Reja: kirish xo'jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish va uning oldiga qo'yiladigan vazifalar


Korxonaning moliyaviy holati tahlili



Yüklə 457,71 Kb.
səhifə12/12
tarix16.06.2022
ölçüsü457,71 Kb.
#89594
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Reja kirish xo\'jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahli

10. Korxonaning moliyaviy holati tahlili
Moliyaviy tahlil — korxonalarning ochiq tarzdagi moliyaviy xisobotlarining ma’lumotlariga asoslanib o’tkaziladigan tahlildir. Yuqorida ta’kidlanganidek moliyaviy tahlilni korxonalarning xodimlari o’tkazishi mumkin, lekin moliyaviy xisobot ochiq bo’lganligi uchun bu tahlilni boshqa tashqi organlar, korxonalar va tashkilotlar — soliq, moliya, bank va boshqalar tomonidan o’tkaziladi hamda korxonalarning moliyaviy xolatiga baho beriladi. Boshqaruv tahlili bevosita korxonalar tomonidan o’tkazilib, u ham ochiq, ham yopiq xisobot axborotlariga asoslanadi va bu tahlil yakunlari korxonalar raxbariyati tomonidan boshqaruvlikni takomillashtirish uchun foydalaniladi. Bu tahlilda yopiq ma’lumotlardan foydalanilganligi uchun bu tahlilni asosan tashqi korxona va organlar emas, bevosita korxona xodimlari olib boradilar, chunki bozor munosabatlari davrida xar bir korxona o’zining xisob siyosatiga ega. Shuningdek, uning faoliyatida tijorat sirlari bo’lib, ular moliyaviy xisob va xisobotda emas, boshqarma xisob va xisobotida ifodalanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlil shakllari bir birini inkor qilmaydi, ular bir-biri bilan bog’lik, lekin bajaradigan vazifalari va xususiyatlari xar xil. Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega: - moliyaviy tahlilning yakunlari ochiq bo’lib, ulardan hamma foydalanishi mumkin; - moliyaviy tahlilning sub’yektlari va bu tahlilning yakunlaridan foydalanuvchi organ, korxona, tashkilotlar tarkibi keng;
- moliyaviy tahlil hamma uchun moslangan, nashr etilgan xisobot ma’lumotlariga asoslanadi; - moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini yechish uchun o’tkaziladi; - moliyaviy tahlilning yo’nalishi moliyaviy xisobot ma’lumotlari bilan cheklangan bo’lib, unda chegaralangan aniq bir vazifalar yechiladi. Bu moliyaviy mustaxkamlik, balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqalardir.
O’z navbatida boshqaruv tahlili quyidagi xususiyatlar bilan ifodalanadi: 1) korxona tijorat sirlarini saqlash maqsadida boshqaruvlik tahlilning yopiqligi; 2) boshqaruv tahlili o’tkazilganda foydalanadigan ma’lumotlar tarkibi chegaralanmaydi. Bu tahlilda ochiq moliyaviy xisobot ma’lumotlaridan tashqari, birlamchi buxgalteriya xisobi ma’lumotlari, maxsus tashkil qilib yig’ilgan ma’lumotlaridan foydalaniladi; 3) boshqaruv tahlilida tahlil yo’nalishlari, foydalanilayotgan ko’rsatkichlar, bajariladigan vazifalar chegaralanmaydi; 4) boshqaruv tahlilining yakunlari ichki maqsadlar xamda moliyaviy holatni yaxshilash uchun foydalaniladi. Ko’rinib turibdiki, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish keng miqyosda va aniq vazifalarni bajarish uchun o’tkaziladi. Korxonalarni ishlab chiqarish, xo’jalik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish uchun an’anaviy, qadimdan qo’llanib kelinayotgan usullar bilan birga, keng tarzda statistika usullari, moliyaviy holatni ifodalovchi ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirish, statistik kuzatishlarni o’tkazish, mutlaq, nisbiy, o’rtacha, dinamik ko’rsatkichlardan foydalanish, dinamik qatorlardan, iqtisodiy indekslar tizimidan, omillararo korrelyasiya aloqalarini aniqlash, jadval va chizma tizimidan foydalanish lozim. Umuman tahlil qilish usullari, ayniqsa, moliyaviy holatni tahlil qilish usullari bozor munosabatlariga o’tish bilan yanada takomillashtirilishi, korxonalararo taqqoslash, raqobatchi va ilg’or korxonalar bilan taqqoslash hamda korxonalarning istiqbol moliyaviy holatini tahlil qilish usullari katta ahamiyatga ega bo’lib qoladi. Moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab ish bo’lib, u o’z ichiga korxonalarda shakllangan moliyaviy holatni, uning alohida yo’nalish bo’yicha moliyaviy holatini aniqlovchi shart-sharoit, omillarni, korxonalar moliyaviy holatini kelgusida ko’tarish imkoniyatlarini, zaxiralarini, yo’nalishlarini tahlil qilishni oladi. Demak, moliyaviy tahlilni xar tomonlama tayyorlab, so’ng o’tkazish lozim.
Shu sababli moliyaviy tahlilni tayyorlash va o’tkazish bir qancha bosqichlarni o’ziga olib, ular quyidagilardan iborat: - moliyaviy tahlilni o’tkazishning ishchi dasturini tuzish. Dasturda tahlilning maqsadi va vazifalari aniqlanadi; - tahlilni o’tkazuvchilarning tarkibini aniqlash, ya’ni tahlil qiluvchilarning ro’yxatini tuzish; - tahlil uchun foydalaniladigan iqtisodiy ma’lumotlarni to’plash; - moliyaviy tahlilda foydalanadigan ko’rsatkichlar tizimini aniqlash; - moliyaviy tahlil ko’rsatkichlarini xisoblash usullarini aniqlash; - tahlilda foydalanadigan ko’rsatkichlarni xisoblash va ularni umumlashtirish; - tahlil yakunlarini jadvallar va chizmalarda shakllantirish; - moliyaviy tahlil natijasida xotima tayyorlab, unda tahlil yakunlari bo’yicha xulosalar chiqarib, kelgusida korxonaning moliyaviy holatini ko’tarishga bag’ishlangan tavsiyalar ishlab chiqish; - moliyaviy tahlil yakunlarini maxsus yig’ilishda muhokama qilish; - tahlil yakunlari bo’yicha muhokama natijalarini e’tiborga olib, korxonaning moliyaviy holatini ko’tarish maqsadida boshqaruv tizimini takomillashtirishga bag’ishlangan tadbirlar ishlab chiqib, ularni korxona raxbariyatining maxsus qarorida ifodalash. O’tkazilayotgan moliyaviy tahlilning darajasi va mazmuni foydalanilayotgan ma’lumotlar bazasiga bog’liй iqtisodiy fanlarning rivojlanishi, buxgalteriya xisobi va xisobotlarining takomillashtirilishi bilan ma’lumotlar bazasi ham takomillashib boradi. Demak, foydalaniladigan ma’lumotlar moliyaviy tahlilning manbalari bo’lib xisoblanadi. Bunday manbalar sifatida korxonalarning yillik va boshqa xisobotlarini ko’rish mumkin.
Moliyaviy tahlilning yo’naltirilganligi nuqtai nazardan moliyaviy tahlil quyidagi shakllarda o’tkazilishi mumkin: - gorizontal tahlilda xisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalovchi ko’rsatkichlar o’tgan davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu ko’rsatkichlarning dinamikasi aniqlanadi; - vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo’lgan ko’rsatkichlarning tarkibiy-tuzilmasi o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining yoki ularni qoplovchi manbalarining xisobot davridagi tarkibi va uni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi ifodalanadi; - nisbiy ko’rsatkichlar tahlilida moliyaviy holat ko’rsatkichlari o’rtasidagi aloqa o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining va ularning manbalari o’rtasidagi aloqa, moliyaviy resurslar va ulardan foydalanish o’rtasidagi aloqa ifodalanadi; - taqqoslash tahlilida korxona bo’yicha moliyaviy holat uning alohida bo’limchalari moliyaviy holati bilan taqqoslanadi, bu korxonaning moliyaviy holati boshqa korxonalarning moliyaviy holati bilan solishtiriladi; - pirovardida, omillar tahlilida korxonaning moliyaviy holatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tahlil etiladi. Yuqorida ko’rsatilgan moliyaviy tahlilning shakllaridan tashqari yana amaliyotda ichki va tashki, moliyaviy va boshqaruvchanlik tahlili shakllari qo’llaniladi. Ichki moliyaviy tahlil korxonalarning xodimlari tomonidan o’tkazilib, shu korxonalarning boshqaruv tizimini kelgusida takomillashtirish va moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida o’tkaziladi.

To’lovga qodirlik ko’rsatkichlari

Ko’rsatkichni hisoblash usuli


Ko’rsatkichlarning mazmuni


1. Mutlaq to’lovga qodirlik -koeffisiyenti





A1-pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar summasi;


P1- joriy kreditorlik qarzlari
P2-qisqa muddatli kreditlar va qarzlar

2.Oraliq to’lovga qodirlik koeffisiyenti





A2-debitorlik qarzlari


3.Joriy to’lovga qodirlik koeffisiyenti





A3-tovar -moddiy zixiralar (kelgusi davr xarajatlaridan tashqarisi.)


Omilli tahlil usuli orqali to’lovga qodirlik koeffisiyentlari o’zgarishiga omillarning ta’siri hisoblanadi va har birining ta’siriga baho beriladi. Omillar tasirini zanjirli bog’lanish usuli orqali aniqlash zarur. Buni mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining tahlili misolida keltirdik.


Hisobot davridagi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentini bazis davridagi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentiga solishtirib, o’zgarishi aniqlanadi:
Ushbu o’zgarishga omillar tasirini aniqlash: 1.Mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga joriy kreditorlik qarzlari o’zgarishining tasiri:
2. Mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga qisqa muddatli kreditlar va qarzlar o’zgarishining tasiri:
3. Mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga pul mablag’lari summasi o’zgarishining tasiri:
Ushbu uch omil tasirlarining yig’indisi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga teng kelishi kerak..
Taxlilning asosiy vazifalari kuyidagilardir:
1.Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o’zgarishiga baho berish;
2.Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish;
3.Balans likvidligi ko’rsatkichlarini aniqlash va ularning o’zgarishini tahlil qilish;
4.Korxonaning to’lov layoqati koeffisiyentini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish;
5.Moliyaviy koeffisiyentlarni aniqlash va ularning o’zgarishiga baho berish.
6.Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini o’rganish
7.Debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o’rganish.
8.Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo’yicha tavsiyalar, takliflar berish.
Yüklə 457,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə