Reja: Kirish. Prokuratura faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari Prokuratura organlarining tizimi va tuzilishi



Yüklə 23,47 Kb.
səhifə3/3
tarix26.06.2022
ölçüsü23,47 Kb.
#90133
1   2   3
prokratura

Prokuror nazorati sohalari
Prokuror nazoratining quyidagi sohalari mavjud:
– qonunlar ijrosi ustidan nazorat;
– fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ketidan nazorat;
– jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarini ijro etilishi ustidan nazorat;
– ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida jinoiy jazolarni va jinoyat huquqiy ta’sirining boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat;
Quyidagilar umumiy nazorat predmetiga kiradi:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, harbiy qismlar, jamoat tashkilotlari, partiyalar va harakatlar, mansabdor shaxslar qonunlarni bajarayotganligi, shuningdek, ular chiqarayotgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiqligi;
– shaxsning daxlsizligi to‘g‘risidagi, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquq va erkinliklari to‘g‘risidagi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishi;
– iqtisodiy munosabatlarga, atrof-muhitni muhofaza qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatga doir qonunlarga rioya etilishi;
– fuqarolarning qonunlarga rioya etishlari.
Prokuror aralashuvini talab qiladigan qonun buzilish hollari haqida arizalar yoki boshqa ma’lumotlar tushganda, shuningdek, yetarli asoslar bo‘lganda ham prokuror o‘z tashabbusi bilan qonunlar ijrosining tekshiruvlarini o‘tkazadi. Prokurorning xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatga bevosita aralashuviga, shuningdek, idoraviy boshqaruv va nazorat organlari faoliyatini amalga oshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Prokuror o‘z vakolati doirasida nazoratni amalga oshirish chog‘ida quyidagilarga haqlidir:
– xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning, tobeligidan, kimga qarashli ekanligidan va mulkchilikning shaklidan qat’i nazar, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, va birlashmalarning, harbiy qismlar, jamoat birlashmalarining hududi va binolariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni olib ko‘rishga;
– tekshirish uchun zarur bo‘ladigan qarorlar, farmoyishlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni talab qilib olishga, qonuniylikning ahvoli to‘g‘risida va uni ta’minlashga doir chora-tadbirlar haqida ma’lumotlarni olishga;
– davlat idoralari, harbiy qismlarning rahbarlari va mansabdor shaxslardan o‘z nazorati ostidagi hamda o‘z bo‘ysunuvidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish va taftish etishni tekshirishlar, idoraviy va noidoraviy ekspertizalar o‘tkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga;
– mansabdor shaxslar va fuqarolarni chaqirtirib, ulardan qonunlar buzilganligiga doir og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga.
Bunday qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda, prokuror yoki uning o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
– vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning, muassasalarning, korxonalar va tashkilotlar, hokimlar, harbiy qismlar va jamoat birlashmalari hujjatlariga, shuningdek, mansabdor shaxslarning qarorlari va xatti-harakatlariga nisbatan protest keltirishga;
– qonunda belgilangan tartibda jinoiy ishlar, intizomiy ishlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlar qo‘zg‘atishga, ko‘rib chiqishi uchun materiallarni jamoatchilik muhokamasiga topshirishga;
– qonunni ochiqdan-ochiq buzish hollariga chek qo‘yish to‘g‘risida buyruq berishga;
– qonunning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik xususida mansabdor shaxslar va fuqarolarni yozma ravishda ogohlantirishga;
– davlat idoralari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslarga qonunbuzarlik hollarini, shuningdek, qonun buzilishining sabablari va bunga yo‘l ochib bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga;
– fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida sudlar yoki xo‘jalik sudlariga ariza bilan murojaat etishga;
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, prokurorlik nazorati amalga oshirilmaydigan davlat idoralari va jamoat birlashmalarining normativ hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos emasligi xususida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat etishga. Prokuror yoki uning o‘rinbosari qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatga nisbatan ana shu hujjatni chiqargan idoraga yoki yuqori turuvchi idoraga protest keltiradi. Bu protest topshirilgan vaqtdan boshlab ko‘pi bilan o‘n kunlik muddat ichida qarab chiqilishi shart. Qonuniylik buzilganligiga tezda barham berish talab qilingan favqulodda holatlarda prokuror protestni qarab chiqishning qisqartirlgan muddatini belgilashga
haqlidir. Protestni qarab chiqish natijalari to‘g‘risida prokurorga uch kun muhlat ichida yozma ravishda ma’lum qilinadi. Protest kollegial idora tomonidan qarab chiqilgan taqdirda majlis bo‘ladigan kun prokurorga ma’lum qilinadi. U protestni ko‘rib chiqishda ishtirok etishga haqlidir. Protest g‘ayriqonuniy huquqiy hujjat chiqargan idora yoki yuqori turuvchi idora tomonidan rad etilgan taqdirda, shuningdek, protest qonunda belgilangan muddat ichida qarab chiqilmagan taqdirda, prokuror tegishli sudga ana shu hujjatni g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Sudga ariza protest rad etilganligi to‘g‘risidagi axborot qilingan paytdan boshlab bir oylik muddat ichida
yoki ko‘rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o‘tgandan keyin berilishi mumkin. Prokurorning sudga ariza berishi u sudda ko‘rib chiqilguniga qadar hujjatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yadi. Biroq ba’zi hollara prokuror umumiy nazorat tartibida jinoiy ish qo‘zg‘ashi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan qonunning buzilish mazmunidan kelib chiqqan holda jinoiy ish, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi yoki intizomiy
huquqbuzarlikka doir ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida asosli qaror chiqaradi. Qonunda ko‘zda tutilgan o‘zga hollarda ham prokuror qaror chiqaradi. Intizomiy yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish haqidagi prokuror qarori idora yoki aniq mansabdor shaxs tomonidan bu qaror tushgan kundan boshlab kechi bilan o‘n besh kunlik muddat ichida ko‘rib chiqilishi shart. Ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida prokurorga uch kunlik muhlat ichida yozma ravishda ma’lum qilinadi. Prokuror munosabatining boshqa bir turi taqdimnomadir. Prokuror
qonunning buzilishiga, ana shu buzilishlarning sabablariga va uning buzilishiga ko‘maklashgan shart-sharoitlarga barham berish to‘g‘risidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatiga ega bo‘lgan davlat idorasiga, jamoat tashkilotiga yoki mansabdor shaxslarga kiritadi. Bu taqdimnoma darhol ko‘rib chiqilishi lozim. Ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida bir oylik muddat ichida prokurorga ma’lum qilinishi shart. Taqdimnoma kollegial idora tomonidan qarab chiqilayotganda, prokurorga majlis o‘tkaziladigan kun ma’lum qilinadi, u bu majlisda qatnashishga haqlidir.
Xulosa
Qonunchilikni mustahkamlash faoliyatini muvofiqlashtirish bir necha bosqichga ega va turli organlar tomonidan tashkil etiladi. Bunday muvofiqlashtirishning eng yuqori va keng miqyosli bosqichi Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rahbarligida amalga oshiriladi. Huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish deganda, ushbu organlarning harakatlarini maqsad, vaqt, ijrochilar hamda harakat dasturi bo‘yicha kelishib olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, muvofiqlashtirish kadrlar va vositalarni bosh yo‘nalish bo‘yicha yo‘naltirishdir. Bu har bir organ o‘z vakolati doirasida oldiga qo‘ygan maqsadga yetishish uchun boshqa organlar bilan kelishgan holda jinoyatchilikka qarshi kurash usullari va metodlaridan foydalanib harakat qiladi deganidir. Bunda ishlab chiqilgan dastur va jinoyatchilikka qarshi kurashning
kelishilgan tadbirlar rejasi bo‘yicha harakat qilinadi. Shundagina jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatida ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirenskiy B. A., Rahmonqulov A. X., Chinibayev H. J. O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari: Darslik / Mas’ul muharrir prof. M. M. Fayziyev. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005. – 219 b.
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. 2009 – yil.
3. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T., 2003.
Yüklə 23,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə