Reja: kirish. Jizzax viloyati toponimlari haqida batafsil ma'lumot 2


Jizzax shahri toponimining kelib chiqish tarixi



Yüklə 64 Kb.
səhifə3/3
tarix07.06.2023
ölçüsü64 Kb.
#115951
1   2   3
Jizzax viloyati. Javohir

3.Jizzax shahri toponimining kelib chiqish tarixi
Jizzax - O'rta Osiyodagi qadimiy shaharlardan biri. Shahar Sangzor daryosi bo'yida joylashgan. Jizzax shahri VII asrdan buyon m a’lum. arablar kelmasdan oldin o'z ahamiyati jihatidan Ustrushonaning eng yirik shaharlaridan biri bo'lgan. Yunon solnomachilari Kiropol va Gazo shaharlarini alohida tilga olishgan. Arxeologlar olimlar Gazo shahri Samarqand va Toshkent oralig'ida joylashganligini ta'kidlashgan. Olimlar Gazoni qadimiy Jizzax deb taxmin qiladilar.Jizzax kichik qal'a sifatida bir necha qadimiy karvon yo'lining tutashgan joyida vujudga kelgan. Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, Jizzax vohasidagi ilk qadimiy shahar, hozirgi Jizzax shahrining sharqiy qismida joylashgan Qaliyatepa o'rnida miloddan avvalgi III-II asrlarda shakllangan. Milodning boshida, taxminan ikki ming yil avval shaharning umumiy maydoni 50 gektarga yetgan, shahriston, ark qudratli mudofaa devorlari bilano'rab olingan, uning atrofida suv toidirilib q o ’yilgan muhofaza xandaqlari bunyod etilgan. Arab istilosi natijasida, ya'ni VIIIasrning ikkinchi yarimida qadimgi Jizzax vayron etiladi.Kcyinchalik shahar hayoti Qaliyatepadan 6 km shimoli-g'arbda joylashgan hozirgi O ’rdadeb nomlangan tepaga ko'chib o'tadi.Jizzax yozma manbalarda ilk bor islom dunyosi geograf olimlari va sayyohlaridan Ibn Havkal, Muqaddasiy, Yoqut Hamaviy asarlarida Ustrushonaning Faknon viloyatidagi shahar deb tilga olingan. Shahar IX-X asrlarda Somoniylar, XI-XIII asrlarda Qoraxoniylar. X1V-XV asrlarda Temuriylar davlati. keyinchalik Buxoro amirligi tarkibiga kiritilgan. Shahar bir necha marta inqirozga uchrab, yana qayta tiklangan. Amir Temur va Temuriylar davrida Jizzax yana ham obodonlashib. savdo - sotiq va strategik ahamiyatni kasb eta boshlagan.XIX asrning 60-yillarida. ya'ni Rossiya istilosi arafasida Jizzax (O'rda) 100 gektarga yaqin maydonni egallagan, ikki qator mudofaa devorlariga ega, Buxoro amirligi tasaruffidagi Jizzax hokimining ma'muriy markazi. harbiylashgan qal’a-shahar hisoblangan. Rossiya istilosidan keyin, Turkiston generalgubernatorligiga qo'shib olingan Jizzax shahri yangi tashkil topgan Jizzax uyezdining markaziga aylangan.Nom davr. zamon. ijtimoiy ehtiyoj mahsuli. Nom paydo bo'lgan davr tarixini yaxshi bilmasdan, uning zamiridagi ma'noni anglash qiyin. Bu uchun kamida nomlashga asos bo'lgan ijtimoiy, madaniy, lisoniy omillarni aniqlab olish zarur. Joy nomlangan paytlarda uning ma'nosi va nomlanish sabablari shu nomni qo'ygan aholiga aniq ma'lum boMgan. Qadimgi Buyuk Ipak yo'li chorrahasida joylashgan hozirgi Jizzax shahri, muhim strategik ahamiyatga ega kichik bir qal’a sifatida ilk o'rta asrlarda paydo bo‘lgan va dastlab Dizak deb nomlangani ham shu fikrni tasdiqlaydi.Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» sida Jizzaxni «Dizak» deb ta'riflab, shahar to‘g'risida shunday yozgan: «Semiz etlar va mayda etmaklar arzon. chuchuk qovunlar va yaxshi uzumlar farovon». Jizzax oykonimining kelib chiqishi to cg ‘risida turli fikr va mulohazalar mavjud. Masalan, H.Hasanov yozishicha,Jizzax qadimda Dizak deb atalgan. M a'nosi -diz - qadimgi so‘g ‘d tilida «qal'a, istehkom, qo'rg'on», -ak esa kichkina, ya'ni kichraytirish affiksi, bizdagi -cha qo'shimchasiga to'g'ri keladi. Dizak - «qafacha» degan m a ’noni beradi. Dizak so'zini Jizzax shakliga o'zgarishini S.Qorayev «z. d. j- tovushlarining o'zaro almashishi va munosabati toponimiyada katta ahamiyatga ega. Dizak nomining Jizzax shaklini olishi ham shu qonuniyat mahsulidir». degan xulosaga kelgan.

Xulosa
Hozirgi O’zbekiston hududida islomgacha va islom dini tarqalgan dastlabki asrlardagi tarixiy yozma manbalardan ma’lum bo’lishicha, ushbu hududda kelib chiqishi turkiy bo’lgan nomlar keng tarqalgan.va mintaqa toponimiyasining salmoqli qismini tashkil etgan. Bundan tashqari so’ngi asrlar yozma manbalarda va hozirgi davrdagi mintaqa turkiy toponimiyasi tarkibida kelib chiqishi qadimgi turkiy tillar bilan bog’liq bo’lgan toponimlar ham ko’pligini tasdiqlaydi. Ushbu nomlar ilk o’rta asrlardagi tarixiy yozma manbalarida qayd qilinmagan bo’lsa ham, ammo ular qadimgi turkiy tillar negizida shakllanganligini inobatga olib, turkiy toponimlar mintaqa toponimiyasida ancha qadimgi davrlarda paydo bo’lgan degan xulosaga kelish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, yuqorida bayon qilingan etimologiyalar uzul - kesil o’z yechimini topgan deyish qiyin. Ammo, shubhasiz kelajakda O’zbekiston, jumladan Jizzax viloyati qadimgi turkiy toponimiyasini tadqiq etish jarayonida muayyan qo’shimchalar, o’zgartirishlar kiritiladi va taklif qilingan etimologiyalar o’z tasdig’ini topadi. Shu bilan birga qayd qilish kerakki, hali ma’no-mazmuni aniqlanmagan yoki mavhum bo’lgan geografik nomlar mintaqa toponimiyasi tarkibida ko’plab topiladi. Ular kelajakda tadqiqotchilar tomonidan turkiy tillar asosida har tomonlama o’rganilib etimologiyasi aniqlanadi. Mintaqa toponimiyasi tarkibidagi ayrim genezisi aniqlamnmagan, shubhali, bahstalab toponimlarni hisobga olmagan taqdirda ham, son jihatdan turkiy toponimlar katta ustunlikga ega ekanligi hyech kimda shubha tug’dirmaydi.
Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə