Reja Madaniyatshunoslik fani predmeti, uni o‘rganishning metodologik asoslari. Madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va vazifalari. Madaniyat va sivilizatsiya. Tayanch so‘z va iboralar



Yüklə 232,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix07.04.2023
ölçüsü232,96 Kb.
#104484
1   2   3   4   5   6   7
1 madaniyatshunoslik

, ijtimoiy vazifalarni
, ya’ni shaxsni, odamni inson qilib shakllantirish va 
tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat har bir shaxsning insoniyat yaratgan bilimlarni
ma’naviy qadriyatlarni, tartibqoidalarni o‘zlashtirib olish, tarbiyalash, jamiyatning to‘la huquqli 
a’zosi sifatida faoliyat yuritish qobiliyatini shakllantirish vazifasini bajaradi. Insonning tabiat 
hukmronligidan ajralib chiqishi madaniyatga xos ayrim elementlarning shakllanishi bilan birga 
sodir bo‘ladi. Aynan madaniyat orqali har bir shaxs jamiyatda uzoq yillar davomida to‘plangan 
tajribalarni, an’analar va urfodatlarni, turmush tarzini o‘zlashtiradi, imkon qadar boyitadi va nihoyat ular 
keyingi avlodlarga yetkaziladi. 
Madaniyat 
axborotlarni o‘zlashtirish
, bilish, tushunish vazifasini bajaradi. Madaniyat inson 
uchun dunyoni bilish, dunyo to‘g‘risida turli ma’lumotlar, axborotlar olish, ularni avloddan avlodga 
o‘tib borishini ta’minlaydi. 
Madaniyat 
tartibga soluvchi vazifani
ham bajaradi, ya’ni kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni 
belgilangan tartibqoidalar, axloqiyhuquqiy normalar asosida tartibga solishga xizmat qiladi.
Madaniyat kishilar o‘rtasida 
o‘zaro fikr almashuv
bilan bog‘liq bo‘lgan, 
aloqa uchun
xizmat qiladigan vazifani bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini o‘ynaydi. Gap shundaki, 
madaniyatning bir qator sohalari – fan, san’at, texnika va boshqalarning o‘ziga xos tili bo‘lib, 
ularni bilmasdan turib madaniyatni to‘laligicha bilib bo‘lmaydi. 
Madaniyat 
aksiologik vazifani
ham bajaradi, ya’ni kishilar tomonidan moddiy, ma’naviy, 
estetik, axloqiy qadriyatlarni egallashga, yomondan yaxshini, be’mani, xunuk narsalardan 
go‘zallikni ajrata bilishga ko‘maklashadi. 
Madaniyat
ijodkorlikni rivojlantirish vazifasini
ham bajaradi. Insonni mavjud madaniyatga 
tanqidiyijodiy qarash, isloh qilish, takomillashtirish, yangi bilimlar, qoidalar, qadriyatlar, tartibqoidalar 
yaratishga undaydi. 


Madaniyat kishilardagi jismoniy va ruhiyma’naviy toliqishni haydash, hordiq chiqarish, 
tiklanish, kayfiyatini ko‘tarish yo‘lidagi tadbirlar, o‘yinlar tashkil etuvchi vazifalarni ham 
bajaradi. 
Madaniyat doimo taraqqiy etuvchi ko‘p qirrali jarayon, uning tarkibiga kiruvchi elementlari 
o‘zgarib turadi. Shu jihatdan tadqiqotchilar madaniyatni o‘ziga xos belgilari, sifatiga qarab bir necha 
turlarga bo‘ladilar. Madaniyatga sivilizatsion nuqtayi nazardan yondashuvchi mutaxassislar insoniyat bir 
necha sivilizatsiyalarni bosib o‘tganligini ta’kidlaydilar. 
Madaniyatni tili, dini, an’analari, qadriyatlari, iqtisodiyoti yaqinligini inobatga olib milliy, 
mintaqaviy, davriy jihatdan bir necha turlarga bo‘lish keng tarqalgan. 
Milliy madaniyatda
til asosiy 
vosita sifatida olinsa, 
mintaqaviy madaniyatda
diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik yaqinlik, 
umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni irqiy omilni nazarda tutgan holda bo‘lish holatlari ham 
uchraydi. Fransuz faylasufi J.Gobino jamiyat, madaniyat, din, til to‘laligicha irqiy jihatlar bilan bog‘liq, 
madaniyat mavjud tabiiy sharoit bilan bog‘liq deb tushuntiradi va Yevropa madaniyatini negroid 
madaniyatdan eng yuqori, ustun darajada deb hisoblaydi.
XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat sohasida yuz 
bergan o‘zgarishlarni tushuntirish uchun kontrkultura, subkultura tushunchalarini qo‘llay 
boshladilar. 
Kontrkultura 
deganda bir guruh yoshlarning g‘arb mamlakatlardagi rasmiy 
qadriyatlarga qarshi g‘oyaviysiyosiy, badiiy qarashlari, ideallari tushuniladi. Yoshlarning bunday 
chiqishlari so‘l radikalchilik, anarxistik, ekstrimistik ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. 
Subkultura
deganda jamiyatdagi turli tabaqalar, guruhlarga xos madaniy jihatlar hisobga olinadi. 
Yoshlar orasida modaga berilgan xotinqizlar, ayrim musiqaga («pop», «rok») berilgan yoki 
alohida jargon bilan gaplashishni xush ko‘radigan subkulturalar haqida ham fikrlar mavjud. 
Shuningdek, qashshoqlar, kambag‘allar, o‘rta tabaqalar, yuqori tabaqalar, jamiyatdagi elita 
qatlamlari madaniyati degan tushunchalar ham ishlatiladi. Masalan, ayrim tadqiqotchilar 
kambag‘al tabaqalar madaniyati shaxsiy gigiyenadan tortib bilim darajasigacha bo‘lgan 
sohalarda past saviyada namoyon bo‘ladi, deb tushuntiradilar. Jamiyatni umumiy madaniyat 
asosida birlashtirishga intiluvchi 
ommaviy madaniyat
mavjudligi haqida fikr bildiruvchilar ham 
bor. 
Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati, ular o‘rtasidagi farqlar haqida 
ham gapiriladi. Bularning hammasi madaniyatning murakkab tarkibiy tizimdan iborat ekanligini 
ko‘rsatadi. 
Madaniyatshunoslik fanida 
shaxs kamoloti
muhim masaladir. Shaxsning barkamol inson 
bo‘lib yetishishida tarixiy, ijtimoiymadaniy muhitning ta’siri katta. Inson ma’lum 
ijtimoiymadaniy muhitda dunyoga keladi, go‘daklik chog‘idayoq shaxs ijtimoiymadaniy muhitni 
tayyor holda topadi. Mavjud ijtimoiymadaniy muhit ta’sirida shaxs ijtimoiy shaxsga aylanadi. 
Shaxsning ijtimoiylashuvi
madaniyijtimoiy muhit yaratgan va rioya qilinadigan qadriyatlarni, 
urfodatlarni, axloqodobni, moddiy va ma’naviy boyliklarni, g‘oyaviy andozalarni o‘zlashtirish, 
qabul qilish orqali sodir bo‘ladi, shaxs inson sifatida shakllanadi. Shu bilan birga, shaxsda 
o‘tkinchi ehtiyojlarni – yurist, iqtisodchi, injener, shifokor, pedagog, san’atkor bo‘lish, boy bo‘lish, 
amaldor bo‘lish, shonshuhrat qozonish, turli unvonlar olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish kabi 
istaklar ham paydo bo‘ladi. Buning uchun ta’lim muassasalarida qunt bilan o‘qib, dunyo va 
jamiyat, ularning taraqqiyot qonunlari to‘g‘risidagi umumiy bilimlarni egallash, maxsus kasbiy 
fanlarni o‘rganish, izlanish, hayotiy tajriba orttirish, intellektual salohiyatga ega bo‘lish zarur 
bo‘ladi. 
Madaniyat 
kishining 
nafaqat 
ijtimoiylashuvini, 
shuningdek, 
jamiyat 
bilan 
integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Madaniyat insonga barkamollikka erishishga, ijodiy kuchlarini 
namoyon etishga ko‘maklashadi. 
Shaxsning madaniy darajasini baholashda
uning aqli, tafakkuri, ongi, 
axloqi, xulqatvori ham muhim o‘rin tutadi. Madaniyat insonning yashirin, betakror individual 
xususiyatlari, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘stirish va rivojlantirishga yordam beradi. 
Shaxsni barkamol qilib yetishtirishda jamiyat madaniyatining bir qator tizimlari alohida 
ahamiyatga ega. Masalan: 


Siyosiy madaniyat – kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, maqsadlarini ifodalovchi 
siyosiyhuquqiy g‘oyalar majmuyidir. Siyosiy madaniyat jamiyatning turli ijtimoiy tabaqalari 
manfaatlari bilan bog‘liq holda vujudga keladi va siyosiy faoliyatda namoyon bo‘ladi. Har bir 
ijtimoiy tabaqa o‘zining siyosiy manfaatlaridan kelib chiqib g‘oyalar, dasturlar ishlab chiqadi, 
siyosiy tashkilotlar tuzadi va siyosiy hokimiyat uchun turli usullar, vositalar bilan amaliy harakat 
qiladi. 
Siyosiy madaniyat huquqiy madaniyat bilan bog‘liq. Huquqiy madaniyat qonunlarni bilish, 
ularga amal qilish, huquqiy ong, huquqiy saviya, huquqiy munosabatlar, huquqiy faollik 
madaniyati demakdir. 
Iqtisodiy madaniyat deganda iqtisodiy bilim, iqtisodiy ong, iqtisodiy faoliyat
iqtisodiyijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Shaxs iqtisodiy madaniyati jamiyat iqtisodiy 
madaniyatining tarkibiy qismidir. Shaxs iqtisodiy madaniyatining kamol topishi uchun iqtisodiy 
qadriyatlarni, iqtisodiy bilimlarni puxta egallashi lozim, shundagina u erkin iqtisodiy faoliyat 
yurita oladi. 
Axloqiy madaniyat tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy faoliyat kiradi. 
Jamiyat axloqiy madaniyati axloqiy qadriyatlar tizimini ifodalasa, shaxs axloqiy madaniyatida 
axloqiy qadriyatlarning individuallikda qanday darajada aks etishi ifodalanadi. 
Barkamol insonni tarbiyalashda ekologik madaniyat, estetik madaniyat, din, fan va 
boshqalar ham muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 232,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə