misol keltiramiz:




Bu usul o‘quvchilami mustaqil fikrlashga undaydi, bilimlami o‘zlashtirishga mas’uliyat va qiziqishni tarbiyalaydi. 4-sinf ona tili darsida bu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin:
Buning uchun o‘qituvchi xattaxtani uch qismga bo‘ladi. Birinchi qismiga «Bilaman», ikkinchi qismiga «Bilishni xohlayman», uchin- chi qismiga «Bilib oldim» deb yozadi. Keyin o‘quvchilarga mu- rojaat qilib, kim «Ot so‘z turkumi» haqida nima bilishini so‘raydi va o‘quvchilar fikrini «Bilaman» ustuniga yozadi. Sinfda fikrlar tu- gagandan keyin o‘quvchilarga yana murojaat qilib, «Ot so‘z turku­mi» haqida yana nimalar bilishni xohlashlarini so‘raydi. 0‘quvchilar bergan savollami xattaxtaning «Bilishni xohlayman» qismiga yozadi. 0‘quvchilar savollari tugagandan keyin o‘qituvchi «Ot so‘z turkumi» haqida ma’lumotlar yozilgan, oldindan tayyorlangan matn- lami o‘quvchilarga tarqatib chiqadi. 0‘quvchilar matnlar bilan ta- nishib chiqqanlaridan keyin fikrlashga o‘tadilar, yangi ma’lumotlami bir-birlari bilan o‘rtoqlashadilar. 0‘qituvchi o‘quvchilardan «Ot so‘z turkumi» haqida yana qanday yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishganliklarini so‘raydi va «Bilib oldim» ustuniga yozadi. Keyin uchala ustunni umumlastirib, birgalikda xulosa qilinadi.

«Tarmoqlar» metodi (klaster)
juda uzoq o‘ylab o‘tiradigan o‘quvchi butun guruhga ajratilgan vaqt- ni sarflaydi. Shuningdek, o‘quvchi mashg‘ulotga tayyor bo‘lmasa, bunda ham u guruhga pand beradi, chunki guruh uning uchun ishla- shi kerak bo‘ladi;
- o‘quvchilar o‘z javoblarini ikki marta:yozma ish paytida va og‘zaki muhokama vaqtida tahlil qilib chiqishadi.
Rotatsiya (aylanma) metodi bilan fikrlarni ко‘rib chiqish
Bu metod mashg‘ulot mavzuini har bir kichik guruh alohida- alohida muhokama qilib chiqishi va yozganlarini butun guruh tahlil qilib ko‘rishi uchun qo‘llaniladi.
Har bir kichik guruh 30 daqiqa davomida 3 ta topshiriqni muhokama qiladi, keyin 15 daqiqa davomida esa, muhokama birga- likda o‘tkaziladi.
Sinfga tartib raqamlari bilan birga bir nechta topshiriq osib qo‘yiladi. Har bir kichik guruh (2-3 kishi) 10 daqiqa davomida muhokama qilib, o‘z javobining variantini yozib oladi-da, so‘ngra keyingi topshiriqqa o‘tadi va oxirigacha shunday qilib boradi.
Har bir guruh o‘ziga rangli flomaster oladi: 1-guruh- da ko‘k, 2-guruhda qora, 3-guruhda yashil flomaster bo‘ladi. Qo‘shimchalarni har kim har bir varaqqa o‘zining rangli flomasteri bilan yozib boradi, shunda uchchala guruhdan har birining ishtiroki yaqqol ko‘rinib turadi.
Topshiriqni 10 daqiqadan keyin almashtiriladi, 1-guruh 2-top- shiriqqa, 2-guruh 3-topshiriqqa, 3-guruh esa 1-topshiriqqa o‘tadi.
Guruh oldingi o‘quvchilar tomonidan yozib qo‘yilganlami o‘qiydi va o‘z javobi variantini yozib, to‘ldiradi, bunda variantning takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yana 10 daqiqadan keyin guruh keyingi topshiriqqa o‘tib, yozil- ganlami o‘qiydi va o‘z javoblari bilan to‘ldiradi.
Yana 15 daqiqadan keyin javoblar tahlil qilinib, muhokama o‘tkaziladi.
So‘ngra eng ma’qul javob tanlab olinib, daftarga yozib qo‘yiladi.
Bu metod mavzuni jamoa bo‘lib muhokama qilishni ko‘zda tutadi.
Har xil rangdagi flomasterlardan foydalanish yozilganlaming yaqqol ko‘rinib turishi va har qaysi guruhning javobdagi ishtiroki- ni baholash uchun qulay. Yozilgan javoblar tartib raqamlari bilan belgilab qo‘yiladi, bu - to‘g‘ri javoblami hisoblash uchun qulaydir. Javoblami hammadan ko‘p sonda yozgan kichik guruh eng yuqori ball oladi.
«Davra» metodi
0‘quvchilar davra qurib o‘tirib, taklif etilgan savolni galma- gal izohlab chiqishadi. Har bir o‘quvchi o‘z fikrini bayon qilib, muhokamaga foydali ulush qo‘shish imkoniga ega bo‘ladi, chunki barcha qatnashchilaming fikrini bilish muhim. Lekin qatnashchilar o‘z ixtiyori bilan navbatini o‘tkazib yuboradigan bo‘lsa, bu - ta- momila odatdagicha hoi. Ba’zan qanday bo‘lmasin biror savol yoki topshiriq davra bo‘ylab o‘tkaziladi va uni olgan o‘quvchi o‘z fikrini aytish huquqiga ega bo‘ladi.
Davra bo‘lib ishlashda hamma, jumladan, o‘qituvchi ham, teng huquqlidir; hamma bir-birini ko‘rib turishi, vizual aloqani qo‘llab- quwatlab borishi va shu bilan bir vaqtda so‘zlayotgan kishining gaplarini diqqat bilan tinglashi mumkin. Raundlardan ko‘pgina maqsadlarda, jumladan baho berish, muammoni hal qilish, ijo- biy mustahkamlash, davrani rejalashtirish, o‘tkazish uchun foy- dalansa bo‘ladi. Davrani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun ham­ma o‘quvchilar va boshlovchi bir-birini ko‘rib tura oladigan joy tayyorlash, ish tartibini tushuntirib berish zarur. So‘zga chiqmag- anlar diqqat bilan tinglab borishlari, aytilayotgan gaplarga izoh bermasliklari kerak, bunday qilish hattoki o‘qituvchiga ham rux- sat etilmaydi. Oxirida hammaga ulaming ishtirok etganliklari uchun tashakkur bildiriladi. Guruh bilan ishlashda davralar qoi- dalarini o‘quvchilarga tushuntirib qo‘yish zarur. Bunday o‘yinga o‘rganmagan guruh bilan ishlashni o‘qituvchi nimalar qilish kera- kligini o‘quvchiga tushuntirganidan keyin boshlashi lozim. Guruh
bir qadar tajribali boisa, davra mashqining kimdan boshlanishi ahamiyatga ega emas.
Davraiardan o‘quv mashg‘ulotining boshi yoki oxirida foydalanish mumkin.

Yüklə 154,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə