Reja: kirish maktabgacha ta’lim pedagogikasi predmeti



Yüklə 16,83 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix12.12.2023
ölçüsü16,83 Kb.
#148617
Maktabgacha ta\'lim-tarbiyani tashkil etish fanining predmeti va asosi




REJA:
1. KIRISH
2.MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGIKASI PREDMETI
3.MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGIKASI VAZIFALARI
4.XULOSA


Kirish
Наг bir ota-ona o‘z farzandini eng bilimdon, yuksak ma’rifatli, mahoratli, ijodkor tarbiyachi
tarbiyasiga berishni istaydi. Maktab- gacha ta’lim pedagogikasi bo‘lajak tarbiyachilarga talabalik dav-
ridan boshlab, maktabgacha ta’limning asl mohiyati bola va tarbiya- chining hamkorlik faoliyati
ekanligini, bola tarbiyasining maqsadini, bola ruhiyatini rivojlantirish qoidalariga amal qilishni o‘rgatadi.
O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun tarbiyachi maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanini chuqur
egallashi lozim.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi o‘quv-tarbiya faoliyatini tash- kil qilish vosita va usullarini
o‘quv-tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uning yechimini to‘g‘ri hal qila bilish, inno-
vatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarning to‘g‘ri yechimini topishga yo‘naltiradi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi,
uni pedagogik ja- rayonda o‘rganadi. Ushbu fan bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim muas-
sasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan o‘quv qo'llanmada maktabgacha
pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratildi



MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGIKASINING PREDMETI
Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, xalqimiz- ning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat,
ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini
muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki insonning ma’rifatli va
ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. Pedagogika yunoncha so‘z bomib,
«bola yetaklovchi» ma’nosini bildiradi. Insonning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka muno- sabatini o‘zgartirib borishi
natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi.
Abdulla Avloniy tar- biyachiga alohida e’tibor berib: «tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat,
yo falokat masalasidir»1, degan edi. Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni maktabga borgunigacha bb‘lgan davrda har
tomonlama yetuk barkamol qilib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining mavzuyidir.
U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiya- viy ta’sir ko'rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va
maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalami maktabda o‘qishga tayyor- lashni ta’minlab, maktabgacha tarbiya sharoitida
tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metod- larini, shakllarini va uni tashkil etishni
ishlab chiqdi. Bu fanning predmeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga suyangan holda faoliyat yuritish.


Maktabgacha ta’lim pedagogikasining vazifasi
1.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasining ta’lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish;
2.
Ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullarni axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish;
3.
Bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy sog'ligini ta’miniashda o‘qituvchi-tarbiyachi mahorati. Maktabgacha ta’lim
pedagogikasi nazariyasi va amaliyotming maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishda
bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan
bog‘lab olib bo- rishning zarurligi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhit- ning hal qiluvchi ahamiyatga
egaligiga asoslanadi. Maktabgacha pedagogikaning vazifalari:
4.
Maktabgacha ta’lim sohasidagi pedagogik muammolarni hal qilish;
5.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’lim olish ehtiyojini, o‘qishga qiziqish, kitob o‘qish, maktabga borish
hissiyotini shakllantirish;
6.
bolalar tarbiyasida mustaqil va erkin fikrlashga o‘rgatuvchi ilg‘or metodlarni qo‘llash;
7.
Bolalarga yuksak odob, ma’naviy-axloqiy tushunchalarni mentalitetimiz asosida o‘rgatish.


Xulosa
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini o'rganadi. Bu esa maktabgacha
ta’lim muassasalari ishini takomil- lashtirishga yordam beradi. Pedagogika fani tarbiyani pedagogik
hodisa sifatida o‘rganib, bir qator tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta’lim,
ma’lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.
Tarbiya
- pedagogik hodisa bo‘lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasini, ma- laka va
ko'nikmalarni maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib borish va uning natijasida
har tomonlama shakllangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi.
O‘qitish
-pedagogik faoliyat bo‘lib, u bilim, ko‘nikma va malakalarni bolalarga singdirish,
ularning bilim va amaliy faoliyatiga rahbarlikqilishdir.
O‘qish
-o‘quvchining bilim, malaka, ko'nikmalarni egallashdagi amaliy faoliyatidir.U
o‘quvchilaming-har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi


Yüklə 16,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə