Reja: kirish. Jizzax viloyati toponimlari haqida batafsil ma'lumot 2


Jizzax viloyati oronimlari va gidronimlari



Yüklə 64 Kb.
səhifə2/3
tarix07.06.2023
ölçüsü64 Kb.
#115951
1   2   3
Jizzax viloyati. Javohir

2.Jizzax viloyati oronimlari va gidronimlari
Shu sababdan viloyatning tog'li hududlarida oronim yoki gidronim sifatida shakllangan nomlarning oykonimga o'tishi ko'proq kuzatiladi. Bunday joy nomlari tarkibida tosh, tog', bel, dovon, ag'ba. chaqir. tangi, soy, buloq, chashma, quduq kabigeografik terminlar ko'p uchraydi. Suv havzalari nafaqat cho'l, balki tog' oldi va tog'li hududlarda ham muhim ahamiyat kasb etgan. Ular inson faoliyati va hayotida katta ijtimoiy, moddiy ahamiyatga ega bo'lganligi bois tog'li hududlardagi aholi punktlari nomlari orasida azaldan alohida maqomga ega.Gidroobyektlarning mahalliy aholi hayotida naqadar muhim ahamiyat kasb etganligini Varg'in, Band, Darg'at. G'o'lba, Koriz kabi aholi punktlari nomidan ham ilg'ab olish mumkin. Masalan, Varg' - qadimiy sug'd tilida «to'g'on», «band» ma'nosini ifodalagan. Qishloq - to'g'on, band yonida jovlashganligi sababli unga shunday nom berilgan. Viloyatda boshqa hududlarda kam uchraydigan va joy nomining turidan darak beruvchi baraz — (Takabaraz), beles - (Belesmozor), zayak - (Oqzayak), aydar - (Aydarko'l), zov - (Zovqo'ton), tangi - (Chortangi), chag'at - (Qizilchag'at), jo 'n a - (Suluvjo‘na). g 'o 'l - (Jillig'o'li) kabi indikator terminlar mavjud.Viloyat toponimiyasiga aloqador bo'lgan eng qadimiy ma'lumotlar ikki ming yildan ko'proq tarixga ega bo'lgan yozma manbalarda uchraydi. Viloyatdagi tarixiy toponimlarining shakllanishida sharqiy eroniy tillar (so‘g'dcha. fors-tojik) muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi kunda viloyat toponimiyasida turkiy (o'zbekcha) qatlam alohida o'ringa ega. U barcha avvalgi toponomik qatlamlar ustida joylashganligi, eng baquvvat qatlam ekanligi va hududning hamma joyida keng tarqalganligi bilan alohida ajralib turadi.Viloyat hozirgacha aniqlangan joy nomlarining eng quyi qatlami milodiy yilning boshlariga to'g'ri keladi. Ular qatoriga (Baxmal), Andagin, Porasht (Forish), Naxrach (G'allaorol) kabi maxsus etimologik tadqiqotlarni talab qiladigan substrat nomlarni kiritsa bo'ladi. Qadimiy so'g'd tiliga mansub bu nomlar, ko'pincha asl holda yoki qisman trasformatsiyalashib bizgacha yetib kelgan.Viloyatda ruscha nomlarning paydo bo'lishi XIX asrning oxirida Rossiya tamonidan O'rta Osiyoni bosib olishi bilan bog'liq. O'sha davrda chor hukumati qarori bilan temir y o ‘l o'tkazilgan va temir yo'l stansiyalarga Obruchevo (Dashtobod),Lomakino (Zarbdor), Milyutinskava (G'allaorol), Bogarnoye (Lalmikor) kabi rasmiy nomiar bo'lgan. Sobiq Sho'rolar davrida viloyatda tub joy xalqqa yot bo'lgan. o'zga tilning qonunqoidalariga asoslangan Rassvet. Parts'ezd, Ulyanovo. Kommuna. Ivanovskiy kabi “qizil" nomiar ko'paydi.O'tgan asrning yetmishinchi yillarida Jizzax cho'li o'zlashtirildi va ko'plab yangi geografik obyektlar paydo bo'ldi. Ularga hukmron mafkura va siyosat ta’sirida kommunistlar partiya va Sho'rolar hokimiyatini tarannum etuvchi nomiar berildi. Kommunizm, Lenin. Marks, Engels. Oktabr kabi nomiar ko'payib ketdi. O 'sha vaqtda yangi tashkil qilingan Arnasoy tumani hududidagi bareha aholi punktlariga sobiq Sho'ro davlatining harbiy sarkardalari nomlari (Jukov, Timoshenko. Grechko, Rokossovskiy, Konev, Vasilevskiy va boshq.) berildi.Mustaqillik davriga kelib geografik obyektlarga davr talabini aks ettiradigan, xalqona, oddiy. sodda hamma uchun tushunarli bo'lgan nomlar berildi yoki ularning tarixiy nomlari qayta tiklandi.Jizzax viloyatining 1:100 000 masshtabli topografik kartasidan 366 ta oronim va gidronim o'rganildi. Tadqiqot natijalari bo'yieha, viloyat gidronimlarining 20 % i “soy”, 9 % i “quduq”, 3 % i “buloq” terminlari yordamida paydo bo'lgan. Oronimlar orasida "tog'”, "tepa”. "jar" topoteminlari ko'p uchraydi.Tadqiqotlar shuni ko'satadiki. joy dengiz sathidan balandlashgan sari tabiiy xususiyatlar bilan bog'liq nomlar soni ortib boradi. Demak, toponimlarning shakllanishiga joyning dengiz sathidan mutlaq balandligi ancha ta' sir ko'rsatadi. Ma’lumki, balandlik oshgan sari relef shakllari, gidrografik to'r, joyning o'ziga xos hayvonot dunyosi va o'simliklarining turlitumanligi ham ortadi. Bu hoi tabiiy xususiyatlar bilan bog'liq toponimlar salmog'ining ortishiga ham olib keladi.Umuman olganda, Jizzax viloyati toponimiyasi boshqa mintaqalarga nisbatan oraliq maqeini egallaydi. Mavjud mahalliy shevalar toponimiyada ham o 'z aksini topgan. Viloyatda boshqa hududlarda kam uchraydigan yoki uchramavdigan, joy nomining turidan darak beruvchi mahalliy indikator terminlar ko'p. Viloyatda o'zbekcha toponimlar barcha avvalgi toponimik qatlamlarning ustida joylashgan. hudud bo'ylab keng tarqalgan, eng baquvvat qatlam hisoblanadi.

Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə