Reja: O’rta Osiyo – sharqning yuksak ma’naviyat va yirik tafakkur



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#132370
  1   2   3


Reja:
1.O’rta Osiyo – sharqning yuksak ma’naviyat va yirik tafakkur
markazi.
2.O’zbekistonda XVI-XIX asrlar davri ma’naviyat va ma’rifati.
3. Jadidchilar faoliyati va ijodida, millat ozodligi uchun 
kurash
Bajardi: MT104-guruh talabasi Shamsiddinova Gulbahor
Mavzu: Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda
O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni
(allomalarning ilmiy faoliyati misolida).


O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, 
madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga
ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar, 
davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda
buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan
hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining
zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z
o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. 
Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi
davrida respublikamiz yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni
tariximizdan, dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular
o’z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan
bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi».
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-
nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, 
e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. 
Vaholanki, Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida
ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha
avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon
ta’sir ko’rsatmoqda».
Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona zaminimiz
ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o’z tarixini
bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.


IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans» 
(uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-
yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, 
ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez
sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi.
Bu jarayon

ayniqsa halifa Ma’mun davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma» 
(Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind 
hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda
Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-
Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar.
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori
bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga
murojaat qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni anglatadi. Uyg’onish davri
namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, 
aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.
Fanda Sharq va g'arb uyg’onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, 
o’xshash tomonlari bilan birga, ma’lum farq, o’ziga xos xususiyatlari jihatidan
ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq
uyg’onish davri IX-XII asrlarni, so’nggi uyg’onish davri XIV-XV asrlarni o’z
ichiga olsa, g'arb uyg’onish davri XV-XVII asrlarni o’z ichiga olishi bilan
farqlanadi. g'arb uyg’onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos
bo’lsa, Sharqda masalaning g’arbdagidek keskin qo’yilishini ko’rmaymiz.
Sharq va g'arb uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat
qilish, uni qayta tiriltirish, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallikni (qomusiylik), 
gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi.


O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-
Farg’oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog’liqdir. Ularning har ikkovi ham 
Bag’doddagi “Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə