Reja-konspekt



Yüklə 47,45 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü47,45 Kb.
#153671
1   2   3   4
aloqa konspekt

2 - o‘quv savoli.
Baholash tartibi:
1-§. YAkka tartibda baxolash 35. Aloqa mutaxassislarini yakka tartibda baxolash maxsus tayyorgarlikdan olgan baxolari orqali aniqlanadi va bu baxolar quyidagilardan shakllantiriladi: nazariy asoslardan bilimi uchun olgan baxo; amaliy me’yorlarni bajarishdan olgan baxo.Nazariy asoslardan bilimlariga quyidagilar kiradi: mutaxassisligi bo`yicha aloqani tashkillashtirish va ta’minlash asoslari; mutaxassisligi bo`yicha boshqaruv xujjatlari talablari ; shtatdagi (biriktirilgan) aloqa texnikasining tuzilishi, ishlatishi va uning taktik-texnik ma’lumotlari; shtatdagi (birikgirilgan) aloqa texnikasini ishlatishda texnika va xavfsizlik qoidalari; aloqa xavfsizligiga talablar. Nazariy bilimlarni baxolash test yoki biletlar bo`yicha o`tkaziladi. Biletga kiritilgan savollar soni va test vazifalarining xajmi mutaxassislarga ta’lim berish dasturi va nazariy asoslar bilimlari bo`yicha o`tilgan materiallar orqali aniqlanadi. Nazariy asoslar bo`yicha bilimlarni baxolash quyidagicha aniqlanadi:
"a’lo", agar xarbiy xizmatchi barcha savollarga to`g`ri javob berib, javoblarni mantiqiy to`g`ri tuzib va qo`shimcha savollarga to`g`ri javob bergan bo`lsa (test bo`yicha to`g`ri javoblar soni 90 % dan kam bo`lmasligi kerak);
"yaxshi", agar xarbiy xizmatchi biletdagi barcha savollarga javob bergan, lekin xar bir savolni echishda bittadan oshiq bo`lmagan xatoga yo`l qo`ygan bo`lsa va qo`shimcha savollarga to`laligicha javob bermagan bo`lsa (test bo`yicha to`g`ri javoblar soni 80 dan 89 % gacha tashkil qilgan bo`lsa);
"qoniqarli", agar xarbiy xizmatchi savollarga javob bera turib, ikkitadan oshiq bo`lmagan xatoga yo`l qo`ygan bo`lsa va qo`shimcha savollarga qiyinchilik bilan javob bergan bo`lsa (test bo`yicha to`g`ri javoblar soni 70 dan 79% cha bo`lishi kerak);
"qoniqarsiz", agar xarbiy xizmatchining bilimi "qoniqarli", baxo talabiga javob bermasa. . Agar xarbiy xizmatchi ko`rsatib O`tilgan nazariy asoslar bo`limlari bo`yicha qoniqarsiz bilimlarni ko`rsatgan bo`lsa, unga o`quv vazifani bajarish uchun ruxsat berilmaydi va maxsus tayyorgarlikdan "qoonikarsiz" deb baxolanadi. Maxsus tayyorgarlikdan me’yorlarni (vazifa) amaliy bajarish quyidagicha baxolanadi :
"a’lo", agar xarbiy xizmatchi me’yorni (vazifa) to`laligicha bajarishda texnologik ketma-ketlik jarayonlariga va barcha shartlarga rioya kilib, ishonchli (bajargan) xarakat kilgan va me’yorni "a’lo" baxo vaqtiga bajargan bo`lsa;
"yaxshi", agar xarbiy xizmatchi xamma shartlarga rioya kilgan xolda me’yorni to`laligicha bajargan, lekin jarayonlarni bajarishdagi ketma-ketlikda bitgadan ortik bUlmagan xatoga yo`l qo`ygan va me’yorni "yaxshi" baxo vaqtiga bajargan bo`lsa; "qoniqarli", agar xarbiy xizmatchi me’yorni (vazifani) "qoniqarli" baxodan kam bo`lmagan vaqtga bajargan va jarayonlarni bajarishdagi ketmaketlikda ikkitadan ortiq bo`lmagan xatoga yo`l qo`ygan bo`lsa; "qoniqarsiz", agar xarbiy xizmatchi me’yorni (vazifa) o`rnatilgan barcha jarayonlarini bajarmasa yoki bajarishdagi ketma-ketlikda ikkitadan ortiq xatoga yo`l qo`ygan va " qoniqarli " baxo vaqtidan oshib ketgan bo`lsa. 41. Xarbiy xizmatchiga bir qancha me’yorlarni (vazifa) bajarganda yakka tartibdagi baxo, bajarilgan me’yorlarning o`rta arifmetik qiymatidan aniqlanadi.

Yüklə 47,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə