Reja: Kirish. Prokuratura faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari Prokuratura organlarining tizimi va tuzilishi


Prokuratura organlarining tizimi va tuzilishi



Yüklə 23,47 Kb.
səhifə2/3
tarix26.06.2022
ölçüsü23,47 Kb.
#90133
1   2   3
prokratura

Prokuratura organlarining tizimi va tuzilishi.
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar, tumanlararo va boshqa hududiy prokuraturalardan iboratdir. Unga, shuningdek, transport, harbiy, tabiat muhofazasi prokuraturalari va boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalar ham kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunning 18-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashishi departamenti tashkil etildi. Departamentga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Departamentni hamda uning joylardagi bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tarkibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan viloyatlar va tumanlar prokuraturalariga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalar, tuman prokuraturalariga ega bo‘lgan shaharlarda esa, tuman prokuraturalari bo‘ysunadigan shahar prokuraturalari tuzilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tuziladigan transport, tabiat muhofazasi prokuraturalari, boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalar viloyatlar, tumanlar prokuraturalari, tumanlararo prokuraturalari yoki shahar prokuraturalari vakolati bilan faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi ichki qo‘shinlari va FVV bo‘linmalari harbiy prokuraturasini tashkil etish va uning ish tartibi «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonun, boshqa qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining harbiy prokuraturasi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. Jumladan, 1993 yil 7 mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining harbiy prokuraturasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, harbiy prokuratura «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara turib, o‘z faoliyatini Qurolli Kuchlar, chegara va ichki qo‘shinlarda, qorovul qo‘shinlarida, shuningdek FVV bo‘linmalarida qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga qaratadi. U quyidagilarni muhofaza qiladi:
– harbiy xizmatchilar, harbiy quruvchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, ularning oila-a’zolari va Qurolli Kuchlar ichki qo‘shinlar qo‘shinlari va FVV bo‘linmalari xizmatchilarining, shuningdek, boshqa fuqarolarning huquq va erkinliklarini;
– O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligini, Qurolli Kuchlarning, chegara qo‘shinlari, ichki qo‘shinlarning va qorovul qo‘shinlarining hamda FVV bo‘linmalarining harbiy qobiliyati va harbiy tayyorgarligini, harbiy intizom va harbiy xizmatni o‘tashning belgilangan tartibini;
harbiy qismlar, Qurolli Kuchlarning muassasalari, harbiy o‘quv yurti, korxonalari va tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini. Harbiy prokuratura o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi asosiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi:
a) barcha harbiy boshqaruv organlari, harbiy qismlar, harbiy o‘quv yurtlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, ichki qo‘shinlar va FVV bo‘linmalarining komandirlari, boshliqlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan, harbiy chaqiruvdagilar, shuningdek, Qurolli Kuchlar, ichki qo‘shinlar va FVV bo‘linmalarining ishchilari va xizmatchilari tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish paytida qonunlarga, nizomlarga va boshqa harbiy qonun hujjatlariga amal qilinishini nazorat qilish;
b) Qurolli Kuchlardagi surishtiruv, harbiy prokuratura tergovchilari organlari, shuningdek, MXX surishtiruv organlari, tergovchilari tomonidan harbiy sudlarga taalluqli jinoiy ishlarni tergov qilish paytida qonunlarga amal qilinishini nazorat qilish;
v) sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish paytida ishtirok etish va sud ishlari to‘g‘risidagi qonunlarning bajarilishini nazorat qilish;
g) gauptvaxtalar, shuningdek, hibsga olinganlarni va qamalgan harbiy
quruvchilarni saqlashning boshqa muassasalarida, intizomiy qismlarda hamda harbiy qismlarda harbiy sudlar belgilangan jazolarni o‘tashda qonunlar va harbiy nizomlarga amal qilinishini nazorat qilish.
Harbiy prokuratura Qurolli Kuchlarda, chegara qo‘shinlari, qorovul qo‘shinlari hamda FVV bo‘linmalarida jinoyatlarga va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurash bo‘yicha qonunlarning ijrosini nazorat qiladi. Uning zimmasiga jinoiy ishlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirish, jinoyat qilganlarni javobgarlikka tortish, jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, ularning sabablari va sharoitlarini tugatish yuklangan. 
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchilik qiladi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan, keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tasdig‘idan o‘tadigan birinchi o‘rinbosariga, o‘rinbosarlarga ega. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasida Bosh prokuror (rais), uning
birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, O‘zbekiston Respublikasining harbiy prokurori, prokuratura idoralarining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi. Respublika prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlar tuzilib, ularda katta prokurorlar va prokurorlar bo‘ladi. Bosh prokuror katta yordamchilar, maxsus topshiriq bo‘yicha yordamchilar va yordamchilarga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlarini, boshliq o‘rinbosarlarini, Bosh prokurorning katta yordamchilarini, maxsus topshiriq bo‘yicha yordamchilari va yordamchilarini, boshqarmalar va bo‘limlarning katta
prokurorlari hamda prokurorlarini, O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilari va katta tergovchilarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori boshchilik qiladi, uning Bosh prokuror tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori (rais), uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va prokuratura idoralarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori tasdiqlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida boshqarmalar va bo‘limlar tuziladi. Boshqarma va bo‘limlarning boshliqlari, respublika prokurorining katta yordamchilari O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining roziligiga binoan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining yordamchilari, boshqarmalar va bo‘limlarning katta prokurorlari hamda prokurorlari, alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar va katta tergovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalariga, ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar boshchilik qiladilar. Ularning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari bo‘ladi. Viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalarida, ularga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalarda prokuraturaga boshchilik qiladigan prokuror (rais), uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va
prokuratura idoralarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atlarning shaxsiy tarkibini tegishli prokurorlarning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tasdiqlaydi. Viloyatlar, Toshkent shahri prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalarda boshqarmalar va bo‘limlar tuzilib, ularning boshliqlari, shuningdek, katta yordamchilar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan
ozod qilinadilar. Boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlarining o‘rinbosarlari,
yordamchilar, katta prokurorlar, alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar tegishli prokuror tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Shaharlar va tumanlarning prokuraturalariga, shuningdek, ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar boshchilik qiladilar. Ular o‘rinbosarlar, katta yordamchilar, yordamchilarga ega bo‘lishi mumkin. Prokuraturalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tayinlaydigan va lavozimdan ozod qiladigan katta tergovchilar va tergovchilar xizmat qiladilar.
Harbiy prokuratura, tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi (Orol dengizi bo‘yicha) va transport prokuraturasi, shuningdek, maxsus prokuratura (jazoni ijro etish muassasalarining qonunlarga rioya etishlarini nazorat qilish bo‘yicha) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Bosh prokuror tomonidan rahbarlik qilinadigan yagona va markazlashgan prokuratura tizimiga kiradi, bunda quyi turuvchi prokurorlar yuqori prokurorlarga bo‘ysunadi. Masalan, harbiy prokuratura O‘zbekiston harbiy prokuraturasi, garnizonlar, okruglar va ularga tenglashtirilgan tuman (shahar) prokuraturalaridan tashkil topgan. Harbiy prokuratura o‘z vakolatlarini har qanday mahalliy va harbiy organlardan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Harbiy prokuror O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi. Garnizonlar prokurorlari va okruglarning prokurorlari hamda ularga
tenglashtirilgan prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurorlarining taqdimiga binoan, Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod qilinadi. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha prokurorlarning vakolati muddati – besh yil.
O‘zbekiston Respublikasi «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonuni prokuratura organlariga quyidagi vakolatlarni bergan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakatimiz barcha prokuratura idoralarining faoliyatiga rahbarlik va nazoratni amalga oshiradi, barcha prokuratura xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar chiqaradi. Uning tergov ishlariga doir
masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalari barcha tergov idoralarining ijrosi uchun majburiydir. Uning buyruqlari va boshqa hujjatlari Konstitutsiya hamda o‘zga qonunlarga mos kelmaganda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Bosh prokurorning o‘zi tomonidan ham), bekor qilinishi mumkin.

Yüklə 23,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə