Reja: Pedagogik nizolarning asosiy sabablari



Yüklə 175,15 Kb.
səhifə7/8
tarix29.11.2023
ölçüsü175,15 Kb.
#142134
1   2   3   4   5   6   7   8
3. Pedagogik nizolar va ziddiyatlarning falsafiy, pedagogik- psixologik tasnifi

Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishga bog‘liq ekan noto‘g‘ri tasavvurlardan bir shuki, odamni muomola yoki muloqatga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib ta’sirchan gapirishcha o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnechi “yaxshi suhbatdan - yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi gapirishni biladigan esas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Pedagogik muloqot-O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatiga aytiladi. Pedagoglik jarayondagi aloqalar tizimida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muomola -munosabatlar katta o‘rin egallaydi.

O‘qituvchi hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar bilan muloqotda bo‘ladi. O‘qituvchining biror tasodifiy xatti-harakati natijasida o‘quvchilarda u haqda sodir bo‘lgan fikr ham ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir etishi, o‘qituvchining ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi va o‘qituvchi foydasiga hal etiladi. O‘qituvchi obro‘sini saqlayman deb, kattalar ba’zan o‘quvchining qadr-qimmatini erga uradilar, o‘quvchidan kechirim surashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga o‘qituvchining noto‘g‘ri hatti-harakati sabab bo‘lgan. O‘qituvchining ishi axloqiy tarbiya talablariga to‘g‘ri kelmaydi. Bolalar bilan muomola va munosabatlarda ularning har biriga alohida yondashishish lozim. Agar o‘qituvchi va o‘quvchi bir-birini tinglasa, o‘z-o‘zini ham tarbiyalaydi. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas. Tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar g‘oyalarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi. SHuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglasa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.


Yüklə 175,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə