Reja: Polimerlarning bo'kish kinetikasi Polimerlarning cheksiz bo'kishi



Yüklə 0,59 Mb.
tarix25.03.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#103193
ozbda polimer 1

Berdoq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti kimyo-texnologiya fakulteti 4e-kimyo guruhi talabasi Sobirova Ozodaning O'zbekistonda polimer ishlab chiqarish fanidan tayyorlagan taqdimot ishi

Polimerning bo'kishi. Bo'kish kinetikasi. Polimer eritmalarda asotsiyatsiyalanish va solvatatsiyalanishi

Reja:

Polimerlarning bo'kish kinetikasi

Polimerlarning cheksiz bo'kishi

Polimerlarning chegarali bo'kishi

Yuqorimolekulyar birikmalar, xuddi quyi molekulyar moddalarga o`xshab, har qanday suyuqliklarda erimaydi. Ba'zi bir suyuqliklarda polimer o`z-o`zicha erisa, ba'zilarida umuman erimasligi mumkin. Masalan, polistirol benzolda o`z- o`zicha eriy oladi, lekin suvda erimaydi. Jelatina esa suvda yaxshi erib, spirtda erimaydi. Demak, birinchi ko`rsatilgan hollarda polimer va erituvchi orasida o`zaro moyillik kuzatiladi, boshqa

hollarda esa moyillik kuzatilmaydi.

Yuqorimolekulyar birikmalarning erishi quyi molekulyar birikmalarning erishidan farq qiladi. Polimerlar erishdan oldin bo`kadi, ya'ni bo`kish erishning

birinchi bosqichidir. Bo`kish davrida yuqori molekulyar modda suyuqlikni yutadi og`irligi ortadi, yumshoq va cho`ziluvchan bo`lib qoladi. Hajmi hatto 10-15 marta ortadi.

Yuqorimolekulyar birikmalarning erish davrida erituvchi molekulalari dastlab polimer modda orasida tarqaladi natijada bo`kish jarayoni kuzatiladi. Erituvchi molekula asosan amorf polimerlarning makromolekulalari orasidagi g`ovaklarda joylashadi va asta-sekin makromolekulalarni bir-biridan ajrata boshlaydi. Vaqt o`tishi bilan makromolekulalar orasidagi bog`lanish susayadi va makromolekula asta-sekin erituvchi molekulalari orasida tarqaladi, natijada chin eritma hosil bo`ladi.

Ko`rinib turibdiki, bo`kish erish oldidan bo`ladigan kinetik effektdir. Polimerlarni molekulyar massasi qanchalik katta bo`lsa, uning erishi va bo`kishi shunchalik qiyinlashadi va aksincha, qanchalik molekulyar massa kamaysa shunchalik polimerning erishi quyi molekulyar modlalarning erishiga o`xshab ketadi. Haqiqatdan ham, quyi molekulyar modda eriganida erigan moddaning molekulalari erituvchi molekulalari orasida tarqaladi, ya'ni bo`kish jarayoni kuzatilmaydi. Bo`kish chekli va cheksiz bo`ladi.

Bo’kish miqdorini aniqlash maqsadida polimerning bo’kish darajasi degan tushunchadan foydalaniladi. U Q = m – mo / mo formula orqali aniqlanadi. Bunda: mo – polimerning bo’kishgacha bo’lgan massasi; m – polimerning bo’kishdan keyingi massasi. Namunaning bo’kish darajasini uning hajm o’zgarishi orqali ham aniqlash mumkin. Bu holda tenglama Q = V – Vo / Vo ko’rinishida bo’ladi.

Makromolekulaning o’lchami katta bo’lganidan polimerning bo’kish va erish jarayonlari uzoq vaqtga cho’ziladi. Polimerni ma’lum vaqt oralig’ida tarozida tortish yoki uning hajm o’zgarishini maxsus asbobda o’lchash yo’li bilan polimerning bo’kish jarayoni knetikasini o’rganish mumkin.

Chekli bo`kish. Bo`kish har doim ham erish bilan tugayvermaydi. Ko`pincha jarayon ma'lum bo`kish darajasiga yetishi bilan to`xtaydi. Buning sababi polimer bilan erituvchining chekli aralashishidir.

Natijada jarayon oxirida sistemada ikkita faza hosil bo`ladi, yukorimolekulyar birikmaning erituvchidagi to`yingan eritmasi va erituvchining polimerdagi to`yingan eritmasi (iviq). Bunday chekli bo`kish doimo muvoznatda bo`ladi, ya'ni ma'lum darajagacha bo`kkan polimerning hajmi o`zgarmas bo`lib qoladi (agar sistemada kimyoviy o`zgarish bo`lmasa).

Chiziqli va to`rsimon polimerlarning bo`kishi bir-biridan farq qiladi. Chiziqli polimerlar uchun bu jarayon ikki suyuqlikning chekli aralashishiga o`xshashdir: ma'lum sharoitda (ya'ni harorat yoki komponentlar konsentrasiyasining ma'lum qiymatida) chekli bo`kish cheksiz erishga o`tishi mumkin.

Chekli bo`kishning sababi quyidagicha: polimer zanjirlarining o`zaro ta'sirlanish energiyasi ularning erituvchi molekulalari bilan ta'sirlanish energiyasidan yuqoriroq bo`ladi, natijada zanjirlar bir-biridan to`liq ajralmaydi. Haroratning ortishi zanjir molekulalari orasidagi bog`larni uzadi va chekli bo`kishga o`tadi.

Chekli bo`kishning yana bir sababi, polimer zanjirlarining choklanishidadir. Choklanish natijasida polimer to`rsimon moddaga aylanib qoladi va molekulalararo kimyoviy bog`lar polimer molekulalarining eritmasiga o`tishiga xalaqit qiladi. Misol tariqasida vulkanlangan kauchukning benzolda bo`kishini ko`rish mumkin.

Bo`kish darajasi vaqt bilan o`zgaradi. Egri chiziqning abssissa o`qiga parallel bo`lgan qismiga to`g`ri kelgan qismi maksimal yoki muvozanatli bo`kish darajasi макс deyiladi. макс qiymati polimerning bo`kishga bo`lgan qobiliyatini miqdoriy baholovchi o`lchov hisoblanadi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə