Reja: O’rta Osiyo – sharqning yuksak ma’naviyat va yirik tafakkur



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.10.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#132370
1   2   3
al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 
yildir. U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Astranomiya va
astralyabiyaga kirish”, “Falakdan bo’ladigan sabablar”, “Astralyabiya fani
usullari”, “Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqalardir. Farg’oniyning
“Astranomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astranomiya sohasidagi
bilimlarning qomusi bo’lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning
qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, 
ko’p asrlar davomida Evropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida
xizmat qilib kelgan. U Evropada al-Fraganus nomi bilan mashhur bo’lgan.


Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. Uning
ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari
beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan.
Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning muallifidir. Bulardan eng mashhuri
“Kitob al-jabr va al-muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan –
algebraning vujudga kelishiga zamin bo’ldi. U tenglamalarni echishning ikki usulini –
al-jabr, ya’ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va al-muqobala, 
ya’ni bir hil hadlarni qarama-qarshi qo’yishni kashf qildi.
Xorazmiy “Sind Hind”, “Ziji Xorazmiy”, “Astrolyabiya bo’yicha risola”, “Quyosh
soati haqida risola”, “Erning shakli haqida kitob”, “Trigonometrik jadvallar”, 
“Musiqa bo’yicha risola”, “Tarix haqida” va boshqa asarlarning muallifi. Uning
buyuk xizmatlaridan biri Evropa va Yaqin Sharq ilmini qadimgi hindlarning o’nlik
tizimi bilan tanishtirish bo’ldi. Uni Evropada “Algaritmus” deb yuritganlar.
Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950) tasavvur
etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” degan unvonga sazovor
bo’lgan mutafakkirdir. Sharqda qadim Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotel
“Birinchi muallim” deb yuritilgan. Farobiy ko’p tillarni bilgan qomusiy olimdir. U 
yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bo’lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin: 
1) qadimgi Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarini – Aristotel, Platon, Evklid, 
Galen va boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash, targ’ib qilish va
o’rganishga bag’ishlangan asarlar; 2) o’rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy
sohalariga oid risolalar. Masalan, “Aristotelning “Metafizika” asariga izoh”, 
“Aristotelning “Osmon sistemasi” kitobiga izoh”, “Aristotelning “Etika” kitobiga sharh”, 
“Substanstiya haqida so’z”, “Masalalar manbai”, “Qonunlar haqida kitob”, “Bo’shlik
haqida kitob”, “Musiqa haqida so’z”, “Fozil odamlar shahri” va boshqalarni ko’rsatish
mumkin.


Ibn Sino yoshligida zo’r mehnat,
izlanish
, g’ayrat bilan ilmlarni o’rganishga
kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: “Uyquga ketgan vaqtimda ham 
o’ngimdagi masalalarni ko’rardim. Shu holatda ko’p masalalar tushumda
menga ayon bo’lardi... shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay
oldim. Insonning imkoniyat darajasida egallaydigan darajada bilimni
egallab oldim. Aristotelning “Metafizika”sini “qirq bir marta qayta
o’qidim”. U menga hatto yod bo’lib ham qoldi. Lekin shunday bo’lishiga
qaramay, men uni va uning maqsadlarini tushuna olmasdim”, - deb yozadi
u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni Farobiyning Aristotel
“Metazifika”siga yozgan sharhini o’qib hal qiladi.
Jahon madaniyati va ma’rifatiga
katta hissa qo’shgan, Sharq va
Evropada “Shayx-ur-rais –
olimlar boshlig’i” unvoniga ega
bo’lgan alloma Abu Ali ibn
Sinoning (980-1037) ilmiy merosi
biz uchun bebaho xazinadir. U 
o’z umri davomida 450 dan ortiq
asarlar yaratgan. Uning “Tib
qonunlari” nomli 5 jilddan iborat
kitobi asrlar davomida Sharq va
Evropada medistina bo’yicha
asosiy qo’llanma bo’lib xizmat
qilib kelmoqda.


Ibn Sino umrining ko’p qismini sarsonlikda o’tkazishga qaramay –
matematika, astranomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, psixologiya, 
filologiya, falsafa va tabobat sohasida barakali ijod qilgan mutafakkirdir. 
Uning asarlaridan 100 tachasi bizgacha etib kelgan, xolos. Ular qatoriga o’rta asr
ilmining barcha muhim sohalarini o’z ichiga olgan, xususan – mantiq, fizika, 
matematika, metafizikani to’liq qamrab olgan “Kitob ash-shifo”, 20 tomdan iborat
“Kitob ul-insof”, “Donishnoma”, “Lison ut-tayr”, “Solomon va Ibsol”, “Hayy ibn
Yaqzon” kabi asarlari kiradi. U o’zining falsafiy-axloqiy asarlarida hukmdorlarni
qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning talablariga quloq solishga, adolat
yuzasidan ish yuritishga chaqiradi. Adolatni inson xatti-harakatining eng yaxshi
bezagi deb ko’rsatadi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə