Reja: Pedagogik nizolarning asosiy sabablari



Yüklə 175,15 Kb.
səhifə1/8
tarix29.11.2023
ölçüsü175,15 Kb.
#142134
  1   2   3   4   5   6   7   8
3. Pedagogik nizolar va ziddiyatlarning falsafiy, pedagogik- psixologik tasnifi


Pedagogik nizolar va ziddiyatlarni bartaraf etish
Reja:
1. Pedagogik nizolarning asosiy sabablari.
2. Pedagogning pertseptiv (o'quvchi, talabalarni tushunish) xatolari.
3. Pedagogning o'quvchi-talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan bo'ladigan kelishmovchiliklami va ularni bartaraf etisbning o'ziga xos xususiyatlari.
4. Yosh pedagoglar faoliyatida odatda yo'l qo'yiladigan xatolar va ularni engish yo'llari.
Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi. O‘qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda tom ma’noda o‘zining ijodiy vazifalarini to‘liq bajarishni ta’minlashi va pedagogik yo‘naltirilganligini shakllantirishi kerak. Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi. Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat. Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qarama-qarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir. Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma’naviy bo‘lib, bilim doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo‘lishi lozim. O‘qituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi. O‘qituvchi bilan o‘quvchi, talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o‘z guruhida nechta bola bo‘lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug‘i va kamchiliklarini o‘rganib, keyin shunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guruxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har – biri o‘z xarakteriga ega bo‘ladi. Pedagog har bir bolani o‘rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib chiqishi kerak.

Yüklə 175,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə